Referat Mavzu: O`zbekiston Respublikasi davlat qarzi va uning holati Reja: Davlat byudjeti nima?



Download 372,55 Kb.
bet1/3
Sana25.06.2022
Hajmi372,55 Kb.
#704116
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
Davlat byudjeti

Mavzu: O`zbekiston Respublikasi davlat qarzi va uning holati



Referat

Mavzu: O`zbekiston Respublikasi davlat qarzi va uning holati


Reja:

  1. Davlat byudjeti nima?

  2. Davlatning byudjet qarzi


Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet i(mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va boshqalar) koʻrsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, soliqdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamomadi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3-3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy Davlat byudjetilari va Davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini hukumat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat byudjeti asosan 2 qismdan iborat bo`lib, ular davlat byudjetining daromad va axarajat qismlaridir.Davlat byudjetining daromad qismining kamomad (ya`ni xarajat) qismidan yuqori bo`lishi davlat uchun foydali. Chunki davlat byudjetida daromad-xarajatlar > 0, bunda davlat byudjetida ijobiy holat bo`ladi va davlat ortiqcha pulini boshqa tarmoqlarga investitsiyalar kiritishi mumkin. Agarda daromadlar- xarajatlar < 0, bunda davlat byudjetida byudjet taqchilligi paydo bo`lishiga olib keladi va bu holatda davlat taqchillikni bartaraf etish uchun qarz olishga majbur bo`ladi. Davlat qarzi — davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat qarzi asosan 2 xil bo`ladi. Ichki va tashqi qarz. Ichki qarzni davlat o`z aholisidan, korxonalaridan yoki boshqa davlat mulklaridan oladi. Tashqi qarzni esa davlat boshqa davlat banklaridan foiz evaziga shartnoma asosida oladi. Tashqi qarzi qaytarish lozim va shartligi bilan ichki qarzdan ajralib turadi.
Moliya vazirligi 2021 yil birinchi yarim yillikda O‘zbekiston davlat qarzi holati va dinamikasiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, birinchi yarim yillikda davlat qarzi yil boshiga nisbatan 858,6 mln dollarga yoki 3,7 foizga oshib, 1 iyul holatiga jami 24,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 38,5 foizni tashkil etgan.
Davlat tashqi qarzi qoldig‘i yilning birinchi choragiga nisbatan 800 mln dollarga ko‘payib, 21,8 mlrd dollarni (YAIMga nisbatan 34,7 foiz) tashkil etgan. Shundan hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i — 15,4 mlrd dollar, davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i — 6,4 mlrd dollarga teng.

Vazirlik birinchi yarim yillikda davlat qarzi qoldig‘i 858,6 mln dollarga oshishini «O‘zbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida investitsiya loyihalarini va davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish uchun tashqi va ichki manbalardan jalb qilingan qarz mablag‘larining o‘zlashtirilishi, qarz majburiyatlari bo‘yicha asosiy qarzning so‘ndirilishi hamda davlat qarzi portfeli tarkibidagi valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar» bilan izohlagan.
ichki qarzi qoldig‘i ham birinchi chorakka nisbatan 200 mln dollarga oshganligi kuzatilib, 2,4 mlrd dollarni (YAIMga nisbatan 3,8 foiz) tashkil etgan. Shundan davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha qarz qoldig‘i — 3,17 trln so‘m hamda davlat kafolati ostida jalb qilingan va davlat budjetidan qaytariladigan ichki qarz qoldig‘i — 2,1 mlrd dollarga teng.

Natijada:



  • O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 363,4 mln dollarga oshdi;

  • davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 319,1 mln dollarga oshdi;

  • davlat tomonidan kafolatlangan hamda davlat budjetidan qaytariladigan ichki majburiyatlar qoldig‘i 250,8 mln dollarga oshdi;

  • O‘zbekiston Respublikasi nomidan 2 240,9 mlrd so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilinishi hamda 3 020,0 mlrd so‘m miqdoridagi DQQ so‘ndirilishi natijasida DQQ bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘i 779,1 mlrd so‘mga kamaydi;

  • davlat tashqi qarzi portfeli tarkibida 11,7 foizni tashkil qiluvchi valyuta — Yaponiya iyenasi 2021 yilning yanvar-iyun oylarida AQSh dollariga nisbatan 6,8 foizga qadrsizlandi.




Davlat qarzi ikkinchi chorakda birinchi chorakka nisbatan 1 mlrd dollarga oshganligiga qaramay, uning YAIMga nisbati har ikki chorak natijalariga ko‘ra pasayish tendensiyasini namoyon qilgan.
Xususan, Davlat statistika qo‘mitasining yangilangan ma’lumotlari asosidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat qarzi qoldig‘ining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2021 yil boshida 38,9 foizni, birinchi chorak yakunlari bo‘yicha 38,6 foizni va birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha 38,5 foizni tashkil etdi.
Mazkur tendensiyaning shakllanishi, asosan, mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining oshib borishi, yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlarining qayta ko‘rib chiqilishi va boshqa qator omillar bilan bog‘liqligi qayd etilgan. Xususan, birinchi yarim yillikda davlat qarzi qoldig‘ining o‘sish sur’ati — 3,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, mos davrda yalpi ichki mahsulotning real o‘sish sur’ati — 6,2 foizni (AQSh dollaridagi nominal o‘sish sur’ati — 11,4 foizni) tashkil etgan.

Download 372,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish