“Tasdiqlayman”
48-maktab direktori:
__________Saydaxmedova F.M
“___”_____2022-yil
2-sinf
Fan: Ona tili va o‘qish savodxonligi
Mavzu: Samarqand- tarix beshigi
Qibray tumanidagi 48-maktabning
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi:
Qoraboyeva Oygul Abdurahmonovna
2-sinf
Ona tili va o’qish savodxonligi.
Mavzu: Samarqand -tarix beshigi
Maqsad: A) Ta’limiy: Matn haqida tushuncha berish
B) Tarbiyaviy: tarixiy shaharlar haqida bilimlarini boyitish, tarixiy merosimizni asrashga undash.
C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning BKMlarini rivojlantirish, matnni tushunish darajalarini rivojlantirish.
Darsning metodlari: ifodali o’qish, didaktik o’yinlar, mosini top.
Darsning jihozi: televizor, noutbook, tarqatmalar.
Darsning borishi:
Darsning shiori:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsning maqsadini aytish
Darsga hozirlik ko’rish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash
“So’zni topib ishlating” mavzusi yuzasidan takrorlash
She’rda yashiringan qo’shma so’zlarni toping.
SOʻZ BOYLOVCHI
Dilshod Rajab
Uchiradi “qovoq”ni
“Ari” qoʻyib yoniga.
________qovog‘ari___
Yurgizadi “oyoq”ni
Qoʻshib “sakkiz” soniga.
__________sakkizoyoq__________
Turli gullar koʻp, biroq,
“Karnay”ni ham “gul” qilar.
________karnaygul_____________
Tartib bilan yuring deb,
“Yo’l”larga, “chiroq” ilar.
________yo’lchiroq__________
Soʻzboylovchi soʻz saylab,
Ko’ngillarni xushlasin.
Lekin sira koʻz boylab,
“Nay”ga “rang”ni qo’shmasin.
_________nayrang_________
Darslikda berilgan savollarga she’r asosida javob beriladi.
1. Shoir nima uchun “tilchi-sehrgar” deyapti?
2. Ko’zboylovchi kim? U nima uchun ko’zboylovchi deb ataladi?
3. “So’zboylovchi” so’zining “ko’zboylovchiga” qanday o’xshashligi bor?
4. Shoir she’rda qo’llagan qo’shma so’zlar rostdan ham aytib o’tilgan so’zlardan hosil bo’lgan. Masalan, sakkizoyoq, qovog‘ari kabi.
Lekin bitta so’z unday emas. Undagi qismlarningqo’shma so’z bildiradigan ma’noga umuman aloqasi yo’q. O’xshashlik esa tasodif. Bu qaysi so’z?
Oxirgi savolning javobi – nayrang so’zi.
Nayrang bu – hiyla, aldov. Shoir esa nay –cholg‘u asbobi, rang – belgi so’zlarini aytib,nayrang so’ziga ishora qilgan. Nay va rang so’zlari ma’no jihatdan nayrang so’ziga umuman aloqador emas.
III. Yangi mavzu bayoni
Ba’zan ayrim so’zlarning oxirgi tovushi aytilmasa ham, yoziladi:
Samarqand, baland, musht
Rasmli diktant.
Yozma mashq
Rasmli diktant. Ushbu topshiriq mashq daftariga bajariladi. Mashq daftarida gʻisht, musht, daraxt, poyezd, goʻsht, past-baland
2. Quyidagi savol asosida muhokama uyushtiriladi:
Davlat bilan shaharning nima farqi bor?
Asosiy qism
Darslikning 56-betida berilgan koʻrsatmalar asosida “Ajratamiz” oʻyini tashkillashtiriladi. Oʻquvchilar oʻyin shartlarini oʻqib chiqadilar hamda oʻqituvchi qayta tushuntirib oʻtadi.
Shundan keyin oʻyinni oʻynash boshlanadi.
Oʻquvchilarni tanlab olishda oʻzi xohish bildirgan va bildirmaganlar orasida balansni saqlashga harakat qiling.
Savol-javob
“Davlatlar” deb nomlangan ustunga yozilgan so’zlarga e’tibor qarating. Ularda qanday o’xshashlikni ko’ryapsiz?
Ushbu savol davlat nomlari -iston va -iya qoʻshimchalari bilan tugashiga oʻquvchilarning diqqatini qaratish maqsadida berilgan.
Oʻquvchilar toʻgʻri javobga yetib kela olmasalar, oʻqituvchining oʻzi buni tushuntirib beradi. Nega davlat nomlari shu shaklda tugashini u yerda shu millat vakillari yashashi bilan bogʻlab tushuntirish mumkin.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Ajratamiz” o’yini
Har bir qatordan 5 tadan o’quvchi tanlab olinadi.
O’qituvchi doskaga quyidagi so’zlarni yozadi: Samarqand, Buxoro, Toshkent, O’zbekiston, Farg‘ona, London, Nyu-York, Qozog‘iston, Bishkek, Piskent, Turkmaniston, Germaniya, Turkiya, Fransiya, Parij, Berlin, Polsha, Dehli, Hindiston, Mumbay, Parkent.
Tanlab olingan 5 tadan o’quvchi navbat bilan chiqib shu so’zlarni quyidagi jadvalga joylaydilar
1. Davlatlar deb nomlangan ustunga yozilgan so’zlarga e’tibor qarating. Ularda qanday o’xshashlikni ko’ryapsiz?
2. Shaharlar ustuniga joylashtirilgan so’zlarga e’tibor bering. Aytilishi va yozilishi farq qiladigan so’zlar bormi? Qaysi so’zlar shunday xususiyatga ega?
Audiomatn
“Amirni yenggan non”
Oʻquvchilardan diqqat qilishlari soʻraladi hamda audiomatn ikki marta eshittiriladi.
Savol-javob
Audiomatn ikki marta eshittirilgach, oʻquvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
Hikoya nima haqida?
Amir nima uchun Samarqanddan nonvoy olib keldi?
Nima uchun hikoyaga “Amirni yenggan non” deb nom berilgan?
Hikoyadan qanday xulosa chiqardingiz?
V. Dars yakuni. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag‘batlantirish, baholash.
VI. Uyga vazifa. She’rni oʻqish, darslikning 62-beti
Do'stlaringiz bilan baham: |