Magistraturaga kirish sinovi dasturi va baholash mezoni (5A230102-
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo„yicha) Guliston davlat universiteti “Iqtisodiyot”
kafedrasining 2021 yil 29 iyundagi yig„ilish qarori bilan tasdiqlangan (
GulDU
Iqtisodiyot kafedrasining 18-sonli bayonnomasi).
Dastur 5A230102- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo„yicha) magistratura
mutaxassisligiga kiruvchilar uchun mo„ljallangan va 5230100 – Iqtisodiyot
(tarmoqlar va sohalar bo„yicha) ta‟lim yo„nalishining 2017/2018 –o„quv yilida
tasdiqlangan o„quv rejasidagi аsosiy fanlarga muvofiq tuzilgan.
Tuzuvchilar:
O.T.Sattorqulov – GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti
A.X.Burxanov - GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti
A.A.Abduvoxidov - GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti
Taqrizchi:
A.A.Mamatov – O„zbekiston Respublikasi milliy gvardiya
harbiy-texnik instituti professori
© Iqtisodiyot kafedrasi
Kirish
5A230102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo„yicha)
- iqtisodiyot
sohasidagi mutaxassislik bo„lib, barcha ta‟lim muassasalarida mutaxassislikka oid
fanlarni o„qitish, O„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-
tadqiqot institutlari,
markazlari, ilmiy- ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy –
tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va
notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy
davlat boshqaruvi organlarida, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sub‟ektlarida iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va
boshqarishga oid kompleks masalalarni hal etish,
mutaxassislikka oid kasbiy
ko„nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo„naltirilgan inson faoliyatining kompleks
masalalar majmuasini qamrab oladi.
Ta‟lim yo„nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - talabalar
bilimlarini chuqurlashtirish va mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning
strategik yo„nalishlarini ishlab chiqish, loyihalar va takliflarni institutsional, iqtisodiy
va ijtimoiy kontseptsiyalarini
tahlil qilish, iqtisodiyot tarmoq va sohalariga xizmat
ko„rsatuvchi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasining faoliyatini tadqiq qilish
va samaradorligini baholash hamda ularni rivojlantirish bo„yicha tavsiyalar berish,
turli
mulk shakllariga tegishli, turli tarmoq va sohalarning xo„jalik yurituvchi
sub‟ektlarining iqtisodiy, moliya, hisob va hisobot yurituvchi marketing faoliyatini
tashkil
etish va boshqarish, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni, mikro va
makro iqtisodiy makonda iqtisodiy ko„rsatkichlarining tahlili, turli sohalarda ilmiy va
amaliy tadqiqot,
nazariy va amaliy tahlil, modellashtirish echimlarni ishlab chiqish
bo„yicha hamda ilg‟or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarini
oshirish va ko„nikma hosil qilishdan iboratdir.
Magistratura ta‟lim bosqichining “5A230102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va
sohalar bo„yicha)” mutaxassisligiga kirish bo„yicha “Mutaxassislik” fanidan
tayyorlangan maxsus sinov dasturi bakalavriat ta‟lim yo„nalishida o„qitilgan
“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash”, “Industrial iqtisodiyot”, “Innovatsion
iqtisodiyot”,
“Global
Iqtisodiy
rivojlanish”,
“
Mikroiqtisodiyot”
va
“Makroiqtisodiyot” kabi ixtisoslik fanlari asosida tuzilgan. Shuningdek, O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirzieyovning 2020 yil 29
dekabrdagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida ko„tarilgan dolzarb vazifalar va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar,
shuningdek 2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy ustuvor
yo„nalishlar ham kiritilgan.