1.3. Plastik massalari
Plastik massalar deb sun’iy ravishda bogiovchi organik
polimerlar asosli sun’iy ravishda olingan materiallarga aytiladi. Bu
materiallar qizdirilganda plastik holatga o‘tish qobiliyatiga ega
boiadilar. Shundan foydalangan holda ularga bosim ostida turli
kerakli shakllar beriladi va keyinchalik sovushi natijasida shu berilgan
shaklni saqlab kolishadi. Materialdagi bogiovchining kelib chiqish
tabiatiga ko‘ra shakllangan plastik massalar, qayta sovushi natijasida
yoki yana qayta qizdirilishi natijasida qotishi amalga oshiriladi.
1.3.1. Plastik massalarning tarkibi, klasifikatsiyasi va xossalari
Plastik massalarning asosiy komponenti bogiovchi modda
hisoblanadi. Ko‘pchilik plastik massalar uchun bog‘lovchi modda
sifatida sun’iy smolalar qoilanilsa, kam hollarda selleyuloza efirlari
qo‘llaniladi. Aksariyat plastik massalar asosan termoplastik boiib,
ular faqat bitta bogiovchidan tashkil topgan, misol: polietielen,
organik shisha va shunga o‘xshashlar boiadi.
Plastik massalarda bogiovchi moddadan tashqari yana bir asosiy
komponent bu toidiruvchi (kelib chiqishi organik yoki noorganik
boigan kukunsimon, tolasimon materiallar) hisoblanadi. Toidiruvchi
komponent bogiovchi komponent bilan to ia aralashtirilgandan keyin
yarim plastik massa mahsuloti hosil boiadi, keyinchalik ularga
kerakli shakl berilishi natijasida tayyor plastik massadan yasalgan
buyum hosil boiadi. Materialdagi toidiruvchi plastik massalami
mexanik xossalarini oshiradi, shakllangan buyumning qotish
jarayonida oicham o‘zgarishlarni qisqartiradi va materialga turli u
yoki bu o‘zgacha xossalarga ega boiishligini ta’minlaydi. Bundan
tashqari, plastik massalarga texnologik jarayonni, ya’ni bosim bilan
ishlashni yengillashtirish maqsadida ularga plastifikator deb
nomlangan turli moddalar, jumladan:
oltin kislatasi, sterin,
dibutilftalat hamda shunga o‘xshagan moddalar qo'shiladi va nihoyat
plastik moddalarga qotiruvchi, plastik massalami shakllashdan oldin
qotib qolishligining oldini olish maqsadida sekinlatuvchi yoki
strukturadagi kerakli kimyoviy reaksiyani tezlatish maqsadida
katalizatorlar hamda plastik massadan yasalgan buyumlarga rang
berish maqsadida ranglovchilar qo‘shilishi mumkin.
Plastik massalaming xossalari, asosan, ulaming tarkibidagi kom-
ponentlar miqdori va ulaming orasidagi nisbatlari bilan belgilanadi.
Bu esa materialdagi komponentlar nisbatlarini o‘zgartirish orqali
ulaming xossalarini keng chegaralar qiymatlarida o‘zgartirish
imkoniyati paydo boiadi.
Bogiovchi moddaning xossasiga ko‘ra plastik massalar termo
plastik — asosan termoplastik polimerlar asosli, va termoreaktiv -
asosan termoreaktiv smolalar asosli plastik massalarga bo‘Iinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |