O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 63,32 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi63,32 Kb.
#15759
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA

MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Harbiy dala jarrohligi fanidan



LOYIHA ASOSIDA O`QITISH TEXNOLOGIYASI

O`quv loyihasi: “Kombinasiyalashgan va qushma jaroxatlar

TOSHKENT – 2012

PEDAGOGIK ANNOTATSIYA

Fanning nomi: « Harbiy dala jarrohligi ».

Mavzuning nomi: “Kombinasiyalashgan va qushma jaroxatlar”

Ishtirokchilar: bakalavriat bosqichi “davolash fakulteti talabalari.

O`qitishning maqsadi: o`quv materiali bo`yicha bilimlarni chuqurlashtirish, maqsadida hozirgi zamon urushlarda haroratli shikastlari Aralashgan radiatsion va kimyoviy shikastlar, bosqichlarda davolash va ko’chirish , mohiyati, xususiyatlari va shakllari, kechishi, asoratlari tushunchalari bo`yicha bilimlarni shakllantirish.

Rejalashtirilayotgan o`quv natijalari: hozirgi zamon urushlarda haroratli shikastlar. Aralashgan radiatsion va kimyoviy shikastlar, bosqichlarda davolash va ko’chirish tushunchasining mohiyati va ma`nosini anglab yetadi; hozirgi zamon urushlarda haroratli shikastlar. Aralashgan radiatsion va kimyoviy shikastlar kelib chiqishi, patogenezi, klinik belgilarinirg o`ziga xos jihatlarni ajrata oladi; asoratlarining profilaktikasi. Loyihalashtirish faoliyati bo`yicha quyidagi amaliy ko`nikmalarga ega bo`ladi: muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash; vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish; o`z faoliyatini rejalashtirish; ma`lumot manbalarini aniqlash, tizimga keltirish va tahlil etish; natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli ko`rinishda taqdim etish.

Talabalar loyihani muvaffaqiyatli bajarishlari uchun bilishlari lozim bo`lgan tayanch bilim va ko`nikmalar quyidagilardan iborat:

Quyidagi tayanch bilimlarni bilishi kerak: Aralashgan radiatsion va kimyoviy shikastlar va uning sabablarini, kelib chiqishini, asosiy klinik belgilarini, undagi asoratlarni, tibbiy evakuatsiya bosqichlarini va davolash usullarini bilishi lozim.

Quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: tibbiy evakuatsiya bosqichlarining ketma – ketligini (harakat algoritmini), davolashda jarrohlik amaliyotining bosqichlarini bajarishda harakat algoritmini.

Turlanish belgilari bo`yicha loyihaga tavsif: turi ilmiy - tadqiqotga asoslangan; predmet va mazmun jihatdan ko`lami bir fan bo`yicha foydalaniluvchi monoloyiha; talabalar o`quv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri bevosita; ishtirokchilar soni guruh talabalari 4-5 ta ishchi guruhga bo`linib, har bir ishchi guruhda 2 tagacha ishtirokchi bo`lishi mumkin (talabalar ko`proq bo`lsa, loyiha yo`nalishlarini ko`paytirish mumkin); bajarish muddati klinik sikl mobaynida.

Loyihani bajarish tartibi: talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatlarida bajariladi, amaliy mashg`ulotda taqdim etib boriladi. Loyiha mahsuli sikl oxirida amalga oshiriladi.

Loyihaning baholanishi – ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi (guruhning har bir a`zosi uchun): talabalar tomonidan bajarilgan loyihaning alohida qismlari (maks. ball – 5); hisobot (maks. ball – 5); loyiha taqdimoti va himoya etish jarayoni (maks. ball – 10).

Loyiha asosida o`qitish bosqichlari.

Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish; auditoriyadagi mashg`ulot vaqtida talabalar faoliyatini tashkil etish.

Loyihani bajarish bosqichlari: auditoriyadan tashqari faoliyat davrida.

Yakuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg`ulotida talabalarning loyihalashtirish faoliyatini baholash.

Loyiha asosida o`qitishni boshqarish: auditoriyadan tashqari faoliyatda.

O`qitish modeliga qisqacha tavsifnoma.

Loyiha asosida o`qitish jarayonida quyidagilar qo`llaniladi:



o`qitish usullari: loyihalashtirish usuli, matn va axborot manbalari bilan ishlash, taqdimot;

o`qitish shakllari: ommaviy, alohida, guruhiy;

o`qitish vositalari: loyiha topshirig`i, uslubiy ko`rsatmalar, kompyuter texnologiyalari.

O`QUV LOYIHASI:

Kombinasiyalashgan va qushma jaroxatlar”



I. LOYIHA TOPSHIRIG`I

Aralashgan radiatsion va kimyoviy shikastlar ularni bosqichlarda davolash va ko’chirishni bilish kerak.



Loyiha doirasida yechilishi kerak bo`lgan muammo: Aralashgan radiatsion va kimyoviy shikastlar ularni tibbiy evakuatsiya bosqichlari va uning oldini olish.

O`quv loyiha mavzulari:

1. Aralashgan radiatsion va kimyoviy shikastlar kelib chiqish sabablari.

2. Aralashgan radiatsion va kimyoviy shikastlar va ularni tibbiy evakuatsiya bosqichlarini zamonaviy usullarini yaratish.

Loyihaning maqsadi (nima uchun yaratilayapti) Aralashgan radiatsion va kimyoviy shikastlar va ularni tibbiy evakuatsiya bosqichlarini zamonaviy usullarini yaratish.

Loyihani amalga oshirishdan erishiladigan natija (loyiha mahsuli) Aralashgan radiatsion va kimyoviy shikastlar va ularni tibbiy evakuatsiya bosqichlarini zamonaviy usullarini ishlab chiqish , taqdimot tayyorlash.

Loyihadan foydalanuvchilar: Oliy o`quv yurti talabalari uchun mo`ljallangan.

Loyiha tuzilishi va mazmuni:


  • Kirishda ma`lumotli axborotning mohiyati va vazifasi ochib beriladi.

  • Loyiha mavzusini yoritib beruvchi axborot va chora-tadbirlar.

  • Foydalanilgan manbalar ro`yxati.

Loyiha guruhi ishtirokchilarining vazifalari:

1. Axborot manbalarini aniqlash, uni yig`ish.

2. Axborotni tanlash va tuzilmaga keltirish.

3. Ma`lumotnomani rasmiylashtirish.

4. Loyiha faoliyati natijalari to`g`risida og`zaki axborot tayyorlash.

5. Hisobot tayyorlash.



II. TALABALAR UCHUN USLUBIY KO`RSATMALAR

  1. Loyihalashtirish faoliyatini bosqichma-bosqich

bajarish uchun ko`rsatma

1. Tayyorlov bosqichi.

1.1. Loyiha mavzusini tanlang, dolzarbligini asoslang va yechishingiz kerak bo`lgan muammoni shakllantiring.

1.2. Loyiha maqsadi, predmeti, ob`ekti va vazifalarini belgilang.

1.3. Loyihalashtirish faoliyati turlari va yechilishi lozim bo`lgan topshiriqlarni tayyorlang. Ularni yechish usul va vositalarini tanlang.

1.4. Loyiha mavzusiga doir axborot manbalari bilan tanishing (me`yoriy hujjatlar, o`quv adabiyotlari, moliyaviy hisobotlar va boshqalar).

2. O`quv faoliyatini rejalashtirish bosqichi.

2.1. Maqsadga erishish ketma-ketligini ishlab chiqing.

2.2. Ish rejasini tuzing (loyihani ishlab chiqish, rasmiylashtirish, uni taqdimotga tayyorlash,hisobotni tuzish bo`yicha topshiriqlarni ishtirokchilar o`rtasida taqsimlang, ularni bajarish va tayyor holatga keltirish muddatini belgilang).



Loyihani amalga oshirish rejasi

Ishtirokchilarning ismi va sharifi

Vazifalar

Ishning mazmuni

Tayyor mahsul turi

Bajarish muddati

Barcha ishtirokchilar

Olingan axborotni yig`ing

“Hozirgi zamon urushlarda haroratli shikastlari Aralashgan radiatsion va kimyoviy shikastlar, bosqichlarda davolash va ko’chirish ” mavzusi bo`yicha axborot to`plang, yig`ilgan axborotni matn, jadval, chizma hamda sharhlar ko`rinishida rasmiylashtiring. Nusxa ko`chiring, elektron variantini to`plang, skanerdan foydalaning

To`plangan ma`lumotlarni elektron variantda tayyorlash, loyihalashtirish vazifalari bo`yicha tizimlashtirish

**

*

*

Natijalarni ma`lumotli mate-riallar ko`rinishida rasmiylashtiring

Vazifalar bo`yicha taqdim etilgan ma`lumotlarni umumlashtiring

Ma`lumotli materiallar ko`rinishi (ishchi varianti)




*

Natijalarni standart talablarga ko`ra rasmiylashtiring

Ma`lumotli materiallar ko`rinishi (oxirgi varianti)

**

*










**

*

Hisobotni tayyor-lang

Hisobotga tayyorgarlik ko`ring (1-8 punkt)

Hisobot(ishchi varianti)

**

*

Loyiha ishi to`g`risida hisobotga tayyorgarlik bo`yicha yo`riqnomaga asosan hisobotni yakunlang

Hisobot(oxirgi varianti)

**

*

Loyihani taqdi-motga tayyorlang

Loyihaning elektron varianti yoki plakat maketini ishlab chiqing

Elektron varianti yoki plakat maketi

**

*




Taqdimotni tayyorlang

Taqdimot(oxirgi varianti)

**

Barcha ishtirokchilar

Og`zaki taqdimotga tayyorlaning

Og`zaki taqdimotga tayyorgarlik ko`rish.Taqdimotning mazmuni, qanday va kim tomonidan taqdim qilinishini aniqlang

Og`zaki taqdimot uchun takliflar

**







Guruh a`zolarini quyidagi savollar asosida og`zaki taqdimotga tayyorlang:







1.

Muammo, maqsad va vazifalari.










2.

Muammoni yechish natijalari (Ma`lumotli materiallar ko`rinishi).










3.

Muammolarni echishda o`z-o`zini baholashning samaradorligi va natijasi.










4.

Qiyinchiliklar va ularni yechish yo`llari.










5.

Takliflar, maslahatlar va yo`llanmalar

Taqdimot

**




Izoh:

* - har bir guruhdagi ishtirokchilar hamda mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda ishtirokchilarning F.I.Sh.lari belgilanadi;

** - bajarish muddatlari tanlangan loyiha yo`nalishi va guruhdagi vaziyatga bog`liq ravishda muayyan holatdan kelib chiqib belgilanadi.
3. Loyihani bajarish bosqichi.

3.1. Kerakli ma`lumotlarni to`plang, tizimga keltiring va tahlil qiling.

3.2. Tadqiqot natijalarini rasmiylashtiring (tayyor holatga keltiring).

3.3. Yo`riqnomaga muvofiq loyiha faoliyati to`g`risida hisobot tayyorlang.



4. Loyihani taqdimotga tayyorlash.

4.1. MS Power Point da taqdimotlarni tayyorlash bo`yicha qo`llanmadan foydalangan holda loyiha taqdimotini tayyorlang.



4.2. Loyihaning og`zaki taqdimotida guruh a`zolari o`rtasida vazifalarni aniqlang.

5. Ommaviy taqdimot, loyiha himoyasi va baholash.


  1. Loyiha ishi to`g`risida hisobotga tayyorgarlik bo`yicha yo`riqnoma

1. Siz taklif va tavsiya etayotgan loyihani tatbiq etishni isbotlovchi xulosalarni (1 betdan ko`p bo`lmagan matn asosida) ifodalang.

2. Siz hal etmoqchi bo`lgan muammoni (5-6 so`z bilan) asoslang.

3. Loyihangizning maqsadi: uning nima uchun yaratilishi, oxirgi mahsulni qanday bo`lishi va u kimga qaratilganligini (1-3 taklif orqali) ko`rsating.

4. Loyiha vazifalarini (qisqa va bir ma`noli) ifodalang.

5. Loyihaning ish rejasi (jadval) ni bayon eting.

6. Vazifa yechimining natijalari va loyihada bajarilgan ishlarni ko`rsating.

7. Siz taklif etgan loyiha mahsulini tatbiq etish imkonini tasdiqlovchi xulosalarni shakllantiring.

8. Bajarilgan ish bo`yicha foydalanilgan manbalar ro`yxatini tarkiblashtiring.

9. Baholang:

- loyiha sifatini;

- loyiha ustida ishlash jarayoni: ishning natijaviyligi, qiyinchiliklar va uni yengib o`tish yo`llari.

10. Ilovalarni tarkiblashtiring: loyiha ishtirokchilarining Anketalari va loyiha ishining ish materiallarini kiriting (xohishingizga ko`ra).
3. Loyihani MS Power Point da taqdimotga tayyorlash bo`yicha yo`riqnoma
1. MS Power Point da taqdimotga tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat:


  • taqdimot turini tanlash;

  • taqdimotni umumiy rasmiylashtirishni tanlash;

  • slaydlarning mazmunli tomonlarini tanlash;

  • yangi slaydlarni qo`shish;

  • slaydlarni belgilashni tanlash;

  • zarur bo`lganda slaydlarni rasmiylashtirishni o`zgartirish;

  • slaydlarni namoyish etish vaqtida turli ovozli animatsiyalarni yaratish.

2. Slaydlarni texnik namoyish etish quyidagi tavsiflarga javob berishi kerak:

  • Slaydlar miqdori (8-12).

  • Slaydlarning mazmunli ko`rsatkichlari:

- birinchi slayd: loyiha nomi, muallif familiyasi, o`quv guruhi raqami, yaratilgan kunidan iborat;

- oxirgi slayd axborot manbasiga bag`ishlangan;

- boshqa slaydlar loyiha mazmunini ixtiyoriy shaklda aks ettiradi.


  • Slaydlar o`z-o`zidan ishlash tartibida namoyish ettiriladi.

3. Taqdimotni rasmiylashtirish qoidasi:

  • Agar matn og`zaki bo`lsa, quyidagicha bo`lishi zarur:

- yuqori axborotli;

- bog`lovchili;

- aniq va qisqa;

- oddiy sintaktikli (...quyidagilarga e`tibor bering, quyida taqdim etilayotgan... ro`yxatlar kabi aylantiruvchi kirish so`zlari kamroq bo`lishi) - bularning barchasini ma`ruzachining o`zi so`zlashi mumkin. Oddiy tuzilgan gaplar o`rni bilan tanishtiradi va yozuvni kattaroq qilishga imkon beradi;

- (asosan termin va ta`riflarda) tushunarli, mantiqiy, aniq bo`lishi zarur. Ommaga taqdim etishdan oldin matnni tekshirishga erinmang.


  • Ovoz tiniq bo`lishi kerak. Taqdimotni ovozli qilish kerak emas, bunda sharhlovchining ovozini eshitib bo`lmaydi, eng yaxshisi ma`ruzachining jonli ovozi hisoblanadi.

  • Rasmlar aniq va yetarlicha kattaroq bo`lishi zarur. Rasmlar o`lchamini katta qilishga urinmang, faqatgina Siz sifatni yo`qotasiz.

  • Videotasmalar taqdimot oynasining uch qismini egallashi zarur. Rasmlar namoyishli bo`lishi kerak. Bezaklar chalg`itishi mumkin.

  • Jadvallarda ajratuvchi ma`lumotlar ani ko`rsatilishi, jadvallarning nomlanishi tagiga katta yozuvlarda berilishi zarur. Jadvallarni haddan ziyod ko`p ma`lumotlar bilan to`ldirish kerak emas! Jadvalga qancha ko`p ma`lumot kiritilsa, ularni ekrandan qabul qilish qiyin bo`ladi. Taqdimot boshlashdan avval auditoriyada o`tirganlarga jadval va rasm nusxalaridan tarqatish zarur.

  • Chizmalar bir bo`limdan boshqa bo`limga aniq va mantiqiy ravishda o`tishga moslashtirilishi kerak. O`tish chiziqlari ekranda yaxshi ko`rinishini tekshiring.



4. Og`zaki taqdimotga tayyorlanishda rioya etiladigan qoida

Og`zaki taqdimot qoidalari

Taqdimot nimadan iborat bo`lishi lozim?

- loyiha muammosi, maqsadi va vazifalari tushunchasini namoyish etish; ishni rejalashtirish va amalga oshira olishni bilish;

- yechimlarni izlash jarayoni tahlili;

- topilgan yechim;

- muammoni muvaffaqiyatli va foydali hal etishni mustaqil tahlil qilish natijalari.

Shu jumladan:

Tartibga rioya qilish: guruh chiqishining umumiy davomiyligi – 7-10 daqiqadan kam va 15 daqiqadan ko`p bo`lmasligi lozim.

Guruh a`zolari chiqishlarining navbatma-navbatligiga rioya qilish va ularning harakatini kelishtirish

Barcha jadvalli axborotlarga sharhlar.

Taqdimotda nima bo`lmasligi lozim?

Loyiha ishining to`liq yoritilishi va loyiha mahsulotining mazmunini gapirib berish.

Ishtirokchilarning chiqishlaridagi qarama-qarshiliklar.

Noto`g`ri, tushunarsiz, noaniq ifodalar.



Muvaffaqiyatli taqdimot sirlari:

• Doimo ishonch bilan so`zlang.

• Aniq va o`z o`rnida gapiring.

• Intonatsiya (ifoda) ning muhim lahzalarini ajratib ko`rsatgan holda fikringizni tugallangan iboralar bilan bayon eting.

• Bir xil va sekin gapirmang, lekin haddan tashqari baland gapirish noto`g`ri.

• Muloyim va e`tiborli bo`ling, keskinlikni namoyon etmang, bag`rikeng (tolerant) bo`ling.

• Doimo tabassum bilan boshlang va yakunlang, lekin me`yorni saqlang.

• «Bo`lishi mumkin», «Kim biladi?», «…ehtimol» va h.k. kabi ifodalarni qo`llamang. Bunday ifodalar sizning nutqingizni noaniq qilib qo`yadi, Siz qat`iylikni yo`qotishingiz mumkin.

• Yuzma-yuz aloqani saqlang - tinglovchilarga qarashga harakat qiling (har bir ishtirokchiga 3 soniyadan).

• Oyoqlaringizni chalishtirmang, qo`llaringizni orqangizda ushlamang, stolga, minbarga tayanmang, imo-ishorani kamaytiring, ruchkani, markerni o`ynamang, yelpig`ich va varaq bilan yelpinmang va h.k.

• Javob va takliflarga har gal minnatdorchilik bildiring!


5.Baholash mezoni va ko`rsatkichlari

Guruhli loyihada quyidagilar baholanadi:



  • har bir talabalar tomonidan bajarilgan loyihaning alohida (mavzular bo`yicha) qismlari (eng yuqori 15 ball);

  • hisobot (eng yuqori 8 ball);

  • MS Power Point loyiha taqdimoti (eng yuqori 7 ball);

  • Og`zaki taqdimot va loyiha himoyasi (eng yuqori 5 ball).

5.1. Bajarilgan loyiha bo`yicha mahsulotni baholash




Baholash mezoni

Baholash ko`rsatkichlari

1.

Loyiha mazmunini belgilangan maqsadga muvofiqligi

Belgilangan maqsadga loyiha mazmuni mos kelsa, maks. 3 ball

2.

Loyiha: mavzuga oid bo`lgan yetarli miqdorda, sifatli axborotdan iborat

Erishilgan natijalar maqsadga muvofiq kelsa, maks. 5,0 ball:

- yangi;


- loyiha vazifasini to`liq aks ettiradi;

- keng manbalarga asoslangan



3.

Axborotning rasmiylashtirilishi

Agar axborot talab darajasiga muvofiq kelsa: sarlavha, matn tarkiblashtirilgan bo`lsa, 0,5 ball




Namoyish etuvchi material (jadval va chizmalarda) bo`lsa, maks.0,5 ball:

- ma`lumot mazmunini to`li? aks ettiradi;



-standart talablariga muvofi? rasmiylashtirilgan

5.2. Bajarilgan loyiha bo`yicha hisobotni baholash




Baholash mezoni

Baholash ko`rsatkichlari

1

2

3

1.

Hisobotni tayyorlash bo`yicha yo`riqnomaga rasmiy ravishda rioya etilishi

Hisobot tuzilmasi yo`riqnomaga muvofiq bo`lsa, maks. 0,5 ball

2.

Tanlangan mavzu asoslanganligi va dolzarbligi

Tanlangan mavzu dolzarbligi daliliy isbotlangan bo`lsa, maks. 0,5 ball

3.

Yechimi hal etilayotgan muammoni asoslanganligi

Muammo daliliy asoslangan bo`lsa, maks.0,5 ball

4.

Vazifa va loyiha ishtirokchilari faoliyat turlarining bayon etilishi

Vazifa va loyiha ishtirokchilari faoliyat turlari aniq belgilangan bo`lsa, maks. 0.3 ball

5.

Loyiha vazifalarining belgilanishi

Loyiha vazifalari aniq belgilangan bo`lsa, 0,5 ball

6.

Loyihaning ish rejasini ishlab chiqish

Ish reja ishlab chiqilgan yondashuvlarga muvofiq tuzilgan bo`lsa, 1,0 ball

7.

Vazifalar bo`yicha loyihaning ish natijalarini keltirish

Vazifalar bo`yicha loyiha ish natijalari ishtirokchilarni ko`rsatish bilan, ani? va ravshan keltirilgan bo`lsa, maks. 1,0 ball

8.

Xulosalarni ifodalash

Xulosada taklif va tavsiya etilayotgan loyihani tatbiq etish muhimligini isbotlash bayon etilgan bo`lsa, maks. 1,5 ball

9.

Foydalanilgan manbalar ro`yxatini tarkiblashtirish

Foydalanilgan manbalar ro`yxati bajarilgan vazifalar bo`yicha tarkiblashtirilgan va standart talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan bo`lsa, 0,2 ball

10.

Loyiha faoliyatini o`zi baholashi

Tanqidiy baho:

- mahsul sifati,

-loyiha ustida ishlash: har bir ishtirokchi ishining natijaviyligi, qiyinchilik va uni yengish berilgan bo`lsa, 1,0 ball


11.

Ilovalarning borligi

Ilovalarda loyiha ishtirokchilarining anketalari va loyiha ishining ish materiallari bo`lsa, 1,0 ball

5.3. Loyihani MS Power Point da bajarilgan taqdimotini baholash






Baholash mezoni

Baholash ko`rsatkichlari

1.

Loyiha taqdimoti bo`yicha yo`riqnomaga rasmiy rioya etish

Yo`riqnoma izchilligi bo`lsa, maks. 2,5 ball

2.

Slaydlarni texnik namoyish etish yo`riqnomasiga rioya etish

Taqdimot tayyorlashda yo`riqnomaga rioya etilgan bo`lsa, 1,0 ball

3.

Taqdimotni rasmiylashtirish qoidasiga rioya etish

Taqdimotni rasmiylashtirish qoidasiga rioya etilgan bo`lsa, 1,5 ball

5.4. Bajarilgan loyihaning og`zaki taqdimoti va bajarilgan loyiha himoyasini baholash




Baholash mezoni

Baholash ko`rsatkichlari

1.

Og`zaki taqdimot qoidasiga rasmiy rioya etish

Loyiha ishtirokchilarini tanishtirish bilan boshlanishi;

so`zga chiquvchilarni belgilangan vaqtga rioya etishlari (7 – 15 min.);

taqdimot vaqtida boadabsizlik holatlariga yo`l qo`yilmasliklari, maks. 0,2 ball


2.


Loyiha himoyasi

Taqdimotda barcha guruh a`zolari ishtirok etgan bo`lsa, maks. 1 ball

Javoblar asoslangan, mukammal, aniq bo`lsa, maks. 0,8 ball

5.5. Loyihadagi yutuqlarni o`zi baholashi uchun anketa

F.I.Sh.__________________________________________________________

O`quv guruhi_____________________________________________________

1.Quyidagi baholash mezonlaridan foydalanib, o`zingizning loyihadagi yutuqlaringizni baholang: 2 ball – to`liq egallaganman; 1 ball – qisman egallaganman; 0 ball – bilmayman.



Bilimlar, malakalar, ko`nikmalar, qobiliyatlar

Loyihaning boshlanishi

Loyihaning tugallanishi

1

2

3

1. Loyihalashtirishning umumlashtirilgan algoritmini bajarish qobiliyati:

- g`oyani ilgari surish,







- muammoni ajratib ko`rsatish,







- maqsadlarni belgilash va ularni hal qilish vazifalarini ifodalash;







- vazifalarni hal etishning optimal usullari va vositalarini asoslab tanlashning amalga oshirilishi;







- loyiha topshirig`ini ishlab chiqish;







- birgalikdagi ishni rejalashtirish va loyihadagi vazifalarni taqsimlash;







- natijalarni rasmiylashtirish; faoliyat natijalarining ijtimoiy taqdimotini o`tkazish (ma`ruza shaklidagi og`zaki va texnik hamda dasturiy vositalardan foydalanib ko`rgazmali);







- bajarilgan ish haqidagi yozma hisobotni tayyorlash;







- o`zini o`zi baholash va refleksiyani amalga oshirish.







1

2

3

2. Hamkorlik qilish qobiliyati:

- jamoada samarali o`zaro bahamjihat harakatni amalga oshirish;







- nizolarni kuch ishlatmasdan tartibga solish;







-kompromiss ilash va konsensusga erishish.







3. Og`zaki muloqot qilishga tayyorlik qobiliyati

- og`zaki dialog va polilog yuritish;







- tanqidiy muhokama yuritish: boshqalar fikrini tinglash va e`tiborga olish; o`z fikrini bildirish va uni dalillab, himoya qilish.







4.Zamonaviy texnika vositalarini egallaganlik:

kompyuterni;







faksni;







printerni;







modemni;







kseroksni.







5. Axborot va kommunikatsiyaning zamonaviy texnika vositalarini egallaganlik:

- elektron pochtani,







Internetni.







6. Axborotlarni izlash, ular bilan ishlash, qabul qilish, joriy etish, o`zgartirish, saqlash, etkazish va taqdim qilishning texnik va dasturiy vositalarini egallaganlik.

7.Axborot bilan ishlash:

- axborotlarni kataloglar bo`yicha topish,

- axborotlarni kontekstiga qarab izlash, gipermatnni va Internetda izlash;







- axborotlarni tuzilmalash, asosiysini ajratish.







- axborotlarni grafik shaklda taqdim etish.







7. Quyidagilarga tayyorlik qobiliyati:

- o`z qarorlarini qabul qilish va o`z zimmasiga mas`uliyat olish;







- turli ijtimoiy rollar: etakchi, ijrochi va boshqalar rollarini bajarish;







tashabbusni o`z qo`liga olish;







- o`zini o`zi intizomga solib turish;







- o`z kuchlariga ishonish.







2.O`zingizning loyihadagi faoliyatingiz natijalarini baholang va tahlil qiling:

1. Sizga loyiha topshirig`ini muvaffaqiyatli bajarishga nima yordam berdi (keraklisining tagiga chizing, qo`shimcha qiling): bilimlar, malakalar, qobiliyatlar, boshqalar yordami, o`qituvchining maslahatli yordami,_________________________ _____________________________________________________________________

2. Sizning aybingizga ko`ra nima bajarilmay qoldi?__________________________________________ Buning sabablari (keraklisining tagiga chizing, qo`shimcha qiling): tushunmaslik, qila bilmaslik, axborot kamligi,_______________________________________________________________ ______________________________________________________________________

3. Siz nimani ob`ektiv sababga ko`ra bajara olmadingiz, u nimadan iborat edi va kelgusida mag`lubiyatlarni qanday qilib bartaraf qilish mumkin? ______________________________________________________________________

4. Agar hammasi muvaffaqiyatli yakunlangan bo`lsa, buning garovi nimada edi?___________________________________________________________________ ______________________________________________________________________



5.6.O`quv loyihaviy faoliyatni reyting baholash

jadvali

talaba________________________________________guruh_________



Baholash mezonlari

Baholash ko`rsatkichlari

mazmunli faollik (maks. ball__)

vaqtida bajaril-ganlik (maks. ball__)

ishning unumli-ligi(maks. ball__)

baho (ball)

O`z-o`zini baholash

Guruhlar

O`qituvchi

Loyihaning maqsadi va vazifalarini ifodalash, uni bajarish usullari va vositalarini aniqlash



















Ishni rejalashtirish




-

-










Alohida (individual) vazifani bajarish



















Mahsulotni rasmiylashtirish

-

-














Hisobot tayyorlash

-

-














Taqdimot tayyorlash

-

-














Taqdimot va himoya




-

-










Jami--ball










Yakuniy---- ball Reyting baholash -




III. TA`LIMNING TEXNOLOGIK XARITASI

Ta`lim shakli. Ish bosqichi

Faoliyat




o`qituvchi

talaba

Auditoriya ishi: tayyorgarlik bosqichi










1.O`quv mashg`ulotiga kirish

1. Mashg`ulot mavzusi va maqsadi hamda talabalarga oldindan kutiladigan natijalarni aytadi. o`quv mashg`ulotining ish tartibi va xususiyatlari, o`quv natijalarini baholash ko`rsatkichlari va mezonlari bilan tanishtiradi

2. Asosiy bosqich



2.1. Loyiha faoliyati mazmuni va shaxs ma`naviyatini shakllantirish mezonlari bilan tanishtiradi. Talabalarning loyiha mavzusi bo`yicha bilimlarini dolzarblashtiradi: va blits-so`rov o`tkazadi (1-ilova).

Guruhlarga birlashishadi. Savollarga javob berishadi;

2.2. Loyiha mavzularini taklif qiladi, (3-ilova) loyihalar mazmuni haqida hikoya qiladi, muammo turlarini aniqlab, muammo osti muammolarni aniqlashga yordam beradi, ishlar turlarini aytadi, ularning natijalarini ma`lum qiladi.

Mavzuni tanlash haqida umumiy qarorni muhokama etishadi va qabul qilishadi. Muammo va loyiha mavzusi bilan tanishadi.

2.3. Guruhlarga birlashish va loyiha mavzusini tanlashni taklif qiladi

Loyiha maqsadi va uning vazifalarini ifodalashadi.

2.4.“Muammoli vaziyat” uslubidan foydalanilgan holda suhbat orqali muammoni o`rtaga qo`yadi: muammoli vaziyatni bayon qiladi va talabalarni ziddiyatlarni aniqlash hamda ularni hal qilish zarurligini bilishga, muammoni va loyiha mavzusini ifodalashga undaydigan savollar beradi (2-ilova).

Savollarga javob beradilar. Muammo bilan yaqindan tani-shadi. ziddiyatni aniqlashadi, ularni hal qilish zarurligini bilishadi.

2.5.Talabalarning loyiha maqsadi va uning vazifalarini ifodalashi bo`yicha munozara uyushtiradi.Uning kutiladigan natijasi – mahsulot va uning taxminiy foydalanuvchilarini ifodalaydi.

Loyiha natijasi – mahsulot va uning taxminiy foydalanuvchilarini belgilashadi, tanishadilar

2.6.Loyiha topshirig`ini qo`yadi. Topshiriqlar bilan tanishtiradi, muammolarning yechimini topishga yordam beradi. Axborot manbalari, uni yig`ish va tahlil etish usullarini tavsiya qiladi. Loyiha faoliyati natijalari va umuman jarayonni baholash rusumlari va mezonlari bilan tanishtiradi (4-ilova)

Loyiha topshirig`i bilan tanishishadi.

Savollar berishadi.

Baholash mezonlari bilan tanishadi





2.7.Talabalarning loyiha ustida ishlash shaklini tanlashini tashkil qiladi. Loyiha guruhlari shakllantirishini uyushtiradi.

Loyiha ustida ishlash shaklini tanlashadi.Guruhlarga birlashishadi

2.8. Guruh ishi uchun topshiriq beradi, guruhda ishlash qoidalarini eslatadi:

- loyihadagi vazifalar va faoliyat turlarini ajratish, ularni qatnashchilar o`rtasida taqsimlash (guruhli loyihada);

- loyiha faoliyati algoritmini ishlab chiqish;

- loyiha vazifalarini bajarish, uning natijalarini ifodalash va taqdimot usullari va vositalarini tanlash;

- ishchi rejasini tuzish


Loyiha faoliyatini loyihalashtirish va rejalashtirish bo`yicha guruhlardagi ishni tashkil etishadi: loyihani bajarish yo`nalishlari va bosqichlarini belgilashadi, guruh a`zolari o`rtasidagi funktsiyalarni taqsimlashadi, hamkorlik shakllarini belgilashadi, loyiha vazifalarini bajarish, uning natijalarini ifodalash va taqdimot usullari va vositalarini tanlashadi. Loyiha ishlarining ishchi rejasini vazifalar, ular-ni bajarish muddatlari, tayyor mahsulot turini va mas`ullarni ko`rsatib tuzishadi

3. Yakunlovchi-baholash bosqichi

3.1. Loyiha topshirig`i ustidagi ishning asosiy natijalarini belgilash va loyiha faoliyatini rejalashtirish bo`yicha xulosa chiqaradi.Talabalar e`tiborini loyiha ishlari mazmuniga va loyihaning ijro bosqichida ularni bajarish grafigiga qaratadi. Savollarga javob beradi. Talabalarni loyiha bilan ishlashga yo`riqnoma beradi. Har bir guruh loyihani amalga oshirish jarayonida muammo turini aniqlab, uning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va guruh tomonidan ishlab chiqilgan dastur tuzishadi (5,6-ilova)

Savollar berishadi

Auditoriyadan tashqari ish: ijro bosqichi

1.Loyihaning bajarilishi.
2.Natijalarning ifodalanishi.
3.Hisobot tuzilishi.
4.Taqdimot tayyorlanishi


Maslahat beradi, guruhlar ishini muvofiqlashtiradi, ular faoliyatini rag`batlantiradi, kuzatadi, axborot manbalarini izlashda yordam beradi, o`zi axborot manbai bo`ladi, loyiha ishlari monitoringi va nazoratini amalga oshiradi

Individual vazifalarga binoan ishlarni bajarishadi. Faol va mustaqil ishlashadi, har kim o`z vazifasiga muvofiq va birgalikda:

- turli manbalardan axborot yig`ishadi, tahlil etishadi va umumlashtirishadi;

- tadqiqotlar o`tkazishadi, hisob-kitoblarni bajarishadi;

-zaruratga qarab maslahatlashishadi;

- oraliq natijalarni muhokama qilishadi;

Barcha olingan natijalarning umumiy yig`ilishi va muhokamasini o`tkazishadi.

Loyiha mahsulotini ifodalashadi.

Hisobot tuzishadi.

Loyihadagi yutuqlarning o`zini-o`zi baholash anketalarini to`ldirishadi.

Loyiha ishi natijalari taqdimotini rasmiylashtirishadi



Auditoriya ishi: yakunlovchi bosqich

1.O`quv mashg`ulotiga kirish

1. Loyihalar taqdimotiga ko`rsatma beradi: guruhlarning bajarilgan loyihalarni taqdim etishi reglamenti va izchilligini belgilaydi. Baholash mezonlari va ko`rsatkichlarini eslatadi. O`zaro baholash jadvallarini tarqatadi

2.Asosiy bosqich

2.1.Guruhlar taqdimot boshlanishini e`lon qiladi: har bir guruh taqdimoti yakunida taqdimot mazmuni bo`yicha va har bir ishtirokchiga aniq maqsadga qaratilgan savollar beradi

Guruhlar o`z ishi natijalari haqida ma`ruza qiladi va ularni belgilangan shaklda taqdim etadi.Savollarga javob berishadi

2.2.Talabalarning javoblarini

umumlashtirib, guruhlarning loyiha taqdimoti muhokamasi va o`zaro baholashini uyushtiradi




Jamoa bo`lib muhokama qilish orqali: taqdimot, olingan mahsulot, loyiha faoliyati natijalarini baholashadi


2.3. Talabalar bilan birga loyiha ustidagi ish jarayoni va yakunlarini muhokama qiladi, notiqlarni rag`batlantiradi, o`z mulohazalarini nazokat bilan bildiradi, agar zarur bo`lsa, ayrim talabalarning yutuqlari va xatolari haqida o`z fikrini individual bildiradi

3.

3.1.Loyiha faoliyatining asosiy natijalarini aniqlash bo'yicha xulosa chiqaradi. Bajarilgan ishning bo'lg`usi professional faoliyat uchun muhimligiga e'tiborni qaratadi.

3.2. Guruhlar faoliyati, loyiha topshirig`i ustidagi individual ish natijalariga baho beradi.



Natijalar, jarayon, o'zining undagi ishtirokini boshqalar baholarini hisobga olib o'zi baholaydi

Guruhlar taqdimoti bo'yicha o'zini qiziqtirgan savollarni beradi.



3.3. O'zaro baholashga yakun yasaydi. Loyiha va loyihaviy ta'lim maqsadiga erishish darajasini tahlil etadi va baholaydi. Savollarga javob beradi. Loyihadagi yutuqlarni o'zi baholashi uchun talabalarga anketa-so'rovlarini tarqatadi. Loyihalarning jamiyat taraqqiyotidagi amaliy ahamiyati haqida atroflicha to'xtalib o'tadi

Anketa savollariga javob beradi

1-Ilova

Blits-so`rov savollari



Savol

Javob

1.

Aralashgan radiatsion shikastlar nima?

Nur shikastlanishi va boshqa shikastlanishlar kombinatsiyasi hozirda aralash radiatsion shikastlanish deyiladi.


2.

Kimyoviy shikastlar nima?

Kimyoviy moddalar ta’sirida organizmdagi shikastlanishlarga aytiladi.

3.

Aralashgan radiatsion shikastlarni tibbiy evakuatsiya bosqichi nima?

Aralashgan radiatsion shikastlarni tibbiy evakuatsiyasi 4 bosqichda olib boriladi: birinchi tibbiy yordam, vrachgacha bo’lgan, vrachlik va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bosqichlaridan iborat.

4.

Kimyoviy shikastlarni davolash usullarini tanlashning ahamiyati nima ?

Jarrohlik ishlovini berish, aseptik bog’lam quyish, jarohat chuqur bo’lmasa levamikol malhamini sirtga surish, agar jarohat chuqur bo’lsa jarrohlik amaliyotidan foydalaniladi.

2-Ilova


Muammoli vaziyat jadvalini yo`naltiruvchi uslubiy tavsiyalar asosida yechish

“Muammoli vaziyat turi”

“Muammoli vaziyat” sababalari

Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari










“Muammoli vaziyat” uslubining ekspert qog`ozi


1. Xar bir guruhga alohida ekspert qog`ozini tarqatadi.

2. Muammoning vaziyatini taxlil qiladi

3. Aniq muammoli vaziyatni shakllantiradi

4. Muammoni kelib chiqish sabablarini ko'rsatadi

5. Vaziyatdan chiqib ketish xarakatlarini shakllantiradi

6. Fikrlarni umumlashtirib jadvalni to'ldiradi


3-Ilova


O`quv loyiha mavzulari

1. Aralashgan radiatsion va kimyoviy shikastlar kelib chiqish sabablari.

2. Aralashgan radiatsion va kimyoviy shikastlar va ularni tibbiy evakuatsiya bosqichlarini zamonaviy usullarini yaratish.


4-Ilova


Baholash mezoni va ko`rsatkichlari



Guruhli loyihada quyidagilar baholanadi

ballar

1.

Har bir talabalar tomonidan bajarilgan loyihaning alohida (mavzular bo`yicha) qismlari

Eng yuqori 15 ball

2.

Hisobot

Eng yuqori 8 ball

3.

MS Power Point loyiha taqdimoti

Eng yuqori 7 ball

4.

Og`zaki taqdimot va loyiha himoyasi

Eng yuqori 5 ball

Download 63,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish