O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgoxi 2001-2002 yillarda to‘liq qayta pardozlandi va majmuada keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi



Download 11.28 Kb.
Sana03.01.2021
Hajmi11.28 Kb.

ermiziy maqbarasi xalq orasida ulug‘lanib avliyo qabri, muqaddas ziyoratgox sifatida e’zozlangan. Keyinchalik maqbaraning sharqiy devoriga tutushatirib kichik qo‘riqxona va o‘g‘li al-Hakim Abdullox maqbarasi (10-asr), shimolida uncha katta bo‘lmagan hovliga qaragan 3 gumbazli, ravoqli yo‘lak ko‘rinishidagi namozgox masjidi (11-12-asrlar) hamda bir qator qo‘shimcha xonalar qo‘shilgan. Temuriylar hukmronligi davrida (15-asr) xonaqox baland asos (balandligi 1.5 m) ustiga pishiq g‘ishtdan qayta qurildi. Unga tutash bo‘lgan xonalar ta’mirlandi. Xonaqoxning shimoliy va janubiy tomonlariga peshtoq ishlandi. Oddiy va aniq qurilmali xona devorlari ravoq ustunlari “romb” ko‘rinishidagi poyustunga tayangan. Hakim Termiziy maqbarasi 9-asrda bunyod etilgan xonaqox xujralaridan biri bo‘lgan. Xonaqox xovlisining g‘arbida 3 gumbazli masjid maqbaraga tutash, 3 ravoqli xovliga qaragan. Masjidning g‘arbiy devor markazida keng xoshiyali mexrob bor. Undagi bo‘rtma yozuv, sopol shakllar, oraliq zaminidagi o‘yma ganch bezaklar o‘ziga xos. Masjid ustunlari g‘ishtdan bezakli qilib terilgan. Masjiddan ravoq orqali maqbaraga o‘tiladi. Maqbara ichi ganch o‘ymakorligida gilam nusxa bezakda serxasham pardozlangan. Gumbaz osti sharafasida kufiy xatida Qur’onning 36 surasi o‘yib yozilgan. Xonaqox ichi xam yulduzsimon girix naqshlar bilan pardozlangan. Ravoqlaridagi tobadonlariga panjaralar o‘rnatilgan. Maqbara ichidagi oq marmar sag‘ana Temuriylar davridagi tosh o‘ymakorligi sonatining yuksak namunasidir. Sag‘ana 3 pog‘onali, asosi islimiy naqsh va yozuvli hoshiyalar bilan, o‘rta qismidagi 3 mexrobiy tokchaning markaziy (o‘rta) qismi muqarnas kosachalar bilan, 2 yoni shamchiroq tasviri bilan bezatilgan. Sag‘anadagi yozuvlarda Termiziy xayoti va faoliyati tavsiflangan. Kichik maqbarada ham ta’mirlash ishlari olib borilgan.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgoxi 2001-2002 yillarda to‘liq qayta pardozlandi va majmuada keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi.

 
Download 11.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим