Qimmatbaho metallar bozori reja
QIMMATBAHO METALLAR BOZORI REJA
Qimmatbaho metallar bozori xususiyatlari, ishtirokchilari
Qimmatbaho metallar bozori xususiyatlari, ishtirokchilari
Oltin bozori amal qilish mexanizmi
Oltin bozori amal qilish mexanizmi
Qimmatbaho metallar haqida qiziqarli faktlar
Qimmatbaho metallar haqida qiziqarli faktlar
QIMMATBAHO METALLAR BOZORI XUSUSIYATLARI
Bugungi kunda moliya bozorida qimmatbaho metallar savdosi keng doirada kuzatiladigan amaliyotlardan biridir. Bunga har bir mamlakatda oltin-valyuta zaxirasini muntazam oshirib borishga alohida eʼtibor qaratilishi ham bevosita taʼsir koʻrsatmoqda. Valyutalar boʻyicha oltin standart amal qilgan vaqtda oltinga talab keskin yuqori boʻlgan va bu oʻz navbatida qimmatbaho metallar bozorida oltinning ulushi keskin yuqoriligiga ham xizmat qilgan. Valyutalar boʻyicha oltin standart bekor qilingach qimmatbaho metallar bozorida oltinning ulushi nisbatan pasaygan holda kumush, olmos, platina, palladiya va boshqa qimmatbaho metallar bozori ham rivojlana boshladi.
Jahon bozorida qimmatbaho metallarning strategik roli yuqorida taʼkidlanganidek, bunday aktivlarga talabning yuqori darajadaligi bilan izohlanadi.
Xususan, xalqaro darajada oltin yombilari va tangalarining yuqori likvidliligi kapital qoʻyilmalarning asosiy uchta asosiy sohalari oʻrtasidagi tenglikka asoslangan:
qimmatbaho metallarni qazib olish va ishlab chiqarish
zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va ular savdosi
qimmatbaho metallardan yombilar va tangalarning moliyaviy muomalasi
Bungungi kunda jahonda qimmatbaho metallar bozori oltin bozori, kumush bozori, platina bozori, palladiya bozori va boshqa sektorlar boʻyicha faoliyat yuritmoqda. Qimmatbaho metallar bozorida aynan qimmatbaho metallar savdo predmeti boʻlib xizmat qiladi.
Qimmatbaho metallar qazib oluvchi korxonalardan kelib tushadi. Ularning bozorga taʼsir koʻrsatishi yetkazib berayotgan mahsulot hajmiga bevosita bogʻliq hisoblanadi. Qazib olingan qimmatbaho metallar sanoat korxonalari hamda zargarlik ustaxonalari tomonidan tayyor mahsulotga, zargarlik buyumlariga aylantiriladi. Birjalarning qimmatbaho metallar bozorining muhim ishtirokchisi sifatida qaralishi ayrim mamlakatlardagi birjalarda aynan qimmatbaho metallar bilan savdo qilinuvchi seksiyalar mavjudligi bilan izohlanadi.
Investorlar ishtiroki esa bunday aktivlar orqali faoliyatni diversifikatsiyalashda namoyon boʻlishini qayd etish mumkin. “Markaziy banklar qimmatli metallar bozorida koʻp qirrali oʻrinni egallaydi. Ular oltin bozoridagi eng yirik operatorlar boʻlib hisoblanadi va bir vaqtda bu oltin bilan savdo qilish qoidalarini belgilab beradi.
Xalqaro metallar bozorida ham hosilaviy instrumentlar ham keng doirada qoʻllaniladi. Bunda svoplar, fyucherslar, opsionlar, forvardlar qoʻllanilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro oltin bozorlari Syurix, Gonkong, London, Nyu-York, Dubay kabi shaharlarda joylashgan. Xalqaro bozorlarning uncha koʻp boʻlmagan ishtirokchilariga nisbatan yuqori talablar qoʻyiladi. Bunday ishtirokchilar odatda obroʻsi yuqori va moliyaviy ahvoli yaxshi boʻlgan ixtisoslashgan kompaniyalar va yirik banklardir. Qimmatbaho metallar bilan yirik operatsiyalar bozorlarda kunu-tun oʻtkaziladi, bu esa oltinga aloqasi boʻlgan keng tarmoqlangan mijozlar tarmogʻi bilan taʼminlanadi. Operatsiyalar qatʼiy tartibga solinmagan, qoidalarni bozor ishtirokchilarining oʻzlari belgilashadi.
Qimmatbaho metallar bo’yicha qiziqarli faktlar!!!
Qimmatbaho metallar bo’yicha qiziqarli faktlar!!!
Qimmatbaho metallar bo’yicha qiziqarli faktlar!!!
Qimmatbaho metallar bo’yicha qiziqarli faktlar!!!
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |