Metall tovarlari assortmenti



Download 25,41 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi25,41 Kb.
#13447

Aim.uz

Metall tovarlari assortmenti

Metall tovarlari ishlatilishi bo‘yicha sakkiz guruhga bo‘linadi: idish-tovoqlar, pichoqlar va oshxona anjomlari, uy mehnatini yengillashtiradigan, isitish, yoritish hamda eshik, deraza asMA’RUZA-uskunalari, mahkamlash, hunarmandchilik hamda attorlik buyumlari.

Idish-tovoqlar cho‘yan, po‘lat, alumin, latun, melxior va neyzilberdan ishlab chiqariladi. Cho‘yandan qilingan qozonlar qalinligi uchun ovqatning tagi kuymaydi. Po‘lat tunukasidan qilingan idishlar ruxlanadi yoki sirlanadi. Sirlangan idishlarning emal qatlami 60 grammli po‘lat soqqaning 35 sm balandlikdan tushgan zarbasiga chidash beradi.

Alumin idishlarda nordon ovqatlar saqlash va sabzavot pishirish tavsiya qilinmaydi. Uning oksid qatlami kislotada eriydi. Alumin sabzavot tarkibidagi nitratlarni nitritlarga aylantiradi. Latun idishlarining sirti nikel va ichi qalay bilan qoplanadi. Faqat kimyo toslari qoplanmaydi. Qand mis hamda ruxning erishiga to‘sqinlik qiladi. Melxior va neyzilber idishlari odatda kumush bilan qoplanib, serouglerod ta’sirida qoraytiriladi. Ingichka sim, sharikchalar qalaylab pardoz beriladi.

Pichoq va oshxona asMA’RUZAlari pichoqlar, qaychilar hamda oshxona to‘plamlariga bo‘linadi. Qaychining xo‘jalik, cho‘ntak, idora, tlichiqchilik va sartaroshxona turlari bor. Vilka, qoshiq hamda ovqat pishirishda qo‘llanadigan asMA’RUZAlar oshxona lo‘plamlari deyiladi.

Uyda foydalaniladigan asMA’RUZAlarga changyutkich, kir yuvish mashinasi, qiymalagich kabi asMA’RUZAlar kiradi. Isitish hamda yoritish asMA’RUZAlari deganda gaz plitalari hamda kolonkalari, isitish radiaiorlari, qozonlar, pechlar, kerosinka, kerogaz va primuslar, lampa hamda fonarlar tushiniladi. Eshik va deraza asMA’RUZA-uskunalari tutqichlar, oshiq-moshiqlar, qulflar, prujina va zanjirlardan tashkil topadi. Mahkamlash buyumlariga boltlar, vintlar, burama mixlar, mixparchinlar va boshqa turdagi mixlar kiradi. Hunarmandchilik asMA’RUZAlari yog‘ochga (arra, bolta, randa, iskana, parma) hamda metallga ishlov berish (egov, zubilo, sumba, parmadasta, burama kertik asMA’RUZAlari qo‘larra, bosqon, bolg‘a, iskana), yig‘ish (otvyortka, gayka kaliti, ombir, kaj ombir) va o‘lchov asMA’RUZAlariga (jazval, ruletka, shtangensirkul, mikrometr) bo‘linadi. Maxsus guruhni qishloq xo‘jaligi alsMA’RUZAlari (bel, ketmon, o‘roq, shoxqirqgich, so‘qa dastagi, xaskash, panshaxa, kultivator) tashkil qiladi. Attorlik buyumlariga igna, ustara, kiyim ashyolari va turli bezaklar kiradi.

Pichoqlar 0,7-1,0% uglerodi bor po‘latdan yasalib, tuzilish bo‘yicha yaxlit yoki ulama metall bo‘lishi mumkin. Zanglamaydigan po‘latdan ishlangan pichoqlar 3% sirka kislotasi va 1% osh tuzi eritmalari ta’siriga bardosh bera olishi zarur. Sharbat siqqichlar tuzilishi bo‘yicha pishangli (richagli) va vintsimon chiqiqli (shnekli) turlarga bo‘linadi. Pishangli sharbat siqqichlarda meva-sabzavot taxtakach (press) yordamida siqiladi. Vintsimon chiqiqli sharbat siqqichlarning tuzilishi go‘shtqiymalagichlarga o‘xshash.

Gaz plitalari 1-4 gorelkali va duxovkali bolib, ixcham (ko‘tarib yuriladigan) turi suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan ballonda ishlaydi. Duxovkalarda harorat 25 daqiqada 285°C gacha ko‘tariladi. Suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan asMA’RUZAlarda yonish jarayoni kerosinkalarda kerosin gorelkaga pilik yordamida uzatib turilishi, kerogazlarda gazlashtirgich yordamida gorelkaga yonilg‘i aralashmasi kelib turishi va primuslarda kerosinning nasos yordamida sochilishi natijasida sodir bo‘ladi. Ko‘tarib yurish uchun benzinda ishlaydigan primus ham ishlab chiqariladi.

Isitish qozoni uylarni radiatorlar orqali issiq suv bilan isitish uchun ishlatiladi. Ularning ish tarzi tabiiy aylanishga asoslangan. Issiq suv yengilligi uchun tizimning ustki qismida, sovigandan keyin esa uning ostki qismida harakat qilib turadi. Kerosin chiroqlarida pilikda shimdirilgan kerosin yonishi natijasida yorug‘lik hosil bo‘ladi. Ularning piligi yassi yoki aylana bo‘lib, eni dyuymning o‘ndan biri bo‘lmish sham (liniya) o‘lchov birligida o‘lchanadi. Chiroqlar 3-, 5-, 7-, 10- va 20- shamli qilib ishlab chiqariladi. Aylana pilikli chiroqlarning pilik eni deb aylananing yarmi olinadi. Kerosin fonuslari yassi pilikli, shishasi esa metall qalpoqli bo‘ladi. Yonish uchun havo trubka orqali yetkaziladi.

Arralar ko‘ndalang, bo‘ylama, yoysimon kamalakli va qo‘larra turlariga bo‘linadi. Ko‘ndalang arralarning ikkita dastasi bo‘lib, tishlarining balandligi 14 mm bo‘ladi. Bo‘ylama arralarning ko‘ndalang arralardan farqi dastasining bittaligida. Yoysimon arralar ensiz bolib, tishlarining balandligi 8 mm. dan ortmaydi. Kamalakli arralar ip bilan tortib yog‘och moslamaga bog‘lanadi. Qo‘l arralar kalta bo‘lib, uzunligi 615 mm. dan ortmaydi.

Randalash asMA’RUZAlari tig‘ining tuzilishi bo‘yicha sherxebel, randa, taxtaranda, sinubel, zenzubel va falsgobel turlari mavjud. Sherxebel randalarning tig‘i bo‘rtma-oval shaklida, eni 35 mm.ga teng. Ular yog‘ochlarga xomaki ishlov berishda qo‘llaniladi. Randalarning 50 mm.li to‘g‘ri chiziq shaklidagi tig‘i yordamida yog‘ochlarga yakunlovchi ishlov beriladi. Taxtarandalarning 65 mm. li tig‘i bo‘lib, uzunasi 700 mm.ga vetadi. Sinubelning 50 mm. li bo‘ylama tarnovchalar o‘yilgan tig‘i bo‘lib, yog‘ochlarni yelimlashdan oldin sirtini g‘adir-budir qilish uchun ishlatiladi. Zenzubel va falsgobellarda eni 21 va 15 mm. li trapetsiya shaklidagi tig‘ bo‘lib, taxtaning sirtiga yoki chetiga o‘yiqcha hosil qilish uchun qo‘llaniladi.

Iskanalarning trapetsiya, to‘g‘ri chiziq va yarim aylana shaklida uchlari bo‘lib, zarb bilan yog‘ochlarda turli shaklda o‘yiqlar hoail qilish uchun ishlatiladi. Parmalar yog‘ochlarni teshish uchun ishlatilib, kesuvchi qismi burama (diametri 95 mm.gacha), parrak shaklida ikki keskichli (diametri 50 mm.gacha) va qoshiqsimon, (diametri 16 mm. gacha) bo‘ladi. Ularning parmadasta yordamida va usiz ishlaydigan turlari mavjud. Egovlar buyumlar sirtini silliqlash uchun ishlatilib, yirik tishligi rashpil hamda nozigi nadfil deyiladi. Metall kesuvchi asMA’RUZAlardan zubilaning kesuvchi qismi ponasimon bo‘lib, chiniqtirilmagan metallarni kesish uchun, kreysmeysellar metall sirtida kichkina ariqcha o‘yish uchun va sumbalar (borodoklar) tunukalarni teshish uchun foydalaniladi.



Qisqa xulosalar


Qora metallar. Temir hamda karbon qotishmasidan hosil bo‘lgan mahsulotga qora metall deyiladi. Qotishmalar tarkibidagi karbonning miqdoriga qarab po‘lat (C 2% gacha) va cho‘yan (C 2,0-6,67%) turlariga bo‘linadi.

Rangli metallar. Elementlarning davriy tizimida 82 ta rangli metall bo‘lib, uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarishda faqat 11 tasi ishlatiladi.

Metall tovarlari ishlatilishi bo‘yicha sakkiz guruhga bo‘linadi: idish-tovoqlar, pichoqlar va oshxona anjomlari, uy mehnatini yengillashtiradigan, isitish, yoritish hamda eshik, deraza asMA’RUZA-uskunalari, mahkamlash, hunarmandchilik hamda attorlik buyumlari.

Nazorat va muhokama uchun savollar


  1. Metall deganda nima tushuniladi?

  2. Metallarning asosiy xossalarini ta’riflang.

  3. Metallarning asosiy guruhlarini ta’riflang.

  4. Rangli metallar qanday xossalarga ega?

  5. Metall mahsulotlarning turlarini ta'riflang.

  6. Uy-ro‘zg‘or metall buyumlariga nimalar kiradi?

  7. Mahkamlash metall mahsulotlari nima?

  8. Rangli metallardan qanday sohalarda foydalaniladi?

  9. Hunarmandchilik metall jihozlarini izohlang.

  10. Attorlik metall buyumlarini ta’riflang.

Asosiy adabiyotlar:




O‘zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yillarida. 3-qism.

A. Bekmurodov, S. Sattorov, J. To‘raev, K. Soliev, S. Ro‘ziev. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji- davr talaba. Toshkent, TDIU, 2005 y.





Normahmatov R. va boshq. «Tovarshunoslik». Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: Mehnat, 2004.



Орловский Э.И. и др. «Товароведение культтоваров». М.: Экономика, 2001.



Справочник товароведа: непродовольственные товары. В 3-х томах. М.: Экономика, 2003.



Козюлина Н.С. «Товароведение непродовольственных товаров». М.: Дашков и К, 2002.



Петрище Ф.А. «Теоретические основы товароведения и экспертизы непродовольственных товаров». М.: Дашков и К, 2004.



Агбаш В.А. и др. «Товароведение непродовольственных товаров». М.: Экономика, 2001.


Internet veb-saytlari



www.metalloprokat.ru



www.UzReport.com



www.almalyk.com



www.uzbeksteel.com



www.Hamkor.uzpak.uz



www.tashkent.uz




Aim.uz


Download 25,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish