O‘zbekiston Respublikasida intelektual mulkni ximoya qilish soxasida ishlab chiqilgan asosiy qonunlar. 1. Sanoat mulki tushunchasi va uning tarkibi.
2. Ixtironing mazmuni, tushunchasi va tuzilishi.
3. Foydali modellar mazmuni, tushunchasi va ko‘rinish hollari.
4. Sanoat namunalari mazmuni, tushunchasi va tuzilishi.
Tayanch iboralar: Sanoat mulki tushunchasi; mulk tarkibi; Davlat reystri; EHM uchun dasturlar; sanoat mulki ob’yektlari; foydali model; patent egasi; talabnoma; ixtiro turi; sanoat namunalari.
1. Sanoat mulki tushunchasi va uning tarkibi Sanoat mulki intellektual mulkning muhim tarkibiy qismi bo‘lib u ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini hamda tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarini o‘z ichiga oladi. Sanoat mulki sifatida biron-bir moddiy ob’yektlarni – korxonalar binolarini, asbob-uskunalarni va boshqalarni ko‘zda tutish noto‘g‘ri hisoblanadi.
Sanoat mukliga bo‘lgan huquqlar mualliflik huquqidagi kabi ularning yaratilishi fakti bilan emas, balki ular Patent idorasida belgilangan tartibda ekspertizadan, Davlat reystrida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan, ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagima’lumotlarni Patent idorasining byulletenida e’lon qilinganidan va muhofaza hujjatlari berilganidan keyingina paydo bo‘ladi.
Seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari kabi ob’yektlar sanoat mulki ob’yektlari bo‘lib hisoblanmaydilar. Ular intellektual mulkning alohida turlari bo‘lib hisoblanadilar.
Seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga muhofaza hujjatlari shuningdek Patent idorasi tomonidan beriladi.
Patent bu – patent egasining ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, seleksiya yutuqlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishga bo‘lgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjatdir.
Sanoat mulki ob’yektlarini huquqiy muhofazasi haqida gapirar ekanmiz, bunday muhofaza “Ixtirlar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida” qonunda batafsil keltirilgan.
Sanoat mulki ob’yektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. Sanoat mulki ob’yektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sanoat mulki ob’yektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Sanoat mulki ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish.
Sanoat mulki ob’yektiga bo‘lgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (huquqiy vorsilariga) tegishli bo‘ladi va patent bilan tasdiqlanadi.
Agar sanoat mulki ob’yektini bir necha shax sbir-biridan mustaqil ravishda yaratgan bo‘lsa, patent olish huquqi patent berish haqidagi talabnomani Patent idorasiga birinchi bo‘lib topshirgan shaxsga tegishli bo‘ladi.
Muallif (hammualliflar), agar o‘zi (o‘zlari) yaratgan sanoat mulki ob’yektini boshqalar g‘ayriqonuniy o‘zlashtirib olish natijasida bu ob’yektga talabnoma topshirilgan yoki patent oligan bo‘lsa, patent berilganligiga qarshi e’tiroz bildirish yoxud patent egasi sifatida o‘ziga (o‘zlariga) patentning o‘tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega.
Sanoat mulki ob’yektining patenti davlat ekspertizasi o‘tkazilgandan keyin beriladi. Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirolik darajasini, uning haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasaruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Foydali model patenti foydali modelning yangiligini, uning haqiqiyligini va patent egasining foydali modelga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tadiqlaydi. Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o‘ziga xosligini; uning haqiqiyligini hamda patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Sanoat mulki ob’yekti patentining to‘la hajmdagi huquqiy muhofazasi yoki bu muhofazaning faqat bir qismi haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patenti haqiqiy emas deb da’vo qilyotgan taraf zimmasiga yuklanadi.
Patent egasining mutlaq huquqi sanoat mulki ob’yekti ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’umotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasiga e’lon qilingan sanadan e’tiboran amalda deb hisoblanadi.
Patent idorasiga patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran hisoblanganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti o‘n yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.
Ixtiro patentining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan Patent idorasi tomonidan ko‘pi bilan besh yil muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunday ixtiro patentining amal qilishini o‘zlashtirish tartibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Sanoat namunasi patentining va foydali model patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan Patent idorasi tomonidan tegishlicha besh yilga hamda uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Ixtiro hamda foydali model patenti ta’minlaydigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti ta’minlaydigan huquqiy muhofaza hajmi esa buyumning (maketning, rasmning) tasvirida aks ettirilgan muhim belgilari va (yoki) ularning kombinasiyasi (bundan buyon matnda uning muhim belgilari majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi.
Sanoat mulki ob’yekti patenti, shuningdek uni olish huquqi meros bo‘lib o‘tadi. Sanoat mulki ob’yektining huquq sub’yektlari. Sanoat mulki ob’yektining muallifi. Ijodiy mehnat bilan sanoat mulki ob’yektini ratgan jismoniy shaxs shu ob’yektning muallifi deb e’tirof etiladi.
Agar sanoat mulki ob’yekti bir nechta jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehaniti asosida yaratilgan bo‘lib, ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ularning barchasi shu ob’yektning teng huquqli hammualliflari deb e’tirof etiladi.
Mualliflik huquqi boshqaga o‘tkazilmadigan va topshirilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquqdir.
Patent egasi. Sanoat mulki ob’yektining patenti quyidagilarga beriladi:
- sanoat mulki ob’yektining muallifiga (hammmualliflariga) yoki uning (ularning) merosxo‘ri tomonidan patent berish haqidagi talabnomada yoki sanoat mulki ob’yekti ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar Patent idorasiga topshirilgan talabnoma beruvchini o‘zgartirish haqidagi arizada ko‘rsatilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarga (ularning o‘zi rozi bo‘lgan taqdirda);
- ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga. Xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki ob’yektining patentiga bo‘lgan huquq, agar bu hol ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ish beruvchiga tegishli bo‘ladi.
Agar ish beruvchi bilan muallif (hammualliflar) o‘rtasidagi shartnomada ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar nazarda tutilgan bo‘lmasa, u holda muallif (hammualliflar) talabnoma topshirish va sanoat mulki ob’yektining patentini o‘z nomiga olish huquqiga ega bo‘ladi. bunda ish beruvchi patent egasiga shartnomaga belgilanadigan miqdorda tovon to‘lab, o‘z ishlab chiqarishida tegishli sanoat mulki ob’yektidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
Ish beruvchi sanoat mulki ob’yektini sir saqlagan taqdirda muallifga (hammualliflarga) mutanosib ravishda haq to‘lashi shart, haq miqdori shartnomada belgilanadi.