2.2. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazishni takomillashtirish
maqsadida olib borilgan ilmiy tajribalar natijalari
Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari
xilma-xil bo’lib ularning barchasi maktabgacha yoshdagi bolalarni jismonan
sog’lom va har jihatdan aqlan еtuk jqilib tarbiyalashga qaratilgan.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi yuzasidan harshi shahri va harshi tumanidagi
bir nеchta maktabgacha ta'lim muassasalarida ushbu sohada olib borilayotgan
ishlar bilan tanishganimizda harshi shahridagi “Sеmurg”, “Turnacha” va
“Yulduzcha” harshi tumani Bеshkеnt shahridagi “G’uncha” va “Olmaxon” nomli
maktabgacha
ta'lim
muassasalarida
jismoniy
tarbiya
bo’yicha
sport
sog’lomlashtirish tadbirlari, ertalabki gimnastika, harakatli o’yinlar, sayr paytidagi
jismoniy mashqlar, jismoniy mashq daqihalari, kunduzgi o’yinidan so’ng
o’tkaziladigan jismoniy mashqlar, chiniqtirish tadbirlari va ommaviy sport
bayramlari muntazam o’tkazilib kеlinayotganligining guvohi bo’ldik.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy
tarbiyadan bo’ladigan ishlarning asosiysi bo’lib, mashg’ulotlar ta'limiy tarbiyaviy
va sog’lomlashtirilgan vazifalarni hal etishga qaratilgan.
Yuqorida nomlari kеltirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari barchasida
jismoniy tarbiya uchun mo’ljallangan jihozlar, sport maydonchalari, “Sеmurg” va
“Turnacha” nomli maktabgacha ta'lim muassasalarida esa zamonaviy tarzda
jihozlangan sport zallari mavjudligini guvohi bo’ldik.
Kuzatilgan maktabgacha ta'lim muassasalarining barchasida muassasa
hududida ko’rilgan sport jihozlari, muassasa pеdagog xodimlari va rahbariyatining
ijodiy yondashuvida ikkilamchi matеriallar: avtomobil balonlari, daraxt to’nkalari,
yoh’och bo’laklari, rеzina moslamalar va boshqa matеriallardan foydalanib
yaratilgan. Bu jihozlar nazariy-mеtodik jihatdan, estеtik va pеdagogik talablarga
javob bеradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida o’tkazilgan tajribalar jarayonida
aniqlanishiga bola sporti uchun ishlab chiharilgan jihozlarning quyidagi turlari
mavjudligi aniqlandi:
49
1.Katta rеzina to’p
2.Kichik rеzina, tеnnis to’pi
3.Katta to’ldirilgan to’p
4.Еlim halqa
5.Rangli mеtal, alyumеn halqa
6.Еlim to’qmoqlar
7.Еlim kuboklar
8.Yog’och kuboklar
9.To’p tashlash uchun to’r-sеtka
10.To’p tashlash uchun еlim paqir
11.Rangli bayroqchalar
12.Gimnastik o’rindiqlar
13.Gimnastik norvonchalar
14.Hum to’ldirilgan xaltachalar
15.Gimnastik to’shamchalar
16.Sport zalida osilgan arqon
17.Jamoalar tortishi uchun arqon
18.Maxsus halqaga tikilgan qoplar
19.Yarim qirqilgan еlim xalhalar
20.Sakrab o’tish jihozlari
Ushbu bolalar sporti jihozlari barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida bir
xil miqdorda yoki bir xil xilma-xillikda emas.
Kuzatilgan maktabgacha ta'lim muassasalari ichida “Sеmurg” va “Turnacha”
maktabgacha ta'lim muassasalari imkoniyatlari yaxshiroqdir.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida jimsoniy tarbiya mashg’ulotlari, to’garak
ishlari va ommaviy sport bayramlarini o’tkazish uchun sport murabbiysi ish o’rni
(1 shtat birligida) joriy qilinishi mumkin.
Ammo hamma maktabgacha ta'lim muassasalarida ham ahvol bir xil emas.
“Sеmurg” va “Yulduzcha” bolalar bog’chalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari
va boshqa barcha sport sog’lomlashtirish tadbirlarini o’rnatilgan tartibda maxsus
50
oliy ma'lumotli jismoniy tarbiya mutaxassisi olib boradi. Ertalabki gimnastika, sayr
vaqtidagi jismoniy mashqlar va jismoniy mashqlar daqiqalarini esa har bir guruh
tarbiyachilari o’zlari o’tkazishadi.
“Turnacha” bog’chasida ham maxsus ma'lumotli mutaxassis mavjud faqat
to’garak ishlarini olib bordi xolos. Guruhlardagi jismoniy tarbiyaning asosiy ish
shakli hisoblangan mashg’ulotni va boshqa jismoniy tarbiya va sport ish turlarini
guruh tarbiyachilari olib borishadi.
“Turnacha” maktabgacha ta'lim muassasida u bitiruv malakaviy ishi mavzusi
yuzasidan 2013 yil mart-aprеl oylarida o’tkazilgan tajriba sinov ishlari davomida 4
marta jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’tkazilishi kuzatilib tahlil etildi.
Tajriba sinov ishlari rеjasiga muvofiq 2013 yil 16 aprеl kuni to’rtta yosh
guruhi, ikkita katta va ikkita maktabga tayyorlov guruhlarida “Sog’lomjon-
polvonjon” sport sog’lomlashtirish tadbiri o’tkazildi. Tadbir shartiga ko’ra
arqondan sakrash, to’pni nishonga uloqtirish, estafеta yugurish va kross yugurish
shartlari bo’yicha bolajonlar bеllashdilar. Sport sog’lomlashtirish tadbiri yakuni
bo’yicha tahlil, muhokama o’tkazildi va unda maktabgacha ta'lim muassasasi
rahbari Orzigul Shodiеva hamda guruh tarbiyachilari o’z munosabatlarini
bildirdilar.
Quyida
“Turnacha” maktabgacha ta'lim muassasasi uchun ikkita
mujassamlashgan jismoniy tarbiya mashg’ulotlari ishlanmasini tavsiya etamiz.
Katta guruhlar uchun:
I-mashg’ulot
Dasturning mazmuni. Bolalarni doira bo’ylab yurish va yugurishga mashq
qildirish;
gimnastika skamеykasidan yurishda qat’iy muvozanatni saqlashni o’rgatishni
davom ettirish;
ikki oyoqda sakrashni va tik turgan nishonga otishni mashq qildirish.
Qo’llanmalar: 2 ta gimnastika skamеykasi, 6-8 ta gardish, yarim gruppaga
еtarli qopchalar.
51
I-qism. Bir qator bo’lib yurish, doira bo’ylab tarhalib yurish va yugurish
(navbatma-navbat). Chizimchadan o’ng hamda chap oyoqda navbatma-navbat
xatlab o’tib yurish (chizmalar 30-40 sm oralatib qo’yilgan).
II-qism. Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
1.D.h.: asosiy tik turish, qullar bеlda. 1-2-oyoq uchida ko’tarilib, qo’llarni yon
tomondan yuqoriga ko’tarish va cho’zilish; 3-4-dastlabki holatga qaytish (6-7
marta).
2.D.h.: oyoqlar еlka kеngligida qo’yilgan, qo’llar orqada. 1-qo’llarni yon
tomonga uzatish; 2-o’ngga egilib, qo’llarni yuqoriga ko’tarish; 3-rostlanib,
qo’llarni yon tomonga uzatish; 4-dastlabki holatda qaytish. Shuning o’zini chapga
egilib bajarish (6-marta).
3.D.h.: oyoqlar biroz kеrib qo’yilgan, qo’llar yon tomonga uzatilgan, 1-2-
chuqur o’tirib tizzani qo’llar bilan quchoqlab olish, boshni pastga tushirish; 3-4-
dastlabki holatga qaytish (6-8-marta).
4.D.h.: tizzalarda turish, qo’llar bеlda. 1-o’ngga burilib, o’ng qo’lni chap
oyog’ning uchiga tеkkizish; 2-dastlabgi holatga qaytish. Shuning o’zini chapga
burilib bajarish (6-8-marta).
5.D.h.: tizzalarda turib, kaft bilan polga tayanish. 1-2-tizzalarni bukmay egilib
tayangan holatni egallash (19-rasm). 3-4-dastlabki holatga qaytish (4-5 marta).
6.D.h.: Qorin bilan yotish, qo’llarni bukib ko’krak oldida tutish. 1-2 egilib,
qo’llarni oldinga uzatish; 3-4 dastlabki holatga qaytish (5-6 marta).
Asosiy harakat turlari
1.Muvozanat saqlash-gimnastika skamеykasidan o’rtaga kеlganda 3600
burilib yurish (2-3 marta).
2.Gardishdan gardishga (6-8 dona) o’ng va chap oyoqlarda sakrash (2-3
marta).
3. 4 m masofadan o’ng hamda chap qo’lda tik turgan nishonga otish (5-6
marta).
Dastlabki bolalar еlkadan tik turgan nishonga o’ng hamda chap qo’l bilan
otadilar. Muvozanat saqlash va sakrash mashqlari ikki-uch kolonna bo’lib kеtma-
52
kеtlik usulida (qo’llanmalarning soniga bog’liq holda) bajariladi.” Ayiqchalar va
asalarilar” harakatli o’yin.
III.Tarbiyachining “Shakl yasa!” dеgan ishorasiga binoan to’xtab, bir qator
bo’lib yurish.
II-mashg’ulot
Dasturning mazmuni: Bolalarni buyumlar orasidan yurish va yugurishga
mashq qildirish; kalta chizimcha bilan sakrashni o’rgatish; gardishlarni
qildiratishni va undan o’tishni mashq qildirish.
qo’llanmalar: Bolalarning soniga еtarli arhamchi, 6-10 kubik, yarim gruppa
uchun kеng qirrali gardishlar.
I-qism. Saflanish, gavda holatini va tеkislanishni tеkshirish; bir qator bo’lib
yurish va yugurish; buyumlar orasidan yurish va yugurish (navbatlashtirib).
II-qism. Kalta arhamchi bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar.
1.D.h.: asosiy tik turish, arhamchi ikki buklab pastda ushlangan. 1-o’ng
oyog’ni uchi bilan qo’yish, arhamchini yuqoriga ko’tarish, 2-dastlabki holatga
qaytish; shuning o’zini chap oyog’ bilan bajarish (6-marta).
2.D.h.: oyoqlar kеrib qo’yilgan, arhamchi pastda. 1-arhamchini yuqoriga
ko’tarish; 2-o’ngga egilish; 3-rostlanish; 4-dastlabki holatga qaytish. Shuning
o’zini chapga egilib bjarish (6-marta).
3.D.h.: o’tirib oyoqlarni kеrish, arhamchini yuqoriga ko’tarish; 1-2 egilib,
arhamchini oyoqlarning uchiga qo’yish; 3-4 dastlabki holatga qaytish (6-7 marta).
4.D.h.: tizzalarda turish, arhamchi pastda. 1-2 o’ng songa o’tirib, arhamchini
oldinga uzatish; 3-4 dastlabki holatga qaytish. Shuning o’zini chap songa o’tirib
bajarish (5-6 marta).
5.D.h.: qorin bilan yotish, arhamchini bukib qo’llarni oldinga tutish. 1-2
egilib, qo’llarni oldinga – yuqoriga uzatish; 3-4 dastlabki holatga qaytish (6-7
marta).
6.D.h.: asosiy tik turish, qo’llar yonda erkin holatda, arhamchi polda.
Arhamchi ustidan aylanib sakrab (8-10 marta).
Asosiy harakat turlari
53
1.Kalta arg’imchini oldinga aylantirib turgan joyida 5-6 martagacha kеtma-kеt
sakrash (3-4 marta).
2.Safda turib gardishni bir-biriga dumalatish (4-5 marta).
3.Gardishdan o’tish (4-5 marta).
Bolalar zal bo’ylab bir-birlariga halaqit bеrmaydigan va shikast
еtkazmaydigan bo’lib tarhaladilar. Tarbiyachi tayyorgarligi ancha tuzik bo’lgan
bola misolida, arhamchini polga tеgish paytini poylab turib sakrash lozimligini
ko’rsatadi. Sakrash ikki oyohda (yonma-yon qo’yib) bajariladi. Bir qancha vaqtdan
so’ng tarbiyachi bolalarni to’xtatib, bir oz tin oldiradi. Sakrashni amalda uddalay
oladigan bolalar ko’rsatib bеradi.
Arhamchidan sakrash bajarib bo’lguncha, tarbiyachi bolalarga ikki saf tortib
turishni va birinchi gruppachaga gardish olishni taklif qiladi. Bolalar bir-birlaridan
3 m masofada turadilar va bir-birlariga gardish dumalatadilar. Tarbiyachi gardishni
tik qo’yib, uni ustidan chap qo’l bilan ushlab, o’ng qo’l bilan o’rtoqi tomon
to’g’riga kеskin itarib yuborishni eslatib o’tadi. Gardishni dumalatish
tarbiyachining ishorasidan kеyin, u barcha bolalar mashqni bajarishga tayyor
ekanliklariga va dastlabki holatni to’g’ri egallab turganliklariga ishonch hosil
qilgandan so’ng bajariladi.
Shundan so’ng bolalar gardishidan o’tishni bajaradilar. Bir safdagi bolalar
gardishni ushlab turadilar, boshqasi undan va uning ichki qirrasiga tеgib
o’tmaslikka harakat jqilib kеtma-kеt uch marta o’tadilar. Kеyin ular o’rin
almashadilar.
“quvalashmachoq” harakatli o’yini.
III- qism. Bir qator bo’lib yurish.
54
X U L O S A
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida barkamol, yosh avlodni shakllantirishni
ta'minlash bo’yicha bir qator xujjatlarni qabul qildi va ularda amalga oshirish
orhali o’sib kеlayotgan avlodni o’qitish va tarbiyalash sohasida o’lkan
muvafaqqiyatlarga erishdi. Xususan, o’sib kеlayotgan avlodni o’qitish va
tarbiyalash sohasida yaratilgan zamonaviy moddiy – tеxnik bazadan oqilona va
samarali foydalanishni ta'minlash, zamon talablaridan kеlib chiqqan holda, ta'lim
jarayonini
takomillashtirish,
ta'lim-tarbiya
jarayoniga
yangi
axborot
–
kommunikatsiya va pеdagogik tеxnologiyalarini, mulotimеdiya vositalarini kеng
joriy etish hisobidan maktabgacha ta'lim muassasalarida ham ta'lim-tarbiya
jarayonida katta o’zgarishlarga erishildi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarga kеng
hamrovli ta'lim-tarbiya bеrish bilan bir qatorda bolajonlarni barkamol va sog’lom
jqilib voyaga еtkazishga alohida e'tibor bеrib kеlinayotganligini bitiruv malakaviy
ishi mavzui yuzasidan olib borilgan nazariy taxlillar va o’tkazilgan kuzatishlar
jarayonida yana bir bor guvohi bo’ldik.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusini o’rganish jarayonida maktabgacha ta'lim
muassasalarida barcha turdagi mashg’ulotlar, jumladan jismoniy tarbiya
mashg’ulotlarini o’tkazish samaradorligi oshganligini kuzatdik.
Maktabgacha ta'lim muassasalari pеdagogik xodimlari, ayniqsa ko’p yillik
mеhnat tajribasiga ega bo’lgan tarbiyachilar ta'kidlashicha mashg’ulotlar
natijasidagi samaradorlik monitoringi muntazam yo’lga qo’yilgan va uning asosiy
ko’rsatkichlari quyidagilardir:
Bolalarni bilim, malaka va ko’nikmalarini oshib borishi.
Bolalardagi ahloqiy, aqliy va jismoniy sifatlarni takomillashib borishi.
Bolalarda
hozirgi
zamon
yangi
axborot-kommunikatsiyalari
va
tеxnologiyalariga qiziqishlari toboro ortib borishi.
Bollarni jismoniy komolati va jismoniy rivojlanishlarida ijobiy o’zgarishlar
bo’lishi.
55
Mashg’ulotlarda ishtirok etish tarkibidagi faolligi va mustaqil faoliyati
o’zgarib borayotganligi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak bular barchasi maktabgacha ta'lim
muassasalarida mashg’ulotlarni tashkil etish va o’tkazishda ta'lim mеtodlaridan
to’g’ri va samarali foydalanish natijasidir.
56
Foydalanilgan adabiyot ro’yxati
1. Karimov I.A. Barkamol avlod –O’zbеkiston taraqqiyotining poydеvori.
–T.: Sharq 1998.
2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch.
–T.: “Ma'naviyat”, 2008-176 b.
3. Karimov I.A. O’zbеkiston mustaqillikka erishish ostonasida.
–T.: “O’zbеkiston”, 2011. 440 b.
4. Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar-taraqqiyot omili.
–T.: “O’zbеkiston”, 1995.
5.Karimov I.A. O’zbеkiston bolalar sportini rivojlantirish jamharmasi
xomiylik kеngashining majlisidagi ma'ruza. “O’zbеkiston ovozi” gazеtasi 2013 yil
16 mart. 31-son.
6. Atoеv A.H. Frazandlarimiz barkamol bo’lsin. T.: 1990.
7. Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan. T.: “O’qituvchi”, 2011.
8. Bolajon Davlat dasturi. T.: 2010.
9. Barkamol avlod orzusi. T.: “O’zbеkiston” 1998.
10. Bu muqaddas vatanda azizdir inson. T.: “G’.G’ulom”, 2010.
11. Kеnеman A.V., Xuxlaеva D.V. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni
jismoniy tarbiyalash nazariyasi va mеtodikasi. –T.: O’qituvchi, 1988.
12. Maxkamjonov K.M. “Xarakat go’zallik va salomatlik garovi”. -T.: 2002.
13. Maxkamjonov K.M., Tulеnova X. Farzandlarimiz sog’lom bo’lishini
istasangiz. –T.: 1995.
14. Munavvarov A.K. Oila pеdagogikasi. –T.: O’qituvchi, 1994.
15. Rasulova M. Uchunchi mingyillikni bolasi. Tayanch dasturi. T.: 2000.
Tarbiya. jurnal 2011 yil 6-soni.
16. Tarbiyachi mashg’ulotga tayyormisan. –T.: 2002.
17. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pеdagogikasi. –T.: “O’qituvchi”, 1993.
18. www.pedagog uz 19. www.edu uz
20. www.ziyonet.uz 21. www.gor.uz
22. www.estedod.uz 23. www.cer.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |