2. Ixtironing mazmuni, tushunchasi va tuzilishi
O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirlar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida” Qonuniga (yangi tahriri 29.08.2002 y. da tasdiqlangan) muvofiq qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, o‘simliklar va hayvonlar turlari, avvaldan ma’lum bo‘lgan qurilmalar, usullar, moddalarni yangi vazifada qo‘llanilishi ixtirlar sifatida tan olinadi.
O‘bekistonda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda ilmiy nazariyalar va matematik usullar, tashkiliy va boshqaruv usullari, shartli belgilar, ish jadvallari, qoidalar, aqliy operasiyalarni bajarish qoidalari va usullari, elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar, binolar, inshootlar, hududlarning joylashishi loyihalari va sxemalari, estetik ehtiyojlarni qanoatlantirishga yo‘nalitirilgan buyumlarning faqat tashqi ko‘rinishiga taalluqli yechimlar, integral mikrosxemalar topologiyalari, o‘simliklar pavlari va hayvon zotlari, jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va ahloq prinsiplariga qarama- qarshi bo‘lgan yechimlar ixtiro deb tan olinmaydi.
Ixtiroga bo‘lgan huquq patent bilan tasdiqlanadi. Patent egasiga ixtiroga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish mutlaq huquqi beriladi.
Ixtiro patentlanishi uchun yangi, sanoatda qo‘llanila olishi va ixtirochilik darajasiga ega bo‘lishi lozim (so‘nggi talab taklif qilinayotgan texnik yechim ushbu sohadagi mutaxassis uchun yaqqol ayon bo‘lmasligi kerakligini anglatadi).
Patent tegishli patent bojlari to‘langan hollarda davlat ekspertizasi o‘tkazilganidan so‘ng ijobiy qaror chiqarilganiga beriladi va Patent idorasiga patent berish uchun talabnoma topshirilgan sanadan boshlab yigirma yil davomida amal qiladi.
Ixtironing patentga layotqatlilik shartlari. Agar ixtiro sifatida ko‘rsatilgan ob’yekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon bo‘lmasa, u ixtirolik darajasiga ega bo‘ladi.
Texnika taraqqiyoti jahonda ommaga oshkor bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Ixtironing yangiligini aniqlash chog‘ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo‘lgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
Agar ixtirodan sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin bo‘lsa, u sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi.
Ixtiroga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran ko‘pi bilan olti oy ichida Patent idorasiga topshirilgan bo‘lsa, ixtironing patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko‘rsatadigan holat sifatida e’tirof etilmaydi.
Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo‘ladi.
Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etiladi:
- qurilmalar;
- usullar;
- moddalar;
- mikroorganizmlarning shtammlari;
- o‘simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari;
- ilgaridan ma’lum bo‘lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadida qo‘llanilishi.
Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi:
- ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
- tashkil etish va boshqarish usullari;
- shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
- aqliy operasiyalarni bajarish qoidlari va usullari;
- elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
- binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari;
- estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, buyumlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid yechimlar;
- integral mikrosxemalarning topologiyalari;
- o‘simlik navlari va hayvon zotlari;
- jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
Qonunnning 6-moddasiga muvofiq agar ixtiro sifatida ko‘rsatilgan ob’yekt yangi, ixtirlik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon bo‘lmasa, ixtirolik darajasiga ega bo‘ladi.
Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni o‘zi ichiga oladi.
Agar ixtiro sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin bo‘lsa, sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi. Qonunning 6-moddaasi sakkizinchi qismiga muvofiq qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, o‘simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari, ilgaridan ma’lum bo‘lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qo‘llanilishi ixtiro sifatida e’tirof etiladi.
a) Ixtiro turi – “qurilma” ixtiro turi sifatida qurilmalarga konstruksiyalar, konstruktiv elementlar yoki ularning funksional konstruktiv birlikda bo‘lgan majmuidan iborat buyumlar kiradi.
Qurilmalarga mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, instrumentlar, mahkamlovchi buyumlar, mashina detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari va boshqalar kiradi.
b) Ixtiro turi – “usul” ixtiro turi sifatida usullarga moddiy ob’yekt (qurilma, muhit, elektr zaryadi, magnit maydoni va boshqalar) ustida moddiy vositalar yordamida o‘zaro bog‘liq harakatlarni bajarish jarayonlari kiradi.
v) Ixtiro turi – “modda” Ixtiro turi sifatida moddalarga:
- kimyoviy birikmalar, bularga shartli ravishda yuqori molekulyar birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari bo‘lgan rekominant nuklein kislotalar, vektorlar kiritilgan;
- kompozisiyalar (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar);
- yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi.
g) Ixtiro turi – “mikroorganizm shtammi, o‘simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari)”
Mikroorganizm shtammlari, o‘simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalar)ga:
- bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mikro suv o‘tlari, mikroskopik zamburug‘lar va boshqalarning shtammlari;
- mikroorganizmlar, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari) konsorsiumlari;
- xususan mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlarning plazmidlari, vektorlari, barqaror transformasiyalangan hujayralari, transgen o‘simliklar va hayvonlarga doir bo‘lgan genetik konstruksiyalar kiradi.
d) Ixtiro turi – “avvaldan ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llanilishi”
Ixtiro turi sifatida avvaldan ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llanilishiga ularning o‘zgacha maqsadga muvofiq ishlatilishi kiradi.
Avvaldan ma’lum bo‘lgan (tabiiy va sun’iy yo‘l bilan olingan) moddalarni ijtimoiy iste’molni qanoatlantirish uchun birinchi marta ishlatilishi yangi maqsadda ishlatishga tenglashtiriladi.
Quyidagilar:
- ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
- tashkil etish va boshqarish usullari;
- shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
- aqliy operasiyalarni bajarish qoidlari va usullari;
- elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
- binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari;
- estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, mahsulotlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid yechimlar;
- integral mikrosxemalarning topologiyalari;
- o‘simlik navlari va hayvon zotlari;
- jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar ixtirolar deb tan olinmaydi.
Qonunning 15-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bog‘langan ixtirolar guruhiga taalluqli bo‘lishi kerak.
Agar ixtiro formulasida bitta ixtiro tavsiflangan bo‘lsa;
- ixtiro formulasida bir turdagi (bir qancha qurilmalar, bir qancha turlar va boshqalar), bir xil maqsadda foydalanishga mo‘ljallangan, prinsipial aynan bir xil yo‘l (variantlari) bilan aynan bir xil texnika natijasini olishni ta’minlaydigan ob’yektlarga taalluqli ixtirolar guruhi tavsiflangan bo‘lsa;
- biri ikkinchisini olish (tayyorlash) uchung mo‘ljallanganbo‘lsa (masalan, qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani butunlay yoki ularning bir qismini olish usuli);
- biri ikkinchisini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (masalan, usul va usulni butunlay yoki uning amallaridan birini oshirish uchun qurilma);
- biri ikkinchisidan (ikkinchisida) foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (masalan, usulda foydalanish uchun mo‘ljallangan uchul va qurilma; usu lyoki qurilma va uning bir qismi; qurilma yoki moddani ulardan yangi maqsadda foydalanish uchun qo‘llash va ushbu maqsadga muvofiq ulardan foydalanish usuli; qurilma yoki moddadan yangi maqsadda foydalanish va tarkibiy qismi bo‘lgan qurilma yoki kompozisiya) ixtiro birligi talabiga rioya qilingan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |