O’zbekiston respublikasi prokuraturasi namangan viloyati norin tuman prokuraturasi



Download 73,5 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi73,5 Kb.
#282446
Bog'liq
Axborot




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURASI
NAMANGAN VILOYATI
NORIN TUMAN
P R O K U R A T U R A S I
Haqqulobod shahri, O’zbekiston ko’chasi, 83-uy.






Viloyat prokurori

adliya katta maslahatchisi
J.J.Xatamovga

2021 йил 28 sentabr

№ 27/-21











A X B O R O T









Limonchilik tarmog’ini rivojlantirish yuzasidan




Norin tumani 2-sektorida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.02.2020 yildagi "Limonchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4610-sonli va 03.08.2021 yildagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi PQ-5207-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Sektor hududida 14 ta mahalla, 7.758 ta xonadon va 10.839 ta oilalar istiqomat qiladi, aholi soni esa 40.882 nafarni tashkil etadi.

Sektor hududidagi 14 ta mahallalardagi 970 ta xonadonlarda issiqxonalar mavjud edi.

Hozirga kelib, issiqxonalar ikki mingga yaqin xonadonlarda tashkil qilinib, buni oqibatida 3.150 nafar fuqarolarning bandligini ta'minlashga erishildi.

Tashkil etilgan issiqxonalarning 148 tasi subsidiya, 651 tasi imtiyozli kredit mablag'lari, 1000 dan ortig'i o'z mablag'lari hisobidan hamda 67 tasi homiylik yo'li bilan "temir, ayollar va yoshlar daftari"dagi fuqarolar xonadonlariga qurib berildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2019 yildagi "Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4231-sonli Qaroridagi hududlarning o'ziga xos xususiyatini hisobga olib, "bir mahalla — bir mahsulot" tamoyilini ijrosini ta'minlash maqsadida sektordagi mahallalarda rivojlangan iqtisodiy sohalari aniqlandi.

Respublika Prezidentining Namangan viloyatiga tashrifi davomida har bir tuman va mahallani iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan o'sish nuqtasi (drayver) asosida ish tashkil qilindi.

Shundan kelib chiqib, sektor hududidagi bo'sh turgan binoga sektor rahbari tashabbusi bilan limon ko'chati va maxsuloti yetishtirish sir-asrorlarini o'rgatadigan zamonaviy o'quv markazi va sektor binosi atrofidagi bo'sh turgan 0.03 ga yer maydoniga tajriba markazi (eksperiment) sifatida homiylik yo'li bilan


70 mln. so'm mablag' evaziga qurildi.

O'quv markazida Boyovul mahallasida limonchilik maktabiga asos solgan "Valijon Xoji ota" farzandlari ustoz-shogird an'anasi usulida ustoz etib belgilandi.

Ushbu o'quv markazida hozirgi kunga kelib, 376 nafar fuqarolarga limonchilik yetishtirishdan boshlab, sotish jarayonigacha bo'lgan limonchilik
sir-asrorlari o'rgatildi.

Birgina misol uchun, Boyovul mahallasidagi 535 ta xonadonlarda 410 ta limon ko'chati va maxsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan issiqxonalar tashkil etilgan.

Boyovul mahallasidan tashqari 9 ta mahallalarning o'sish nuqtasi (drayver) etib limonchilik tarmog'ini rivojlantirish belgilangan.

Misol uchun, pandemiya davrida Boyovul mahallasini o'zida 1 mln. tup limon ko'chatlari yetishtirilib, 20 mlrd. so'mga yaqin daromad olinishiga erishildi.

Bir sotix issiqxonadan 7 oyda 3000 ta ko'chat olib, bir donasini 20 ming so'mdan sotish orqali 60 mln. so'm daromad olish mumkin.

Bundan tashqari, qo'shimcha bir sotix issiqxonaga 20 tup 3 yoshlik ko'chat ekish orqali bir yilda 40 kg limon maxsuloti yetishtirilib, 1 kgni 25 ming so'mdan sotib, 1 mln so'm daromad olish mumkin. Aynan shu 20 tup 3 yoshlik ko'chat orasidan bir yilda 2000 ta qalamcha olib, mazkur qalamchalarni bir donasini


20 ming so'mdan sotish orqali yiliga 40 mln. so'mdan daromad olish ham mumkin.

Sektorda yetishtirilgan limonchilik ko'chatlari respublikaning barcha viloyatlariga hamda MDH davlatlari Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston Tojikiston va boshqa davlatlarga eksport qilinmoqda.

Hozirda 2-sektorda yetishtirilgan limon maxsulotlarini quritib, 1 kgini
25 dollardan sotish bo’yicha Germaniya va Fransiya davlatlari bilan shartnoma imzolash jarayonida.

Limonchilik bo'yicha "Norin tajribasi"ni ommalashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining agrar va suv xo'jaligi masalalari qo'mitasi, respublika fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va viloyat hokimligining mas'ul xodimlari bilan birgalikda 2-sektorda tashkil etilgan zamonaviy limonchilik o'quv markazida seminar o'tkazilib, mahallalardagi limonchilik issiqxonalari bilan tanishtirildi.



Yuqoridagilarga ko'ra, Norin tumani 2-sektori hududida tashkil etilgan "Limonchilik tajribasi"ni limonchilikni rivojlantirishni xohlagan respublikaning barcha 2-sektorlariga amaliy va uslubiy jihatdan yordam berishga, arzon hamda samarador texnologiyalarni qo'llash orqali aholi daromadlarini o'sishi uchun o'rgatib berishga tayyor ekanligi ma'lum qilinadi.
Tuman prokurori

adliya kichik maslahatchisi B.S.Xalilov
Download 73,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish