O’zbekistonning xalqaro aloqalari va jahon hamjamiyatidagi o’rni



Download 1,04 Mb.
Sana09.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#765761
Bog'liq
Umaraliyev Muhammad Yusuf

O’ZBEKISTONNING XALQARO ALOQALARI VA JAHON HAMJAMIYATIDAGI O’RNI

REJA:

  • 1.O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari.
  • 2.O’bekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari.
  • 3.O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan ko’p tomonlama hamkorlik munosabatlari.

1. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari. Mustaqillik davrida O’zbekiston jahon arenasida xalqaro munosabatlarning o’z ovoziga ega bo’lgan teng huquqli subyekti sifatida namoyon bo’la boshladi. asrning so’nggi o’n yilligida dunyoda tub o’zgarishlar yuz berdi. Turli qarama-qarshiliklar avj olib, xalqaro vaziyat alg’ov- dalg’ov holatiga kelib qoldi. Tabiiyki, O’zbekistonning boy tabiiy zahiralari, muhim geografik joylashuvi, buyuk merosi, bag’rikeng, tanti hamda zahmatkash xalqi, mamlakatning boshqa qator o’ziga xos jihatlari ham jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg’otar, ayrim g’arazli kuchlarning "ishtahasini" qo’zg’otar edi. Mamlakatimiz tevarak atrofida unga go’yoki "beg’araz yordam" qo’lini cho’zayotgan, nima qilsa "to’g’riyu", nima qilsa "noto’g’ri" bo’lishini chetdan turib "o’rgatishga, "yo’riqnomalar berib turishga harakat qilayotgan davlatlar yo’q emasdi.
Bu davrda qo’shni mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy tanglik, siyosiy boshboshdoqlik, ayniqsa, ayrim davlat boshqaruv organlarining "falajlik" holatiga tushib qolishi O’zbekistonning tinchligiga rahna soluvchi ichki va tashqi kuchlarga qulay sharoit yaratdi. Bularning hammasini tahlil qilgan xorijiy sharhlovchilar Bolqon yarim orolida yuz berayotgan fojialarning Markaziy Osiyoda takrorlanishi yoki Afg’oniston mojarosi mintaqani o’z domiga tortib olishini "bashorat qilardi. Bu hududning "bolqonlashuvi" yoki "afg’onlashuvi haqida turli siyosiy sharhlar tayyorlab qo’yilgan edi
Mustaqillikning ilk yillarida va undan keyin ham O’zbekiston juda katga sinovlarga duch keldi, mamlakat atrofida turli murakkab vaziyatlar, qurolli mojarolar, fojiaviy voqealar to’xtovsiz yuz berib turgan bir paytda davlat va jamiyatni taraqqiyotga yetaklash, xalqning tinchligi va barqarorligini ta‘minlash mamlakat rahbaridan o’ta donolik, mislsiz shijoat va metin irodani talab etardi. Prezident Islom Karimov O’zbekiston aholisini ana shunday sinovlardan, bo’hron va larzalardan eson-omon olib chiqish sharafiga muyassar bo’ldi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, biron mustaqil davlatning jahon siyosat maydonidagi o’rnini birov chetdan kelib, tayyorlab bermaydi. Davlat bu yo’lda xorijiy hamkorlar tomonidan ko’rsatiladigan do’stona munosabat, qo’llab-quvvatlash bilan birga, jiddiy muammolarga, kutilmagan vaziyatlar, shuningdek, ba‘zi xalqaro kuchlar tomonidan bildirilayotgan ishonchsizlik, ochiqdan-ochiq tazyiq o’tkazishga urinish holatlariga doimo tayyor turishi kerak. Bu fikrimizga mustaqil O’zbekiston tarixi misol bo’la oladi.
Har bir davlat va uning rahbari, avvalo, o’z xalqi kuchiga ishonib, beminnat tashqi hamkorlikka tayangan holda, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta‘minlashga, mamlakatni turli qaltis vaziyatlardan talofatsiz olib chiqishga erishmog’i darkor. Hozirgi kunda Yer yuzida 3,5 mingdan ortiq millat va elatlar yashab turib, ulardan faqat 200 ga yaqinigina o’z davlagchiligiga ega ekanligi bunday vazifa naqadar murakkab va uni amalga oshirish qat‘iyatli, eng sobitqadam xalq uchungina munosib bo’lishini tasavvur qilish qiyin emas.
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga davlat tashqi siyosatining bosh tamoyillarini o’zida aniq va ochiq-oydin ifoda etgan alohida bob kiritildi. Qomusning "Tashqi siyosat" deb nomlangan 4-bobi "Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizlgi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi", deya bayon etildi. 17-moddada "Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin", degan qoida muhrlab qo’yildi.
Milliy manfaatlarni sobitqadamlik bilan ilgari surish, davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, Markaziy Osiyoda geosiyosiy muvozanatni saqlash; siyosiy, iqtisodiy, savdo- sotiq, transport va boshqa sohalardagi xalqaro aloqalarni keng diversifikatsiya qilish O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlari etib belgilandi. Tashqi aloqalarning qonuniy asosini yaratish jarayoni bilan bir paytda xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar o’rnatish va izchil rivojlantirib borish mexanizmlarini zudlik bilan shakllantirishga kirishildi. Shu tariqa O’zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, chet
ellardagi elchixonalari va konsullik xizmatlari tashkil etildi. Davlat uchun yangi bo’lgan xalqaro munosabatlar sohasini milliy kadrlar bilan muntazam ta‘minlab borish maqsadida 1992 yil 23 sentabrda mamlakat tarixida va Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib, Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ochildi
O’zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari.
O’zbekiston – BMT munosabatlari. Davlatlar va millatlar o’rtasidagi nizo va ziddiyatlarni tinch yo’l – muzokaralar orqali hal etishda eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning o’rni kattadir. O’zbekiston Respublikasi o’zining xohish-irodasi va taklifiga ko’ra 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi. O’zbekiston BMT Nizomini, xalqaro huquqiy meyorlarni, davlatlararo muomala qoidalarini, shuningdek, BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar talablariga rioya qilishini bildirdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to’la teng huquqli a‘zosi bo’ldi.
Prezident I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil sentabrda bo’lgan 48- sessiyasida ishtirok etishi va unda qilgan ma‘ruzasi O’zbekistonni jahonga ko’hna va navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O’zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo’yicha bir qator takliflarni o’rtaga qo’ydi.
O’zbekiston Respublikasi va BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi mamlakatimizda BMTning Taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mita komissari, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Aholi joylashish jamg’armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti dasturi, Bolalar jamg’armasi singari ixtisoslashgan muassasalarni o’z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo’ldi. 1993-1997 yillarda BMT vakolatxonasiga boshchilik qilgan Xolid Malikning faol ishtirokida O’zbekistonda ko’plab xalqaro tadbirlar o’tkazildi. Chunonchi, Toshkentdagi BMTning qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mitasi komissarining vakili tojik qochoqlarni yurtiga qaytarish, ularga BMTning insonparvarlik yordamini yetkazish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirdi. 1994 yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda bo’lgan jahon sayyohlik tashkilotining «Ipak yo’li» xalqaro yig’ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O’zbekistonning mavqeini yanada ko’tardi.
1995 yil 20 yanvarda Toshkentda BMT vakolatxonasi bilan hamkorlikda seminar-kengash bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston taraqqiyotining strategik muammolari, o’zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo’llari muhokama etildi. O’zbekiston o’zining BMT ishidagi ishtirokini Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va tinchlikni ta‘minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e‘tiborini qaratish imkoniyati deb biladi. O’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan seminar-kengash bo’lib o’tdi.
Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligini ta‘minlash, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan takliflarini aytdilar. O’zbekiston BMTning 50 yilligiga bag’ishlangan tantanalarda faol qatnashdi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1995 yil 22-24 oktabrda bo’lgan yubiley sessiyasida qatnashib nutq so’zladi. Prezident o’z nutqida bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini ta‘minlash yo’li bilangina jahon xavfsizligini ta‘minlash mumkinligi alohida ta‘kidlandi. Afg’onistondagi urushga barham berish uchun unga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni taqiqlash takliflari ilgari surildi
Shuningdek, ommaviy qirg’in qurollarini tarqatmaslik, qurol savdosini cheklash to’g’risida, Orol dengizining qurib borishi bilan bog’liq ekologik muammoni hal etishga xalqaro moliya tuzilmalarini va rivojlangan mamlakatlarni jalb qilish, BMTning tashkilotchilik ishini faollashtirish to’g’risida bir qator takliflar ilgari surildi. Xalqaro tashkilotlar va nufuzli davlatlar bu takliflarni ma‘qulladilar va muammolarni hal qilishga ko’maklashdilar.
1997 yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo – yadro qurolidan xoli zona» mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan O’rta Osiyo va Qozog’iston davlatlari Tashqi ishlari vazirliklarining Bayonoti imzolandi. Unda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a‘zolari, barcha davlatlar Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish tashabbusini qo’llab- quvvatlashga va uni barpo etishga ko’maklashishga chaqirildi. 2006-yilda ushbu masala bo’yicha shartnoma imzoladilar. 2009-yilning mart oyidan boshlab mazkur shartnoma kuchga kirdi. Bu mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlashning eng kafolatli yo’llaridan biri edi. O
O‘zbekistonning BMTga yo’llagan afg’on muammosini tinch yo’l bilan hal qilish masalasida muloqot guruhi tashkil etish haqidagi taklifi asosida 1997-yilda BMT homiyligida „6+2 guruhi tashkil etildi. O‘zbekiston guruhning asosiy ishtirokchisi bo’ldi. 1999 yilning 19-20 iyul kunlarida Toshkentda BMT homiyligida Afg’oniston bo’yicha «6+2» guruhining navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda guruhga a‘zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari o’rinbosarlari darajasidagi delegatsiyalari, BMT Bosh kotibining Afg’oniston bo’yicha maxsus elchisi Laxdar Braximiy ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida Afg’onistondagi mojaroni hal etishning asosiy tamoyillari to’g’risida Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
2000-yil oktabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo’yicha maxsus qo’mitasi ta‘sis etildi. 2000 yilning 8 sentabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining sessiyasida qatnashdi. 150 dan ko’proq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etgan ushbu sessiyada I.A.Karimov nutq so’zladi. Tashrif davomida Islom Karimov Nyu-Yorkda bir qator uchrashuvlar o’tkazdi. 2002 yilning 18-20 oktabr kunlari BMTning bosh kotibi Kofi Annanning yurtimizda bo’lishi O’zbekistonning bu tashkilotga a‘zo bo’lgandan keyingi va Prezidentimiz I.Karimovning BMT minbaridan so’zlagan nutqidan keyingi eng e‘tiborli voqealardan biri bo’ldi.
O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan ko’ptomonlama hamkorlik munosabatlari.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan O’zbekistonning tashqi siyosiy yo’li, bu yo’lning xalqaro huquq normalariga mosligi, shuningdek, mamlakat tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari va idoraviy tuzilmalarini shakllantirish bo’yicha boshlangan jarayon mustaqillikning birinchi yillaridayoq dunyo hamjamiyati e‘tiboriga tushdi. Buning dalili mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq uni xorijiy mamlakatlar tan olib, diplomatik munosabatlar o’rnata boshlaganlarida ko’rish mumkin.
1991 yilning oxirigacha O’zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon (19 oktabr), Rossiya Federatsiyasi (26 oktabr), Qirg’iziston (31 oktabr), Moldova (14 noyabr), Qozog’iston (7 dekabr) o’rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik prinsiplari to’g’risidagi kelishuvlar imzolandi. Shu vaqt orasida O’zbekiston Respublikasining Ukraina (28 oktabr) va Belarus (6 noyabr) bilan davlatlararo munosabatlari asoslari to’g’risidagi shartnomalarga imzo chekildi. O’zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan o’zaro hamkorlik masalalariga alohida e‘tibor qaratdi. Ikki davlat rahbarlari imzolagan huquqiy hujjatlar O’zbekiston Rossiya davlatlararo munosabatlari va hamkorligi rivojlanishining kafolati bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan hujjatlar: 1992 yil 30 mayda imzolangan Davlatlararo munosab
1998-2007 yillar uchun iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashgirish to’g’risidagi shartnomalardan iborat. Keyingi yillarda O’zbekiston Rossiya munosabatlari har ikki davlat rahbarlari say- harakatlari tufayli yangi bosqichga ko’tarildi. Bunda, xususan, 2004 yil 18 iyunda imzolangan O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi strategik sheriklik to’g’risidagi shartnoma muhim ahamiyat kasb etdi. 2005 yil 14 noyabrda Moskvada imzolangan O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi ittifoq munosabatlari to’g’risidagi shartnoma, shuningdek, ikki mamlakat rahbarlarining 2012 yil 4 iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuv yakuniga ko’ra qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish to’g’risidagi deklaratsiya» ikki davlat o’zaro munosabatlarida alohida voqea bo’ldi.
Ikki mamlakat o’zaro munosabatlari va hamkorligining yanada rivojlanishi va chuqurlashishiga 2013 yil 14-15 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putin o’rtasidagi Moskva uchrashuvi yangi turtki berdi. Ushbu uchrashuv chog’ida davlatlarning keng qamrovli o’zaro munosabatlaridagi hamkorlikni rivojlantirish holati va istiqboli ko’rib chiqildi. Bunga, xususan, uchrashuv yakunlari bo’yicha imzolangan "Investitsiyalarni qo’llash va o’zaro himoya qilish to’g’risida"gi bitim, "2013-2017 yillar uchun iqtisodiy hamkorlik dasturi", shuningdek, "2013-2015 yillar uchun madaniy- gumanitar va ilmiy-texnika sohalarida hamkorlik qilish dasturi" misol bo’la oladi. Mazkur uchrashuvda atrof muhitni muhofaza qilish, bojxona va soliq xizmatlari bo’yicha muassasalar o’rtasidagi hamkorlikka doir hujjatlar ham qabul qilindi.
Har ikki davlat mustaqillikka erishgandan keyingi davr ichida O’zbekiston va Rossiya o’rtasida 160 dan ortiq xalqaro shartnoma va 40 dan ziyod boshqa hujjatlar imzolandi. Bu hujjatlar ikki mamlakatning davlatlararo munosabatlari va har tomonlama hamkorligi rivojining mustahkam huquqiy bazasi bo’lib xizmat qilmoqda. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi va Turkmaniston rahbarlarining oliy darajadagi 20 ga yaqin rasmiy uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ushbu qo’shni davlatda Gurbanguli Berdimuhamedov Prezident etib saylanganidan keyin ikki tomonlama manfaatli aloqalar yanada rivojlandi. O’zbekiston va Turkmaniston davlatlari rahbarlarining rasmiy uchrashuvida o’zaro hamkorlikka oid bir qator yangi hujjatlar imzolandi va hayotga izchil tatbiq etilmokda.
Tojikistonda o’tgan asrning 90-yillarida yuzaga kelgan og’ir ichki siyosiy vaziyat mintaqadagi qo’shni mamlakatlar bilan davlatlararo munosabatlarning rivojlanishini orqaga surib
yubordi, Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy xatar yuzaga keddi. Shunga qaramasdan, O’zbekiston Respublikasi va Tojikiston davlat rahbarlari uchrashuvi chog’ida ko’plab davlatlararo shartnoma va bitimlar imzolandi. Ta‘kidlash joizki, O’zbekiston har doim Tojikiston bilan o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalarining o’rnatilishi hamda rivojlanishi tarafdori bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.
O’tgan davr mobaynida O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston davlat rahbarlarining oliy darajadagi bir qator uchrashuvlari bo’lib o’tdi. Xususan, Qirg’iziston poytaxtida 1997 yilning 10 yanvarida bo’lib o’tgan O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston davlat boshliqlari uchrashuvi alohida tarixiy ahamiyatga ega. Bu uchrashuvda istiqboldagi hamkorlikning turli masalalari muhokama qilinib, O’zbekiston Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi va Qirg’iziston Respublikasi o’rtasida abadiy do’stlik to’g’risidagi shartnoma imzolandi. Bu va boshqa ko’plab uchrashuvlarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, uch respublika rahbarlari tomonidan davlatlararo munosabatlarning huquqiy asoslari yaratildi. Ular davlatlararo siyosiy muloqotlarni, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnika va madaniy-ma‘rifiy sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirishga yordam beradi
Islom Karimovning mustaqil O’zbekiston Respublikasi rahbari sifatidagi dastlabki rasmiy tashrifi 1991 yilning 16-19 dekabrida Turkiyaga bo’ldi. Ikki mamlakat rahbarlari va hukumatlari turli masalalar bo’yicha fikr almashishdi hamda o’zbek-turk munosabatlari va hamkorligini rivojlantirish yuzasidan tegishli bitimlarni imzolashdi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy davlat tashrifi bilan Finlyandiyada (1992 yil, 25-27 fevral), Xitoy Xalq Respublikasida (1992 yil, 12-14 mart), Saudiya Arabistonida (1992 yil, 11-13 aprel), Koreya Respublikasida, Malayziya va Indoneziyada (1992 yil, 16-23 iyun), Pokiston Islom Respublikasida (1992 yil, 13 avgust), Avstriya Respublikasida (1992 yil, 18-20 sentabr), Eron Islom Respublikasida (1992 yil, 24-25 noyabr), Misr Arab Respublikasida (1992 yil, 15-17 dekabr), Shveysariyada (1993 yil, 28 yanvar), Germaniya Federativ Respublikasida (1993 yil, 25-27 aprel), Niderlandiya Qirolligida (1993 yil, 8 iyun), Fransiyada (1993 yil, 27-30 oktabr), Buyuk Britaniya Qo’shma Qirolligida (1993 yil, 22-25 noyabr), Yaponiyada (1994 yil, 16-19 may), Polshada (1995 yil, 11-12 yanvar) va boshqa mamlakatlarda bo’ldi.
Mazkur uchrashuvlar davomida davlatlar ikki tomonlama o’zaro munosabatlari va hamkorligining huquqiy asosi yaratildi. Bu esa muhim siyosiy ahamiyatga ega bo’ldi. Ular O’zbekistonning dunyo xo’jalik tizimiga teng huquqli sheriklik va o’zaro ehtirom tamoyillari asosida kirishiga, xalqaro hamjamiyat mamlakatlari bilan faol xalqaro siyosiy, iqtisodiy, ilmiy- texnik va madaniy hamkorlikni amalga oshirishiga imkon berdi. O‘zbekiston bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo’lga qo’yildi. 1992-yil 15-16-fevral kunlari AQSH davlat kotibi Jeyms Beyker O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi.
. 1992-yil 16-mart kuni Toshkentda birinchi bo’lib, AQShning elchixonasi ochildi. 1993-yil 14-sentabrda AQSH davlat departamentining maxsus topshiriqlar bo’yicha elchisi Strob Talbot O‘zbekistonda bo’ldi va O‘zbekiston Prezidenti bilan hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashdi. 1995-yil 6-aprelda AQSH mudofaa vaziri Uilyam Persi O‘zbekistonga keldi, O‘zbekistonning NATO „Tinchlik yo’lida hamkorlik“ dasturida ishtiroki muhokama qilindi. AQSH armiyasi o’quv-mashq markazida tinchlikni ta‘minlash maqsadida o’tkazilgan harbiy mashqlarda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bo’linmasi ishtirok etdi. O‘zbekiston bilan AQSH o’rtasida sarmoyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish to’g’risida, ikki yoqlama soliq olmaslik to’g’risida shartnomalar tuzilgan. Toshkent-Nyu-York o’rtasida bevosita havo yo’li ochildi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov 1995-yilda BMT yubiley sessiyasi kunlarida AQSH vitse-prezidenti Albert Gor bilan uchrashdi. Uchrashuvda jahon va mintaqaviy xavfsizlik masalalari, ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish to’g’risida fikr almashindi. Ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarga ko’mak berish maqsadida Amerika- O‘zbekiston savdo palatasi tuzildi. Palata savdo va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi.

TAYORLADI: UMARALIYEV MUHAMMAD YUSUF


E’ TIBOTINGIZ UCHUN RAHMAT
QABULQILDI:MIZAYEV AXRORJON
Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish