RATSIONALIZATORLIK TAKLIFLARI
REJA:
Ratsionalizatorlik takliii tushunchasi
Kashfíyot va ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri
Kashfîyotlar va ixtirolar
Eng mashhur ixtirochilar va ularning ixtirolari
Ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi
Ratsionalizatorlik — texnika vositalari, i.ch. texnologiyasi, mashina detallari, tayyor mahsulot va boshqalarni takomillashtirishga doir yangi texnik yechimlar hamda takliflarni ishlab chiqish bilan shutullanish. R.ning ixtirochilikdan farqi shundaki, u muayyan ishlab chiqarish, korxona bilan, bironbir texnologiya, mashina va qurilmaga yangilik kiritish bilan bogʻliq boʻladi, R. aniq bir mashina, texnologik jarayon, detal va boshqalarni takomillashtirishga, ish unumdorligini oshirishga, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratiladi. Mac, paxta terish mashinasining asosiy paxta terish organi — shpindelini takomillashtirishga doir taklif R. taklifi hisoblanadi. R. taklifi berish shartlari, uni muhofaza qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yil qabul qilingan qonunda belgilab qoʻyilgan. R. uchun guvohnoma berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi.
Novatorlik va ratsionalizatorlik xususiyatlarini aniqlash - kasbiy adaptatsiya ya’ni malakali mutaxassis yetishuvi bilan nihoyasiga yetadi. Bunda ko'zga tashlanadigan sifat mutaxassisning ijodiy mehnat qilishidir. Novatorlik - ishlab chiqarishda fan-texnikaning eng so'nggi yutuqlaridan foydalanishga intilish. Ratsionalizatorlik - ijodiy mehnat qilish orqali kam mablag' va kuch sarflagan holda ko'p va sifatli mahsulot chiqarishga kirishish, shaxsiy takliflari bilan chiqish va boshqalardir. Ratsionalizatorlik takliflari - bu xalq xo'jaligining tarmoqlarida yangi va foydali texnik vazifalami yechishga, ya’ni mahsulotning loyihasini ishlab chiqarish texnologiyasini, foydalanilmayotgan texnikani yoki materiallaming xossasini o'zgartirishga qaratilgan bo'ladi. Ratsionalizatorlik ko'p qirrali muammo bo'iib, ko'proq iqtisodiy masalalami hal etishga qaratilgan. Ratsionalizatorlik fikrlar ma’1 urn talablarga javob berishi kerak: birinchidan, texnik yechimga ega bo'lishi, ikkinchidan, yangilik bo'lishi, uchinchidan foydali bo'lishi kerak. Ratsionalizatorlik fikrlar maxsus blankada ariza sifatida beriladi. Ratsionalizatorlik fikrlar qaysi korxonaga tegishli bo'lsa shu korxonaning IRJ ga ariza beriladi. Agarda fikrlar boshqa korxonalarga tegishli bo'lsa vazirlikka beriladi va ro'yxatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |