O’zbekistonning xizmatlar sohasi reja



Download 79,41 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi79,41 Kb.
#671525
Bog'liq
O’ZBEKISTONNING XIZMATLAR SOHASI.pptx Usmonov.F

O’ZBEKISTONNING XIZMATLAR SOHASI

REJA:

1.Xizmatlar tushunchasi va xizmatlar sohasining tavsifi.

2.O’zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanish ko’satkichlari.

3.Xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish siyosati.

  • Xizmatlar - bu nomoddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan, ta’minotchi tomonidan iste’molchiga ko‘rsatiladigan muayyan faoliyat natijasidir. Xizmatlarni jamg‘arib qo‘yib bo‘lmaydi, ularning doimiy o‘zgarmaydigan sifatini ta’minlash qiyin, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchidan ajralgan holda u yuzaga chiqmaydi. Xizmatlar sohasini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: 1.Moddiy xizmatlar ishlab chiqarish - transport, savdo va umumiy ovqatlanish, uy-joy-kommunal, maishiy xizmatlar va boshqalar.
  • Nomoddiy xizmatlar ishlab chiqarish - boshqaruv, ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, san’at, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, audit, sug‘urtalash, moliyaviy xizmatlar va boshqalar.
  • Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar esa o‘z vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
  • 1.Moddiy xizmatlar.
  • 2.Ijtimoiy-madaniy xizmatlar.
  • Boshqa bir tasnifga ko‘ra, xizmatlar sektoriga quyidagilar kiritiladi:
  • Savdo (ulgurji va chakana);
  • Ovqatlanish va istiqomat qilishni ta’minlash xizmatlari (mehmonxona, restoran, oshxona va boshqalar);
  • Transport xizmatlari;
  • Aloqa va axborot sohasida xizmat ko‘rsatish;
  • Moddiy-texnika resurslari ta’minoti, ularni tayyorlash va saqlash xizmatlari;
  • Bozorning amal qilishini ta’minlaydigan kredit, moliya va sug‘urta, ko‘chmas mulk operatsiyalari va boshqa xizmatlar;
  • Ta’lim, madaniyat va san’at;
  • Fan va ilmiy xizmatlar;
  • Sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport;
  • Uy xo‘jaligiga ko‘rsatiladigan xizmatlar (uy xo‘jaligini saqlash va ta’mirlash, maishiy va kommunal xizmatlar) va h.k lar
  • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning muhim manbai va omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu soha yalpi ichki mahsulotni shakllantirish va o‘stirish, aholi bandligini ta’minlash, odamlarning farovonligini oshirishda yetakchi o‘rin egallamoqda.
  • 2010-2014 yillarda an’anaviy maishiy va kommunal xizmatlar ulushi 16 foizdan 9,5 foizga kamayib, yuqori texnologiyalar asosidagi xizmatlar ulushi 21,2 foizga qadar ko‘tarildi.
  • Keyingi o‘n yillikda yalpi ichki mahsulotda xizmatlarning ulushi 12-13 foizga oshib, 53-54 foizdan iborat bo‘lmoqda. Xizmatlar hajmining yillik qo‘shimcha o‘sish sur’ati 12,4-16,3 foizni tashkil etayapti. Iqtisodiyotda bandlarning qariyb ½ qismi ushbu sohada faoliyat ko‘rsatmoqda.
  • Aholiga pullik xizmatlar hajmi ham yiliga qo‘shimcha 12,5-16,3 foizdan ko‘paymoqda. Xizmatlar sektoriga kiritilayotgan investitsiyalarning umumiy hajmi jami investitsiyalarning 53,5 foizini, chet el investitsiyalarining 50,8 foizini tashkil etmoqda. Ko‘rinib turibdiki, xizmatlar sektori mamlakat iqtisodiy faoliyatining qariyb yarmini qamrab olmoqda.
  • O‘zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni bugungi kunda
  • 10 million 200 ming kishidan oshdi. Respublikamizda internetning o‘tkazuvchanlik darajasi 4 barobar oshirildi, internetga ulanish tezligi esa 1,5 marta ortdi.
  • 2020 yilda 500 dan ortiq yangi bazaviy mobil aloqa stansiyalari o‘rnatildi, mobil aloqa xizmatidan foydalanuvchilar soni qariyb 20 million kishini tashkil etmoqda. 2020 yilning o‘zida abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi qariyb 26 foizga ko‘paydi
    • Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish siyosati
  • Mustaqillik yillarida xizmatlar sohasining rivojlanishiga davlat tomonidan ustuvor ahamiyat berib kelindi. Soha korxona va muassasalari keng miqyosda xususiylashtirildi, bozor islohotlari amalga oshirildi, bu sohada raqobat munosabatlarining rivojlanishi rag‘batlantirildi. Natijada ilg‘or va zamonaviy xizmat turlari ko‘paydi.
  • Xizmatlar sohasining tashkiliy-institutsional, tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 aprel va 2007 yil 21 maydagi qarori bilan “2006-2010 yillarda xizmatlar sohasi va servisni rivojlantirish dasturi” qabul qilindi. Dasturni bajarish jarayonida xizmatlarning sifati oshdi va tarkibiy tuzilishi o‘zgardi. Internet, videotelefoniya, raqamli televideniye, zamonaviy bank xizmatlari, lizing, sug‘urta, audit, injiniring kabi xizmat turlari ommalashdi.
  • 2013-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasining qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yanada jadal rivojlantirish Dasturi, shuningdek, shu yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirishning asosiy xizmat turlari va hududlar bo‘yicha maqsadli parametrlari tasdiqlangan. 2013-2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish va o‘sish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilmoqda.

Download 79,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish