16. O’zbekiston Respublikasida istiqbolda oziq-ovqat strategiyasi Reja: Oziq-ovqat xavfsizligi va mahsulotlari bozorlari barqarorligi talablari



Download 0,69 Mb.
Sana01.02.2023
Hajmi0,69 Mb.
#906343
Bog'liq
14 amaliy mashg\'ulot 2


16.O’zbekiston Respublikasida istiqbolda oziq-ovqat strategiyasi


Reja:
1.Oziq-ovqat xavfsizligi va mahsulotlari bozorlari barqarorligi talablari.
2.Oziq-ovqat xavfsizligini oldindan bashoratlash.
3. O’rtacha va uzoq muddatli istiqbolda O’zbekiston oziq-ovqat xavfsizligiga tahdidlar va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalalari.




1.. Vaziyatli masala


Quyidagi jadvalda O’zbekiston Respublikasida 2005-2014 yillarda yetishtirilgan don mahsulotlari yalpi hosili haqida ma’lumotlar berilgan:

O’zbekiston Respublikasida yetishtirilgan don mahsulotlari yalpi hosili dinamikasi.





Yillar

Don mahsulotlari yalpi hosili, ming tonna hisobida

2005 yil

6401,8

2006 yil

6546,7

2007 yil

6643,1

2008 yil

6621,6

2009 yil

7293,1

2010 yil

7404,0

2011 yil

7140,1

2012 yil

7515,2

2013 yil

7807,8

2014 yil

8050,5

Berilgan ma’lumotlar asosida 2015-2022 yillar uchun don mahsulotlari yalpi hosilini bashorat qiling.


Yechimi.
Dinamikaning bunday tipi doimiy mutlaq o’zgarishlarga xosdir.
ΔU ≈ const
Bunday sharoitda dinamika qatori quyidagi tenglama bilan tekislanadi:

bu yerda: , – tenglama parametrlari;
t- vaqt belgisi.
– parametr regressiya koeffisiyenti bo’lib rivojlanish yo’nalishini aniqlaydi. Agar bo’lsa dinamika qatorining hadlari bir tekisda o’sib boradi, agar bo’lsa ular kamayib boradi.
va parametrlarni aniqlash uchun quyidagi tenglamalar tizimini ochish kerak:

Jadval ma’lumotlari asosida analitik tekislashni amalga oshiramiz. Vaqt ko’rsatkichlarini quyidagicha belgilash kerakki, bo’lsin. Bu hisob-kitobni ancha osonlashtiradi va parametlar quyidagicha aniqlanadi:
.
Tenglamadagi parametrlarni aniqlash uchun yordamchi jadvaldan foydalanamiz:

Yillar

Don mahsulotlari yalpi hosili, ming tonna

t



ty



y

2005 yil

6401,8

-5

25

-32009

6367,4

2006 yil

6546,7

-4

16

-26186,8

6522,4

2007 yil

6643,1

-3

9

-19929,3

6677,4

2008 yil

6621,6

-2

4

-13243,2

6832,4

2009 yil

7293,1

-1

1

-7293,1

6987,4

2010 yil

7404

1

1

7404

7297,4

2011 yil

7140,1

2

4

14280,2

7452,4

2012 yil

7515,2

3

9

22545,6

7607,4

2013 yil

7807,8

4

16

31231,2

7762,4

2014 yil

8050,5

5

25

40252,5

7917,4

Jami

71424

0

110

17052,1

71424

Jadval ma’lumotlari asosida va parametrlar qiymatini hisoblaymiz.


;
Endi olingan qiymatlarni o’z o’rniga qo’ysak, tenglama quyidagi ko’rinishga keladi:
t ning o’rniga aniq qiymatlarni qo’yib, ning ko’rsatkichlarini hisoblaymiz.
Biz 2005-2014 yillarga berilgan dinamika qatorining hadlarini analitik tekisladik, endi shu qatorni davom ettirish mumkin, ya’ni t oshib boraveradi. Uni quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin:

Yillar

t

Don mahsulotlari yalpi hosili bashorati, mln.tonna


2015 yil

6

8072,4

2016 yil

7

8227,4

2017 yil

8

8382,4

2018 yil

9

8537,4

2019 yil

10

8692,4

2020 yil

11

8847,4

2021 yil

12

9002,4

2022 yil

13

9157,4

Hisob – kitob natijalari asosida ma’lumotlarni, ya’ni mamlakatimizda don mahsulotlari yalpi hosili dinamikasi va istiqboldagi hajmini bashoratini grafikda tasvirlaymiz. Grafiklar zamonaviy statistikaning ilmiy o’rganish qurollaridan biri hisoblanadi.
Grafiklar o’quvchining diqqatini o’ziga tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda saqlash va tasavvur qilishga zamin yaratadi. Ular ko’rish va tushunish qiyin bo’lgan ayrim qonuniyatlarni aniqlashda va tasvirlashda muhim o’rin egallaydi. O’quvchi uchun grafik tasvir orqali statistik ko’rsatkichlarni tushunish va o’rganish statistik jadvallardan ko’ra ancha qulaydir: miqdoriy ko’rinishga nisbatan grafikda tasvir taassuroti yuqori bo’ladi; statistik kuzatuv natijalari tezroq va osonroq tushuniladi hamda umumlashtiriladi; hodisa va jaryonlarning o’zaro bog’liqligi va ularni vaqt bo’yicha o’zgarishi yaqqol ko’rinib turadi; statistik-iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash va aniqlangan qonuniyatlarni ko’rish va tekshirish imkoniyati tug’iladi.

Keys: Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari

Jahon iqtisodiy hamjamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichi jahon xo’jaligi aloqalarining globallashuvi va baynalmilallashuvi bilan tavsiflanadi, bunday sharoitda xalqaro raqobat va milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshlik muammolari dolzarb ahamiyat kasb etadi.


Har qanday mamlakatda ichki bozorda raqobatning mavjudligi bozor xo’jaligi muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi, jahonning ko’plab mamlakatlarida, shu jumladan, o’tish iqtisodiyotyga ega bo’lgan mamlakatlarda raqobat to’g’risida qonunlarning qabul qilinganligi va mazkur masalalar bilan shug’ullanuvchi milliy tashkilotlarning tashkil etilganligi ushbu holatni tasdiqlab turibdi.
Raqobatbardoshlikni barpo etish va rivojlantirishning M.Porter konsepsiyasiga asoslangan zamonaviy modeli mamlakatning umumiy xususiyatga ega bo’lgan va unda ishlab chiqaruvchilar raqobatlashadigan raqobat muhitini shakllantiruvchi to’rtta xususiya-tidan iborat. Ushbu muxit raqobat ustunliklarini shakllantirishga ko’maklashishi ham yoki unga to’sqinlik qilishi ham mumkin.
Mamlakat raqobat ustunliklariga erishishi uchun barcha ushbu determinantlar o’zaro hamkorlik qilishi lozim (M.Porterning ta’riflashicha - milliy romb)1. Faqatgina o’zaro hamkorlik qiluvchi va bir-birini kuchaytiruvchi determinantlarning butun tizimi bo’yicha ustunlik milliy iqtisodiyotda milliy ishlab chiqaruvchilarning muvaffaqiyati uchun zamin hisoblangan va undan xorijiy raqobatchilar nusxa ko’chirishi yoki uni yo’q qilishi qiyin bo’lgan (yoxud hatto mumkin bo’lmagan) muxitni shakllantiradi.
Mamlakat faqat ishlab chiqarish omillarini shakllantirish uchun foydali bo’lgan ishlab chiqarish tarmoqlarida muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Biroq ishlab chiqarishning ortiqcha hajmli omilining mavjud bo’lishi innovasiya uchun qo’lga kiritilgan raqobat jihatdan ustunlikni shakllantirish uchun asos bo’lishi mumkin, chunki resurslarning yetishmasligi ular qiymatining yuqori bo’lishiga olib keladi. Aynan ushbu holat ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish maqsadida texnika yangiliklari va innovasiyalarni joriy etish uchun asos bo’lishi mumkin, buning natijasida kompaniyalar, tarmoqlar va umuman milliy iqtisodiyotning yuqori darajadagi raqobatbardoshligiga erishiladi.
Milliy iqtisodiyotning "Barqaror strategiya, tuzilma va raqobatchilik" sifatida belgilangan raqobat jihatdan ustunligini shakllantirishning eng muxim omilini ko’rib chiqamiz. Demak, mamlakatda kompaniyani tashkil etish va boshqarish tendensiyalariga ta’sir ko’rsatuvchi ma’lum sharoitlarning mavjudligi ham ichki raqobatning xususiyatini belgilab beradi.
Ta’kidlash joizki, raqobat jihatdan ustunliklarni shakllantirish uchun mehnatga va xodimlarning kasbiy ko’nikmalarini oshirishga shaxsiy qiziqtirish ham muxim rol o’ynaydi. So’nggi o’n yilliklar iqtisodiy amaliyoti shuni isbotlamoqdaki, buyuk iqtidor va qobiliyat sohiblari millat uchun eng katta va ahamiyatli resurs hisoblanadi, chunki mamlakat erishayotgan yutuqlar ko’p jihatdan ushbu iqtidor sohiblari tanlaydigan ta’limning darajasi va xiliga, qayerda ishlashni afzal ko’rishiga, ularning ishlashiga va harakat qilishiga bog’liq. Shuning uchun mamlakatlar insonlar nuqtai nazaridan nufuzli yoki undan milliy qahramonlar yetishib chiqadigan iqtisodiy faoliyatni raqobatbardosh qilishga intiladi.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanishi turli bosqichlarda iqtisodiyot raqobatbardoshligining turli omillarini dastlabki o’ringa chiqaradi. Iqtisodiyotning u yoki bu tarixiy davrda raqobatbardoshligini belgilab beruvchi u yoki bu omillarning ta’siriga ko’ra quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin:
- omillar bosqichi;
- investisiyalar bosqichi;
- innovasiyalar bosqichi.
Omillar bosqichida mamlakatning barcha raqobatbardosh tarmoqlari ishlab chiqarishning asosiy omillari: tabiiy resurslar, arzon ishchi kuchi va mamlakatning mavqyei va hududi bilan belgilanadigan foydalar hisobidan o’z mavqyelariga erishadi.
Raqobat jihatdan ustunliklar omillarning qiymati bilan belgilanadi, bunda texnologik rivojlanish ko’pincha chet eldan xarid qilish yo’li bilan keltirilgan texnologiyalarga asoslanadi.
Raqobatbardoshlikning yanada yuqori bosqichi - bu investisiyalar asosidagi raqobatbardoshlik. Ushbu bosqichda mamlakatlarning raqobat jihatdan ustunliklari faol investisyya siyosatiga asoslanadi. Bunda ham texnologik rivojlanish chetdan keltirilgan texnologiyalarga asoslanadi, biroq bu o’zlashtirish birinchi bosqichdagi kabi passiv hisoblanmaydi. Fir-malar eng yaxshi texnologiyalar, lisenziya, nou-xauga investisiya qilishadi, bunda texnologiyalar mamlakat ichida doimiy ravishda takomillashib boradi. Iqtisodiyot ichida sarmoyaning kuchli safarbar qilinishi sodir bo’ladi, kapital qo’yilmalarning o’sishi omillarning takomillashuviga (infratuzilmaning rivojlanishiga, mehnat resurslari sifatining oshishiga) olib keladi, shu bilan birga, u ularning qimmatlashuvini ham keltirib chiqaradi. Rivojlanishning eksportga yo’naltirilgan strategiyasi ishlab chiqiladi, chunki ichki bozor hali unchalik katta va talabchan emas va shuning uchun mahsulot sifatini takomillashtirishga undamaydi.
Innovasiyalar bosqichi iqtisodiyot raqobatbardoshligining ichki salohiyati to’liq ishga tushishi bilan tavsiflanadi. Mazkur bosqichda firmalar nafaqat xorijiy texnologiyalarni qo’llashadi va takomillashtiradi, balki o’z texnologiyalarini barpo etishadi. Daromadlarning yuqori bo’lishi, ta’lim darajasining oshishi va jadal ichki raqobat tufayli ichki bozor sig’imli va talabchan bo’ladi. Ushbu bosqichda firmalar global strategiyalarni ishlab chiqishadi va chet elda keng ko’lamli investisiyalarni amalga oshiradi.
Shunday qilib, raqobat jihatdan ustunliklar o’zgaruvchan va insoniy kapital rivojlanishi, innovasion texnologiyalar, intellekt bilan bog’liq va o’z navbatida o’z tabiatiga ko’ra cheksiz. Mamlakatning qiyosiy ustunliklari va raqobat jihatdan ustunliklarini aniq farqlash lozim.
O’zbekiston haqida to’xtaladigan bo’lsak, milliy iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi bosqichida biz respublikamiz eksport salohiyatining asosini tashkil etuvchi qiyosiy ustunliklarga egamiz.
Shu o’rinda O’zbekiston ega bo’lgan quyidagi qiyosiy ustunliklarni ajratish mumkin;
1. Kam xarajatlar evaziga qimmatbaho qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishni rivojlantirish imkonini beruvchi qulay tabiiy-iqlimiy sharoitlar. O’zbekistonda har yili taxminan 4,5 tonna paxta xom ashyosi tayyorlanadi, undan 1,3 tonna paxta tolasi ish-lab chiqiladi. 30 ming tonnaga yaqin ipak qurti pillasi, 1,5 mln. tonna yuqori sifatli qorako’l terisi va 18 ming tonnadan ortiq qo’pol qo’y yungi tayyorlanadi. Har yili 2,7-3 mln. tonna turli xildagi sabzavot ekin-lari yetishtiriladi.
Biroq, O’zbekiston nafaqat paxta bilan, balki o’zining sabzavoti, mevalari, uzumi, poliz ekinlari bi-lan ham mashhur, ularning ko’plab turlari va navlari o’zining ta’m sifati bilan ajralib turadi. O’zbekis-ton jahonda yirik tomat pastasi, magiz, ajoyib ta’mga ega bo’lgan quruq mevalar ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Tomat pastasi bo’yicha O’zbekiston jahon ishlab chiqaruvchilarining dastlabki beshligiga, quruq mevalar ishlab chiqarish bo’yicha esa dastlabki o’nlikka kiradi. O’zbekistondan ketchuplar va tomat pastasi asosida ziravorlar muvaffaqiyatli eksport qilinadi.
O’zbekiston qudratli resursli qishloq xo’jaligi salohiyatiga va bir yilda 10 mln. tonna meva-sabzavot mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Hozirgi vaqtda har yili 1 mln. 700 ming tonna bog’dorchilik va uzumchilik mahsulotlari, 5 mln. tonna umumiy poliz ekinlari va kartoshka yetishtirilmoqda. So’nggi 25 yil ichida O’zbekistonda sabzavotchilik, polizchilik va uzumchilik jadal rivojlanmoqda. Shu yillar mobaynida bog’lar va uzumzorlar maydoni qariyb ikki marta kengaytirildi, mevalar va uzumni yalpi yig’ish hajmi esa 4 martadan ko’pga oshdi.
II. O’zbekistonning tabiiy resurslari, xususan:
a) boy ma’danli xom ashyo bazasi. O’zbekistonda hozirgi vaqtgacha 2,7 mingdan ortiq foydali qazilmalar va minerallar koni aniqlangan bo’lib, ular Mendeleyevning butun jadvalini tashkil qiladi. Foydali qazilmalar konlarining umumiy xom ashyo salohiyati 3,3 trillion AQSh dollari qiymatida baholanmoqda. Har yili mamlakat konlaridan taxminan 5,5 mlrd. AQSh dollari qiymatidagi foydali qazilmalar qazib olinadi;
b) O’zbekistonning energetika tarmog’ini rivojlantirishning asosini tashkil etuvchi suv-energetika resurslari, xususan, eng yirik energetika inshootlari Chirchiq-Bo’zsuv o’zanida qurilgan bo’lib, u stansiyalar soni bo’yicha (19 ta) jahonda dastlabki o’rinlar-dan birini egallaydi. O’zbekiston gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasining quvvatini ishlab chiqish mamlakatda boshqa elektr stansiyalarida ishlab chiqiladigan elektr energiyasi butun quvvatining 14,5 foizini tashkil qiladi;
v) rekreasiya resurslari. O’zbekiston tabiati, ayniqsa, tog’ massivlarining davolovchi havosi to’laqonli dam olish imkoniyatini beradi. O’zbekiston hududidan tashqarida Chimyon, Shohimardon, Nanay, G’ovasoy, Chortoq, Sitorai-Moxi Xosa kabi salomatlik va dam olish maskanlarimiz mavjud bo’lib, ular landshaft yoki "yashil" turizmni rivojlantirish imkonini beradi;
III. Boy madaniy-tarixiy meros. Xiva, Buxoro, Termiz va Samarqand shaharlarida 4 mingdan ortiq tarixiy, madaniy va diniy yodgorliklar madaniy va diniy turizmni rivojlantirishning asosi xisoblanadi.
IV. O’zbekistonning qulay geografik holati. Respublika Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan bo’lib, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg’oniston bilan chegaradosh. Osiyo qit’asining markazidagi bunday qulay geografik holat mavjud resurs salohiyatini samarali amalga oshirish imkonini berish bilan birga yuklar va energiya tashuvchilarning xalqaro tranzitida faol ishti-rok etish uchun keng imkoniyatlarni ochadi.
V. O’zbekiston aholining tug’ma mehnatsevarlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, mutaxassislar ta’lim darajasi va malakasining yuqoriligi, shuningdek, yoshlar va mehnatta yaroqli insonlar ko’pchilikni tashkil etgan va qariyalar salmog’i kam bo’lgan aholining yosh tarkibini o’z ichiga oluvchi katta mehnat resurslariga ega. O’zbekiston aholisining soni 26386,7 ming kishini tashkil qiladi.
Bir mamlakatda qiyosiy va raqobat jixatdan ustunliklarning integrasiyalashuvi uning global iqtisodiy kenglikdaga raqobatbardoshligini kuchaytiradi.
Javob: Mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari quyidagilar bo’lishi mumkin:
1) davlat byudjetidan ITTKI (ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari) uchun katta xarajatlar;
2) insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta qo’yilmalar;
3) mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;
4) aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM ulushi;
5) aholi hayot kechirishining uzoqligi;
6) resurslardan foydalanishning yuqori samaradorligi;
7) optimal eksport;
8) past inflyasiya;
9) raqobatbardosh firmalarning katta ulushi;
10) mehnat resurslarining raqobatbardoshligi;
11) moliyaviy tizimning qayishqoqligi;
12) ichki bozorning o’zgaruvchanligi;
13) me’yordan ortiq davlat qarzlarining mavjud emasligi;
14) mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi;
15) faoliyatning barcha sohalarida bilimlar asosidagi kuchli raqobat;
16)mamlakatning ochiqligi, xalqaro integrasiya va kooperasiyalashning yuqori darajasi;
17) bozorlar va mintaqalar infratuzilmasining yuqori sifati;
18) past soliq va bojxona stavkalari;
19) mamlakatda biznesning yuqori madaniyati.
Agar O’zbekistonning raqobat jihatdan ustunliklarini tahlil qiladigan bo’lsak, quyidagilarni alohida ajratish mumkin: 1) mamlakat siyosiy va hukuqiy tizimining barqarorligi; 2) insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta qo’yilmalar; 3) aholi hayot kechirishining uzoqligi; 4) mehnat resurslarining raqobatbardoshligi; 5) mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi.



1 Портер М. Коякуренция.: Пер. с англ. - М.: Издательский дом "Вильямс", 2002. С. 176.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish