O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni tekshirish



Download 122.87 Kb.
bet9/10
Sana15.07.2021
Hajmi122.87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni tekshirish.

Avvalo shuni aytish lozimki, korxonalarning xodimlari O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug`urta qilinishlari shart (Mehnatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunining 15-moddasi).

O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq, ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni o`z vaqtida tekshirish va hisobga olib borishi shart.

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni va xodimlar sog`lig`ining boshqacha tarzda shikastlanishlarni tekshirish va xisobga olib borish to`g`risida Nizom tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shaklidagi korxona, muassasa, tashkilotlarda, shuningdek mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog`liq holda xodimlar bilan ro`y bergan baxtsiz xodisalarni tekshirish va xisobga olib borish tartibi belgilab berilgan. Mazkur Nizom yana:

-sud hukmiga binoan jazoni o`tayotgan fuqarolarga ishlab chiqarishdagi ish davomida;

-ish beruvchilarga;

-pudrat va topshiriq shartnomalari bo`yicha fuqarolik-huquqiy (kontraktlar) bitimlar asosida ish bajarayotgan shaxslarga;

-tabiat xodisalari va texnogen xarakteridagi favqulodda xodisalarning oqibatlarini tugatishda ishtirok etayotgan shaxslarga;

-yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga, basharti maxsus xalqaro shartnomalarda o`zgacha holat ko`rsatilmagan bo`lsa;

-harbiy xizmatni o`tash bilan bog`liq bo`lmagan qurilish, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlarni bajarish uchun korxonalarga ishlashga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shuningdek, muqobil xizmatni o`tayotgan shaxslarga;

-korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o`tayotgan talabalar va o`quvchilarga nisbatan tadbiq etiladi, tekshirib ko`riladi.

Nizomga muvofiq, korxona hududida hamda uning chegarasidan tashqarida mehnat vazifalarini bajarish vaqtida, shuningdek, ishlab chiqarish manfaatlarini ko`zlab qilingan harakatlar natijasida yuz bergan xodisalar, korxona transportida ishga kelish va qaytish vaqtida yo`lda, korxona territoriyasida (tanaffus vaqti ham shunga kiradi), shanbaliklarni o`tkazish vaqtida, ishlab chiqarish ob`ektlarida yuz bergan avariyalar, vaxta usulida ish tashkil qilingan posyolka territoryasida yoki smena tugagan, dam olish vaqtida, ish vaqtida o`zining shaxsiy transportida, basharti bunga ish beruvchi tomonidan ruxsat berilgan bo`lsa, yuz bergan xodisalar ish beruvchining topshirig`i bo`yicha transportda yoki yayov kelayotgan xodim bilan, shuningdek faoliyati xizmat ko`rsatish ob`ektlari o`rtasida qatnash bilan bog`liq xodimlar bilan ish vaqtida yuz bergan, shanbaliklar vaqtida uning joyidan qat`iy nazar, otalikka olingan korxonalarga yordam ko`rsatish vaqtida, o`z xizmat vazifalarini bajarayotganda xodimga boshqa shaxs tomonidan ish vaqtida etkazilgan tan jarohati va boshqalar baxtsiz xodisalar sanaladi.

Tabiiy o`lim, o`z-o`zini o`ldirish, jabrlanuvchi o`z sog`lig`iga qasddan shikast etkazilganligi, shuningdek jabrlanuvchi jinoyat qilayotgan paytda olgan jarohatlar kabi xodisalar tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.

Nizomga ko`ra, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa tufayli xodim kamida bir kun mehnat qobiliyatini yo`qotsa yoki uni tibbiy xulosaga muvofiq boshqa engilroq ishga o`tkazish zarurati kelib chiqsa, bunday baxtsiz xodisa N-1 shaklidagi akt bilan rasmiylashtiriladi.

Jabrlanuvchining talabiga binoan, tekshiruv tugagan kundan e`tiboran, uzog`i bilan 3 kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz xodisa to`g`risida dalolatnoma berishi shart (Mehnat kodeksining 222-moddasi).

Ish beruvchining buyrug`iga asosan, ish beruvchining vakillari hamda kasaba uyushmasi komiteti yoki xodimlarning boshqa vakillik organi xodimlaridan iborat tarkibda komissiya tuziladi. Komissiya 3 kun ichida tekshiruv o`tkazib, uch nusxada akt tuziladi va bunda baxtsiz xodisaning kelib chiqish sababi, kimning aybi bilan ro`y berganligi va uning oldini olish choralari ko`rsatiladi. Akt ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadi va jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga, korxonadagi mehnat muhofazasi xizmati rahbariga (muhandis, mutaxassis), barcha tekshirish materiallari bilan davlat mehnat-texnika inspektsiyasiga yuboriladi.

Guruh tarzidagi (ikki va undan ortiq) xodimlar bilan ro`y bergan baxtsiz xodisalar alohida tartibda tekshiriladi. Shuningdek, baxtsiz xodisa tufayli o`lim sodir etilgan yoki nogironlik kelib chiqqan bo`lsa, shunday alohida tekshiruv o`tkaziladi.

Mehnat muhofazasi bo`yicha davlat inspektori zarur hollarda: shikoyatga asosan, baxtsiz xodisa ochilib qolganda va boshqa sabablarga ko`ra uning qachon sodir bo`lgan vaqtidan qat`iy nazar, mustaqil ravishda tekshiruv o`tkazilishi mumkin. Davlat inspektori tekshiruv natijalari bo`yicha xulosa tuzadi, bunda u baxtsiz xodisa va unga oil holatlarga xarakteristika berib, baxtsiz xodisaning asosiy sabablari va mehnat muhofazasi qoidalarini buzgan shaxslarni ko`rsatib o`tadi. Ro`y bergan baxtsiz xodisa tufayli besh va undan ko`p bo`lgan kishilar xalok bo`lgan bo`lsa, bunday xodisa Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tuzilgan komissiya tomonidan tekshiruv o`tkaziladi. Maxsus tekshiruv komissiyasi 15 kun ichida baxtsiz xodisani tekshiradi, korxonada mehnat muhofazasining holati yuzasidan tekshirish o`tkazadi, maxsus tekshiruv yuzasidan akt tuzadi va uni barcha materiallar bilan qo`shib rasmiylashtiriladi. Davlat bosh mehnat texnika inspektori tomonidan barcha tekshiruv materiallari prokurorga, Mehnat vazirligiga, tegishli vazirliklarga, kasaba uyushmalarining yuqori organlariga yuboriladi.

Nizomga ko`ra, barcha baxtsiz xodisalar hamma vaqt hisobga olinib, maxsus jurnalda ro`yhatdan o`tkaziladi.

Mazkur nizomda:



  1. guruh tarzidagi baxtsiz xodisalar haqida xabar berish;

  2. ishlab chiqarishda ro`y bergan baxtsiz xodisani ro`yhatga olish tartibi;

  3. ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarning oqibatlari haqida ma`lumot berish;

  4. baxtsiz xodisa haqidagi N-1 shaklidagi aktni to`ldirish tartibi tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa to`g`risida xabar berish sxemasi (3-ilova) tasdiqlangan.

Bosh davlat texnika inspektori maxsus tekshiruv o`tkazayotgan komissiyaning xulosasi bilan kelishmasa, zarur deb topgan hollarda, o`zining xulosasini berishi mumkin.

SHuni alohida ta`kidlamoq lozimki, mehnat qonunchiligida baxtsiz xodisalar yuzasidan tuzilgan xulosalar xususida kelib chiqqan nizolarning qaysi organ tomonidan va qanday hal qilish tartibi belgilanmagan.

Xulosa

Mehnatga oid fuqarolik ishlarining muhim protsessual xususiyat-laridan yana biri ishga tiklash va ish haqini undirish to'g'risidagi ishlar bo'yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlarining darhol ijro etilishidir. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishi uchun qaror chiqarilgan vaqtda sudya da'vogarga summani undirish haqidagi varaqani berishi lozim.Mehnat nizolarining ijro bosqichi ham o'ziga xos xususiyatga ega. Ijroga oid qoidalarga muvofiq, xodimlarning mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablari birinchi navbatda qanoatlantiriladi. Xodimni ishga tiklash va ish haqini undirish to'g'risidagi ishlar bo'yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlarining darhol ijro etilishi lozimligi tufayli bunday qarorlar ijrosi ham to'xtatilishi mumkin emas. Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi.Afsuski, tugallangan tuzilishga o'tinni birinchi va ikkinchi darajali yog'ochdan himoya qilish mumkin emas. Ammo maqsadga qarab tanlangan kompozitsiya yong'in xavfini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Emprenyatsiyani tanlashda quyidagilarga e'tibor bering




Download 122.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим