Quritish jarayonlari va uskunalari, ularni hisoblash



Download 0,53 Mb.
Sana28.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#715865
Bog'liq
Quritish jarayonlari

3-MA’RUZA: Quritish jarayonining fizik-kimyoviy usullari.Adsorbsion namlik.

Qattiq materiallar tarkibidagi namlikni asosan bug‘latish yo‘li bilan ajratib chiqarish quritish deyiladi.

Bu jarayon issiqlik va namlik tashuvchi agentlar (isitilgan havo,tutunli gazlar) yordamida olib boriladi. Quritish protsessida namlik qattiq fazadan gaz (yoki bug‘) fazaga o‘tadi.

Qattiq material va nam havo o‘zaro ta’sir ettirilganda asosan ikki xil protsess sodir bo‘ladi: 1) quritish (materialdan namlikning desorbsiyalanishi, agar Rm>Rh); 2) namlanish (namlikning material tomonidan sorbsiyalanishi, agar Rm; bu erda Rm- bug‘ning material yuzasidagi parsial bosimi, Rh- bug‘ning havo yoki gazdagi parsial bosimi).

Quritish paytida Rm ning qiymati kamayadi va Rm=Rh chegarasiga yaqinlashib boradi. Bunday holat dinamik muvozanat holati deb ataladi, materialning bu muvozanat holatiga to‘g‘ri kelgan namligi muvozanat namlik deyiladi.

Quritish paytida namlikning material bilan bog‘lanishi buziladi. P.A. Rebinder tomonidan namlikning material bilan ta’sirining uch (ximiyaviy, fizik-ximiyaviy, fizik-mexanik) turi taklif qilingan.

Ximiyaviy usulda material namlikbilan ta’sirlashganda juda mustahkam va ma’lum nisbatlarda birikma hosil bo‘ladi. Bu namlikni materialdan ajratish uchun yuqori temperaturalar ta’sirida qizdirish yoki ximiyaviy reaksiya yo‘li bilan ta’sir qilish kerak. Quritish protsessida bunday namlikni materialdan chiqarish mumkin emas.

Quritish protsessida odatda materialdan fizik-ximiyaviy va fizik mexanik usullar bilan ta’sirlashgan namliklar ajratib chiqariladi. Mexanik usul bilan birikkan namlik materialdan juda tez chiqib ketadi. Bunday namlik moddaning kapillyarlarida va uning yuzasida joylashgan bo‘ladi. Mexanik usul bilan birikkan namlik o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi: makrokapillyarlarning namligi (kapillyarlarning o‘rtacha radiusi ro‘r >10-5sm dan katta); mikrokapillyarlarning namligi (ro‘r <10-5sm). Modda yuzasidagi joylashgan namlik ho‘llanish namligi deb yuritiladi. Mexanik birikkan namlik erkin namlik deb ataladi va bunday namlikni materialdan mexanik usullar (masalan, siqish) yordamida ajratish mumkin.

Fizik-ximiyaviy yo‘l bilan birikkan namlik ikki turga (adsorbsion va osmotik birikkan namliklarga) bo‘linadi. Adsorbsion namlik materialning yuzasida va uning g‘ovaklarida, molekulalarning kuch maydoni ta’sirida mustahkam birikkan bo‘ladi.

Kolloid va polimer materiallarda adsorbsion usul bilan birikkan namlik mavjud bo‘ladi.Material tarkibida fizik-ximiyaviy yo‘l bilan ushlab turilgan namlik bog‘langan namlik deb yuritiladi.

Material tarkibidan namlikning bug‘lanib chiqish intensivligi M material yuzasi birligi F dan vaqt birligi ichida bug‘langan namlikning miqdori bilan o‘lchanadi:

M=W/Fx τ bu erda W-quritish paytida materialdan ajralib chiqqan namlik massasi; τ- quritishning umumiy vaqti.

Namlikning material yuzasidan bug‘lanishi. Bu protsess asosan bug‘ning qattiq material yuzasidan havoning chegara qatlami orqali diffuziya yo‘li bilan o‘tishidan iborat. Materialning yuzasidan namlikning bug‘lanish yo‘li bilan havo oqimiga o‘tishi tashqi diffuziya deb ataladi.

Namlikning material ichida siljishi. Materialning tashqi yuzasidan namlikning bug‘lanishi natijasida material ichida namlik gradienti paydo bo‘ladi, bu gradient ta’sirida materialning ichki qatlamlaridan uning yuzasiga qarab namlikning bunday harakati ichki diffuziya deb ataladi.

Namlikning qattiq material ichida tarqalish hodisasi namlik o‘ikazuvchanlik deb ataladi.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish