Zarafshon shahar 12-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ruziyeva Zebiniso Tursunmuratovnaning



Download 38,56 Kb.
Sana28.03.2017
Hajmi38,56 Kb.
#5493

Zarafshon shahar

12-umumiy o’rta ta’lim

maktabi boshlang’ich

sinf o’qituvchisi

Ruziyeva Zebiniso Tursunmuratovnaning

Ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash yo’llari”



mavzusida tayyorlagan





Ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash yo’llari

Pedagogik texnologiya deganda, ta’lim funkstiyasini amalga oshirishdagi san’at va mahorat tushunilib, u juda qulay usullar asosida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga asos bo’ladi.

Pedagogik texnologiyalar darslarni o’tishda ta’lim samaradorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda mavzuni o’rganishga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkamlash, o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.

Boshlang’ich sinflarda darslarni didaktik o’yinlardan foydalanib o’tishning samarasi beqiyos kattadir. O’yin boshlang’ich sinf o’quvchilarida, ma’lum sifatlarni shakllantirish uchun qo’llaniladigan usuldir. O’yin vositasida o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil narsalar bilan munosabatda bo’lishga o’rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi.

Darslarni didaktik o’yinlar vositasida olib borish bolalarning aqliy faoliyatga tezroq kirishishlari va adaptastiya hosil qilishlariga ham ko’mak beradi. Yangi dars boshlanishida yoki o’tgan darsni mustahkamlash paytida didaktik o’yinlardan foydalanib, o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini oshirish mumkin.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’quv-biluv faoliyatining komponentlarini bosqichma-bosqich shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun har bir dars o’qituvchi tomonidan loyihalashtirilishi, tarkibiy qismlari aniq chegaralangan bo’lishi zarur. Darsda o’qituvchi har bir o’quvchi bilan o’zaro muloqot va hamkorlik o’rnata olishi, dialogga kirishishi uchun qulay sharoit yaratilishi muhim ahamiyatga ega. Boshlang’ich ta’lim samaradorligini oshirish uchun o’quvchilarni o’yin faoliyatidan o’quv-biluv faoliyatiga o’tishlarini ta’minlashga xizmat qiladigan innovastion metodlar majmuini yaratish talab etilmoqda. Didaktik o’yinlar boshlang’ich ta’limda o’qitishning muhim metodi sifatida alohida mavqe egallashi kerak.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng tatbiq etib, o’quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o’rgatishdan iboratdir. Shu maqsadda maktablarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, maktablar kompyuter va boshqa texnika vositalari bilan ta’minlandi. Bularning barchasi ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgandir.

Hozirgi vaqtda pedagog kadrlarni axborot-kommunikastion texnologiyalar bo’yicha malakalarini oshirish ishlari keng yo’lga qo’yilgan. Har bir pedagog o’z kasbiy faoliyatida kompyuter imkoniyatlaridan erkin va faol foydalanishni, dars jarayonida tatbiq qilishini nazarda tutadi. Pedagoglarning axborot-kommunikastion texnologiyalardan foydalanish bo’yicha tayyorgarligi bir necha komponetlarni o’z ichiga oladi. Ulardan biri axborot-komunikastion texnologiyalardan foydalanish asoslari va ularni kasbiy faoliyatda qo’llash metodikasini egallash hisoblanadi.

Tovushlar va multimediyalar bilan ishlash multimediya vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy asboblar yordamida amalga oshiriladi, “Multimediya” atamasi “ko’p tarmoqli muhit”, “multimuhit” ma’nolarini anglatadi. Multimediya deganda, turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Elektron qo’llanma eng birinchi navbatda bu – yangi o’quv ma’lumotlarni namoyish etish, an’anaviy ta’lim usulida chop etilgan qo’llanmalarni mazmunan to’ldiruvchi, ko’rgazmali vositalarga animastiya beruvchi, mavzuni audiovizual (ko’rish va eshitish) to’ldiruvchi, egallangan bilim va ko’nikmalarni tekshirib ko’rishga imkon beruvchi kompyuter-informastion dasturiy vosita bo’lib, unda multimediya imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. Deyarli har bir ta’lim muassasasi kutubxonalarida multimediya prinstiplariga asoslangan elektron ma’lumotnomalar, enstiklopediyalar, tarjimonlar va lug’atlar mavjud. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari elektron enstiklopediyalardan ochiq darslar davomida samarali foydalanishlari kerak.

Dars jarayonida quyidagi turdagi axborot-kommunikastion texnologiyalardan foydalanishga e’tibor beriladi:

– yangi mavzuni bayon etish yoki mustahkamlash uchun slaydlar;

– ayrim mavzularni bayon qilish uchun har biri 5–10 minutli bo’lgan multimediyalar;

– deyarli barcha mavzularni bayon qilish uchun har biri 5–10 minutli bo’lgan multimediyalar;

– turli mashqlarni, amaliy topshiriqlarni bajarishga mo’ljallangan o’yinli multimediyalar.

Bulardan tashqari, o’quvchilar mustaqil shug’ullanishlari uchun elektron darsliklar yaratish ko’zda tutiladi. Elektron darslikda ayrim muhim mavzular yoki deyarli barcha mavzular bayoni, undagi mashqlar, topshiriqlar, testlar multimediya orqali beriladi. Unda turli mashqlar, topshiriqlar va testlar o’yinli multimediyalardan iborat bo’ladi.

Elektron darsliklar o’quvchilarni bilim olishga qiziqtiradi, o’zlari ustida mustaqil ishlashga o’rgatadi, bo’sh vaqtlarini mazmunli va foydali o’tkazishga yordam beradi.

Boshlang’ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish o’qituvchiga:

– darsni zamonaviy tarzda modellashtirish;

– bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo’shimcha ma’lumot va axborotlarga ega bo’lish;

– nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi.

Boshlang’ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish o’quvchilarga:

– fanga qiziqish uyg’otish, o’z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash;

– enstiklopedik ko’rinishdagi axborotlarni tezkor olish;

– mavzuni o’rganishda o’zi uchun qulay bo’lgan tezlik va o’zlashtirish darajasini tanlash;

– zamonaviy axborot-kommunikastion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va unga doimiy ishlashga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi.

Boshlang’ich sinflarda o’quv fanlari bo’yicha multimediyaga asoslangan dars ishlanmalarini o’qituvchi tomonidan tayyorlash juda katta mehnatni talab etadi. Bu ishlarni o’qituvchilarning hammasi ham uddalay olmavermaydi. Shuning uchun multimediyaga asoslangan dars ishlanmalarini markazlashtirilgan holda tegishli mutaxassislar tomonidan tayyorlab berilishi maqsadga muvofiq.

Multimediyaga asoslangan dars ishlanmalarini markazlashtirilgan holda tayyorlash axborot-kommunikastion texnologiyalarni biladigan, ya’ni multimediyani tayyorlay oladigan mutaxassislari bilan shu o’quv fanining mutaxassislari birgalikda amalga oshirilishi kerak. Buning uchun fan mutaxassisi axborot-kommunikastion texnologiyalardan, multimediyani tayyorlash texnologiyasidan etarli daraja xabardor bo’lishi kerak. Bunda fan mutaxassisi tegishli dars uchun multimediyaga asoslangan dars ishlanmasining sstenariysini tuzib berishi, multimediyani tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etishi kerak.

Multimediyaga ovoz berish uchun ham maxsus mutaxassislar jalb qilinishi, ovoz ravon va tushunarli tarzda berilishi, o’quvchilarning diqqatini jalb qila oladigan darajada bo’lishi zarur.

O’quv topshiriqlarini multimediali vositalar yordamida o’quvchilarga taqdim etish bir qadar qulayliklar tug’diradi. Chunki multimediali vositalar o’quvchilarning mustaqil faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir o’quvchini o’qituvchi hamda sinfdoshlari bilan muloqotga kirishish, hamkorlik qilishga undaydi. Bunday vaziyatlarda multimediali vositalar alohida didaktik funkstiyani bajaradi.

O’qish darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi. Har qanday pedagogik texnologiya dars davomida muayyan mavzu mohiyatidan kelib chiqib, mantiqiy izchillikda rivojlantirib borilishi lozim.

Darslarda ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali o’qituvchi nazariy ma’lumotlarniberish bilan bir qatorda, o’quv materiallarini zamonaviy texnika vositasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ilg’or pedagogik texnologiyalar individual ta’sir etadigan usul sifatida boshlang’ich sinf o’quvchilarining har tomonlama rivojlanishi, ma’naviy-axloqiy sifatlarining shakllanishi, mustaqil fikr yuritish, ijodkorlik faoliyatining rivojlanishi va o’zlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishini belgilab beradi.

«Aqliy hujum» metodi.oyalarni generatsiya qilish, biror muammo bo’yicha o’quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan samarali metoddir. Bu metod quyidagi 4 bosqichda olib boriladi:

muammoli savol beriladi;

fikr va g’oyalar bildiriladi va jamlab boriladi;

fikr va g’oyalar guruhlanadi;



aniq va to’ri javoblar tanlab olinadi.

Natija: O’quvchilami o’zaro harakatga keltirish, diqqatlarini jamlash va aniq javobga yo’naltirish.

«Sinkveyn» metodi.«Sinkveyn» so’zi beshlik degan ma’noni anglatadi, ba’zan «oq she’r» - qofiyasiz she’r deb ham nomlanadi. Bu berilgan mavzu bo‘yicha bir necha so‘z orqali o‘quv matnini bayon qilish mumkin bo‘lgan metod. Bunda biror so’zning beshta sifat xususiyati tavsiflanishi zarur. O’quvchilarga mavzuning kalit so’zlari beriladi.Har bir o’quvchi alohida qog’oz varag’iga ushbu so’zning xususiyatlarini yozadi. Ular shaxs va narsa nomi, belgisi, harakatini bildirgan so’zlar ham bo’lishi, shuningdek, ijobiy yoki salbiy jihatini aks ettirishi mumkin. Har bir qatorga yozilgan so’zlar bitta gap hisoblanib, u keng ma’noni o’ziga qamrab oladi.

Natija: berilgan so’zning ma’nosi 5 qatorda ochib beriladi va o’quvchilar to’liq ma’lumotga ega bo’ladilar, ma’nodosh so’zlar o’rganiladi hamda «Ona tili» fani bilan o’zaro boliqliligi ta’minlanadi.

Venn diagrammasi.Venn diagrammasi grafik ko’rinishda bo’lib, ikki va undan ortiq aylananing kesishmasidan hosil bo’ladi. Ikki va undan ortiq predmet (ko’rinish, fakt, tushuncha) tahlil qilinadi va o’rganiladi. Olingan natijalarni umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqariladi.

Natija: bilimlarni mustahkamlashda qo’llaniladi. Doiralarda ikkita xususiyat yoki farqlarni taqqoslash orqali o’quvchilarning bilimlari shakllanadi va aniq ma’lumotga ega bo’ladilar.

«BBB» metodi.Yozuv taxtasi uch ustunga ajratiladi.Birinchi ustunga - «Bilaman», ikkinchisiga - «Bilib oldim», uchinchi ustunga esa «Bilishni xohlayman» degan so’zlar yoziladi.So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan mavzu yuzasidan qanday ma’lumotlarga ega ekanliklarini so’raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman» nomli ustunga yozib qo’yiladi.Keyingi bosqichda o’quvchilar mavzuga oid matn bilan tanishib chiqqandan so’ng, fikr yuritishadi hamda mavzuga oid yana qanday ma’lumotlami o’zlashtirganliklarini «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi. So’nggi bosqichda o’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu bo’yicha qanday ma’lumotlarni o’zlashtirish istagida ekanliklarini so’raydi va bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman» ustuniga yoziladi.

Natija: o’quvchilarning o’tilgan mavzularm yodga olishiga,mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to’ri javob berishiga va o’z-o’zini baholashiga erishiladi.

«Zig-zag» texnologiyasi.Sinf o’quvchilari guruhlarga bo’linadilar. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O’quvchilar matnlarni diqqat bilan o’rganadilar va gapirib beradilar. Barcha guruhlarning o’quvchilari o’zlariga topshirilgan matn mazmunini so’zlab berganlaridan so’ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Shu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o’rganib chiqilgach, o’quvchilar o’tilgan mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o’zaro mantiqiy boliqligini aniqlaydilar.

Natija: o’quvchilarda dars jarayonida matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodda saqlab qolish, so’zlab bera olish, fikrini erkin bayon eta olish ko’nikmasi rivojlanadi.

«T-chizma» usuli.T-chizma munozara vaqtida qo’shaloq javoblar (ha / yo’q, tarafdor /qarshi) yoki taqqoslash, zid javoblarni yozish uchun uni versal grafik-organayzer hisoblanadi. Masalan, qish fasli haqidagi matn o’qilganidan so’ng, o’quvchilar T-chizmanichizib, uning chap tomoniga qish faslining afzalliklarini berilgan vaqt davomida ko’rsatib berishadi. So’ngra shuncha vaqt ichida bu fikrga qarshi bo’lgan fikrlarni, ya’ni qish faslining salbiy tomonlarini ko’rsatib o’tishadi.

Natija: o’quvchilarda tanqidiy mushohada rivojlanadi, shaxs, narsa yoki hodisalarning ijobiy hamda salbiy tomonlari yoritiladi, munosabat shakllanadi, bilimlar mustahkamlanadi.

«Birgalikda o’qiymiz» metodi. Sinf o’quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo’lgan topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarni to’liq bajarishi natijasida o’quv materialining yaxlit o’zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy prinsiplari: o’quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish.

Natija: hamkorlikda ishlash ko’nikmasi hosil qilinadi, birgalikda bajarishning mohiyatini anglash, do’stona munosabat, bir-biriga yordam berish va jamoada ishlash shakllantiriladi.
Download 38,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish