O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi
Surxondaryo viloyati Sho’rchi tuman xalq ta’limi
Boshqarmasiga qarashli 56 - umumiy o’rta
ta’lim maktabi 6-B sinf rahbari
Mamataliyev Dilmurodning
“Tekshirdim”
MMIBD O’rinbosari: _________ X. Usanov
__. ___ 2021-yil.
2021- 2022- o’quv yili
Dars mavzusi : ng harf birikmasi bilan tanishtirish .
O’quv materiali . ‘ Tongda” matni.
Ta’limiy maqsad : ng tovushi va harf birikmasi bilan tanishtirish . ng tovushining talaffuzini o’rgatish . ng harf birikmasining bo’g’inga bo’linishini amaliy o’rgatish. Ng harf birikmali bo’g’in , so’zlarni o’qish ko’nikmasini shakllantirish .
Tarbiyaviy maqsad ; Tabiatga muhabbat, kattalarga hurmat , mehnatsevarlik tuyg’ularini tarbiyalash .
Rivojlantiruvchi maqsad ; ng haef birikmasi bilan bo’g’in , so’z tuzish va o’qish ko’nikmasini o’stirish .
Dars turi ; yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi.
Dars metodi ;analiz – sintez tovush metodi , “ Topshiriqli bingo” ta’lim texnologiyasi .
Dars jihozi ;Texnik vositalar , kesma harflar, kesma bo’g’inlar, ng harfiga oid rasmlar, texnologiya uchun rasmli tarqatma materiallar.
Tayanch atamalar; ng tovushi, ng harfi , ng harfli bo’g’in, so’z. “Bingo “ o’yini .
Dars taqsimoti:
1
|
Tashkiliy qism
|
2-minut
|
2
|
O’quvchilarni darsga tayyorlash bo’yicha savol
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzuning bayon
|
20 minut
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 minut
|
5
|
Uyga vazifa haqida
tushuncha
|
3 minut
|
Darsning borishi
Tashkiliy qism
1 Darsni tashkil etish
1 o’quvchilarni darsga hozirlash
2 Dars shiori bilan tanishtirish
Bugungi darsimizning shiori nima ekan ?
A’lo o’qimoq tilak
Bizni kutar kelajak.
O’qituvchi ; Bugun oddiy dars emas
Balki sinov darsidir
O’tib olsak sinovdan
Bu hammadan yaxshidir
Qani ayting bolalar
Kim navbatchi bo’ladi ?
Ushbu kunning hisobin
Menga aytib beradi ?
O’quvchi : Ustoz sizga ko’makchi
Bugun o’zim navbatchi
Sinfda barchamiz jam
Darsdan qolmaymiz hech ham.
11- O’tgan mavzu ;
G harfini mustahkamlash .
O’quvchilarga g harfi bilan bo’g’in , so’z tuzdoirish va o’qitish ga , go, gi, gu, go’, ga – pir , du- go- na , go’- zal .
g harfini o’qing . U qaysi tovushni ifodalayapti?
G harfi nechta tovushni ifodalayapti ?
Gul , gilos so’zlarini kesma harflar bilan tuzing va o’qing
Tu- gun bel-gi to’-ga-rak Gul-no-ra
Mer-gan kul-gi du-go-na Yod-gor
Bu kim ?
Bu Guli.
U- dugonam.
Bu- Yodgor.
U- ukam.
Guli turli gullar ekdi . Yodgor gullar nomini aytdi : - Bu- atirgul , mana bu …
Uy vazifasi o’qitilib rag’batlantiriladi .
Bingo topshirig’i tarqatiladi .
Kitob
|
Maktab
|
Olma
|
Nok
|
Ari
|
Barg
|
Gul
|
Guldon
|
Tugma
|
Gulxan
|
Qalam
|
Uzuk
|
Ayiq
|
Zanjir
|
Zirak
|
Jadvaldagi so’zlar o’rnida rasmlar bo’ladi .Talaffuzida “ G” tovushi bor rasmlarni ustidan o’chiradilar .Har bir o’quvchiga rasmlar turli qatorlarda beriladi .namunadagi Bingo kartochkasining egasi g’olib bo’ladi Yig’ib olib tekshiriladi .
III- O’tgan mavzunu mustahkamlash;
Dam olish daqiqasi
Go’zallik nafosat
Bu- gimnastika
Ko’rkamlik, nazokat
Bu- gimnastika.
111- Yangi mavzuni tushuntirish ;
O’qituvchi : Mening aziz bolajonlarim
Shirintoy polvonlarim!
Darslikka ko’z tashlaymiz,
yangi darsni boshlaymiz.
Qiz bilan bola keng dalada paydo bo’ladilar , qarshilarida turgan tanish o, n,a, i, m, t, l, b, k, r, o’, d, u, y, e., g ng harflari turadi ular urasidagi ng harfi bosilganda , harfning bosma shakli kattalashtirilib yozilishi ko’rsatiladi va tovush talaffuz qilinadi . Tong tasviri , atrofda bolalar , bulutlarda to, ng, ra, ng ke, ng
bo’g’inlari yozilgan . Bulutlar yurib birlashadi va so’z hosil bo’ladi . Ovoz; tong , rang, keng. Bodring, rang, teng , tanga rasmlari ularning tagida shu rasmga mos katakchalar berilgan bo’lib ng harfi yozilganda so’z talaffuz qilinadi .
Tong videosi
Tabiat hodisalarida yomg’r yog’shi , quyosh chiqishi va kamalak tasviri ko’rsatiladi ,.
Kamalak haqida suhbat;
Yomg’ir qaysi faslda ko’p yog’adi ?
Yomg’ir yog’ganda osmon qanday holatda bo’ladi ?( osmonda qora bulutlar bo’ladi . Osmonda quyosh chiqib turgan bo’lishi ham mumkin. Yomg’ir yog’gandandan keyin birdaniga quyosh chharaqlab chiqishi mumkin .)
- Qachon osmonda kamalak hosil bo’ladi /
-Kamalakda necha xil rang bo’ladi ?
O’quvchilar nutqidan” Kamalakda yeti xil rang bo’ladi gapi tanlab olinadi . undan rang so’zi doskaga bosma harflar bilan yoziladi . So’zning o’qilishi o’rgatiladi .
Tong so’zi asosida quyidagicha suhbat o’tkazladi .
- TONG so’zini bo’g’inga bo’ling ( tong bir bo’g’inli so’z)
O’qituvchi doskada ikkita katak chizadi va katak ichiga t va o harfini yozadi .
- tong so’zini men qayta o’qiyman siz kuzating. O’qituvchi to-ng tarzida ng harf birikmasini bir tovush sifatida o’qiydi .O’qituvchi doskaga ikkita katak yoniga bitta katak qo’shadi va ichiga ng harf birikmasini yozadi .
So’ng tushuntrish beradi .Bu so’zdagi ng bitta tovush Burun bilan aytamiz .U ikkita harf bilan yoziladi .Shuning uchun ng harf birikmasi deb yuritiladi . Bular bir- biridan ajralmaydi .
Taqqoslang: men-ga , sen-ga, tan-ga so’zlarida n va g ; tong , bong , bodring so’zlarida ng harf birikmasi bitta ng tarzida o’qiladi .
O’qituvchi doskada yozilgan bo’g’inlar va so’zlarni o’quvchilar bilan birgalikda o’qishadi va mazmuni tushuntiriladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |