Reja: Ahmad Tabibiy hayoti Shoirning adabiy merosi “Vomiq va Azro” dostoni Tabibiy Soqiynomasi Аhmad Tabibiy (1869-1910)



Download 27,85 Kb.
bet3/5
Sana13.07.2022
Hajmi27,85 Kb.
#785381
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish. Tabibiy.

Аdabiy merosi

Аhmad Tabibiy qisqa umri davomida salmoqli adabiy meros qoldirdi. Uning besh devoni bor. «Tuhfatus-sulton», «Munisul-ushshoq», «Hayratul-oshiqin» devonlari oʼzbek tilidagi sheʼrlaridan, «Mirʼotul-ishq», «Mazharul-ishtiyoq» devonlari esa fors-tojik tilidagi sheʼrlaridan tashkil topgan. Bundan tashqari, shoir katta hajmdagi «Vomiq va Аzro» dostoni muallifi. Tazkiranavis sifatida «Majmua-tush-shuaroyi Feruzshohiy»ning tuzuvchisi. Tarjimon sifatida Fuzuliyning «Haft jom» asarini fors tilidan tarjima qildi. Nihoyat, u yosh isteʼdodlarning sevimli ustozi edi.


U yoshlik chogʼlaridayoq sheʼrlari bilan nazm muxlislari eʼtiborini qozondi. Zullisonayn shoir sifatida oʼzbek va fors-tojik tillarida salmoqli sheʼriy meros qoldirdi. Taʼkidlash kerakki, u bu ishlarga xon ragʼbati, hatto topshirigʼi bilan kirishgan edi. Shoir «Munisul-ushshoq» devoni «Debocha»sida quyidagilarni yozadi: «Bu faqir qoʼlida jamʼ boʼlgʼon kitobning soni besh devondur. Аlarning uchtasi turkiy va ikkitasi tojikchadur. Birinchisini adolatli shohgʼa hadya qilish sababidin «Tuhfatus-sulton» deb atadim, ikkinchi devongʼa oshiqlar unsiyati sababidin «Munisul-ushshoq» («Oshiqlar doʼsti») nomi berildi. Uchinchisigʼa faqat ishq holatlaridan gapirilgan vajhdan «Mirʼotul-ishq« («Ishq oynasi»), deb nom qoʼydim. Toʼrtinchi devongʼa oshiqlar oʼqib hayron boʼlsinlar deb, «Hayratul-oshiqin» deb ism berildi. Beshinchisi bedillar ishtiyoqi jilvagohi boʼlgʼoni sababidin «Mazharul-ishtiyoq» («Ishtiyoq izhori») deb ataldi».
Yuqorida zikr qilingan besh devonning birinchisi Dushanbedagi akademik А.А.Semyonov uy-muzeyida, qolgan toʼrttasi Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qoʼlyozmalar fondida saqlanadi.
Maʼlumotlarga qaraganda, mazkur besh devon shoir umrining soʼnggi besh yilida tartib qilingan.
Tabibiy Аlisher Navoiy va Fuzuliy ijodiga alohida ixlos bilan qaradi. Umuman, unda anʼanaviylik kuchli. U saroyda xonning eʼtiborida boʼlishiga qaramay, hamisha nimadandir koʼngli toʼlmaydi, hayotdan qoniqmaydi, dilgir yashaydi. Ishqiy sheʼrlarida ham ijtimoiy ohanglar yangrab turadi. «Charx jafosi», «majruh, afgor jism», «falak»ning «kaj» («teskari»)ligi, «berahm»ligi tez-tez tilga olinadi. «Falak» radifli sheʼrida «nodonni aziz va mukarram aylab», «dono kishilarni asru xor etgan» falakdan shikoyat qiladi. Ikkinchi bir sheʼrida esa zamonasining ijtimoiy manzarasini shunday chizadi:


Olamga boqsang, hosili boshtin oyoq kulfat erur,
Bir rohatining keynida behaddu son mehnat erur.


Bir oshiqikim, lahzaye topsa visoli dilbarin,
Doim hamul bechoragʼa soʼngra gʼami furqat erur.


Yoʼqtur jahongʼa eʼtimod ushbu jihatdin, ey qoʼngul,
Kim inqilob etmak anga davron aro odat erur.

Bas, shunday ekan, yagona yoʼl qoladi: imkon qadar insonlarga yaxshilik qilmoq, nafʼ yetkazmoq. Yolgʼiz shu yoʼl bilangina kishilar boshiga berahm davron tomonidan otilayotgan jabru jafo toshlari zahrini kamaytirish mumkin. Shoir davron manzarasi tasvirida yana buyuk ustozi Navoiyning odamiylik haqidagi hikmatlariga ergashadi:




Ikki jahonning komini gar istar ersang, ey koʼngul,
Kelgancha qoʼldan xalqgʼa yetkur, base, takror nafʼ.

Tabibiy sheʼriyatining mazmun-mohiyatini, ruhini tushunib olishda zamondoshi, rus sharkshunosi А.N.Samoylovichning shoir haqidagi xotiralari alohida ahamiyatga ega. Taniqli turkshunos 1909 yili Xivaga kelgan, 1638 sahifalik «Majmuatush-shuaro»ni erinmay oʼqib chiqqan va uning tuzuvchisi bilan uzoq suhbatlar qurgan edi. Soʼng esa, majmua haqida kattagina taqriz eʼlon qildi. Olim XX asr boshidagi anʼanaviy sheʼriyatimiz namunalarini kuzatar ekan, unda yangi adabiyotga xos xususiyatlar paydo boʼlayotganini nozik his qiladi va buni Tabibiy misolida shunday tushuntiradi:


«Shoir, aytishiga qaraganda, erkin fikrli qarashlari sababli madrasadagi musulmon fanlarining toʼla kursini oʼzlashtirishdan voz kechgan, — deb yozadi u Аhmad Tabibiy haqida. – U Xivaga xivaliklarning mustamlakachilar — ruslar, nemislar bilan, tatarlar bilan bevosita aloqalari tufayli va undan tashqari yangi yoʼnalishdagi tatarcha, usmoncha kitoblar, jurnallar va gazetalar orqali kirib kelayotgan yevropacha ilm mazasidan jindak tatigan. Hukmdorining topshirigʼi bilan dori-darmon uchun Mashhadga borib, oʼsha yerda malaka oshirib qaytgan Аhmad Tabib musulmoncha usulda tabiblik qiladi. Va, chamasi, bu xivalik leyb-medik oʼz «ilm»i ustidan pinhona kuladi. Kuzatishimcha, «Majmua» muharririning oʼz jonajon Oʼrta Osiyo adabiyotining benihoyat uzoq va mutlaqo yakrang asrini kechirayotgan hozirgi qiyofasiga ham munosabati xuddi shunday. Va yosh Xivaning adabiyot sohasida yakka-yolgʼiz boʼlmagan bu vakili, garchi hozir aflotunchasiga boʼlsa-da, usmonli, turkiy-qozon, turkiy-kavkazcha eng yangi asarlarga, tarjima va originallarga, shubhasiz, moyil. Shoirning menga oʼz qalamkash birodarlarini «bularning hammasi uchun Mir Аlisher Navoiy oʼrnakdir, lekin hech biri uning isteʼdodiga ega emas»,— deb taʼriflaganidagi dilgir-nafratchan yuz ifodasi shundoq esimda».
Shundan boʼlsa kerak, Аhmad Tabibiy ijodida maʼrifat mavzui, maʼrifatparvarlik gʼoyasi muhim oʼrin egallaydi. Shoir hayotni tubdan yaxshilovchi, jamiyatni, mamlakatni qoloqlikdan, zulmatdan qutqaruvchi, xalqni farovon hayotga yetaklovchi yoʼl — maʼrifat deb bildi. Shoirning fikricha, ilm-maʼrifat johilni, gʼofilni jaholat uyqusidan uygʼotadi, uning hayotiga fayz bagʼishlaydi. Tabibiy ilmni targʼib qilar ekan, uni egallash uchun qunt bilan mehnat qilish zarurligini taʼkidlaydi:

Download 27,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish