O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi surxondaryo viloyati boshqarmasi bandixon tumani bo‘limining



Download 332,51 Kb.
bet1/2
Sana22.07.2022
Hajmi332,51 Kb.
#839743
  1   2
Bog'liq
Buyruq ВМ 169-сон BANDIXON




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI SURXONDARYO VILOYATI BOSHQARMASI BANDIXON TUMANI BO‘LIMINING


BUYRUG‘I

2022-yil ___ may №__________



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi
169-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining 2022-yil 15-apreldagi 01-10/100-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 11-apreldagi
169-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining 2022-yil 15-apreldagi 01-10/100-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash maqsadida


B U Y U R A M A N:


1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 11-apreldagi
169-son qarori (keyingi o‘rinlarda – qaror) ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga oid Yoshlar ishlari agentligining nazorat rejasi (keyingi o‘rinlarda – nazorat reja) 1-ilovaga;
Yoshlar ishlari agentligining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom
2-ilovaga;
Agentlikning viloyat boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limlarida volontyorlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yo‘nalishlar ro‘yxati
3-ilovaga;
Agentlikning viloyat boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limlarida volontyorlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Nazorat rejada belgilangan vazifalar va tadbirlar:
o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik mas’ul ijrochi bo‘lgan tarkibiy va mahalliy bo‘linma rahbarlari zimmasiga yuklansin;
ijrosi uchun talab etiladigan sarf-xarajatlar belgilangan muddatlarda alohida buyruq asosida amalga oshirilishi belgilansin.
4. Volontyorlar elektron platformasini ishga tushurish va uning doimiy texnik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar Yoshlar ishlari agentligining (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
5. Agentlik viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R.Choriyev, tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari hamda tuman (shahar) bo‘limlaridagi Ta’lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassislariga volontyorlar bilan ishlash vakolati yuklatilsin va ushbu yo‘nalishdagi uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Agentlik faoliyati bilan bog‘liq volontyorlik dasturlarini tayyorlash
va tasdiqlash uchun Agentlik viloyat boshqarmasi boshlig‘i kiritish;
Agentlik tomonidan volontyorlar ishtirokida ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar, loyihalar va aksiyalar o‘tkazilishini tashkil etish;
Agentlik faoliyatini amalga oshirishga jalb etiladigan volontyorlarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash;
Agentlik faoliyatini amalga oshirishga jalb etiladigan volontyorlar tomonidan 2-ilovadagi nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Agentlikning vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali samarali
va tejamli shaklda amalga oshirish, shu jumladan, Agentlik faoliyatini amalga oshirishga jalb etiladigan volontyorlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritish.
6. Agentlikning tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari har oyning 25-sanasiga qadar nazorat reja ijrosi bo‘yicha Axborot-tahlil va ijro nazorati bo‘limiga hisobot taqdim etib borsin.
7. Yoshlar ishlari agentligi viloyat apparati Axborot-tahlil va ijro nazorati bo‘limi (I.Sayfiddinov):
Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarma boshlig‘iga nazorat reja ijrosi yuzasidan tahliliy ma’lumot kiritib borsin;
mazkur buyruqda belgilangan topshiriqlar ijrosini lozim darajada bajarmagan tegishli mas’ullarga nisbatan intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarma boshlig‘iga taklif kiritsin.
8. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.



Download 332,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish