Qabul qiluvchi: Imomqulov t bajaruvchi: Pardaboyev Sh



Download 124,33 Kb.
bet1/4
Sana26.06.2022
Hajmi124,33 Kb.
#707603
  1   2   3   4
Bog'liq
islom banklari tizimida shariat qonunlari

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASI ISLOM MOLIYASI ISLOMIY BANK TIZIMIDAGI SHARIYATNING UMUMIY QONUNLARI

Qabul qiluvchi: Imomqulov T

Bajaruvchi: Pardaboyev Sh

Reja :

  • Islomiy bank tizimi haqida umumiy tushuncha va tamoyillari.
  • Shariat tomonidan o’rnatilgan tamoyillar
  • Shariatda kuzatuv tahlil metodologioyasi. Shariatning uchdan bir tushunchasi.

1 Islomiy bank tizimi haqida umumiy tushuncha va tamoyillari

Islomiy moliya tarmog'i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o'zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori 2,5 trillion AQSh dollarini tashkil etadi va yiliga 15–20% ga o'sib bormoqda. Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo'lgan davlatlar uchun ushbu tarmoqni rivojlantirish, ayniqsa, dolzarb hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev IHT TIV kengashi 43-sessiyasi ochilish marosimida so'zlagan nutqida «Islom olami ulkan iqtisodiy, investitsion salohiyat, energetika resurslariga ega. Ulardan to'g'ri foydalanish, Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning xalqaro savdo iqtisodiy, moliyaviy, investitsion hamkorligini kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yo'llarini tashkil etish yuksak iqtisodiy taraqqiyot ko'rsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishida asos bo'lib xizmat qiladi», – deya ta'kidlab o'tgan edi.

Shunday ekan, musulmon davlatlaridagi faoliyati islomiy moliyalashtirishga asoslangan mavjud banklar, investitsiya fondlari va kompaniyalar mablag'larini O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xususiy sektorni qo'llab quvvatlash maqsadida jalb etish ayni muddaodir. Buning uchun albatta milliy bank tizimiga yangicha yondashuv bilan nazar solmoq lozim, ya'ni an'anaviy moliyalashtirish mexanizmlari bilan bir qatorda sherikchilikka asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish masalasi tadqiq etilishi muhim va dolzarb hisoblanadi. Islomiy moliya muassasalarining an'anaviy moliya muassasalaridan asosiy farqi shundan iboratki, islomiy moliya foyda va zararni bo'lishish hamda real aktivlarga asoslangan moliyalashtirishni o'zida namoyon qiladi. Boshqacha aytganda, islomiy moliyalashtirish sherikchilikka asoslanadi. Bunday muassasalar mijoz talabi bo'yicha ob'ektni qurib berishi, asbob-uskunalar, tovar, xomashyolar sotib olib berishi yoki ularni ijaraga berishi mumkin. Moliyalashtirish asosida savdo amaliyotlari yotadi. An'anaviy bank tizimida esa banklarning savdo amaliyotlarini amalga oshirishi qonunchilik nuqtai nazaridan mushkul hisoblanadi va bunga soliqqa tortish hamda bank faoliyatiga taalluqli me'yoriy-huquqiy hujjatlar to'sqinlik qiladi.


Download 124,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish