MDH davlatlari tuproqlari
Reja
MDH tuproqlar tuzilishi
MDH tuproqlarini rayonlashtirish
MDH tuproqlar iqlimi
MDH va O‘zbekiston jumhuriyati bepoyon sarhadlari tuproq qoplamining
nihoyatda xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Bu mamlakatlarda shimoldagi
tundra gleyli tuproqlardan boshlab, subtropik kengliklardagi qizil va sariq
tuproqlarga qadarli bo‘lgan deyarli barcha tuproq tiplari uchraydi.
Tuproqlarning kenglik bo‘yicha tarqalishida ma‘lum geografik qonuniyat
mavjud.
Tuproqlarni geografik rayonlashtirish prinsiplari V.V. Dokuchayevning
tuproqlarning yer yuzasida zonal tarqalish ta‘limotiga asoslangan. Tabiiy tuproq
qatlamining gorizontal (kenglik) va vertikal (balandlik bo‘ylab) yo‘nalishda
asta-sekin bir-biri bilan almashib borish qonuniyatlari mavjud. Tuproqning
geografik tarqalishi tuproq paydo qiluvchi omillar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib,
shunga ko‘ra tuproq tiplari ham o‘zgarib boradi. Jumladan, iqlim sharoitining
kenglik yo‘nalishi bo‘yicha, ya‘ni shimoldan janubga qarab o‘zgarishi bilan, shu
yo‘nalishda o‘simlik va tuproq qoplami ham o‘zgarib boradi. Demak, tabiiy
sharoitlari deyarli bir xil bo‘lgan muayyan geografik kengliklarda ma‘lum
tuproq tiplari tarqaladi va mintaqalarni hosil qiladi. Tekislik territoriyalari
bo‘ylab tuproqlarning ana shunday tarqalishini V.V. Dokuchayev gorizontal
zonallik deb atadi. O‘simlik qoplamining tarkibi bilan bog‘liq bo‘lgan, u yoki bu
tuproq tipi ko‘pchilikni tashkil etadigan territoriya - gorizontal tuproq zonalari
deb ataladi. Quyidagi asosiy tabiiy tuproq zonalari ajratiladi: tundra, podzol
yoki tayga-o‘rmon, o‘rmon-dasht, qora tuproq yoki dasht, kashtan tuproq yoki
quruq dasht, qo‘ng‘ir yoki cho‘l-dasht, cho‘l va dasht, tog‘ oldi cho‘l-dasht
zonasi.
V.V. Dokuchayevning gorizontal tuproq zonalari haqidagi qonuni
hozirgi vaqtda butun yer shari tuproqlari uchun ham qo‘llaniladi. V.V.
Dokuchayev yer sharida: boreal (arktika), o‘rmon, qora tuproqli dasht, aeral
(cho‘l) va laterit tuproqlari kabi 5 ta zonani ajratadi.
V.V.Dokuchayev davrida tabiatshunoslik, haqiqatan ham, tabiiy
xodisalarga geografik tahlil bergan. Ammo bu kontenentlar, ko‘pchilik hollarda
esa, mamlakatlar geografiyasi edi. Kontenentlar ayrim qismlari, ularning
mamlakatlari tavsiflangan va shu sohada ko‘pgina olimlar tabiatni ilmiy bilishda
chuqur hissa qo‘shganlar. Tabiatning global taqsimlanishi sohasidagi V.V.
Dokuchayevning zonallik qonunini asosiy mohiyati quyidagilardan iborat.
Tundra, tayga, dashtlar, cho‘llar, savannalar va x.z. – yaxlit tabiiy xosilalardir,
qaysiki o‘simliklar, hayvonot dunyosi, tuproqlar, nurash po‘stlog‘i, yer usti
qatlami, atmosfera qatlami va boshqalar, bir-biridan ajralgan holda faoliyat
ko‘rsata olmaydigan, tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu tabiiy hosilalar zonal
joylashishni namoyon etadi yoki Yer sharida tarqalishi poyas, zona shakliga ega.
V.V. Dokuchayevning ta‘limoti Yer usti xususiyatlarini o‘rganadigan, ko‘pgina
tabiiy-geografik fanlarda o‘z aksini topdi. V.V. Dokuchayev tuproqshunos
sifatida eng avval o‘zi tomonidan yaratilgan qonuniyatni Yerda tarqalgan tuproq
qoplamini analiz qilishda qo‘lladi. Uning ta‘kidlashicha, tuproq va gruntlar, bir
tomondan havo, suv va yer o‘rtasidagi birgalikdagi asriy o‘zaro ta‘sirlashuvning,
ikkinchi tomondan tirik va o‘lik organizmlarning birgalikdagi o‘zaro
ta‘sirlashuvi natijasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zgusi, tasviri ekanligi aniq haqiqat
hisoblanadi. Tuproq paydo bo‘lishining keltirilgan omillari yer yuzasida zonal
taqsimlanar ekan, unda, tuproq ham yer yuzasida zonal, iqlim, o‘simliklar va
boshqalarga qat‘iy bog‘liq holda, joylashishi muqarrardir. V.V. Dokuchayev
kenglik zonallik qonunini ham ta‘riflab berdi: Tuproqning asosiy tiplari
ekvatordan polyuslarga tomon, kengliklarga u yoki bu darajada parallel tarzda,
polosa yoki zonalar shaklida taqsimlanadi.
V.V. Dokuchayev birinchi marta, tabiatning makonda geografik tarqalish
qonuniyatining boshqa imkoniyatlarini ham ta‘kidladi. Hozir, zonalarning
kenglik bo‘ylab joylashishi zonallik qonuniyatining faqat bitta shakli
hisoblanadi. Zonalar, ko‘p hollarda kenglik oriyentasiyasiga bo‘y sunmaydi va
kontenentning barcha qismini kenglik polosalar bilan qoplamaydi. Zonalarning
submeridional tarzda, shuningdek konsentrik oriyentasiyalari ham uchraydi.
Tabiiy zonalarning geografiyasini o‘rganish har bir tabiiy zonaning
fasialligi (provinsialligi) haqidagi ta‘limot bilan to‘ldiriladi. Tuproq xossalari va
tuzilishining xususiyatlari bo‘yicha zonalarning bir xilda emasligi aniqlangan.
Rossiyaning janubi (Shimoliy Kavkaz, Qirim) G‘arbiy va Sharqiy Sibirga
o‘xshamaydi, garchi tuzilishida umumiy tip belgilarga ega bo‘lsa ham.
Iqlimning gidrologik, va geologik sharoitlari, relyeflarning mahalliy uzunlik va
boshqa o‘zgarishlari, dune geografik poyaslarining ko‘pchilik qismida
gorizontal zonallikning radikal murakkablashuvini belgilaydi va spesifik
mahalliy xodisalarning paydo bo‘lishi, zonal taqsimlanishning maxsus
qonuniyatlarining shakllanishiga olib keladi.
Shunday qilib, tabiiy zonalarning fasialligi, ularning doimiy kompleksi
tuproq kabi tabiiy omillarning o‘ziga xos kompleksi bilan belgilanadi.
V.V. Dokuchayev shuningdek, tog‘li o‘lkalarda tuproklarning vertikal
yo‘nalish bo‘yicha almashinib tarqalish qonunini ham kashf etdi. Vertikal tuproq
zonalari tekislikdagi kengliklar bo‘ylab tarqalgan tuproqlar singari, tog‘larning
pastidan boshlab shimoliy qismiga qarab ma‘lum qonuniyat asosida tarqalsada,
ba‘zan undan farq qiladi.
Jumladan, tog‘larda tuproq tiplarining chegarasi yoki o‘rni keskin o‘zgaradi.
Tekisliklardagi ayrim tuproqlar tog‘li ulkalarda uchramaydi yoki to‘liq
ifodalanmagan bo‘ladi. Umuman olganda I.V. Dokuchayevning tuproqlar
zonalligi qonuniyati bu yerda saqlab qolinadi. Hozirgi vaqtda uning tuproq
zonalari haqidagi ta‘limoti tuproqshunoslikning ko‘p sohalarida keng
ishlatilmokda.
Tuproq-gegrafik rayonlashtirish prinsiplari haqidagi ta‘limot keyinchalik L.I.
Prasolov, I.P.Gerasimov, P.A. Letunova, Ye.N. Ivanova, N.N.Rozov va
boshqalar tomonidan yanada rivojlantirildi. Ular tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab
tadqiqotlar natijasida tuproq qoplamining ilgari noma‘lum bo‘lgan geografik
qonuniyatlari ochildi.
Tuproq geografik rayonlashtirishda taksonomik birliklar sistemasi.
Hozirgi vaqtda tuproq-geografik rayonlashtirishda taksonomik
birliklarning quyidagi sisitemasi: tuproq-bioiqlim mintaqasi, tuproq-bioiqlim
oblasti, tuproq zonasi, tuproq zonachasi, bioiqlim fasiyasi, tuproq provinsiyasi,
tuproq okrugi va tuproq rayoni qabul qilingan.
Tuproq-bioiqlim mintaqasi taxminan termik mintaqalarga to‘g‘ri keladigan katta
teritoriyani o‘z ichiga olib, tuproq paydo bo‘lish jarayonlari va o‘simliklar
rivojlanish termoenergetik rejimlarining o‘xshashligi bilan xarakterlanadi.
Tuproq-bioiqlim mintaqasi o‘zining atmosfera yog‘inlari bilan namlanish
darajasi va harakteriga ko‘ra quyidagi: nam (gumid va ekstragumid), o‘tuvchi
(subgumid va subarid), va quruq (arid va ekstraarid) oblastlarga bo‘linadi
Birinchi oblastga o‘rmon-tayga va tundra zonasi, ikkinchisiga – dasht
kserofit o‘rmon va savannalar, uchinchisi esa chalacho‘l va cho‘l o‘simliklari
qoplamli zona kiradi.
Tuproq zonasi tekis territoriyalarni tuproq-geografik rayonlashtirishdagi
asosiy birlik hisoblanadi.
Tuproq zonasi muayyan tuproq tiplarini ba‘zan intrazonal tuproqlarni
o‘z ichiga oladigan tuproq-bioiqlim oblastlari maydonining bir qismidir. Tuproq
zonasida olib boriladigan dehqonchilik sistemasni o‘zining geografik jixatdan
deyarli bir xilligi bilan xarakterlanadi.
Tuproq zonachasi tuproq zonasining bir qismi bo‘lib, zonal tuproqlar
orasida ma‘lum tuproq tipchalari ifodalangan bo‘ladi.
Tuproq fasiyasi – tuproqlari o‘zining temperatura rejimi va mavsumiy
namlanishi bilan farq qiladigan tuproq zonasining bir qismi hisoblanadi.
Tuproqlarning fasiyalar bo‘yicha tarqalishi avtomorf tuproqlar zonasida yaxshi
o‘rganilgan.
Tuproq provinsiyalari. Tekisliklardagi tuproq provinsiyalari deb,
mahalliy tuproq hosil bo‘lish xususiyatlari bilan farqlanadigan tuproq zona yoki
zonachasining bir qismiga aytiladi.
Tog‘li o‘lkalardagi yirik taksonomik birlik sifatida, tuproq provinsiyadari
vertikal tuproq zonalarining yirik strukturasini o‘z ichiga oladi.
Tuproq qoplamining provinsial xususiyatlari dehqonchilikning mahalliy
zonal sistemasini ishlab chiqishini talab etadi.
Tuproq okrugi – tuproq provinsiyasining bir qismi bo‘lib, tuproq paydo
bo‘lishiga ta‘sir etuvchi omillar: joyning relyefi, iklimi, o‘simliklar tarkibi,
gidrogeologik singari sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan
xarakterlanadi.
Tuproq rayoni – tuproq okrugining bir qismi bo‘lib, tuproq qoplamini
ancha bir xilligi bilan ajralib turadi, hamda tuproqning samarali unumdorligini
oshirishga qaratilgan deyarli bir xildagi tadbirlarni olib borishini talab etadi.
MDH xududida tarqalgan quyidagi tuproq – bioiqlim mintaqalarini,
ularni tashkil etadigan zonalari va tog‘li tuproq provinsiyalariga nisbatan
batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
1). Sovuq (qutbiy): 2) Mo‘tadil sovuq (boreal): 3) Mo‘tadil (subboreal): 4)
Mo‘tadil iliq (subtropik) kabi tuproq bioiqlim mintaqalari ajratiladi.
Q u t b i y (sovuq) m i n t a q a d a bitta Yevroosiyo tuproq bioiqlim
oblasti ajratiladi va bu o‘z navbatida Arktika va subarktika tundra tuproqlari
kabi ikki tuproq zonasini hamda uchta tog‘ provinsiyalar (Ural-Yangiyer,
Chukotka va Taymir singari) ni o‘z ichiga oladi. Ekinlar faqat issiqxonalarda
yetishtirilib, uncha katta bo‘lmagan maydonlardagi dehqonchilik esa faqat eng
janubiy rayonlarda olib boriladi. Bu yerdagi asosiy chorvachilikning yo‘nalishi
bug‘uchilikdir.
B o r ye a l (mo‘tadil sovuq) m i n t a q a d a 4 ta: g‘arbiy o‘tloq-o‘rmon;
markaziy tayga-o‘rmon; Sharqiy Sibir muzloq-tayga va Uzoq sharq tayga
o‘tloq-o‘rmon oblastlari ajratiladi.
Markaziy Sibir tayga-urmon oblastida kuzgi va baxorgi ekinlar,
shuningdek, qisqa vegetasiya davriga ega bo‘lgan sabzavot ekinlari ekiladi,
Sharqiy Sibir oblastining qattiq sovuq iqlimi sharoitida dehqonchilik
chegaralangan bo‘lib, asosan o‘rmon xo‘jaligi va mo‘ynali xayvonlar boqishda
foydalaniladi.
S u b b o r ye a l (mo‘tadil) m i n t a q a d a: G‘arbiy qo‘ng‘ir tuproqli
o‘rmon oblasti; markaziy o‘rmon-dasht va dasht; Sharqiy ko‘ng‘ir tuproqli
o‘rmon; cho‘l-dasht, dasht va baland tog‘ cho‘llari kabi 5 ta viloyatlar ajratiladi.
Bu mintaqa 8 tuproq zonasini va 13 tog‘ provinsiyalarini o‘z ichiga oladi.
Qora va kashtan tuproqli Markaziy o‘rmon-dasht va dasht viloyatlari
dehqonchilik uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, g‘allachilikning asosiy
bazasi hisoblanadi.
S u b t r o p i k m i n t a q a Territoriyada uchta tuproq viloyatini:
mo‘tadil iliq kserofit-o‘rmon-subtropik (Kavkaz orti); mu‘tadil iliq va iliq cho‘l
dasht va cho‘l subtropik (O‘rta Osiyo) oblastini o‘z ichiga oladi.Maydoni va
qishloq hujaligining o‘rniga ko‘ra bo‘z tuproqli O‘rta Osiyo viloyati katta
ahamiyatga ega. Sug‘oriladigan sharoitda paxta, g‘alla, sabzavot, sholi,
kanakunjut, kunjut va boshka ekinlardan yuqori hosil olinadi.
V.G.Popov (1990 y) o‘ziga xos kenglik bo‘yicha zonallik va vertikal
mintaqa hamda provinsional qonuniyatga ko‘ra O‘zbekistonda ikkita tuproq
bioiqlim (mo‘tadil va iliq subtropik) mintaqasini ajratadi.
Ch o‘ l (arid) z o n a s i tuproqlarining morfogenetik xususiyatlaridagi
keskin farqlar asosida bu ikki: Orol-Kaspiy, O‘rta Osiyo (subtropik)
provinsiyalariga ajratiladi va u o‘z navbatida Shimoliy, Markaziy va Janubi
provinsiyalarga bo‘linadi.
V e r t i k a l m i n t a q a n i n g och tusli bo‘z va tipik bo‘z tuproqlari
tarqalgan pastki tog‘oldi-tekislik va qisman tog‘oldi qismida o‘ziga xos
subtropik chala cho‘llar zonasi hosil bo‘lib, uni O‘rta Osiyoning tog‘oldi-chala
cho‘llar provinsiyasiga kiritiladi. Bu provinsiya ham Shimoliy, Markaziy va
Janubiy provinsiyachalarga ajratiladi.
To‘q tusli bo‘z tuproqlari mintaqasidan yuqorida o‘ziga xos xususiyatlari
bilan harakterlanuvchi O‘ r t a O s i yo t o g‘ viloyatlari tarqalgan.
Adabiyotlar
Tuproqshunoslik Boboxo’jayev
Do'stlaringiz bilan baham: |