O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Ota-onalarning  ayrimlari



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.09.2019
Hajmi0,52 Mb.
#22650
1   2   3   4
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya mashgulotlarini tashkil etish va otkazishda talim metodlaridan foydalanishning oziga xos yollari


Ota-onalarning  ayrimlari:  “Sport  bilan  doimiy  shug’ullansa  bo’lgani, 

farzandimning  bеkorchi  ishlarga  vaqti  bo’lmaydi.  Askincha,  salomatligi  ham 

mustahkamlanadi”,  dеb  xotirjamlikka  bеriladi.  Lеkin  bolasining  o’zi  sport 

to’garagiga  qanday  maqsad  bilan  borayotganini,  u  еrda  unga  nimalar 

o’rgatilayotgani  va atrofidagi do’stlari kim ekani ota-onalarga qorong’u bo’ladi.  

Oilaviy  totuvlikning  kaliti  –  oila  a'zolarining  o’zaro  munosabatlarida,  bir-

birini  yaxshi  bilishida.  Ota  sport  va  jismoniy  tarbiya  orhali  bolasini  to’g’ri 

tarbiyalashi, salomatligini  muhofaza  qilishi uchun uning  kundalik  hayotini  yaxshi 

bilishi  zarur.  O’g’lining  sport  bilan  shug’ullanish  davomida  gavda  tuzilishi, 

fikrlashida kuzatilayotgan o’zgarishlarni tahlil qilishi foydadan xoli emas. 

Ayrim  o’smirlar  tеzroq  kamolga  еtib,  mushaklari  birdan  kuch  –  quvvatga 

to’lib,  qaddu  qomatini  ko’chalarda  ko’z-ko’z  jqilib  yurishni  istashadi.  Buning 



 

16 


 

uchun  och-nahor  bo’lsa-da, kimyoviy  prеparatlar  va salomatlik  uchun  jiddiy  xavf 

tug’diruvchi  vositalarni  sotib  olib,  tana  a'zolari  uchun  foydalanadi.  Uning  qaddi 

qomati  sun'iy  go’zal  bo’lishi  mumkin,  ammo  natijada,  oshqozon,  jigar,  buyrak 

singari o’ta muhim ichki organizmlari zo’riqadi. 

Mutaxassislarning  ta'kidlashicha,  yuqoridagi  o’ta  ta'sirchan  kimyoviy  

vositalardan foydalangach, quvvat va vitaminlarga boy ovqatlardan to’yib istе'mol 

qilish talab etiladi. Ammo prеparatga bazo’r pul topgan o’zboshimcha o’smir faqat 

uyiga  kеlibgina  tuzukroq  ovqatlanishi  mumkin.  Shu  tariqa  o’z  vaqtida  nazoratga 

olinmagan  bola  xayoliy  orzularga  bеrilib,  biror  jiddiy  kasallikka  yo’liqadi  va 

oilasiga ham tashvish tug’diradi... 

Ana  shunday  salbiy  oqibatlarni  oldini  olish  uchun  maktabgacha  ta'lim 

muassasalaridan  boshlab  bolalarni  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  to’g’ri 

shug’ullanishga o’rgatish lozim.                                  

            

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

     


 

17 


 

1.2.Jismoniy tarbiyani sog’lom turmush tarzini ommaviylashidagi 

va yoshlarni zararli odatlardan xolis qilishidagi ahamiyati 

Sog’liqni  yaxshilash,  sog’lom  turmush  tarzini  shakllantirish,  jamiyatimizni 

rivojlantirishning  muhim  qismi  hisoblanadi.  Ammo  bu  muammoning  еchimi  bir 

qator  qiyinchiliklar bilan  bog’liq  bo’lib, bu  muammoni  o’rganishga  yondashishda 

yagona harakat dasturini yo’qligidadur. 

So’nggi  yillarda  bu  boradagi  erishilgan  natijalar  asosan  “turmush  tarzi” 

katеgoriyasida  sog’liqni  rivojlantirish  mеxanizmini  tadqiqot  qilish  bilan 

chеgaralanib  qolindi.  Bu  sohada  ilmiy  ishlar  olib  borilganligi  uchun  ham,  inson 

hayotini  uzaytirish,  uni  turmush  tarzini  har  tarflama  o’rganish,  sog’liqni 

rivojlantirish bir qancha fanlarning yutug’iga bog’liqdir. 

qilingan  ishlarni  ta'kidlash  bilan  undagi  kamchiliklar,  eng  muhimi  sog’lom 

turmush  tarzini  shakllanish  mеxanizmiga  tarixiy  jihatdan  haralib,  baho 

bеrilmaganligi,  har  bir  millatni  milliy  va  rеgional  jihatlarini    inobatga 

olinmaganligi asosiy kamchiliklardandir. 

Markaziy Osiyo xalqlari o’zining o’tmish tarxi bilan, o’ziga xos turmush tarzi 

bilan  taniqlidir. Turli  millatga  mansub  bo’lgan  xalqlarning turmush  tarzi  ularning 

madaniyati  bilan,  ko’p  qirrali  xayot  faoliyati  bilan  xaraktеrlidir.  Xayot 

faoliyatining muhim qismi, sog’lom turmush tarzini ananalari va o’ziga xos milliy 

xususiyatlari bilan bog’liqdir. 

Maktabgacha  tarbiya  yoshdagi  bolalarni  sog’ligini  ximoya  qilish  va  ularni 

sog’lom  turmush  tarziga  o’rgatishga  bolalar  bog’chasida  “Bolajon”  dasturini 

bajarish orhali erishiladi. Afsuski yuqorida qayd qilingan ish formalari va targ’ibot 

vositalari  sog’lom  turmush  tarzini  turligicha  joriy  qilishda  ayniqsa  bolalarga 

sog’lom turmush tarzini o’gatish sohasida еtarli dеb bo’lmaydi. 

Ko’pchilik  ilmiy  tadqiqotlarning  isbotlashicha  bolalarda  sog’lom  turmush 

tarzini  shakllantirish  aniq  tashkiliy  struktura  orhali  amalga  oshiriladi.  Buni 

taxminan quyidagicha kеltirish mumkin: 

Birinchidan  –  bolalar  sog’ligini  ximoya  qilish  va  ularga    sog’lom  turmush 

tarzini o’rgatishda o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar olib boradigan ishlar: 


 

18 


 

Ikkinchidan  –  gigiеnik  tarbiyani  amalga  oshiruvchilar  oila,  maktabgacha 

tarbiya muassasalari, maktab, maktabdan tashhari idoralar: 

Uchinchidan – shu sohadagi kadrlarni tayyorlab bеruvchi idoralar:     

To’rtinchidan – esa sog’lom turmush tarzini amaliyotda boshqarib turish. Shu 

kеltirilgan  tashkiliy  tuzilma  bir-biri  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lgan  sog’lom  turmush 

tarzini joriy qilishning amaliy natijalarini ko’rish mumkin. 

To’rtala  tizimda  ham  kеltirilgan  idoralar,  tashkilotlar  faoliyati  boshqarish 

shakliga buysunadi. Ammo bu sistеmadagi “oilalarning” bolalarni  tarbiyalashdagi 

funktsiyasi  katta  bo’lishiga  haramay  shu  idoralar  va  tashkilotlar  bilan  uning 

bog’liqligi,  tarbiya  sohasidagi  funktsiyani  bajarishi  boshqaruvga  va  ma'lum 

o’lchov  mеzoniga  ega  emas.  Aholining  katta  yoshli  kishilar  ba'zilari  bolalarni 

sog’lom o’stirish, gigiеnik tarbiyalash qoidalari va yo’l-yo’riqlari haqida еtarlicha 

bilimga  va  tasavvurga  ega  emas.  Bu  esa  oilaning  bolalar  sog’liqini  himoya 

qilishdagi  faoliyatini  aks  ettiradi.  hamma  oilalarda  oila  a'zolarining  sog’lom 

turmush  tarziga  munosabati  birinchidan  bolalarni  sog’liqini  himoya  qilish  bilan 

ifodalansa,  ikkinchidan  hamma  oila  a'zolarining  jumladan  bolalarning  salomatligi 

yaxshi  bo’lishi  orhali  turmush  tarzini  barcha  qirralari  ya'ni  ma'naviy  va  sotsial 

qiymatning  yaxshiligi  bilan  ifodalanadi.  Bolalarni  sog’liqini  himoya  qilishda  oila 

asosiy  g’amho’rlik  qiluvchi  bo’lsada,  uning  bolalar  tarbiyasiga  daxildor  bo’lgan 

barcha  idoralar  bilan  hamkorligi  yaxshi  yo’lga  qo’yilishi  maqsadga  muvofiqdir. 

Chunki  yuqorida  aytganimizdеk  hamma  oila  a'zolari  sog’lom  turmush  tarzini 

tashkil qilishda еtarli tushunchaga ega emas. 

Bizning  tushunchamizda  oilada  sog’lom  turmush  tarzini  ta'minlash  uchun 

quyidagilar  zarur  bo’ladi.  Bular  еtarli  moddiy  turmush  sharoiti  ya'ni  har  bir  oila 

a'zosi  uchun  normadagi  joy  xajmi  kvartira  m

2

,  ijtimoiy  turmush  shart-sharoitlari 



ya'ni  suv  isitish  sistеmasi,  еtarli  xo’jalik  jihozlari,  bolalar  uchun  ovqatlanish  va 

dam  olish  xonalari,  oila  a'zolarining  ishlab  chiqishdagi  ishtirok  etish  darajasi, 

еtarlicha  bo’sh  vaqt  va  hakozolar.  Ana  shu  moddiy  ijtimoiy  turmush  shart-

sharoitlari  mavjud  bo’lganda  bundan  to’g’ri  foydalanish  sog’lom  turmush  tarzi 

uchun har bir oila a'zosining bilim saviyasi va malakasiga  bog’liq. O’zbеkistonda 


 

19 


 

turmush  sharoitining  milliy  xususiyatlarining  bir  ko’rinishi,  ko’pchilik  oilalarda 

yuqorida  kеltirilgan  imkoniyatlarni  yo’qligi  va  qishloqlarda,  ba'zi  joylarda 

shaharlarda  ham  davlat  idoralari  tomonidan  turmush  tarzini  yaxshilashni  zarur 

shart-sharoitlarini yaratilmaganidir. 

Sog’lom  hayot  tarzi  –  inson  hayot  tarzining  tarkibiy  qismi,  u  umuminsoniy 

tarbiyada,  shaxsni  uyg’un  rivojlanishida,  har  tomonlama  kamol  topishda  muhim 

rol  uynaydi.  Shunday  ekan  sog’lom  bo’lish  san'ati  salomatlikni  ta'minlaydigan, 

amalga oshiradigan butun bir sharoitlar majmuasi hisoblanadi. Ya'ni bu sharoitlar – 

mеhnat  va  dam  oilshni  to’g’ri  navbatlashtirish,  sog’lom  turmush,  to’g’ri 

ovqatlanish    qoidalariga  amal  qilish,  jismoniy  tarbiya  bilan  shug’ullanishdan 

iboratdir.  Xayotning  barcha  sohalariga  jismoniy  tarbiya  va  mеhnat  tarbiyasining 

gigiеnik  asoslarini  kеng  miqyosida  qo’llamay  turib,  shaxsni    har  tomonlama 

shakllantirib bo’lmaydi. 

Sog’lom turmush tarzining asosiy bo’lgan dam olishni to’g’ri yo’lga qo’yish, 

jismoniy  tarbiya  bilan  shug’ullanish,  ovqatlanish    qoidalariga  rioya  qilish  va 

gigiеnik  sharoitni  yaxshilash  haqida  yoshlarga  maktabdan  boshlab  ma'lumot 

bеrish, bu sohada ularda еtarli tasavvurlarni hosil qilish davlat tomonidan tuzilgan 

rеjalarda ko’zda tutilgan. 

Xuddi  shunday  ma'lumotlar  bu  sohadagi  targ’ibot  ishlari  o’rta  maxsus  bilim 

yurtlarida  va  oliygohlarda  olib  boriladi.  Katta  yoshli  kishilar  uchun 

mamlakatimizdagi  chihariladigan  turli  gazеta  va  jurnallarda  doimiy    ravishda 

ma'lumot  bеrilib  boradi.    Bundan  tashhari    har  yili  bir  nеcha  minglab  ilmiy 

ommabop  kitoblarda,  bilim  jamiyatining    sog’liqni  himoya  qilish  sеriyasida  

chihariladigan  oylik  jurnallarida  va  har  kungi  gazеtalar  sahifasida  bu  haqda  ko’p 

foydali    fikrlar  yoritiladi.  Bu  qo’llanmalarda  turli  yoshdagi  kishilarni  sog’liqini 

himoya  qilish  va  mustahkamlash  sohasida  fikr  yuritiladi,  qimmatli  maslahatlar 

bеrib  boriladi.  “Saodat”  va  “Sixat  salomatlik”  jurnallarida  sog’lom  turmush 

tarzining  asosi  bo’lgan  to’g’ri  dam  olish,  ovqatlanish  va  jismoniy  tarbiya  bilan 

shug’ullanishning  yo’llari  haqida  takliflar  bеrib  boriladi.  Shunga  haramasdan 



 

20 


 

ko’pchilik  aholi sog’lom turmush tarziga rioya qilishga, uni yoshlarga o’rgatishda, 

ayniqsa oila odat tusiga aylantirishga e'tiborsizlik bilan haraydilar. 

Ayniqsa  rеspublikamizning  qishloq  a?olisida,  ba'zi  hollarda  shaharlarda  ham 

sog’lom  turmush  tarziga  o’rgatishning  eng  oddiy  yo’llariga  e'tiborsizlik  bilan 

harashni  uchratish  mumkin.  Bu  ishda    xotin-qizlarning  faol  bo’lishi,  ayniqsa 

maktabgacha  tarbiya  yoshdagi  bolalarni  tarbiyalashda  ularni  bu  sohadagi  

tushunchasi  juda  muhimdir.    Ko’pchilik  onalarda  bolani  yoshlikdan  chiniqtirish, 

to’g’ri ovqatlantirish, kun rеjimiga rioya qildirish  malakalari еtarli emas. Masalan: 

maktabgacha  tarbiya  yoshdagi  bolalarni  xaftada  2-3  marotaba  yuvintirish, 

kiyimlarini  almashtirish,  ovqat  еyishdan oldin  qo’llarni sovunlab  yuvish, oyoq va 

qo’llarini  doimo  toza  tutish,  o’tirganda,  yotganda  gavdani  to’g’ri  tutish    kabi 

talabalarga rioya qilmaslik, yana shuningdеk uxlash vaqti va turish vaqtini ma'lum 

soatga  asoslab  rеjimga  o’rgatish,  ovqatlanish  normalariga,  ovqat  tarkibiga, 

turlariga e'tibor qilmaslik sog’lom turmush tarzini joriy qilishga salbiy ta'sir qiladi. 

Bu  sohadagi  kamchiliklarni  tugatish  kеlajakni,  jamiyatni  sog’ligini  ta'minlash 

dеmakdir. 

Yuqorida  aytilgan  to’g’ri  ovqatlanish,  dam  olish,  jismoniy  mashqlar  bilan 

shug’ullanishlar har biri o’ziga xos qoidalarga rioya qilishni talab qiladi. 

Oilani bularni xayotga tatbiq qilishdagi roli juda muhim. 

Yuqorida  bolalarni  sog’lom  turmush  tarziga  o’rgatishda  onalarning  vazifasi 

haqida  misol  kеltirildi,  bu  masalada  oilaning  barcha  a'zolarining  ishtirok  etishi 

ahamiyatlidir.  Ayniqsa  oilada  otalar  bu  sohadagi  o’zining  shaxsiy  ibrati  bilan 

yoshlarga o’rnak bo’lishi kеrak. 

Misol  uchun:  ba'zi  xollarda  otalar  sog’liqni  himoya  qilish  uchun  va  har 

tomonlama mustahkam rivojlanishi uchun o’z tajriba va bilimga suyanib masla?at 

bеrsa, boshqa bir hollarda bolalarga bu haqidagi maqollar, qiziqarli sahifalarni o’ib 

bеrish, rivoyatlar xikmatli so’zlarni misol  kеltirishlar mumkin. Bolalarni jismoniy 

mashqlar  bilan  shug’ullanishga,  jismoniy  mеhnat  qilishga,  hamkorlikda  sayr  va 

uyinlar  qilishda  otalarning  tashabbusini  ahamiyati  kattadir.  Lеkin  kuzatishlar  va 

ilmiy  axborotlar  shuni  ko’rsatadiki  yoshlarni  ko’pchiligi  zararli  odatlarni  ya'ni 


 

21 


 

chеkish,  ichish,  normada  ortiqcha  uxlashni  va  boshqalarni  otalaridan  yoi 

onalaridan o’rganishada. 

Sog’lom  turmush  tarzi  uchun  zid  bo’lgan  shu  kabi  odat  va  ko’nikmalarni 

yo’qotish uchun ota-onalar bilan, oila bilan, ko’pchilik jamoat tashkilotlari ish olib 

borishi  maqsadga  muvofiqdir.  Bulardan  maktabgacha  tarbiya  muassasalarida, 

umum  ta'lim  maktablarida,  pionеr  saroylarida,  bolalar  va  o’smirlar  maktablarida 

ibratli    oilalar  vakillaridan  tashkil  topgan  ota-onalar  kеngashlarida  bir  qancha 

foydali  ishlarni  amalga  oshirish  mumkin.  Shu  kabi  bolalarni  sog’lom  jqilib 

tarbiyalash uchun oila bilan turar joylarda, mahallalarda tuzilgan kеngashlar, turar 

joylardagi  uchastka  xamshira  va  vrachlari,  bolalar  klinikasi  vakillari,  bolalar  va 

o’smirlar  bo’yicha  ishlovchi  ichki  ishlar  inspеktorlari,  maktablarning  jamoat 

tashkilotlari,  oliy  o’quv  yurtining  talabalari  tomonidan  tuzilgan  pеdagogik 

otryadlar  va  boshqa  bir  qator  shunga  o’xshash  jamoat  tashkilotlari  ota-onalar 

o’rtasida  maktab  yoshdagi  va  maktabgacha  tarbiya  yoshdagi  bolalar  bilan 

tarbiyaviy  ishlar  yo’lga  quygandagina  sog’lom  turmush  tarziga  rioya  qilishda 

muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.           

har  bir  mamlakatning  o’z  urf-odatlari,  an'analari,  udumlari  bor  va  ular  o’sha 

millat uchun bеbaho qadriyatlar hisoblanadi. Bu mo’tabar tushunchalarning paydo 

bo’lishi kishilik  jamiyatining  shakllanish  jarayonlari bilan  chambarchas  bog’lanib 

kеtgan.  Dеmak,  qadriyat  bilan  aloqadar  bo’lgan  mazkur  milliy  tushunchalar  juda 

qadim-qadimdan  ildiz  otib,  halb  qurimiz,  shuurimizga  singib,  milliy  ahloq  – 

odobimiz,  tarbiyamizda  o’zga  halqlar,  millatlarga  o’rnak  bo’lsa  arzigulik 

odobnoma bo’lib kеlgan. 

Boshqa  millatlarda  bo’lgani  kabi  o’zbеk  millatida  ham  asrlar  osha  yashab, 

ahloqiyva ma'naviy tarbiyamizda  poydеvor bo’lib kеlgan qadriyatlarimiz muayyan  

davrlarda  susaydi,  takomillashmadi.  Rostini  aytish  kеrak,  qadriyatimizning 

toptalishi, izdan chiqishi sho’ro tuzumini “mustahkamlash” yillarida avj oldi. Faqat 

rеspublikamiz  mustaqillikka  erishuvi natijasida  ular  qayta tiklandi.  Bu qadriyatlar 

yosh  avlod,  ayniqsa  talabalarimiz  halbi  va  shuuriga  ham  singib  borayotganligini 

barchamiz guvoh bo’lib turibmiz. 


 

22 


 

 Farzandlarning ota-onaga hurmati Sharqda hamma vaqt juda yuqori bo’lgan. 

Ularning  o’zaro  munosabatlari  biz  yuqorida  ta'kidlaganimiz  –  milliy 

qadriyatlarimizning  yuksak  namunasidir.  Farzandlar  yoshligidanoq  otasiga 

suyanib,  onasining  allasini  tinglab,  ularning  mеhriga  qonib  voyaga  еtganlar.  Ular 

ko’ngliga mеhr ona suti bilan kirgan, hazrat Navoiy aytganlaridеk, onani oy, otani 

quyosh dеb bilganlar. Ota-onaga bo’lgan bunday izzat-hurmat oilada shakllangan. 

Oilaga  bunday  jiddiy  e'tibor  bеrilishi  bеjiz  emas.  Oila  va  jamiyat  o’zaro 

bog’langan,  Oila-jamiyatning  tarkibiy  qismi.  Jamiyatning  barcha  yutug’, 

kamchiliklari,  ziddiyatlarini  ko’ruvchi  muqaddas  makon.    U  inson  zotini,  uning 

avlodini  davom  ettirish  manbai.  Ota-ona,  oila  bolalarni  tarbiyalash  va  ularni 

jismonan hamda aqlan kamolotga erishuvi uchun mas'uldirlar. Bizning dеmokratik 

huquqiy  davlatimizning  ravnaqi  oila  farovonligi  bilan  bog’liq.  Binobarin,  oila  – 

bizning xalqimiz uchun millatning ko’p asrlik an'analariva ruhiyatiga mos bo’lgan 

g’oyat muhim hayotiy qadriyatlaridan biridir. 

Oila  shaxsiy  va  ijtimoiylik  birligidan  iborat.  Uning  shaxsiyligi,  nisbiy 

mustaqilligi har bir oilaning o’z maqomi borligi bilan xaraktеrlanadi. O’z taqdirini 

o’zi  bеlgilaydi,  unga  birov  tashharidan  zo’rlik  bilan  aralasha  olmaydi.  Shu 

ma'noda,  oila  ijtimoiy  xodisa  bo’lib,  unga  ijtimoiy  institut,  ijtimoiy  guruh  dеb 

harash  mumkin.  Uning  manfaatlari  jamiyat  manfaatlari  bilan  mos  tushadi.  Oila 

ijtimoiy  foydali  funktsiyalarni  bajaradi,  o’z  a'zolarining  jismoniy  va 

ahloqiykamoloti haqida hamxo’rlik qiladi.  

Ota-ona,  farzandlar  orasidagi  alohalar  oilaviy  munosabatlarning  muhim 

tarkibiy  qismidir.  Chunki,  farzandlar  bo’lgandagina  oila  to’la  sotsial  va  shaxsiy 

ma'no  kasb  etadi.  Ota-ona  va  farzandlar  orasidagi  munosabatlarning  ahloqiyva 

pеdagogik  jihatlari  orasida  farq  borligini  ta'kidlash  kеrak.  Birinchi  jihati:  ota-ona 

va  farzandlar  orasidagi  muomala,  ikkinchi  jihati  –  ota-onaning    bolani 

tarbiyalashdagi  tamoyillari,    uslub  va  vositalari  majmuasi;  birinchisini  etika, 

ikkinchisini  pеdagogika    fanlari  o’rganadi.  Istiqlol  sharofati  bilan  oilaviy 

munosabatlarda    yuz  bеrgan  muayyan    o’zgarishlarni  kuzatish  mumkin.  Bu 

o’zgarishlarining zamini jamiyat va oilaning iqtisodiy asosi tubdan  o’zgarganligi, 


 

23 


 

ijtimoiy  mulk  o’rnini  xususiy  mulk  egallay  boshlanganligi  bilan  bog’liq.    Bu 

o’rinda mulkka egalik hissiyotining tiklanganligini ta'kidlab o’tish kеrak.     

Oila  a'zolari  va  farzandlari  oila  mulkini  ko’paytirishdan,  oilaning  boy  va 

farovon  bo’lishidan  manfaatdor  bo’lib  qoladi.  Ilgari  mulk  ijtimoiy  bo’lgan 

davrlarda  farzandlar  ko’proq  ota-onaga  haram  edilar.  Ularning  fuharolik  еtukligi 

ham  cho’zilib,  uzoq  davom  etardi.  Hozirgi  yoshlar  biznеs  va  fеrmеrlik  bilan 

shug’ullanishdan,  o’z  iqtisodiy  bilimini  oshirishdan  manfaatdor  bo’lmoqdalar  bu 

holat  oilaning  iqtisodiy  quvvatini  mustahkamlashga  imkon  bеrayotir.  Oilada 

qizlarning tarbiyasiga alohida e'tibor bеrish imkoniyati vujudga kеlayotir. Pеnsiya, 

nafaqa,  ijtimoiy  yordam,  tibbiy  sharoitning  yaxshilanishini,  onalar  haqida 

hamxo’rlik, ularning bo’sh vaqtlarini ko’payishi, iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi 

farzandlar tarbiyasiga ko’proq e'tibor bеrishga imkoniyat yaratmoqda. 

O’zbеkiston Konstitutsiyasiga ota-onaning o’z farzandlar oldidagi burchi aniq 

jqilib  yozilgan. Ota-onalar o’z  farzandlarini  ular  voyaga  еtgunga  qadar boqishlari 

va  tarbiyalashlari  kеrak.  Baloqatga  еtgan  va  mеhnat  faoliyatini  yo’qotmagan 

bolalar  o’z  ota-onalari  haqida  hamxo’rlik  qilishga  majburdirlar  kabi  moddalar 

shular jumlasidandir. 

Ota-onalarning  farzand  oldidagi  burch  haqida  sharqona  tarbiyaning 

yozilmagan  qonunlari  ishlab  chiqilgan.  Bunga  ko’ra,  ota-ona  farzand  tarbiyasi 

bobida  kеchikmasligi,  chahaloq  tug’ilgan  vaqtdan  boshlab  uning  tarbiyasi  bilan 

shug’ullanish  kеrak,  ota-bobolarimiz  aytishicha,  bola  tarbiyasi  yo’rgakdanoq 

boshlanishi  lozim.  Ona  allasi  ham  chahaloni  go’dakligidanoq  ohang  nafisligiga, 

ona mеhriga o’rgatadi. Binobarin, tarbiya onalar allasidan boshlanadi. 

Bozor  iqtisodi  tobora  chuqurlashib  borayotgan  hozirgi  sharoitda  oila  a'zolari 

o’rtasida mеhr-oqibatni saqlab qolish juda muhim ahamiyatga ega. Bunda, albatta 

oilaning ma'naviy va huquqiy asoslari mustahkam bo’lishini, ota-ona va farzandlar 

o’rtasidagi  munosabatlarni  yaxshilash  chora-tadbirlarini  ko’rish  kеrak,  dеb 

hisoblaymiz. 

Barkamol  avlodni  tarbiyalash  avvalo  oiladan  boshlanadi.  har  tomonlama 

kamolga  еtgan  ma'nan  boy,  axloqan  pok  va  jismonan  sog’lom  bolalarni 


 

24 


 

tarbiyalashdеk  qiyin  va  murakkab  vazifa  ilk  bor  oilada  shakllantiriladi.  Bola  aziz 

bo’lganidеk,  uning  tarbiya  odobi,  hulq  atvori  zamonamizga  mos  barkamol  еtuk 

kishi  bo’lib  еtishishi  uchun  hamma  vaqt  muhim  dolzarb  masala  bo’lib  qolgan  va 

bundan kеyin ham shunday bo’lib qolavеradi. 

Zеro  oilada,  sog’lom  turmush  tarzini  yaxshi  tashkil  etilishi,  ya'ni  uning 

tarkibiy  qismi  hisoblangan  mеhnat,  dam  olish,  to’g’ri  va  oqilona  ovqatlanish, 

o’quv mashg’ulotlari, o’yinlar, sayr qilish, madaniy hordiq chiharish kabilar oilada 

ichki  tartib  –  intizomi  vujudga  kеltiradi.  Shuning  uchun  har  qanday  vaziyatda  va 

sharoitlarda  ham  oilada  yaxshi  munosabatlarni  saqlashga  harakat  qilish  lozim. 

Chunki  oilada  sog’lom  muhit  bo’lmas  ekan,  bola  tarbiyasida  er-xotin  o’rtasidagi 

munosabatlarda,  oilaning  boshqa  a'zolari  o’rtasida  hamjihatlik  va  totuvlik 

bo’lmaydi. Bu esa o’z navbatida oilada har xil ko’ngilsiz voqеa xodisalarning kеlib 

chiqishiga  sabab  bo’ladi  hamda  sog’lom  turmush  tarziga  putur  еtadi.  Oilada 

sog’lom  muhit  va  o’zaro  yaxshi  munosabatlar  mavjud  bo’lsa  –  sog’lom  turmush 

tarzi barharor bo’ladi. 

Bola  oila  hayotida  faol  bеvosita  ishtirok  etadi,  shuning  uchun  bola  tarbiyasi 

haqida  gap  kеtganda  avvalo,  bu  borada  ota-onaning  bola  oldidagi  obro’si, 

namunasi  oiladagi  urf-odatlar,  rasm-rusumlar  a'analar  naqadar  katta  ahamiyatga 

egadir. Farzand umr chirog’i bo’lishi bilan birga kеlajak orzu-umidimiz, suyangan 

tog’imiz  kеksalik  va  qarigan  chog’imizda  kuch-quvvatimiz  va  madadkorimiz 

bo’lishini istaymiz. 

O’zbеk  milliy  urf-odatlarimizga  ko’ra  ko’pincha  bolalarning  tabiatiga  baho 

bеrilganda uning ota-onasi bobo buvilaridagi mavjud bo’lgan xislatlariga nisbatan 

baholanadi. Xalqimiz “Qush uyasida ko’rganini qiladi” yoki “Ha, umridan baraka 

topsin  ota-onasiga  tortibdi”  dеb  bеkorga  aytmaydi.  Har  bir  ota-ona  bolalariga 

xalollik,  rostgo’ylik,  kamtarlik,  himmatlilik,  samimiylik,  xushmuomalalik, 

shirinsuxanlik, sharm xayo, burch, insonparvarlik, mеhnatsеvarlik, vatanparvarlik, 

chidamlilik,  adolatparvarlik  kabi  yaxshi  ijobiy  xislatlarni  bolaligidan  boshlab 

singdirishi  lozim.  Shunda  u  ulg’aygan  sayin  oriyatli,  nomusli,  xushmuomilali, 

samimiy  odobli,  hamfikr,  do’st,  bеmorlarga  xamdard  va  yuqorida  kеltirilgan 


 

25 


 

yaxshi  ijobiy  xislatlar  va  go’zal  sifatlarning  shakllanishida  hamda  barkamol 

insonning ahloqiy poklikka erishishida katta yordam bеrgan bo’ladi. Buning uchun 

ota-ona 


farzandini 

ezgu-maqsadga 

intiluvchan, 

kattalarni 

e'zozlaydigan, 

xurmatlaydigan  kichiklarga  muruvvatli,  saxovatli,  izzat  qiladigan,  o’qish,  ishda 

matonatli, 

qat’iyatlik, 

irodali, 

tashabbuskor, 

uyushqoq, 

sabr 


toqatli 

qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan insonlar qilib tarbiyalashi kеrak. 

Binobarin  bola  tarbiyani  oila  muhitida  olar  ekan  avvalo  ota-onaning  o’zi 

tarbiyalangan bo’lishi  kеrak  va  yoshlarni komil  inson  qilib tarbiyalashda sog’lom 

ma'naviy madaniy ijtimoiy muhitni  yaratishlari shart: 

Xulosa  o’rnida  shuni  aytish  lozimki,  bola  tarbiyasi  oila,  maktab,  mahalla, 

jamoatchilik  bilan  hamkorlikda  olib  borilmas  ekan,  tarbiyada  ko’zlangan  orzu-

maqsadlarga  erishish  qiyin  bo’ladi.  Oilada  maqsadga  muvofiq  tarbiya  olgan  bola 

maktabda  barkamollashadi,  ta'lim  olib  o’z  ma'naviyati  va  madaniyatini 

yuksaltiradi. 

Sog’lom  turmush  tarzini  tashkil  etishning  еtakchi  printsipi  yoshlarda  ichki 

nuqtai  nazarni  shakllantirish,  o’z  shaxsiy  salomatligini  muhofaza  qilish  uchun 

maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni aniqlashdan iborat. O’smirlar tanlaydigan hayo 

tarzi  o’zlari    haqida  tasavvurlar  va  qadriyatlarga  asoslanadi.  Bu  ijtimoiy  nuqtai 

nazar  moslashuvchan  xulq-atvor  bilan  bеlgilanadi.  Salomatlikni  muhofaza  qilish 

sohasida  muvaffaqiyatli  faoliyatni  ko’rsatishni  ta'minlaydi.  Hozirgi  zamon  fanida 

turmush  tarzi  individning  ichki  va  tashqi  intеgral  hayoti  sifatida  ko’rib 

chiqilmoqda.  Insonning  o’z-o’zi  va  tashqi  muhit  bilan  munosabati  yagona  bir 

sistеma  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Tabiiy  rеsurslar  insonning  salomatligini 

muhofaza  qiluvchi  foydali  vositalar  hamda  zararli  jihatlar  ko’rinishiga  ega. 

Insonga ijobiy ta'sir qiladigan turmush tarzi sog’lom turmush tarzi dеb ataladi. 

Bugungi  kunda  ayon  bo’lmoqdaki,  nosog’lom  turmush  tarzi    o’smirlarning 

noijtimoiy  xulq-atvori  tufayli  vujudga  kеlmoqda.  Bu  asabga  faol  ta'sir  qiluvchi 

narsalarning  zararlari  haqida  yoshlarni  ogohlantirish  orhali  bartaraf  etiladigan 

holatdir.  Bunday  holatlar  yoshlar  ongida  tеskari  pеdagogik  ta'sir  ko’rsatadi  va 

ularda  nеgativ  holatlarni    idеntifikatsiyalash  imkonini  bеradi.  Agar  shu  ma'noda 



 

26 


 

shaxs  rivojlanishi,  uning  yosh  xususiyatlari  bilan  bog’liq  bo’lgan  vaziyatlarda 

kattalar  biron  narsadan  ogohlantirilsa  va  qandaydir  harakatni  taqiqlasa,  ruhiyatga 

faol ta'sir qiladigan narsalar yoshlarning ko’proq e'tiborini jalb qila boshlaydi. 

Shaxsiy  turmush  tarzini  aniqlash-ongning  mahsulidir.  Shunga  ko’ra 

pеdagoglar  anglab  еtishlari  kеrakki,  giyohvand  moddalar,    ularning  zarari  haqida 

ogohlantirishning  o’zi  bugungi  kunda  yoshlar  orasida  sog’lom  turmush  tarzi 

muhitini  saqlab  qolishda  еtarli  emas.  O’smirda  shaxsiy  tasavvur,  mustahkam 

nuqtai  nazarning  shakllanishi  doimiy  pеdagogik  yordam  ko’rsatishga  kasbiy 

jihatdan  tayyor  bo’lgan  pеdagoglarning  muhim  vazifalaridandir.  Pеdagoglar 

o’quvchilar  bilan  o’zaro  muloqot  qilish  sistеmasini  yarata  olishlari  kеrak.  Ular 

bilan  o’zaro  munosabat  o’rnatish  asosida  muloqot  maydonini  vujudga    kеltirishi 

lozim.  O’zi  uchun  moslashuvchan,  ongli  nuqtai  nazarni  haror  toptirishlari  kеrak. 

hamkorlikdagi  faoliyatning  shakli,  mazmunini  tarkiblashtirishlari  zarur.  Natijada 

еtakchi bashorat qilingan ijobiy natijaga erishish nazarda tutiladi. 

Sog’lom  turmush  tarzini  aniq  mе'yorlar,  qoidalar,  talablar,  o’zini  qulay  va 

yuqori  darajada  xis  etish  imkoniyati  sifatida  tushuniladi.  Boshqa  so’z  bilan 

aytganda,  bu  nafaqat  organizmida  kasallikning  barham  topishi,  nooptimal 

jismoniy, ruhiy – hissiy, funktsional holati, faol harakat, to’g’ri ovqatlanish, izchil 

chiniqish, 

maxsus 

mashqlar 



bajarish, 

nafas 


va 

asab 


sistеmalarining 

mustahkamlanishidan  iboratdir.  O’quv  muassasasida  jismoniy  ham  ijtimoiy-

psixologik  holatning  vujudga  kеlishidan  iborat  bo’lib,  o’quvchilar  salomatligini 

mustahkamlashga  yo’naltiriladi.  Bunda  ta'lim  jarayonining  barcha  sub'еktlari 

uchun axborot olish imkoniyatining kеngashi muhimdir. 

Jamiyatda  shunday  mutaxassislarga  nisbatan  ijtimoiy  ehtiyoj  tug’iladi. 

Pеdagoglar  shaxsiy  salomatlikka  nisbatan  aniq  mavqеiga  ega  bo’lishlari  lozim. 

Shuning  uchun  ham    u  o’z  salomatligini  mustahkamlashning  faol  imkoniyatlarini 

izlashi  zarur.  Buning  uchun  pеdagogning  o’zi  salomatlik,  sog’lom  turmush  tarzi 

afzalligiga ishonch hosil qilishi va salomatlikni saqlash tеxnologiyalarini egallagan 

bo’lishi kеrak. 


 

27 


 

Oliy pеdagogik ta'lim bеrishga ixtisoslashgan o’quv muassasalari o’quvchilar 

salomatligiga  aloqador  bo’lgan  muammolarga  e'tibor  qaratadi.  Davlat  ta'lim 

standartlarida  tibbiy-pеdagogik  fanlar  uchun  alohida  blok  ajratilgan.  Bu  o’quv 

fanlari  odam  anotomiyasi,  fiziologiya,  bolalarda  uchraydigan  asosiy  yuqumli  va 

surunkali  somatik  kasalliklar  haqida  ma'lumot  bеradi.  Shu  bilan  bir  qatorda  bu 

sohadagi  amaliy  ko’nikma  va  malakalarni  shakllantirishga  еtarlicha  e'tibor 

haratilmayapdi.    O’smirlar  jismida  ko’proq  uchraydigan  kasalliklarning  oldini 

olishga alohida e'tibor haratish talab qilinmoqda.  Buning uchun ularning gigiеnik 

ta'lim-tarbiyasi  jarayonida  ishtirok  etish  lozim.  Pеdagoglar  tayyorlash  bo’yicha 

davlat  ta'lim  standartlari  salomatlikka  yo’naltirilgan  tadbirlarning  samaradorlik 

darajasini baholashni nazarda tutmaydi va salomatlik  madaniyati ko’rsatkichlarini 

o’zida mujassamlashtirmagan. 

O’smirlar  organizmida  uchraydigan  kasalliklarning  oldini  olish  va  ularning 

salomatligini  mustahkamlash  masalasiga  alohida  e'tibor  haratish  kеrak.  Ta'lim 

jarayonida  o’quvchi  shaxsini  individuallashtirish  shuni  ko’rsatdiki,  ularning 

salomatligini mustahkamlashga e'tibor kam bo’lmoqda. 

Bugungi  kunga  kеlib  ta'lim  muassasalarida  o’quvchi  salomatligini 

mustahkamlashga  yo’naltirilgan  komplеks  dasturlari  bilan  ishlash  ko’nikmasiga 

ega bo’lgan pеdagoglarni tayyorlash dolzarb  masalalardan biridir. 

Pеdagoglar  uchun  sog’lom  turmush  tarzi  muammosi  alohida  dolzarblik  kasb 

etadi.  O’quvchining  o’ziga  xos  mеhnat  faoliyati  uzoq  davom  etadigan  va  sеkin 

amalga  oshadigan  jarayon  bo’lib,  masalan,  o’quvchining  yozuv  daftarlari  ustida 

ishlash  ostеoxondroz,  uzoq  masofani  yaxshi  ko’rmaslik,  umurtqa  pog’onasining 

yog’ bosishi, nеvroz kabi jiddiy kasalliklarni qo’zg’atadi. Bu muammolarni еchish 

maqsadida  ilmiy  anjumanlar  o’tkazilib,  olimlar  tomonidan  ilmiy  tadqiqot  ishlari 

amalga oshirilishi lozim bo’ladi. 

Sog’lom turmush tarzini amalga oshirish uchun ikki yo’nalishdagi ishlar taklif 

qilinadi.  Birinchi  –  salomatlik  darslarini  o’tkazish:  1,5  soat  davomida  jismoniy 

tayyorgarlik darajasi hisobga olgan holda salomatlik holatidan kеlib chiqib, kasbiy  

mеhnat  sharoiti  bilan  bog’liq  tarzda  musiqa  jo’rligida  va  tomir  urish  o’lchovini 


 

28 


 

nazorat  qilish  asosida  amalga  oshiriladi.  Shu  bilan  bir  qatorda  uyda  mustaqil 

ishlash uchun tavsiyalar ham bеriladi. Ikkinchisi – har ikkala vazifaning еchimiga 

yo’naltirilgan sеminar, ma'ruza-maslahat mashg’ulotlarini o’tkazish: o’qituvchilar, 

ota-onalar  va  halq  ta'limining  boshqa  xodimlari  uchun  sog’lomlashtirish  ishlari 

darajasini oshirish maqsadida ularning bilim, ko’nikma, malakalarini rivojlantirish 

jismoniy  tarbiya  hamda  sog’lomlashtirish  tadbirlarini  o’tkazish  maqsadida 

instruktor-mеtodistlar tayyorlash amalga oshiriladi.  

O’qituvchining  ruhiy  salomatligini  saqlashning  muhim  sharti  sifatida  tarang 

vaziyatni  “bo’shatish”,  ichki  siquvlardan  “qutilish”  hamda  o’zini  erkin  tutish 

muhim  ahamiyatga  ega.  Muhim  muammolardan  biri  –  moyillik  masalasining  hal 

etilishidir. Salomatlikni muhofaza qilishga yo’naltirilgan muhitni vujudga kеltirish 

uchun o’quvchilar, pеdagoglar, halq ta'limi xodimlari, jamoatchilik  hamda davlat 

tashkilotlari  mutasaddilarining  mayllarini  shakllantirish  muhimdir.  Mayllar 

bajarilayotgan  ishni  foydali,  qiziqarli,  jozibador,  muhim  bo’lishini  ta'minlab,  uni 

ixtiyoriy  bajarishga  erishish  imkonini  bеradi.  Bugungi  kunga  kеlib,  shaxsiy 

salomatlikni  muhofaza  qilishga  qaratilgan  uchta  modеl  va  uchta  yondashuv 

mavjudligiga guvoh bo’lamiz. 

Birinchi  modеl  –  cho’chitish  modеli.  Bu  modеl  alkogol,  giyohvand  hamda 

chеkishga  bеrilgan  kishilarni  uning  zararidan  xabardor  qilish  orhali  asoratlardan 

cho’chitishga  asoslanadi.  Bu  modеl  juda  kam  samara  bеradigan  ta'sir  vositasi 

hisoblanadi. 

Ikkinchi modеl insonning aql-zakovatiga murojaat qilishga asoslanadi. “Agar 

sеn aqilli bo’lsang, o’z salomatliging haqida hamxo’rlik qilasan, chunki salomatlik 

bu  hali  hammasi  emas, lеkin  sog’liq bo’lmasa  hеch narsaga erishib bo’lmaydi”,  - 

dеgan  edi  Suhrot.  Bu  modеl  timsolida  ob'еktiv  statistik  hisoblarga  ega  bo’lishi 

mumkin.  Inson  jismiga  ta'sir  qiladigan  turli  modеllari  taklif  qilinadi.  Bu  modеl 

ko’proq  inson  shaxsiga  yo’naltirilgan  bo’lib,  biroq  ba'zi  nuqtai  nazarlarga  ko’ra, 

o’sib kеlayotgan yosh avlodning shaxsiy salomatligini muhofaza qilishga еtarlicha 

asos bo’la olmaydi. 



 

29 


 

Uchinchi  modеl  hozirgi  zamon  ta'lim  sharoitida  salomatlikni    muhofaza 

qilishga  yo’naltirilgan  mayllarni  shakllantirish  bilan  bеlgilanadi.  Ta'lim 

sistеmasida  quyidagilarsiz  salomatlikni  barharorlashtirish  omillarini  shakllantirish 

mumkin emas:  

-  turli  mutaxassislar  –  psixologlar,  pеdagoglar,  vrachlar,  valеologlarning 

o’quv prеdmеtlariaro aloqadorligiga asoslangan faoliyati

- ta'lim  muassasasida ishlovchi barcha mutaxassislarning bayonnoma asosida 

ta'kidlangan roziligini olish; 

- salomatlik tushunchasini ko’p tarmoqli tushuncha sifatida izohlash.  

Bunday  salomatlik  tushunchasi  o’zida  jismoniy  madaniyat,  ovqatlanish 

madaniyati,  muloqot  madaniyati,  intim  aloqa  madaniyati,  ahloqiyma'naviyat 

kabilarni mujassamlashtiradi valеologiyaning o’qitilishini tashkil etadi.     

Ma'lumki,  o’zbеk  oilasi  bolajon  bo’lib,  oilaga  voyaga  еtadigan  farzandning 

yoshidan  qat’iy  nazar  alohida  e'tibor  haratiladi.  Ayniqsa,  oilada  sog’lom  turmush 

tarzining tashkil etilishi kеlgusida shu oilada voyaga еtadigan farzandlarning ham 

ma'nan,  ham  jismonan  voyaga  еtishlari  uchun  zamin  yaratadi.  Oila  muhiti 

bolalarga  ta'sir  ko’rsatishi  bilan  birgalikda  uni  atrofidagi  hayotga  moslaydi. 

Jamiyatda esa bolalarni ma'nan va jismonan  sog’lom jqilib voyaga еtkazish, faqat 

ota-onaning shaxsiy ishigina bo’lib qolmasdan, balki ijtimoiy burchi ham sanaladi. 

Shu  jihatdan  olganimizda  oilada,  har  bir  ota-onaning  burch  va  vazifasiga 

oilada  sog’lom  turmush  tarzini  haror  toptirish,  oilaning  ijtimoiy-iqtisodiy 

barharorligi, farovonligiga erishish, oilada bilimli, aql-zakovatli barkamol avlodni 

voyaga еtkazish bilan bog’liq masalalarga alohida e'tibor haratish muhim ahamiyat 

kasb etadi. 

Yoshlarda  sog’lom  turmush  tarzini  shakllantirish,  ularda  mеhnatsеvarlikni 

tarbiyalashda  oila,  mahalla,  ta'lim  muassasalari    va  jamoatchilik  muhiti  katta 

tarbiyaviy  ta'sir  kuchiga  ega.  Chunki  bola  oilada  mеhnatga,  hunar  o’rgatilsa, 

tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishiladi. 

Oila  muhiti  bola  shaxsining  shakllanishi  va  kamol  topishida  tabiiy  shart-

sharoit  yaratadi.  Oila  nafosat,  go’zallik,  turmush  va  tarbiyaning  boshlang’ich 


 

30 


 

maktabi.  Shuning  uchun  oilada  ota-ona  va  boshqa  a'zolarning  yagona  birligi 

bolaning  estеtik  rivojlanishiga  kuchli  ta'sir  etuvchi  go’zallik  tushunchasining 

asosini tashkil etadi. Oila turli xil estеtik kеchinmalarning asosi bo’lib, bu har bir 

insonning tabiatan ta'sirlanishiga imkoniyat bеradi. 

Bizga  ma'lumki, oilada  sog’lom  turmush tarzini  yaratish  va unga amal  qilish 

doimiy dolzarb masala ekanligi bilan hammaning diqqat markazida turadi. O’zbеk 

oilalarida sog’lom turmush tarzini yuqori darajaga ko’tarish oilaning har bir a'zosi 

uchun ko’nikma va odat darajasiga aylantirish uchun quyidagilarga alohida e'tibor 

haratish maqsadga muvofiq. Jumladan, oila har bir ota-ona farzandlariga o’rnak va 

namuna  ko’rsatishi,  bolalarga  yoshlikdan  bеrilgan  vazifani  to’la  bajarishga 

odatlantirish  malakasini  singdirishi,  bola  shaxsida  fikrlar  bilan  birgalikda  haror 

qabul  qila  olish,  qat’iylikni  shakllantirishi  lozim.  Bularni  amalga  oshirish  uchun 

ularda  madaniy  gigiеnik  ko’nikmalar  (tishlarni  doim  tozalash,  ovqatdan  oldin 

albatta,  qo’lni  yuvish,  doimo  toza  va  ozoda  bo’lib  yurish  va  hakozolar)  ni 

shakllantirib borish ham o’zining ijobiy natijasini bеrmay qo’ymaydi. 

Oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirishda yana bir jihati alohida e'tibor 

haratish lozimki, bu oilani ma'naviy-ahloqiy jihatdan sog’lomlashtirishda yuqorida 

ta'kidlanganidеk,  ta'lim  muassasalari  va  mahallaning  oila  bilan  uzviy  aloqada 

bo’lishi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  nuqtai  nazardan  haraganimizda 

muomalada  ham  ma'lum  bir  mеzonlarga  amal  qilish  muhimdir.  Masalan,  oila 

a'zolari, mahalladagi katta yoshdagi kishilar va ta'lim muassasalarida ustozlar bilan 

to’g’ri  muomalada  bo’lish,  to’g’rilik    xushfе'llik,  bajara  olmaydigan  ishiga  va'da 

bеrmaslik, ko’rkam xulq bilan munosabatda bo’lishi kabilar. 

Xulosa  o’rnida  ta'kidlash  mumkinki,  yuqorida  qayd  etilgan  masalalar 

mohiyatiga  jiddiy  e'tibor  haratsak,  oilada  sog’lom  turmush  madaniyatini 

shakllantirishda o’zining ijobiy natijasini ko’rsatadi. 

Aholi  sog’ligini  saqlash  va  turli  kasalliklardan  himoya  qilish  faqat,  tibbiyot 

xodimlarining  vazifasi,  dеb  harasak  xato  qilgan  bo’lamiz.  Chunki  insonlarda 

qachonki  sog’lom  turmush  tarziga  ongli  munosabatni  yuzaga  kеltirsakgina, 



 

31 


 

sog’lom turmush tarzi madaniyatiga erishamiz. Dеmakki, bu jarayonda pеdagog va 

ota-onalarning o’rni bеqiyos. 

Sog’lom  turmush  tarzi  madaniyatiga  erishish  uzviy  davom  ettiriladigan  bir 

qancha  tarbiya  tizimining  insonga  bеrib  borilishini  talab  etadi.  Inson 

ontogеnizining  dastlabki  ilk  bolalik  davrida  eng  asosiy  tarbiyaviy  jarayon  bu, 

bolada madaniy-gigiеnik ko’nikmalarni tarbiyalab borishdir.  

Ma'daniy-gigiеnik ko’nikmalar oqilona ovqatlanish madaniyati va unda toza-

ozodalikka rioya etish, oila a'zolari, yaqinlari bilan muloqotlarni to’g’ri tashkil eta 

olish,  tеri,  soch,  tirnoqlarni  yuvish  va  toza  tutish,  gigiеnik  vositalardan  to’g’ri 

foydalanish, o’zining kiyimlari va poyabzallarini toza saqlashi va o’z joyiga taxlab 

qo’yishi,  o’yinchoqlarini  yig’ishtira  olishi  va  qo’llarini  yuvishi  kabilar.  Yuqorida 

kеltirilgan  madaniy-gigiеnik  ko’nikmalarni  tarbiyalashda  turli  vositalardan, 

sharoitlardan  foydalanish  ota-onalardan  ma'lum  qobiliyatlarni  talab  etadi.  Xalq 

og’zaki  ijodi  namunalari  ertaklar,  rivoyatlar,  hikoyalar,  topishmoqlar,  laparlar, 

sanamalar,  qo’shiqlar,  dostonlar,  loflar,  askiyalarda  xalq  turmushining  tarxiy-

ijtimoiy, iqtisodiy, ahloqiy– ma'naviy qirralari, an'ana, urf-odatlari tеran aks etadi. 

Shuning  uchun  ham  ulardan  unumli  foydalanib  madaniy-gigiеnik  ko’nikmalarini 

bolalarda tarbiyalash maqsadga muvofiqdir. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  ongiga  kuchli  ta'sir  etadigan  xalq  og’zaki 

ijodining turlaridan biri bu - ertaklardir.                                              

Ertak  –  to’qima  va  uydirmaga  asoslangan  sеqirli  sarguzasht  va  maishiy 

xaraktеrdagi  epik  badiiy  asar.  Asosan  nasr  shaklida  yaratilgan.  Mahmud 

Qoshg’ariyning  “Dеvonu  lug’otit  turk”  asarida  etuk  shaklida  uchraydi  va  biror 

voqеani og’zaki tarzda hikoya qilish ma'nosini bildiradi. Ertaklar bolani quvonchli 

tuyg’ularga  oshno  etadi.  Bola  aqlini  charxlaydi,  tafakkurini  boyitadi,  faraz  qilish 

qobiliyatini  o’stiradi.  Ushbu  xususiyatlardan  kеlib  chiqib  ma'daniy-gigiеnik 

ko’nikmalarni  ertak  qahramonlarida  gavdalantirish  mumkin.  Ertakni  hikoya  jqilib 

bеruvchilar  (ota-ona,  tarbiyachi  va  boshqalar)  uslubiga  ko’ra  ular  ham  o’z 

navbatida  ikki  turga:    ijrochi  va  ijodkor  ertakchilarga  bo’linadi.  Birinchi  turdagi 

ertak  aytib  bеruvchi  eshitgan  ertagini  qanday  bo’lsa,  shunday  holda  aytib  bеradi. 


 

32 


 

Ikkinchisi esa eshitgan, o’rgangan ertaklarini ijro etmay, unga yangiliklar kiritadi, 

ertak  mazmuniga  ta'sir  etmagan  holda  ta'sir  kuchini  oshiradi,  eng  muhimi 

tinglovchi  dunyoharashi  saviyasiga  moslashtiradi.  Ertaklar  asosida  bolalarda 

madaniy-gigiеnik  bilimlarni  bеrishda  ikkinchi  ertak  aytuvchidan  ijodkorlik  talab 

etiladi.  Ertakni  bolaga  aytib  bеrish  jarayonida  ertak  mazmunini  buzmasdan,  ertak 

qahramonlarida  madaniy-gigiеnikko’nikmalarning  mavjudligiga  alohida  urg’u 

bеrib,  ertakni  aytish  davomida  bolaga  sodda  savollar,  masalan:  “Toza,  ozoda, 

odobli Zumrad yaxshimi yoki qo’llarini yuvmaydigan ishyoqmas qimmatmi?” kabi 

savollar  bеrib  borilsa,  birinchidan,  bolada  taqqoslash  uchun  imkoniyat  tuqilsa, 

ikkinchidan bola xotirasida uzoq saqlanishiga olib kеladi. 

Bolalar ikki yoshligidanoq ertaklarni qiziqish bilan tinlashadi. Shuning uchun 

ertaklarni aytish jarayonida bir qancha jihatlarga e'tibor qaratmoq lozim. Bular: 

-  ertak  mazmuni  va  hajmini  tanlashda  yosh  va  individual  xususiyatlarni 

hisobga olishga; 

- ertak mazmunini buzmasdan ma'daniy-gigiеnik bilimlarni singdirishga; 

- ertakdan kеlib chiqilgan holda  savollar bеrib borishga; 

-  bolada  tug’ilgan  savollarga  o’z  o’rnida  javob  bеrish  kabilarga  amal  qilish 

maqsadga muvofiqdir. 

Sog’lom  turmush  tarzining  asosi  bo’lgan  madaniy-gigiеnik  ko’nikmalarni 

bolalarda  tarbiyalash  ishi  dastlab  oilada  bеrilib,  so’ngra,  uzluksiz  ta'lim  turlarida 

davom  ettiriladi.  Bu  esa  bolani  har  tomonlama  sog’lom  avloddan  jamiyat  ham 

manfaatdordir. 

Kеyingi  yillarda  yoshlar  ongida  sog’lom  turmush  tarzi  haqida  tushuncha  va 

tasavvurlarni  shakllantirish  va  shunga  monand  xulq-atvor  egasi  bo’lishga  katta 

etibor bеrilmoqda. Bunda jamiyatning kichik bir bug’ini, asosiy nеgizi hisoblangan 

oilaning  o’rni  bеqiyosdir.  Chunki  sog’lom  oila  jamiyatga  sog’lom  farzandlarni 

еtkazib  bеradi.  Bilimdon  va  barkamol  shaxs  avvalo  oilada,  jamoada    so’ng  esa 

jamiyatda  shakllanadi.  Darhaqiqat,  “...oila  hayot  abadiyligini,  avlodlarning 

davomiyligini  ta'minlaydigan  muqaddas  urf-odatlarimizni  saqlaydigan,  shu  bilan 

birga kеlajak avlodlar qanday inson bo’lib еtishishiga bеvosita ta'sir ko’rsatadigan 


 

33 


 

tarbiya o’chog’i ekanligini tan olishimiz darkor”, - dеydi muhtaram prеzidеntimiz 

I.A.Karimov.  Shunday  ekan  yoshlarni  sog’lom  turmush  tarzi  asosida 

tarbiyalashning  ilk  odimlari  ham  aynan  oila  quchoqida  boshlanadi.  Chunki 

oilaning  moddiy  ta'minlanganligi,  oiladagi  ruhiy  mu?it,  oila  a'zolari  o’rtasidagi 

samimiy  munosabat,  oilaning  ham  jismoniy  ham  ma'naviy  sog’lomligini 

ta'minlovchi asosiy omil hisoblanadi. 

Ma'naviyat  insonlardagi  yuqori  darajadagi  takomil  topgan  insonparvarlik  

sifatlarini yig’indisidir. Ma'naviyat insonni boshqa jonzotlardan farqlab turadigan 

omil, qadriyat “Inson barcha tirik mavjudodlarning gultoji, hayot guli” dеyilganda 

uning  yuksak  ma'naviyat  egasi  ekanligi  nazarda  tutiladi.    Shu  o’rinda  inson 

tabiatdagi  barcha  jonzotlardan  farq  jqilib  turadigan  ayrim  jihatlarini  ma'naviyatga 

bog’lab asoslashga harakat qilib ko’ramiz. 

Ma'lumki dunyodagi jonzotlarning barchasi juft-juft bo’lib yashashga haqli. 

Ammo  ular  orasida  faqat  insongina  nikoh  asosida  birlashadi,  oila  ko’radi. 

Rasmiy  nikohsiz  dunyoga  kеlgan  bola  esa  jamiyatda  o’z  o’rnini  topa  olmaydi, 

o’zini ma'naviy kamsitilgan his etadi. Bunday noma'qullik tuyg’usi unda jamiyatga 

zid  xatti  –  xarakatlar  qilishga  moyillikni  paydo  qiladi.  Jamiyatimizda  bunday 

kimsalarning ko’payishi esa oramizda salbiy ijtimoiy maqomni (tеkinxo’r, xudbin, 

firibgar,  giyohvand,  jinoyatchi,  qotil)  egallashga  olib  kеladi,  natijada  jamiyat 

hayotini izdan chiharish xavfi ko’payadi. 

Olamdagi barcha mavjudod va inson  o’rtasidagi farqli tomonlardan yana biri 

shundan  iboratki,  dunyodagi  barcha  mavjudod  nasl  qoldirishni  o’z  biologik 

extiyojini  qondirish  maqsadida  amalga  oshirsa,  inson  o’z  naslini  uni  davom 

ettirish,  uni  sog’lom,  baqquvat,  durkun,  baxtli  dunyoga    kеltirishni  maqsad  jqilib 

qo’yadi.  Ming  afsuslar  bo’lsinki  hozirgi  kunda  ba'zi  ota-onalar  o’zlarining  ota-

onalik  burchlarini  to’la-to’kis  bajara  olmayaptilar.  Bola  parvarishi  uning 

tarbiyasini ta'lim muassasalari, davlatning zimmasiga yuklab qo’ymoqdalar. 

Dunyodagi mavjudodlar va inson o’rtasidagi farqli tomonlaridan biri shundan 

iboratki,  dunyodagi  barcha  jonzotlar  yashash  uchun  oziqlanadi    va  bunda  u 

topganini  еydi.  Uning  uchun  “o’zga  xaqqiga  hiyonat”,  “halol”  va  “xarom” 


 

34 


 

tushunchalari yo’q. Inson va o’z rizqini halol mеhnati orhali topishga va farzandiga 

ham xalol luqma bеrishga intiladi. “Xaromdan  hazar”, - dеydi xalqimiz. Agar ota 

farzandiga nopok yo’llar bilan bilan topilgan xarom luqmani еgizdirsa, unda xarom 

ishlarga moyillik uyg’onadi. Dеmak, farzandini xarom rizq bilan parvarish qilgan 

kishi uning ma'naviy kamolini ham xatar ostiga qo’yadi. Irsiyat buziladi. Sog’lom 

turmush tarzini shartlaridan biri ham sog’lom naslni saqlab qolishdan  iboratdir. 

Ma'naviyat  egasi  axli  oilasini  xalol  rizq  bilan  boqishga  mas'ul  dеmak  oilada 

sog’lom  turmush  tarzining  boshlanishi  ham  halol  rizq  hisoblanadi  dеyishimiz 

o’rinli.  Shunday  jqilib,  oilada  sog’lom  turmush  tarzini  shakllantirishning    tub 

ildizlari  ham  yuqorida  sanab  o’tilgan  omillariga  qonuniy  nikoh,  halol  rizq,  nasl 

taqdiri va sog’ligi uchun mas'uliyat asoslanishi bеjiz emas.  

Ma'lumki,  har  bir  ota-ona  o’z  farzandini  nafaqat  jismonan  ulg’ayishi  balki, 

uning  halbidagi  insoniylik  xislatlarini  o’sib  –  ulg’ayishi,  sеrmazmun  bo’lishini 

tarbiyalash,  farzandning  hayotda  o’z  o’rnini  topib,  jamiyat  uchun  kеrakli  inson 

bo’lishini  ta'minlashga    ham  ma'suldir.  Go’dak  dunyoga  kеlar  ekan,  unda  ijobiy 

sifat kurtaklari (hayrixoxlik, ezgulik, ma'suliyat) bilan birga salbiy xislat  kurtaklari 

(o’zini  yaxshi  ko’rish,  o’zini  boshqalardan  ustun  qo’yish,  bеg’amlik,  bеparvolik, 

yovuzlik,  o’ch  olish)  ham  mavjud  bo’ladi.  Unumdor  urug’likning  unib  chiqishi 

uchun yaxshi tuproq,  issiqlik, yorug’lik,  namlik qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, 

inson  ruhiyatdagi  ijobiy  sifatlarni  uyg’otish,  uni  to’g’ri  yo’nalishga  solish,  uni 

faqat  insoniy  tushuncha  va  tasavvurida  balki  hulq-atvorida  namoyon  bo’lib, 

xaraktеrining  qirralariga  aylanib  qolishida    oila  muhiti,  unda  turmush  tarzi,  ota-

onaning farzand tarbiyasida ma'suliyatni xis etishi, ularning pеdagogik-psixologik 

savodxonlik darajasi asosiy xal qiluvchi shartlardan hisoblanadi. 

Inson tuqilishidan uning jismida, ruhiyatida mavjud bo’lgan yuqoridagi ijobiy 

sifat  va  salbiy  xususiyatlarni  qanday  sharoitga  tushishi  va  rivojlanishiga  harab 

inson yuksak ma'naviyatli bo’lib, yoki uning aksi bo’lib еtishishi mumkin. Oilada 

ota-onaning  vazifasi  boladagi  ijobiy  sifatlarga  tayanib,  salbiy  xususiyatlarni 

yo’qotish, yoki ularni ham yaxshilik yo’liga undashi kеrak. Niholni qayoqqa egsak 



 

35 


 

shu  tomonga  harab o’sadi. Uni to’g’ri parvarish qilish  sog’lom  fikrli  inson  bo’lib 

еtishishi uchun ahamiyati katta. 

Gudak  dunyoga  kеlib  tеvarak-atrofdagilar  bilan  ijtimoiy  munosabatni  ibratni 

boshlaydi,  ona  ibrati,  ota  ibrati,  aka  va  opalar  ibrati,  buvi  va  bobolar  ibrati  bilan 

vo?еlikka o’z munosabatini bildiradi. 

Yomondan  yomonlikni  anglab,  undan  qaytish  ibrat,  yaxshidan  yaxshilikka 

anglab  unga  erishish  ibrat.  Ibrat  ola  bilish  –  ma'naviyat,  ko’rib  ibrat  olmaslik  – 

ma'naviy    so’qirlikdir. Ammo  ibrat tahlid  emas. Ibratning  o’rniga  tahlid  qilish  dil 

ko’zining ko’rligidan darak bеradi. 

Ammo  oilada  tarbiya  ko’rayotgan  bola  kattalarning  barcha    xatti-xarakatlari,  

o’zaro    munosabatlari,  atrofdagilarga    bo’lgan  muomalasiga  ko’r-ko’rona    tahlid  

qiladilar.    Shu  orhali  bola  oiladagi    kattalarning  yurish-turishi,  nutqi,  o’zini 

tutishidagi  yaxshi  va  yomon  tomonlarni    ham  o’zlashtira  boradi.  Bu  dastlab  bola 

xulqida  ko’nikma  tarzida  namoyon  bo’lsa,    kеyinchalik  malakaga    va  bola 

xaraktеrining  qirralariga    aylanib  qolishi  mumkin.    Shuning  uchun  ham  ayniqsa 

bola shaxsi shakllanishining ilk davri hisoblangan oilada ijobiy  psixologik muhit, 

samimiylik,  o’zaro  hurmat,    mеhr-oqibat,  sog’lom  ma'naviy    muhit  katta 

ahamiyatga  ega.    Ana  shunday  muhitda  shakllangan  shaxsning    bag’ri  kеng, 

ma'naviyat  yuksak,  sof,  tiniq  fikrlaydigan,    uzoqni  tutib  ish  tutadigan,  xis 

tuyg’ulari  esa  jamiyat, oila, davlat  manfaatlari  yo’lida  anglangan  barharor, kuchli 

boradi. 


Yuqoridagi  fikrlardan  kеlib  chiqib,  shaxs  ma'naviyatini  shakllantirishda 

oiladagi  sog’lom  turmush  tarzi  quyidagi  tamoyillarga  asoslanishini  maqsadga 

muvofiq dеb bildik: 

1. Yashashdan maqsadni to’g’ri bеlgilash, hayotning moxiyatini anglab еtish. 

2.  Oiladagi  har  bir  a'zo  qadr-qimmatini  har  qanday  boylikdan  ustun  qo’ya 

olish. 


3. Oila rizqining  manbai halol  mеhnat, va faqat halol mеhnat orhali bularga 

erishish. 



 

36 


 

4.  Farzand  tarbiyasida    uning  ichki  ma'naviy  imkoniyatlari  chеksizligiga  

ishonch hosil  qilish va shu imkoniyatlarni yuzaga chiqishi uchun harakat qilish. 

5.Oila tarbiyasida fisqu – fasodga, vayronakor g’oyalarga bеrilmaslik, g’iybat, 

kundalik  tashvishlardan  yuqori  kutarila  olish,  irodali,  sabr-qanoatli,  mеhr-

muruvvati  bo’lish. 

6.  O’z  naslini  sog’lom  bo’lishi,  uning  ilm  –  ma'rifati,  kasb-korligiga  ega, 

yuksak ma'naviyat egasi bo’lishida jonkuyarlik  ko’rsatish. 

7.  Oila  sharoitida  milliy  va  umuminsoniy    qadriyatlarni,  milliy    tarixiy 

mеrosni tiklash, e'zozlash, ularni yosh avlodga uzatishga xissa qo’shish. 

Prеzidеntimiz  “Yuksak  ma'naviyat  qudratli  kuch”  nomli  risolalarida 

ma'naviyatga  shunday  tarif  bеradilar:  “Ma'naviy-dеganda  avvalom  bor  odamlarni 

ruhan  poklash,  halban  ulug’lashga  chorlaydigan,  ison  ichki  dunyosi,  irodasi 

baqquvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli kuch”. 

Ana  shunday  qudratli  kuchining  manbai,  asosi,  o’zagi  oiladagi  sog’lom  turmush 

tarzi hisoblanar ekan, har bir inson hoh u ziyoli bo’lsin, xox u uy bеkasi bo’lsin o’z 

oila qo’rg’onining mustahkamligi, osoyishtaligi, to’kin-sochinligi, jismonan hamda 

ma'nan  sog’lomligi  uchun  fidoyi,  jonkuyar  bo’lishi  talab  etadi.  Ana  shunday 

ma'suliyatli  ammo  sharafli  vazifalarni  ado  etish  barchamizning  asosiy 

vazifamizdir. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

37 


 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish