O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi o’zbekiton milliy universiyeti bilogiya fakulteti



Download 114,25 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2022
Hajmi114,25 Kb.
#677595
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Gulli o’simliklarning xilma-xilligi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKITON MILLIY UNIVERSIYETI BILOGIYA FAKULTETI

KIMYO FANIDAN MUSTAQIL ISH
Mavzu: Gulli o’simliklarning xilma-xilligi

Tekshirdi:______________


Bajardi;________________

Toshkent-2022


Gulli o’simliklarning xilma-xilligi
Reja:
  1. Gulli o’simliklar

  2. Gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishish



Gulli oʻsimliklar (Magnoliophyta yoki Angiospermae), yopiq urugʻli oʻsimliklar, yopiq urugʻlilar — gul chiqaradigan yuksak oʻsimliklar guruxi. Urugchi organining mavjudligi va qoʻsh urugʻlanish G.oʻ.ga xos xususiyatdir. G.oʻ.ning urugʻ kurtagi bir yoki bir nechta boʻrtgan meva barglaridan iborat berk tuguncha boʻshligʻida boʻladi. Urugʻlari meva ichida joylashgan (yopiq urugʻlilar degan nom shundan kelib chiqqan). Bunday oʻsimliklar ikki sinf (bir pallali oʻsimliklar va ikki pallali oʻsimliklar)ga boʻlinadi. Oʻz navbatida bular ham kenja sinflar, tartib, oilalar, turkumlar va ularning barcha oraliq kategoriyalari bilan turlarga boʻlinadi.
G. u.da 400 oila, 12 mingdan ortiq turkum va 250 mingga yaqin tur mavjud. Yer yuzidagi yuksak oʻsimliklarning yarmidan koʻprogʻini yopiq urugʻli oʻsimlik turlari tashkil etadi. Odamlar uchun keraqli oʻsimliklar, jumladan oziq-ovqat oʻsimliklari (bugʻdoy, javdar, sholi, kartoshka, dukkaqlilar va b.), tolali oʻsimliklar (gʻoʻza, zigʻir, kanop va h.k.), efir moyli va dorivor oʻsimliklar, mevalilar va kauchukli oʻsimliklarning koʻpchiligi G.oʻ.ga kiradi.
Gullari turlicha shakl va rangli gul- qo‘rg‘onga (gulkosa, gultoj) hamda uning ichida joylashgan changchi va urug‘chiga ega bo‘lgan, urug‘tangandan so‘ng meva hosil qiladigan o‘simliklar gulli o‘simliklar deyiladi (6-rasm).
6-rasm. Gulli o‘simlik – g‘o‘za: 1-umumiy ko‘rinishi; 2-guli; 3-ko‘sagi; ^-ochilgan ko‘sagi.
Yer yuzidagi gulli o‘simliklar 533 oila, 13000 turkum va 250 mingdan ortiq turni o‘z ichiga olishi aniqlangan. Bu o‘simliklarning har biri o‘ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq qiladi.
Gulli o‘simliklarning hammasi ham o‘z hayoti davomida gullab meva tugadi. Ular ildiz, poya, barg, gul, meva va urug‘- lardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu ularning o‘ziga xos belgilari hisoblanadi.
O‘simliklar dunyosi million yillar davomida turlicha iq- lim sharoitiga, tuproqqa va namlikka moslashib shakllangan. Ularning organlari, ichki tuzilishi, ajoyib xossalari, xususan, hayotiy shakllari, yirik guli va mevasi, ildizi, salobatli shox- shabbasi, umrboqiyligi, ayrim mayda jonzotlar bilan oziq- lanishi, kelgusi naslni o‘z bag‘rida voyaga yetkazib, mustaqil hayotga yo‘llanma berishi kabi irsiy belgilari bilan necha asrlardan beri odamlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda 
Har bir o‘simlik turining o‘ziga xos ajoyib xossalari bor. O‘simliklarning xilma-xilt igini aks ettiruvchi misollar juda ko‘p. Bularga Seyshel orolidagi o‘n yillar mobaynida pishib yetiladigan, og‘irligi 25 kg ga yetadigan seyshel palmasi yong‘oqlari, tanasida 200 l gacha suv saqlaydigan Meksika kaktuslari, Kanar orollarida 6000 yilgacha umr ko‘radigan ajdar daraxtlari, Sumatra orolidagi diametri 1 m ga yetadigan rafleziya kabi ulkan gullar misol bo‘ladi. Bunday ajoyibotlar o‘lkamizdagi o‘simliklar orasida ham ko‘plab topiladi. Masalan, jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o‘sadigan, barglari arang ko‘rinadigan saksovul va qandim, poyasi suv tagida bo‘lib, guli suv yuzasida ochiladigan nilu- far, hasharotlar bilan oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat ko‘rki bo‘lgan qizil lola, ko‘zagul, sallagul, chinnigul va jumagullar (xolmon), noyob mevali o‘simliklardan pista, bodom, safsanlar, tabobatda ko‘p ishlatiladigan chakanda, isiriq, na’matak, suvqalampir va boshqalar o‘simliklar dunyosining ajoyib vakillaridir.
Gulning tashqi qavati, odatda, yashil rangli gulkosacha- barglar bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ulardan so‘ng rangli gultoj- barglar joylashadi. Gulning o‘rta qismida changchilar, mar- kazida esa urug‘chi joylashadi.
Gulli o‘simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoit- ning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ular million yillar mobaynida o‘zgarib, yangi muhitga, sharoitga moslasha borgan. Sharoit o‘zgarishi bilan o‘simliklarda yangi muhitga xos belgilar paydo bo‘lgan va bu belgilar vaqt o‘tishi bilan sekin-asta mustahkamlangan (irsiylashgan). Natijada maxsus sharoit- larga moslashgan yangi o‘simliklar (turlar, turkumlar, oilalar) paydo bo‘lgan. Yangi sharoitga moslasha olmagan o‘simliklar yo‘qolib ketgan.
Bundan 140 million yillar ilgari urug‘li qirqquloqlarning shu davrgacha saqlanib kelgan vakillaridan gulli o‘simliklar paydo bo‘lgan.
Gulli o‘simliklar yoki yopiq urug‘li o‘simliklar, o‘simliklar dunyosining eng yosh va keng tarqalgan guruxi bo‘lib xozirgi geologik davrining xukmron o‘simligi hisoblanadi. Ularning tuzilishi nihoyatda xilma-xilligi, turlarning ko‘pligi, kishilar va xayvonlar hayotida tutgan o‘rni bilan o‘simliklarning boshqa guruxlaridan keskin farq qiladi. Tarixiy manbalarga qaraganda yopiq urug‘li o‘simliklarning dastlabki vakillari mezazoy erasining yura davrlarida paydo bo‘la boshlagan. Keyinroq davrlariga kelib ular yer yuziga keng tarqala boshlagan.
Yopiq urug‘li o‘simliklarning keng tarqalishiga asosiy sabab bu vaqtga kelib havoda quyuq bulutlar kamayib havo namligi kamaygan, quyosh nuri yerga ko‘proq tushgan. Yalang‘och urug‘larning qurg‘oqchilikka moslashgan igna barglardan boshqa vakillari nobud bo‘lgan. Ular o‘rniga tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan yangi muxitda, ya’ni qurg‘oq havoda yashashga moslashgan yangi yosh tip-yopiq urug‘lilar keng tarqala boshlaydi, juda qisqa vaqt ichida ular biosferani egallab shu davrning xukumron o‘simliklar guruxiga aylandi.
Yopiq urug‘lilar guruxiga 200 000 dan ortiqroq tur kiradi. Bu ochiq urug‘lilardan 400 marta ko‘proq ekanli-gini ko‘rsatadi. Yalang‘och urug‘lilarning taxminan 500 turi ma’lum. Yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillari odam uchun oziq-ovqat, xayvonlarga yem-xashak, sanoat uchun xom ashyo manbai bo‘ladi. Yer shari aholisining asosiy ovqati bug‘doy, sholi, jo‘xori, kartoshka, mevalardan olma, o‘rik, uzum, qovun-tarvuz texnik o‘simliklardan g‘o‘za, zig‘ir, lavlagi, shakar qamish va xilma xil dorivor o‘simliklar yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillaridir.
Yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘payib, yer yuziga tarqalishiga asosiy sabab, ularning yashovchanligi, qurg‘oqchilikka tez moslasha olishi. Hozirgi vaqtda ochiq urug‘li o‘simliklar faqat daraxt va butalardan iborat bo‘lsa, yopiq urug‘li o‘simliklarning turli vakillari mavjud. Shu bilan birga ular organlarida metamorfozalar ham mavjud.
Yopiq urug‘lilar anatomik tuzilishi ham yalang‘och o‘sim-liklardan ustun turadi. Ular poyasida traxeyalar va suv naylari bo‘ladi. Bu o‘simliklar ildizdan suvni onsonroq so‘rishga va bug‘latishga yordam beradi. Bulardan tashqari yopiq urug‘lilar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.

Download 114,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish