Aim.uz
O’zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash
Iqtisodiyotda tadbirkorlikning naqadar muhim o’rin tutishini hayot tasdiqladi. Chunki,
bozorning mo’l-ko’lligi ko’p jihatdan tadbirkorlikka bog’liq. Ayniqsa, xalq iste’mollari tovarlari
ishlab chiqarish, turli-tuman xizmatlar ko’rsatish borasida tadbirkorlikning ahamiyati beqiyos.
Bunda kichik biznes alohida o’rin egallaydi. U o’zining yuqorida ko’rsatib o’tgan qator
afzalliklari tufayli zarur bo’lgan mahsulot bozorni to’ldirishga, kutilganidek xizmat ko’rsatishga
qodir. Shuning uchun ham respublikamizda tadbirkorlikni, ayniqsa kichik va xususiy
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga doimiy ahamiyat berilib, diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Eng
avvalo, Respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy baza yaratishga ahamiyat
berilib, tadbirkorlik to’g’risida qonun qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni
yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk muhofazasini ta’minlash va tadbirkorlikni
rivojlantirish tadbirlari to’g’risida»gi farmoni bilan xususiy mulkchilik asosidagi
tadbirkorlikning yuzaga kelishi iqtisodiy islohotlarning shu bosqichdagi eng asosiy vazifalaridan
biri sifatida qayd etildi. Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida har bir viloyat, mintaqada
dasturlar ishlab chiqildi va uni amalga oshira boshlandi. Tadbirkorlikni rivojlantirishning eng
kuchli iqtisodiy omillaridan biri imtiyozli soliq solishdir.
Qishloq xo’jalik, savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish
korxonalari qo’shilgan qiymat uchun soliq to’lashdan ozod qilinganlar. Xalq iste’mol buyumlari,
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar ikki yil mobaynida daromad
solig’idan ozod qilinadilar, keyingi ikki yil ichida esa kamaytirilgan stavkalarda soliq to’lashadi.
Bulardan tashqari, xususiy korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish, ijtimoiy ehtiyojlar uchun
yo’naltirilgan mablag’lardan olinadigan soliqlarda ham imtiyoz berilgan.
Ish boshlagan dastlabki ikki yil ichida xususiy korxonalar mulkka solinadigan soliqdan,
1995 yildan boshlab esa barcha korxonalar 20% lik amortizatsiya ajratmalari to’lashdan ozod
qilinadi. Respublikamizda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda «Xususiy tadbirkorlikni
tashabbuslantirish va rag’batlantirish to’g’risida»gi qonun katta ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda xorijiy investitsiya-larni jalb etish asosida iqtisodiyotni rivojlantirishga ham
katta ahamiyat berilyapti. Qabul qilingan qonunlarda xorijiy investorlar uchun ko’pgina
kafolatlar, jumladan, siyosiy xatardan sug’urtalash kafolati ham ta’minlangan. «Chet el
investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonun
O’zbekistonda ish olib borishni istovchi barcha ishbilarmonlar uchun qulay shart-sharoitlar
yaratadi.
Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda moliyaviy ko’mak alohida o’rin tutadi. Shu
maqsadda tashkil etilgan kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish jamg’armasi
«BIZNES FOND» eng muhim moliyaviy vosita hisoblanadi. Bu fond mablag’lari byudjetdan
ajratilgan, davlat va munitsipal mol-mulklarni xususiylashtirishdan topilgan daromadlar va
huquqiy, jismoniy shaxslarning ixtiyoriy bergan mablag’laridan va boshqalardan tashkil topgan.
Fond ana shu mablag’lardan kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun
qaratilgan dasturlar, loyihalarni va tadbirlarni moliyalashtiradi, imtiyozli kredit olishga
yordamlashadi.
«BIZNES FOND» i bilan «MADAD» sug’urta agentligi bevosita hamkorlikda ish olib
boradi. Davlat bu sug’urta tashkilotining hammuassisi bo’lib, kichik va o’rta korxonalar
faoliyatini kreditlash bilan bog’liq kattagina xatarning moliyaviy ta’minotini o’z zimmasiga
oladi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashning davlat dasturi» (28 avgust 1995 yil)
qabul qilinishi O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida diqqat-e’tibor
qaratilayotganining ifodasidir. Bu dasturda ko’zlangan maqsadlarni amalga oshirilishi
respublikamizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor
munosabatlarini shakllantirish, ish bilan bandlik, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish borasidagi qator muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Kichik va
xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari quyidagi shakllarda amalga
oshiriladi: qonuniy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, qabul qilish, ya’ni huquqiy ta’minot,
moddiy-texnikaviy sharoit yaratish, moliyaviy-kredit, sug’urta ta’minoti, kadrlar tayyorlash,
malaka oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash, axborot-maslahat ta’minoti va
boshqalar.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonun, Prezident
farmonlari va hukumat qarorlarining qabul qilinishi kichik va o’rta biznes, fermer va dehqon
xo’jaliklari faoliyatining huquqiy asosini mustahkamladi. Tadbirkorlikni rag’batlantiradigan va
uni kafolatlaydigan kuchli tizim yaratildi. Hisobot berish tartibi soddalashtirildi. Kichik, o’rta
biznes, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi shaxslar uchun soliq tizimiga sezilarli darajada
engillik kiritildi. Kredit berish tizimi yaxshilandi. Tadbirkorlar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan o’z
pul mablag’larini tijorat banklaridan naqd pul holida olish imkoniyati yaratildi. Buning natijasi
o’laroq mamlakatimizda kichik va o’rta biznesning barqaror rivojlanayotganini quyidagi
ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.
Kichik va o’rta biznes rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari
Ko’rsatkichlar O’lchov
birligi 2000 2001 2002 2003
YaIM dagi
KO’B ulushi % 31,0 33,8 34,6 35,5
Kichik va o’rta
korxonalar % 13,1 14,8 15,7 16,4
KO’Bda band
bo’lganlar soni*
Ming
kishi 800,0 900,3 1045,1
Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi.
*) Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari
YaIMda KO’Blarning ulushini to’rt yil davomida 31,0 %dan 35,5% ga ko’tarilishi , unda
band bo’lganlarning sonini ortishi albatta ijobiy hol.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishda KO’B sub’ektlarining
salmog’i (%da)
Iqtisodiyot tarmoqlari 2000 2001 2002 2003
Sanoat 11,3 14,1 14,1 16,6
Qishloq xo’jaligi 72,4 75,6 76,4 76,8
Chakana tovar ayirboshlash 45,0 45,8 43,8 45,5
Pullik xizmatlar 37,9 39,9 41,3 45,7
Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi
Sanoat, chakana tovar ayirboshlash, pullik xizmatlar ko’rsatishda KO’Blarning ulushini
barqaror o’sib borishi respublikamizda davlatning tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashi
natijasidir.
Mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor salmog’ini oshirish, aholini ishlab chiqarish
sohsida bandligini ta’minlash va kichik tadbirkorlikni intensiv rivojlantirib borish maqsadidagi
2003 yil 30 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 9 aprel 1998 yil qabul qilgan «Kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishni yanada kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar haqidagi» qaroriga o’zgarishlar va
qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi» Farmoni qabul qilinishi KO’Bni rivojlanishiga yana bir
ijobiy turtki bo’ldi. Mamlakatimizda jamiyat tayanadigan o’rta mulkdorlar sinfi vakillarini
yanada ko’payishiga olib keldi. Yuqorida jadval ma’lumotlari ham bu fikrni tasdiqlaydi. «Kichik
biznesni rivojlantirish, rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, ularni ro’yxatga olish
tartibini sezilarli darajada soddalashtirish, eng muhimi tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini
himoya qilish bo’yicha samarali mexanizmning amalda joriy etilgani iqtisodiyotimizda katta
ahamiyatga ega bo’lgan xususiy tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash imkonini
berdi»1
Albatta tadbirkorlikni rivojlantirishda respublikamizda muammolar, kamchiliklar
mavjud. Lekin eng asosiysi, diqqat ularni bartaraf qilish yo’llarini topish, tadbirkorlikni
rivojlantirishga qaratilganidir.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |