Davlat tashqi qarzining valyuta tarkibi
AQSh dollari
|
70.3%
|
Yapon iyenasi
|
11.7%
|
SDR (maxsus qarz olish huquqlari)
|
9.2%
|
Yevro
|
4.7%
|
O‘zbek so‘mi
|
0.9%
|
Koreya Respublikasi voni
|
0.9%
|
Saudiya Arabistoni riali
|
0.6%
|
Quvayt dinori
|
0.4%
|
BAA dirhami
|
0.02%
| Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning birinchi yarim yilligida davlat qarziga xizmat ko‘rsatish jami xarajatlari 1,1 mlrd dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 47% bandga oshgan.
Xususan, davlat tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 212,5 mln dollar (asosiy qarz to‘lovlari — 131,9 mln dollar, foiz to‘lovlari — 80,6 mln dollar) va ichki qarz majburiyatlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar 551 mln dollarni (asosiy qarz to‘lovlari — 472 mln dollar, foiz to‘lovlari — 79 mln dollar) tashkil etgan.
Oʻzbekistonda davlat qarzi va tashqi qarz bilan bogʻliq holatni muntazam nazorat qilish, uning xavfsiz chegarasini belgilash hamda bu boradagi xavf-xatarlarning oldini olish kabi masalalar doimiy eʼtiborda. Xususan, Prezidentimiz yaqinda Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlariga tashrifi doirasida faollar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ushbu masalaga ahamiyat qaratib, tashqi qarz xalqimizning farovonligiga xizmat qilayotganligi, uning miqdori boshqa davlatlar bilan solishtirganda ancha past ekanligini xalqimizga oddiy va sodda qilib tushuntirib berdi. Davlatimiz rahbari tashqi qarz hammaga ham berilavermasligini, buning uchun mamlakatning tashqi dunyodagi nufuzi va unga nisbatan ishonch boʻlishi kerakligini alohida taʼkidladi.
Bir qarashda oddiygina ifodalangan bu soʻzlar mazmun-mohiyatiga koʻra, davlat qarzi va davlat tashqi qarziga oid tushuncha hamda fikrlarimizni ancha teranlashtirishimizni talab etadi.
Darhaqiqat, har qanday mamlakatda iqtisodiy holatga qarab qarz olishga boʻlgan ehtiyoj tugʻilishi tabiiy. Unga talab nafaqat iqtisodiy inqiroz yoki turgʻunlik holati, balki ayrim strategik ahamiyatga ega loyihalar yoki dasturlarni amalga oshirish uchun ham boʻladi. Masalan, mamlakat infrastrukturasini ravnaq toptirish, kambagʻallikni qisqartirish, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish, mudofaa qobiliyatini kuchaytirish va hokazo. Davlat byudjeti bunday yukni koʻtara olsa yaxshi, aks holda koʻzda tutilgan muhim vazifalardan voz kechish kerak boʻladi yoki Davlat byudjetining yuzaga kelgan taqchilligini qarz hisobiga yopish zarurati tugʻiladi. Taqchillikni yopishning ham ikkita manbasi bor: birinchisi — soliqlarni oshirish, ikkinchisi — qarz jalb qilish.
Dunyoda birorta mamlakat yoʻqki, davlat qarzi muammosiga duch kelmagan boʻlsa. Ichki va tashqi manbalar hisobiga jalb qilingan qarz mablagʻlari, agar u samarali boshqarilmasa, har qanday mamlakatning moliyaviy barqarorligi va investitsiyaviy muhiti uchun jiddiy muammolar keltirib chiqarishi tayin. Bu haqda koʻp yozilgan boʻlsa ham aytish joizki, 2008-2009-yillarda dunyo iqtisodiyotida yuzaga kelgan iqtisodiy boʻhronning asosiy sabablaridan biri sifatida qarz bilan bogʻliq tahlika hamda tahdidlarni hisobga olmaslik va davlat qarzini boshqarishda ushbu tahdidlarni tez ilgʻab, unga qarshi choralar koʻra oladigan tizimning yoʻqligi tan olingan.
Chetdan olingan qarz bir qancha xatarlarni keltirib chiqaradi. Chet el valyutasida katta miqdorda olingan qarz valyuta kursining keskin oʻzgarishiga hamda moliyaviy bosim ortishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham bu muammo, ayniqsa, rivojlanayotgan va iqtisodiyoti oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarni xavotirga soladi. Lekin, shunga qaramasdan, dunyo iqtisodiyotida qarzga boʻlgan talab borgan sari oshib bormoqda. Va bunday holat bir qancha savollarni keltirib chiqarishi tabiiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |