O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 1,23 Mb.
Sana28.06.2017
Hajmi1,23 Mb.
#18928
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

Qashqadaryo viloyat hokimligi o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi

Koson kompyuter texnologiya kasb hunar kolleji

MAXSUS FANLAR

kafedrasining

o`qituvchisi

YO`LDOSHEVA
NAZIBANING

EHM ishlari
(o`quv amaliyoti)

fanidan

MA`RUZALAR MATNI

Koson– 2011 yil.






Fanning bo`limlari va mavzulari


Darslar turi bo`yicha soatlar taqsimoti

(auditoriya yuklamasi)

jami

Nazariy


amaliy

1

2

4

5

6



Kalkulyator, uningmohiyativaimkoniyatlari. Tugmalarvazifasi. Foizlarnihisoblashgadoirmashqvamasalalar. Kalkulyatorlardahisoblashishlariniamalgaoshirishusullari. Oddiyvamuhandislikkalkulyatorlari, ularningfarqi

6

1

5



Kompyuter klaviaturasi vazifasi va unda klavishlar (tugmachalar) ning joylashishi, kichik va bosh harflarning kiritilishi, boshqa alifboga o`tish, klaviaturining maxsus klavishlari, kompyuterni elektr tarmog`iga ulash va o`chirish tartibi. Matn tahrirlagichi yordamida matnni klaviatura yordamida terish va uning asosida klavishlar vazifalarini o`rganish. Kseroks, modem, skaner, printerlar, axborottashuvchilar, raqamli foto-videouskunalarvaboshqalarbilanishlash.

6

1

5



Norton Commander (NC) dasturida dasturlarni ishga tushirish, yordam olish, chiqish, panellarini boshqarish, ajratilgan fayl yoki papka, funktsional klavishlar vazifasi, fayllar bilan ishlash, fayllarni ko`rish, fayllar guruhlarini tanlash, faylni tahrir qilish, fayl va papkalar nusxasini olish, fayl va papkalarni o`chirish, papkalar bilan ishlash, disklar bilan ishlash, foydalanuvchi buyruqlari menyusi, NC menyusi.

Windows OT muhitida ishlash, dastur boshqaruvchisi, sichqon manipulyatori, Windows OT dan chiqish, Windows OT da dasturni ishga tushirish, Windows OT oynalari, dastur boshqaruvchisi va uning yordamida ishlash.



Hujjatlar bilan ishlash va bunda Microsoft Offise imkoniyatlaridan foydalanish. MS Offise paketining tashkil etuvchilari: MS Word, MS Excel, MS Power Point, MS Access lar haqida ma`lumot va ularning vazifalari. MS Office dasturlarining ishlash shartlari, MS Office xaqida ma`lumotlar olish, fayllar va hujjatlar, hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish.

6

1

5



MS Word menyusi yordamida ishlash. «Fayl» menyusi va uning tashkil etuvchilari: Sozdat, Otkrit, Zakrit, Soxranit, Poisk fayla, Prosmotr, Pechat va boshqalarning vazifalari va qo`llanilishi.

12

1

5



Word 2007 matn muharriri panelari bilan tanishish va ular bilan ishlash. «Pravka», «Vid», «Vstavka», «Format», «Servis», «Tablitsa», «Okno» menyulari, ularning tashkil etuvchilari vazifalari va qo`llanilishi. MS Word yordamida mutaxassislikka oid hujjatlar hosil qilish, xo`jalik faoliyatiga oid ayrim hujjatlar shakllarini yozish va jadvallarni hosil qilish. Hosil qilingan hujjatlarni qayta ishlash, bezash va bosmadan chiqarish.




6



Microsoft Power Point taqdimot dasturida ishlash. Slayd va taqdimot tushunchasi. Slaydlar bilan ishlash. Uskunalar paneli va menyulardan foydalanish. Taqdimot yaratish. Animatsiya (harakat) turlari. Tayyor slaydlarni namoyish etish va unda qo`llaniladigan texnik vositalar.

6




6



MS Excel ga kirish va undan chiqish. MS Excel oynasi bilan tanishish. MS Excel yordamida elektron jadval hosil qilish, yangi fayl tashkil etish, ma`lumotlarni kiritish, yacheykalar (kataklar) formatini o`rnatish, yacheykalardagi sonlar summalarini hisoblash, yacheykalar intervallarini ajratish, ishchi varaq nomini kiritish, hosil qilingan jadvalni diskda saqlash.

12

1

5



MS Excel yordamida mutaxassislikka oid masalalarni echish va formulalardan foydalanish. Ishlab chiqarish, xo`jalik faoliyatiga oid masalalar echish. Mutaxassilikka oid statistik ma`lumotlarni kiritish va elektron hisobotlarni tayyor funktsiyalar yordamida hosil qilish. Bunda boshlang`ich ma`lumotlarni kiritish, ularni qayta ishlash va hosil qilingan hujjatlar (jadvallar)ni bosib chiqarish. Sonli ma`lumotlarning diagrammalarini tayyorlash




6



MS Access doirasida ishlash, ishga tushirish, oynasi bilan tanishish, yangi fayl hosil qilish, ma`lumotlarning ichki tuzilmasini tuzish, ombor jadvalini va ma`lumotlar ombori maydonlarini hosil qilish, ma`lumotlarni omborga kiritish.

12

1

5



Ma`lumotlar omborini boshqarish tizimi yordamida masalalar echish. Masalaning qo`yilishi, ma`lumotlar ombori tuzilmasini tuzish, ma`lumotlarni kiritish, qayta ishlash, bosib chiqarish, hosil qilingan hujjatni faylga yozish. Yaratilgan ma`lumotlar omborini tartiblash, kerakli ma`lumotlarni chiqarish. O`zgarishlar omborini tartiblash, kerakli ma`lumotlarni chiqarish, o`zgartirishlar kiritish. Mutaxassislikka oid ma`lumotlar ombori yaratish va boshqarish




6



Kompyuter tarmoqlari to`g`risida ma`lumotlar berish: lokal va global tarmoqlar. Internet tarmog`i to`g`risida ma`lumotlar, uning imkoniyatlari. Kompterdan Internet tarmog`iga chiqish va ma`lumotlar olish tartibi.

12




6



Xalqaro o`rgimchak to`ri, uning mohiyati va qo`llanilish doirasi. HTML tili to`g`risida tushunchalar. Web sahifasi va undan foydalanish. Elektron pochta manzili va uning ishlash printsipi. Gipermatnlar va giperuzatishlar. FTP protokollarini o`rganish. Elektron kutubxonalardan foydalanish.




6

Jami


72

6

66


1-mavzu: Kalkulyator, uning mohiyati va imkoniyatlari. Tugmalar vazifasi. Foizlarni hisoblashga doir mashq va masalalar. Kalkulyatorlarda hisoblash ishlarini amalga oshirish usullari. Oddiy va muhandislik kalkulyatorlari, ularning farqi.

Windows operatsion tizimining tarkibida foydalanuvchi kompyuter bilan ishlashi jarayonida kerak bo`lishi mumkin bo`lgan ko`plab dasturlar Windows tizimi bilan birgalikda tekin tarzda tarqatiladi. Bunday dasturlar odatda Windows bosh menyusi (Pusk tugmasini bosilganda hosil bo`ladi)ning tarkibida joylashgan Vse programmi buyruqlar to`plamining ichidagi Standartnie to`plamida joylashgan bo`ladi. Bunday dasturlar sirasiga biz Bloknot oddiy matn muharriri, Paint grafik muharriri, WordPadmuharriri, manzillar kitobi, buyruq satri, masofadagi kompyuter ishchi stoliga ulanish dasturi, Provodnik (boshlovchi) menejer dasturi, skaner yoki web-kameralar bilan ishlash ustasi kabilarni kiritishimiz mumkin. Bu yerda ko`plab foydalanuvchilar o`z hisob-kitob ishlarida qo`llaydigan Kalkulyator dasturi ham joylashgan. Bu dasturni ishga tushirish uchun biz shu dastur nomi ustiga sichqoncha ko`rsatkichini keltirib, chap tugmasini bir marta bosishimiz kifoya qiladi. Bundan tashqari agar bu dasturning piktogrammasini ishchi stolga chiqarib qo`yilgan bo`lsa, uni ishga tushirish uchun sichqoncha ko`rsatkichini dastur belgisi (piktogrammasi) ustigakeltirib, chap tugmasini ikki marta tez bosish kerak bo`ladi. Agar dasturning belgisi Windows masalalar panelidagi tezkor tugmalar qatoriga ham o`rnatilgan bo`lsa, u yerdan ham dasturni sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish orqali ishga tushirishimiz mumkin. Agar yuqorida keltirib o`tilgan usullarning birortasi orqali ham kalkulyator dasturini ishga tushirishning imkoni bo`lmasa, u holda so`nggi chora sifatida C:\WINDOWS\system32 manzilida joylashgan calc.exe faylini izlab topib, shu faylni ishga tushirish kerak bo`ladi. Bu usul ham qo`l kelmasa, u holda ushbu kompyuterda kalkulyator dasturi o`rnatilmagan degan xulosaga kelish mumkin bo`ladi va bunday hollarda boshqa chetki ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan kalkulyator dasturlaridan foydalanish mumkin. Lekin shuni ham hisobga olish kerakki, kalkulyator dasturi – bu juda oddiy dasturlardan hisoblanadi hamda bunday dasturni har bir foydalanuvchi o`zining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ushbu kursning oxirgi mavzularidan bo`lgan Visual Basic, Delphi yoki boshqa zamonaviy dasturlash tillaridan foydalanib bemalol tuzishi mumkin.


Kalkulyator dasturining umumiy ko`rinishi

Kalkulyator dasturi ishga tushgach, quyidagicha oyna hosil bo`ladi:

Bu dastur oynasi biz hayotda qo`llaydigan haqiqiy kalkulyator qurilmasiga juda ham o`xshaydi. Unda ham turli xil raqamlar aks ettirilgan tugmalar hamda turli xil arifmetik va mantiqiy amallar tugmalari joylashtirilgandir. Kerakli sonni hosil qilish uchun shu sonni tashkil qiluvchi raqamlar ketma-ket bosiladi (shuni ham aytib o`tish kerakki, bu raqamlarni sichqoncha yordamida dasturning oynasidan yoki klaviaturaning raqamli tugmalari orqali ham kiritish imkoniyati mavjuddir). Agarda xatolik bo`lib qolsa, oxirgi kiritilgan raqamni o`hcirib tashlash uchun klaviaturadagi BackSpace tugmasi bosiladi. Agarda barcha raqamlarni o`chirib, raqamni kiritish maydonini bo`sh (0 raqamigina qoladi) holatga keltirmoqchi bo`lsangiz, u holda tugmasini bosish yoki klaviaturadan Esc tugmasini (yuqori chap tomonda joylashgan) bosish kifoya.
Kalkulyator dasturining menyu satri bilan tanishish.

Kalkulyator dasturining ko`plab Windows tizimida ishlovchi dasturlar kabi menyu satri ham bor bo`lib, bu satrda uchta menyu bo`limlari joylashgan. Bular: Pravka, Vid va Spravka menyularidir.



Pravka menyusida bor yo`g`I ikkita buyruq joylashgan. Bular Kopirovat va Vstavit buyruqlaridir. Bu buyruqlarning vazifasi barcha Windows tizimi dasturlari uchun bir xil bo`lib, birinchisi – biror qismni ma`lumotlarni saqlash buferiga nusxalashni bildirsa, ikkinchisi esa bu buferdagi ma`lumotni yana joriy joyga joylashtirish ma`nolarini anglatadi. (Windows tizimiuchun global kombinatsiyala rtarkibida bu amallar uchun Kopirovat – Ctrl+C, Ctrl+Insert kombinatsiyalari hamda Vstavit–Ctrl+V, Shift+Insert kombinatsiyalari mos qo`yilgan hamda bukombinatsiyalar Kalkulyator dasturi uchun ham amal qiladi.)

Vid menyusidagi buyruqlardan ba`zilarini (kop` ishlatiladiganlarini) ko`rib chiqaylik: Bulardan e`tiborga loyiqlaridan biri bu Klassicheskiy vid buyrug`I bo`lib, u buyruq yoqib qo`yilganda kalkulyator dasturining oynasi barcha Windows tizimi dasturlari oynalari uchun bir xil bo`lgan ko`rinishda hosil bo`ladi, lekin bu buyruqning oldidagi belgini olibtashlansa (sichqoncha chap tugmasini shu buyruqning ustida birmarta bosish orqali) dastur oynasining ko`rinishi boshqacha qiziqarliroq ko`rinishda namoyon bo`ladi:

Bundan tashqari bu menyuning Gruppirovat tsifri buyrug`ini tanlanganda va o`chirilganda dastur oynasida yozilayotgan sonlar har uchta-uchtasi alohida guruhlanib, sonni o`qishga qulay holda ko`rinib turadi.

Masalan (yoqilganda) 21 235 546 851

(o`chirilganda) 21235546851

Ko`rinishda yoziladi va albatta bu ikki xil ko`rinishdan birinchisini oqish osonroqdir. Bulardan tashqari bu menyu tarkibida kalkulyator dasturining ko`rinishini va shu bilan birgalikda uning imkoniyatlarini o`zgatiradigan buyruqlar ham joylashgan. Bular dastur ko`rinishini tanlash buyruqlari: Obichniy va Injenerniy buyruqlaridir. Biz shu paytgacha ko`rib kelgan kalkulyator dasturining oynasi oddiy (Obichniy) ko`rinishdagi dastur bo`lib, undan tashqari murakkab amallarni ham bajarishga qodir bo`lgan ko`rinishi (Injenerniy) ham mavjuddur, bu holatni faollashtirish uchun Vid menyusida joylashgan Injenerniy buyrug`ini tanlash kerak bo`ladi. Natijada dastur oynasi ko`rinishi qu`yidagi ko`rinishga o`zgaradi:

Bu dastur oynasida ko`rib turganingizdek oldingi oynaga qaraganda birqancha ko`proq tugmalar joylashgan. Demak bu ko`rinishda bajarilishi mumkin bo`lgan amallar ham ko`proqdir.

Bundan tashqari Spravka menyusi ham mavjud bo`lib, bu yerda ikkitagina buyruq bor. Bulardan birinchisi – Vizov spravki buyrug`ini tanlanganda Windows tizimining barcha dasturlaridagi kabi yordam oynasi hosil bo`ladi va bu oynada turlicha mavzular keltirib o`tilgan bu mavzulardan keraklisini tanlanganda shu mavzu yuzasidan mavjud bo`lgan ma`lumotlar ko`rinadi.
Bu oynada oddiy hisoblash ishlarini bajarish, muhandislik hisob-kitoblarini bajarish, statistic hisob kitoblarni bajarish, sonlarni bir sanoq tizimidan boshqasiga o`tkazish, xotira bilan ishlash amallari, razryadlarni guruhlashtirish, ekvivalent tugmalar va kombinatsiyalar, aniqlikni oshirish choralari, katta sonlar ishtirokida hisob-kitoblarni bajarish kabi turli xil mavzular joylashgan.
Sonlarning foizlarini hisoblash bo`yicha qisqacha ko`rsatmalar.

Sonlarning foizlarini hisoblashda foiz tushunchaga to`xtalib o`tish kerak bo`ladi. Sonning 1 foizi deb shu sonning yuzdan bir qismiga aytiladi. Demak sonning 1 foizini hisoblab toppish uchun shu sonni 100 ga bo`lish kifoya ekan.


Misol: 2343 sonining 1 foizini toping.
Yechilishi: 2343/100=23,43. Demak 2343 sonining 1 foizi 23,43 ga teng ekan.
Foiz atamasini yozilishini osonlashtirish uchun bu belgini % sifatida yozish qabul qilingan.
Berilgan sonning berilgan foizini hisoblash

Berilgan sonning berilgan foizini hisoblash uchun shu sonning bir foizini hisoblab topiladi (shu sonni 100 ga bo`lish orqali) va keyinchalik topilishi kerak bo`lgan foiz miqdoriga ko`paytiriladi.


Misol: 2543 sonining 18,5 % ini hisoblab toping.
Yechilishi: 1) Dastlab berilgan sonni 100 ga bo`lamiz: 2543/100=25,43

2) Endi shu natijani topilishi kerak bo`lgan foiz miqdoriga ko`paytiramiz: 25,43*18,5= bu ishni qo`lda bajarish ancha noqulay va vaqt talab qiladi. Shuning uchun bu ishni kompyuterda (kalkulyator dasturida) bajarish maqsadga muvofiqdir. Dasturni ishga tushirib, amalni kiritamiz va natijani olamiz: 470,455



2-mavzu: Kompyuter klaviaturasi vazifasi va unda klavishlar (tugmachalar) ning joylashishi, kichik va bosh harflarning kiritilishi, boshqa alifboga o`tish, klaviaturining maxsus klavishlari, kompyuterni elektr tarmog`iga ulash va o`chirish tartibi. Matn tahrirlagichi yordamida matnni klaviatura yordamida terish va uning asosida klavishlar vazifalarini o`rganish. Kseroks, modem, skaner, printerlar, axborottashuvchilar, raqamli foto-videouskunalarvaboshqalarbilanishlash.

Klavishalar konstruktsiyasi.microsoft_copy


Zamonaviy klaviaturalarda klavishalarning bir necha xil turlari ishlatiladi. Kupchilik klaviaturalarga mexanik utkazgichlar (Pereklyuchatel)lar urnatilgan. Klavisha bosilgan vaktda kontaktlar birlashadi va signal yuboriladi. yukori darajali ba`zi klaviaturalarda kontaktsiz datchiklar urnatilgan.

Kontaktli klaviaturalar kuprok tarkalgan. Ularning kuyidagi turlari mavjud:



  • Mexanik utkazgich;

  • Birlashuvchi nakladkali;

  • Rezina kalpokchali;

  • Membranli;

Klaviatura interfeysi


Klaviatura matritsaga birlashtirilgan ukazgichlardan tuzilgan. Klavisha bosilgan paytda klaviaturada urnatilgan protsessor klavisha matritsaning kaysi elementiga tegishligini aniklaydi. Bundan tashkari klaviatura protsessori klavishaning bosilish davomiyligini xam aniklaydi.btc_copy

Klaviaturada 16 baytdan iborat buffer xootira bor bu bufferda juda ez kiritilgan klavishalar ketma-ketligi saklanadi va birin-ketin yuboriladi. shaxsiy kompyuter klaviaturasi kichik kompyuterga kiyoslanadi va u ikki usulda sistema bilan boglanishi mumkin:

- standart klaviatura razyomi va porti orkali;

- USB porti orkali;

Sxema bloki bilan aloka ketma-ket kanal orkali ulanadi. Ma`lumot bu kanaldan 11 bitdan uzatiladi. 11 bitdan 8 tasi simvol kodi va yana kolgan 3 ta bit ularni boshkarish va sinxronlashtirishga xizmat kiladi.

Klavishlar rakamlari va skan-kodlar.


Klavisha bosilgan paytda klaviatura proyessori matritsadagi utkazgichlar birlashgan joyni aniklaydi Shundan sung u sistemaga bosilgan klavishaning skan-kodidan iborat ma`lumotni yuboradi

Kompyuterda (AT kontroller) klaviaturaning AT kontrolleri bu skan-kodni sistema taniydigan skan-kodga ugiradi. Vash u skan-kod kompyuterning bosh protsessoriga yuboriladi. Klavisha buzilgan paytda diagnostik dastur uning skan-kodini aytadi. Shunga karab siz konkret klavishani aniklab uni tuzatishingiz kerak buladi.

Kushimcha funktsiyali va imkoniyatli maxsus klaviaturalar.

Standart klaviaturadan fark kiladigan maxsus klaviaturalar xam mavjud. Ular oddiy va murakkab bulishi mumkin.


Sichkoncha. (Mish).


1968 yilda Stanford Research Institute da ishlaydigan Duglas Engelbart sichkoncha ixtiro etdi. Uning ofitsial nomi “displeyda XY – koordinata kursatkichi” deb ataladi. tn_www-31_3_s

1973 yilda Xerox firmasi uzining Yangi kompyuterlarida sichkonchani ishlata boshladi. Baxtga karshi bu sistema tajribaviy edi va fakat ilmiy izlanish maksadida ishlatilgan.

1979 yilda Alto kompyuter iva uning dasturiy vositasi Apple kompaniyasining bir necha muxandisiga kursatildi. Ular orasida Stiv Jobs xam bor edi. Sichkonchaning grafik interfeysida xarakatlanishi Jobsda ulkan taassurot koldirdi. Shu paytning uzida Apple kompaniyasi bu kurilmani uzining Lisa nomli kompyuterga kullashni maksad kilib kuydi va Xerox kompaniyasidan 20 ta mutaxasisni taklif kildi.

Xerox firmasi 1981 yilda Star 8010 kompyuterini ishlab chikdi, uning tarkibiga sichkoncha xam kirar edi. Lekin bu kompyuter juda kimmat va shuning uchun xam yutukka erisha olmadi. Apple firmasi 1983 yilda Lisa kompyuterini chmkardi va u 10000 dollar atrofida baxolanar edi.

Bu paytda Stiv Jobs Lisa ning keyingi avlodi xisoblanadigan Macintosh kompyuterini yaratish ustida bosh kotirayotgan edi. Macintosh 1984 yilda chikdi. Boshida bu kompyuter sensatsiya chakirmadi va tez orada uning mavkei oshib bordi.

Kupchiliklar smchkonchaning kashf etilishi Apple firmasining xizmatlari deb uylashadi, lekin texnologiya va fikrning uzi SRI va Xerox dan, olingan edi. Shunga karamiay Macintosh operatsion tizimi va keyinchalik Windows va OS/2 tizimlari bu texnologiyaning shaxsiy kompyuterlar olamida rivojlanib borishiga katta ta`sir kursatdi.

Boshida shaxsiy kompyuter bozorida sichkonchaga talab juda kam edi. Keyinchalik Windows va OS/2 chika boshlangandan sung bu kurilma barcha sistemalarning zaruriy kismiga aylandi. Xozirgi kunda sichkoncha xar bir kompyuter kompdektida kiradi.

Sichkonchalar turli firmalar tomonidan ishlab chikiladi va xilma xil konstruktsiya va ulchamlarga ega. Ba`zi kompaniyalar standart sichkonchaga asoslanib trekbol yaratdilar. Uning farki shundaki foydalanuvchi kuli bilan butun kurilmani emas, balki fakat sharini aylantiradi (xarakatlantiradi).

IBM firmasi undan xam kizikarlirok bulgan Trackpoint nomli kurilma yaratdi. Uщbu kurilmani sichkoncha sifatida xam trekbol sifatida xam ishlatish mumkin. Kup xollarda trekbolda sichkonchaning sharidan kattarok shar urnatiladi. Dizaynini kurib chikadigan bulsak trekbol funktsiyasi va elektron tuzilishi jixatdan sichkoncha bilan bir xil.

Xozirgi paytda optik kayd kiluvchi kurilmalar paydo buldi. Ushbu kurilmalarni mshlab chikarishda Microsoft va Logitech kompaniyalari etakchi urinlarni egallaydi. Tashki kurinishlari xilma-xil bulsada bu kurilmalar bir xil ish printsipiga ega.

Kuyida sichkonchaning asosiy komponentlarini sanab utamiz:


  • Korpus

  • Sharik (rolik yoki optik datchik)

  • Knopkalar (tugmalar)

  • Sichkonchani sistemaga ulaydigan interfeys

Odatda sistemaga ulanish uchun oddiy kabel va raz`yomdan foydalaniladi;

Simsiz texnologiyalarda radiochastotali va infrakizil kabul kilgich va uzatgichdan foydalaniladi. Sichkoncha korpusi plastmassadan kilingan va unda xech kanaka xarakatlanuvchi komponentlar xam yuk. Korpusning yukori kismida tugmalar joylashgan. Odatda tugmalar 2 ta buladi. Lekin ularning soni xar xil bulishi xam mumkin. Kushimcha tugmalar va rolik ishlashi uchun ishlab chikaruvchi toiondan takdim etiladigan dasturiy vosita darkor. Windows 9x/Me/2000 operatsion tizim tarkibiga rolikni ishlatadigan drayverlar mavjud. Pastda rezina bilan koplangan metal sharcha mavjud. U sichkonchani stolda xarakatlantirgan paytda aylanadi. Sharning xarakati elektr signallarga aylantirilib kabel orkali kompyuterga etkaziladi.

Sichkoncha xolatini optik usulda aniklash bugungi kunda muvafakiyatli xisoblanadi. Birinchi optik sichkonchalar konstruktsiyasida koordinatali setkadan iborat gilamcha kerak edi. Bu kurilma yukori aniklikda ishlasa xam keng tarkalmadi. Microsoft kompaniyasi Intelli Mouse Explorer nomli shu tipdagi kurilmalarni ishlab chikarishni boshladi. Ushbu model oldingi optik sichkoncha singari ishlash printsipiga ega. Bu sichkonchada xarakatlanuvchi elementlar yuk. Fakatgina korpusning ustki kismida tugmalar va rolik joylashgan xolos. Shuningdek bu sichkoncha maxsus gilamchasiz xam ishlayveradi. Ushbu konstruktsiyada oddiy optik datchiklardan farkli xolda zaryadlangan alokali skanerdan foydalanildi. Ushbu skaner videokamera datchigiga uxshash va u sirtni uzgarishiga karab koordinatani aniklaydi. Sirtni yoritish funktsiyasini nur tarkatadigan diod bajaradi. Uzining universalligi va oddiy texnik xizmat kursatish bois optik sichkoncha ixtiyoriy tizim uchun kulay va foydalidir.

Sichkoncha va kompyuter orasidagi aloka maxsus drayver dasturi yordamida urnatiladi. Masalan Windows yoki OS/2 sistemasi uchun drayver shart emas. Lekin DOS dasturlari uchun u zarur. Drayver sichkonchadan kelayotgan elektr signallarni kursatkich xolati va joyi xakidagi axborotga aylantiradi.

Sichkoncha oddiy tuzilishga ega: sharik 2 ta valikka tegiladi. Birinchi valik x uki buyicha, 2- valik u uki buyicha aylanadi. Valiklarning uklariga teshikchali disklar urnatilgan. Ushbu teshikchalardan tegishli manbalardan infrakizil nurlar utadi. Disklar aylanganda nurlar uzilishi ruy beradi va tegishli fotodatchiklar shu urilishlarni kayd etadi. Xar bir nurlanish impulsi koordinatadan bir kadam utishni ifodalaydi. Ushbu optik- mexanik datchiklari kuprok tarkalgan.


Ushbu ma`ruza matnlari to`plami kasb-hunar kollejlari talabalariga EHM ishlari (o`quv amaliyoti) fani bo`yicha mashg`ulotlarni o`tish uchun tayyorlangan bo`lib, uning to`liq matni 85 sahifadan iborat. Qaolgan qismini olish uchun bizga murojaat qiling.

Qashqadaryo viloyati, Koson kompyuter texnologiya kasb-hunar kolleji maxsus fanlar o`qituvchisi – Mamatqulov Ulug`bek Boboqulovich.

Tel: +99875 313 23 22



Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish