Mavzu: “ restoran besnisi “ faniga kirish. Ovqatlanish korxonalari va ularning tasniflanishi.
Reja:
“ Restoran biznesi “ fanining maqsadi va vazifalari. Ovqatlanish korxonalarida restoranning tutgan o’rni.
Restoranning paydo bo’lish tarixi.
Ovqatlanish korxonalarining tavsifi va turlari. Ovqatlantirish korxonalarining toifalari.
Ovqatlantirish korxonalarining joylashtirish tamoillari.
Fanning o’qitilishidan maqsad – bakalavrga turistlarga ovqatlantirish xizmatlarini ko’rsatishda restoran xizmatlarini tashqil qilish va usullarini o’rgatish, O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan umumiy ovqatlantirish korxonalarini turlari va vazifalari, umumiy ovqatlantirish korxonalari bozorida restoran ximatlarining o’rni to’g’risida bilimlar berish hisoblanadi.
Fanning vazifalari quyidagilardan iborat:
“ Restoran biznesi “ fanining maqsadi va vazifalari;
Umumiy ovqatlantirish korxonalari va ularning tasniflanishi;
Restoranlar va umumiy ovqatlantirish korxonalaring tashkiliy boshqaruv tuzilmasi;
Turizm sohasida restoranlar ovqatlantirishning asosiy tizimi sifatida;
Restoran boshqaruvuda Kdrlarni tanlash va boshqaruvni tashkil etish;
Restoranda xizmat qiluvchi xodimlarning vazifalari;
Restoran xo’jaligida sanitariya gigiyenik talablarni tashkil etish;
Restoranda taomnoma va uni tuzish tartibi;
Restoran xizmatlarida texnologik jarayonlar tavsifi;
Restoranda mijozlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish;
Restoranda xizmat ko’rsatishning maxsusu turlari va shakllari;
Restoran oshxonasida ishlatiladigan idish tovoqlar va anjomlar;
Stolni servirovka qilish jarayonlari;
Restoranlarda ovqatlantirish zalini tayyorlash;
Banket konferensiyalarni tashkil etish;
Restoran xizmatlarida xavfsizlik qoidalari;
Restoran faoliyatini samarali tashkil qilish;
Restoran biznesini rivojlantirishda reklamaning o’rni;
Dunyo xalqlari ovqatlantirishida restoranning o’rni haqida bilimlar berish.
Ovqatlantirishning turlari bu ertalabki nonushta, yarim pansion, to’liq pansion doimo turistik xizmatlar ko’rsatish tarkibida ko’rsatilgan bo’ladi. Yarim pansionda ( ikki marta ovqatlantirish ) ertalabki nonushta va kechki ovqat yoki tushlik nazarda tutilgan bo’ladi. Pansion - bu uch martalik ovqatlantirishdir. Qimmatbaho xizmat ko’rsatish variantlarida butun kun davomida va hatto tunda istalgan vaqtda va istalgan miqdorda ovqatlantirish hamda ichimliklar ichish imkoniyati nazarda tutiladi.
Aksariyat tarixchilar jamiyat taraqqiyoting bu davrida hozirgi mehmonxonalarning avlodi dastlabki mehmonhona orvonalari paydo bo'lgan davrni kiritadi. Bunday korxonalar “ Tavernalar “ qadimgi manuskriptlarda tilga olinadi. Taxminana miloddan avvalgi 1700-yilda yozilgan bobil podshosi Hammurappi qonunlari mana shunday manuskriptlardan biridir.
Umumiy ovqatlantirish korxonalari pazandalik mahsulotlarini tayyorlaydigan va ularni mijozlarga yetkazib berish bilan shug’ullanadigsn maskandir. Ishlab chiqarish korxonalari turiga qarab umumiy ovqatlantirish korxonalari quyidagilarga bo’linadi: restoran, kafe, oshxona bar buffet tamaddixona va boshqalar.
Umumiy ovqatlantirish korxonalarida ma’lum toifalarga bo’linadi. Ulardan lyuks, oliy toifali degan nomlar restoran va barlarga beriladi. Kafe oshxona Tamaddixonalar toifalarga bo’linmaydi. Milliy oshxonalarga ega bo’lgan restoranlar ham mavjud. Dunyoda italyancha, xitoycha, grekcha, turkcha, inglizcha, amerikancha, hindcha, fransuzcha, nemischa kabi restoranlar juda mashxur. Ularning ayrimlari narxlarining juda arzonligi bilan ajralib tursa, ayrimlari esa, qimmatligi bilan ajralib turadi.
Transmilliy kompaniyalar. BMT hujjatlariga muvofiq, transmilliy kompaniyalar yuridik shakllari, xo’jalik yuritish sohasidan qat’iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda jiliallari bbo’lgan ularning faoliyatini boshqarib turadigan kompaniyalar kiradi.
Xalqaro restoranlar zanjiri – bu turli joylarda joylashgan, bitta umumiy koorporativ mulk shakliga yoki franshiz shartnomasiga asosan restoranlar majmuasi hisoblanadi. Odatda restoran zanjiridagi binolar standart me’yoriy yechim, standart menyu va xizmatlarga ga.
Do'stlaringiz bilan baham: |