“Qiziqarli matematika” to’garagi ishlanmasi25.09.15yil
Mavzu:Ko’pburchaklar perimetri
Maqsad: a)ta’limiy: o’quvchilarga shakllarning perimetrini haqida kengroq tushunchalar berish,ko’pburchak perimetrini hisoblash bo’yicha bilimlarini mustahkamlash, matematikaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
b)tarbiyaviy: o’quvchilarda do’stlik tuyg’ularini shakllantirish.
d)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning geometrik bilim va tafakkurini rivojlantirish.
Jihoz: Mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, rag’bat kartochkalari.multmediya
Uslub: Turli ta’limiy o’yinlar
Mashg’ulotning borishi
1.Tashkiliy qism o’tkaziladi.
O’quvchilar diqqatini jamlash. “Kim zukko” o’yini toq sonlarni aytsam bir chapak, juft sonlarni aytsam ikki chapak chalishadi.Masalan: 1, 7, 8, 20, 50, 31, 23, 28…
2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Moslashtirish” o’yini. Tarqatmalar tarqatiladi. Misollar javobini to’g’risini topib belgilashadi.
27+3 23
46-23 62
60-25 30
54+8 85
57-32 35
50+35 25
Yangi mavzu: Ko’pburchaklar perimetri.
6
4 4
6
To’g’ri to’rtburchakning perimetrini toping.
4+6+4+6=20(sm)
Dam olish daqiqasi:
Aqlimizni charxlaymiz, Masala-misol ishlaymiz.
Olgan bilimlarimizni Hayotda biz qo’llaymiz.
“Uy qurish” o’yini
B
olalarga uchburchak va to’rtburchak, kvadrat shakllari beiladi.Ular uchburchak va to’rtburchaklar perimetrini hisoblab to’g’ri topishsa, uy qurishadi.
Masala.
Omborga 36 qop piyoz, undan 14qop kam kartoshka keltirildi. Omborga qancha sabzavot keltirilgan?
Piyoz-36qop
Kartoshka-?,14 qop kam ?qop
Yechish:1)36-14=22 qop (kartoshka)
2) 36+22=58 qop
Javob: Omborga hammasi bo’lib 58 qop sabzavot keltirilgan.
Chizma.Daftaringizga bo’g’in uzunligi 2sm, 4sm, 3smli bo’lgan siniq chiziq chizing va Barcha bo’g’in uzunliklarini yig’indisini toping.
“Kim tez hisoblaydi” o’yini.
3.Mashg’ulotni yakunlash; Rag’batlantirish.
Uyga vazifa: Tomonlarining uzunligi 2sm, 4sm, 2sm bo’lgan uchburchak chizing va perimetrini toping.
Zarafshon shahar
12-umumta’lim maktabi
boshlang’ich 2-“D”sinf o’qituvchisi
Ruziyeva Zebiniso Tursunmuratovnaning
“Qiziqarli matematika” to’garagi uchun yozilgan ishlanmasi
“Qiziqarli matematika” 2016yil.15-yanvar
Mavzu:Tenglamalar
Maqsad: O’quvchilarga tenglamalar haqida kengroq tushunchalar berish ,ularning bilimlarini mustahkamlash,matematikaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish. Masalalarni tenglamalar orqali bajarishga o’rgatib borish.
Jihoz: Mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, rag’bat kartochkalari.multmediya
Uslub: Tushuntirish, didaktik o’yinlar
Mashg’ulotning borishi
1. O’quvchilar diqqatini jamlash
2. Asosiy qism
Mavzu: Tenglama bu noma’lum sonni topib tenglik hosil qilish.Topilishi kerak bo’lgan noma’lum son x(iks) bilan belgilanadi.
x+35=50 bu tenglama.Tenglama quyidagicha yechiladi. Tenglik to’g’ri bo’lishi uchun x ning o’rniga qanday sonni qo’yish kerakligini bilib olish kerak.
Qaysi son noma’lum. Birinchi qo’shuluvchi. Yig’indidan ikkinchi qo’shiluvchini ayirib noma’lum qo’shiluvchini hosil qilamiz.
x+35=50 Tekshirish:
x=50-35 15+35=50
x=15 50=50
Ayirmaga ayriluvchini qo’shib kamayuvchini hosil qilamiz.
x- 14=31 Tekshirish:
x=31+14 45-14=31
x=45 31=31
Ayriluvchi noma’lum. Kamayuvchidan ayirmani ayirib ayriluvchini hosil qilamiz.
75-x=45 Tekshirish:
x=75-45 75-30=45
x=30 45=45
Mustaqil yechish uchun tenglamalar.
x+28=62 x-25=22 54-x=37
Masala.Berilgan masalani tenglama asosida yeching.
Do’konda 42taqo’g’irchoq bor edi. Bir necha qo’g’irchoq sotilgandan so’ng, yana 30ta qo’g’irchoq qoldi. Do’konda nechta qo’g’irchoq sotilgan?
Bor edi-42ta
Sotildi- x ta
Qoldi-30ta
Yechish: 42-x=30
x=42-30
x=12
Javob: Do’konda 42ta qo’g’irchoq sotilgan
Mustaqil yechish uchun masala.
Nargiza daraxtdan bir necha olma uzdi. 6ta olmani do’gonasiga berdi. Unda 12ta olma qoldi. Nargiza nechta olma uzgan?
“Chaqqon bilimdonlar” o’yini
45+38 23+22 59-36
67-28 18+20 78-37
“Quvnoq vagonlar” o’yini. Vagonlarga tenglamalar yozilgan bo’ladi. Ular o’quvchilarga tarqatiladi. Birinchi yechgan o’quvchi parovoz bo’ladi.Keyin yechgan o’quvchilar ketma-ket vagon bo’lib joylashib turishadi. Oxiri bo’lgan o’quvchi biror she’r aytib berishi kerak.
73-x=21
x+24=52
x-9=18
Shaklda nechta uchburchak borligini toping.
3.Mashg’ulotni yakunlash; Rag’batlantirish.
Uyga vazifa: x+45=80 91-x=38
To’garakning maqsadi va vazifalari!
To’garakda o’quvchilar bilan ishlashning asosiy maqsadi,o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishini rivojlantiri
sh,ularni darsda olgan bilimlarini to’ldiruvchi bilim,malaka va ko’nikmalar bilan boyitish.
Yosh avlodni hozirgi zamon fani asoslri bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlantirishga erishish umumta’lim-tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifadir.
Tasdiqlayman:
Maktab direktori: M.Sodiqova
2-sinf uchun “Qiziqarli matematika” to’garagi ish rejasi
T/r
|
Mashg’ulot mavzulari
|
soati
|
O’tish vaqti
|
O’tildi.
|
1
|
Matematika olamiga sayohat
|
1
|
4.09.15y
|
|
2
|
Didaktik o’yinlar
|
1
|
11.09.15y
|
|
3
|
Qo’shishni tekshirish. Ayirishni tekshirish.
|
1
|
18.09.15y
|
|
4
|
Ko’pburchak perimetri
|
1
|
25.09.15y
|
|
5
|
Matematik diktant.
|
1
|
2.10.15y
|
|
6
|
To’g’ri to’rtburchak.Kvadrat
|
1
|
9.10.15y
|
|
7
|
Sodda va tarkibli masalalar
|
1
|
16.10.15y
|
|
8
|
Soat.Vaqt birliklari.
|
1
|
23.10.15y
|
|
9
|
Matematik qiziqarli o’yinlar.
|
1
|
30.10.15y
|
|
10
|
Og’zaki qo’shish va ayirish
|
1
|
13.11.15y
|
|
11
|
Sonli ifodalar
|
1
|
20.11.15y
|
|
12
|
Yozma qo’shish va ayirish.Ustun shaklida misollar yechish.
|
1
|
27.11.15y
|
|
13
|
Bilimdonlar sinovi
|
1
|
4.12.15y
|
|
14
|
O’lchov birliklari
|
1
|
11.12.15y
|
|
15
|
Misol-masalalar yechish
|
1
|
18.12 .15y
|
|
16
|
Harfli ifodalar ifodalar
|
1
|
25.12.15y
|
|
17
|
Tenglama
|
1
|
15.01.2016
|
|
18
|
Matematik topishmoqlar
|
1
|
22.01.16y
|
|
19
|
Rasm asosida masalalar yechish
|
1
|
29.01.16y
|
|
20
|
Matemarik testlar
|
1
|
5.02.16y
|
|
21
|
Ko’paytirish. Ko’paytirishni tekshirish.
|
1
|
12.02.16y
|
|
22
|
Ko’paytirishga oid misol-masalalar
|
1
|
19.02.16y
|
|
23
|
Bo’lish. Bo’lishni tekshirish.
|
1
|
26.02.16y
|
|
24
|
Bo’lishga oid misol-masalalar
|
1
|
4.03.16y
|
|
25
|
Tenglik va tengsizliklar
|
1
|
11.03.16y
|
|
26
|
O’zaro teskari masalalar
|
1
|
18.03.16y
|
|
27
|
Masalalarninig yozishni jadval usuli
|
1
|
1.04.16y
|
|
28
|
Doira. Aylana markazi va radiusi
|
1
|
8.04.16y
|
|
29
|
Noma’lum ko’paytuvchi va bo’linuvchini topish
|
1
|
15.04.16y
|
|
30
|
Uzunlik o’lchov birliklari. Millimetr
|
1
|
22.04.16y
|
|
31
|
Matematik kecha
|
1
|
29.04.16y
|
|
32
|
To’rt arifmetik amal.
|
1
|
6.05.16y
|
|
33
|
Shakllarning yuzi. Yuza birliklari.
|
1
|
13.05.16y
|
|
34
|
Qiziqarli o’yinlar
|
1
|
20.05.16y
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
To’garak rahbari: Ruziyeva Z.T.
Do'stlaringiz bilan baham: |