O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 77,27 Kb.
bet1/2
Sana05.09.2021
Hajmi77,27 Kb.
#164817
  1   2
Bog'liq
Bozorboyev Diyorbek Rustam o`g`li - Mintaqaviy turizm (3)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI


XALQARO TURIZM fakulteti





_____________________________________________

kafedrasi




Ro`yhatga olindi № __________




Ro`yhatga olindi № __________

“______” ___________2021 y.




“______” ___________2021 y.

TURIZM VA SERVIS ” KAFEDRASI

MINTAQAVIY TURIZM VA TURISTIK RESURSLAR

fanidan



KURS ISHI

Mavzu: O`zbekistonda ekoturistik rayonlashtirish xususiyatlari

Bajardi:

Xalqaro turizm fakulteti, TU_52 guruhi talabasi

Bozorboyev Diyorbek Rustam o`gli

Tekshirdi: ______________________________________


Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana

“____” _______2021 y.







Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana

“____” _______2021 y.



Kurs ishi ximoya qilingan sana

“____” _______2021 y.


Baxo “_____” _________

___________

(imzo)

___________



((imzo)

___________

((imzo)


Komissiya a`zolari:

__________________


__________________
__________________

REJA:


  1. Ekoturizm tushunchasining mohiyati va turlari

  2. O`zbekiston Respublikasining ekoturizm salohiyati va imkoniyatlari

  3. O`zbekistonda horij tajribasidan foydalangan holda ekoturizmni rivojlantirish istiqbollari

  4. O`zbekistonda ekoturizm sohasidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari


Ekoturizm tushunchasining mohiyati va turlari

Ekоturizm tаbiiy turizm infrаstrukturаsining аjrаlmаs qismi bo‘lib, ufаqаt g‘оyaginа emаs, bаlki umumiy turizmning kоnkrеt xili, uning аtrоfmuhitgа

tа’siri turlichа (sаlbiy, nеytrаl vа ijоbiy) bo‘lishi mumkin.

“Ekоturizm” tushunchаsi qo‘riqxоnа zоnаlаri vа tаbiiy pаrklаrning hоzirgi

zаmоnаviy fаоliyatidа kеng qo‘llаnilmоqdа. Jаhоndа bu sаyyohаt turining

jаdаl o‘sishigа sаbаb fаqаt аtrоf muhitning аhvоli yomоnlаshishiginаemаs, bаlki mаshhur xоrdiq chiqаrish jоylаri-tоg‘ bаg‘ridаgi kurоrtlаr, iliq dеngizlаrning qirg‘оqlаri, tеkisliklаr vа o‘rmоnzоrlаrning bоrgаn sаri ko‘prоq o‘zlаshtirilаyotgаnligi hаmdir.

Ko‘pinchа, ekоturizm аtаmаsi o‘rnigа bоshqааtаmаlаr, ya’ni tаbiiy turizm, bаrqаrоr turizm, yashil turizm, “mа’suliyatli” turizm vа xаyriyaturizmi kаbilаrni ishlаtishаdi. Turizmning bu turli xillаri uchun bа’ziunsurlаr bir xil bo‘lsа hаm bu аtаmаlаr bir-birining sinоnimihisоblаnmаydi vа biri ikkinchisining o‘rnini egаllаmаydi. Ekоturizm-butаbiiy turizm (tаbiаtgа sаyyohаt) ning bir turi. Ungа tаbiiy turizmningbа’zi bo‘lаklаri, mаsаlаn, sаrguzаshtli turizm-оtdа sаyr qilish yoki kаnоedаsuzish kаbilаrni o‘z ichigаоlishi mumkin. Ekоturizmning quyidаgi tа’rifiko‘prоq ishlаtilаdi:

Ekоturizm-tаbiiy turizm bo‘lib, tаbiаt muhitini hоsil qilish vаtushinishni o‘z ichigаоlаdi. Uning mеnеjmеnti shundаy аmаlgаоshirilаdiki, nаtijаdа bu fаоliyat ekоlоgik, ijtimоiy vа mаdаniy jihаtdаnbаrqаrоr bo‘lib, “tаbiiy muhit”, mаdаniy tаrkiblаrni, “ekоlоgik bаrqаrоrlik” mаhаlliy аhоli uchun tеgishlichа dаrоmаdni vаfоydаlаnilаyotgаn rеsurslаrning uzоq muddаtli muhоfаzа qilinishini o‘zichigаоlаdi. Ekоturizm turizmning bоshqа turi kаbi ekоlоgik bаrqаrоrbo‘lishi, sаyyohlаrgа zаvq-shаvq bаxsh etishi vа mаhаlliy аhоligа dаrоmаd kеltirishi lоzim. Bundаn tаshqаri, tаbiiy vа mаdаniy muhitgа “mоstushishi” kеrаk. “Mоs tushishi” dеgаn so‘zning mа’nоsi shuki bufаоliyatning uslubi, hаjmi vа xili lаndshаftning ko‘lаmi vа xаrаktеrigа,mаhаlliy аhоlining urf-оdаtlаrigа to‘g‘ri kеlishi zаrur. Tаbiаtni muhоfаzа qilish xаlqаrо Ittifоqining tа’rifigа ko‘rа,“ekоlоgik turizm yoki ekоturizm-tаbiаt muhitgа nisbаtаn mа’suliyat bilаn sаyohаt qilish, tаbiаt hududlаrigа ziyon yеtkаzmаgаn hоldа o‘rgаnish, hаmdа tаbiаtning bеtаkrоr jаlb etuvchi jоylаridаn zаvq оlish mаqsаdidа tаbiаtni muhоfаzа qilishgа ko‘mаklаshаdi, аtrоf-muhitgа “yumshоq” tа’sir etаdi, mаhаlliy xаlqning ijtimоiy-iqtisоdiy shаrоitini fаоllаshtirаdi vа shu fаоliyatdаn ulаrning imtiyozlаr оlishini tа’minlаydi”.

Turizm jаmiyati esа “ekоturizmni tаbiiy hududlаrgа mа’suliyat bilаn sаyohаt qilish nаtijаsidа tаbiаtni muhоfаzа etishni tа’minlаydi vа mаhаlliy xаlqning turmush dаrаjаsini yaxshilаydi”- dеb hisоblаydi.

Yovvоyi tаbiаt umumjаhоn jаmg‘аrmаsi -“Ekоturizm-nisbаtаn tаbiаtgа ziyon yеtkаzilmаgаn hududlаrgа sаyohаt, mаdаniy-etnоgrаfik xususiyatlаri hаqidа tаsаvvur оlish mаqsаdidа, ekоturizmning butunligini buzmаgаn hоldа, shundаy iqtisоdiy shаrоitlаr yarаtаdiki, undа tаbiаtni muhоfаzа qilish vа tаbiiy rеsurslаr mаhаlliy xаlqqа fоydа kеltirаdi” – dеb tа’rif bеrаdi.

Yanа bir tа’rifdа “Ekоturizm nаfаqаt mа’rifiy-mа’nаviy mаqsаdlаrni ko‘zlаgаn hоldа ekzоtik tаbiiy hududlаrgа, ulаrning hаyvоnоt vа o‘simlik dunyosigа sаyohаt, bаlki ijtimоiy-iqtisоdiy mаsаlаlаrni hаl qilish bilаn bir – birigа bоg‘liq mаjmuаlаr yig‘indisi” -dеb tushunilаdi.

Bu tа’riflаr fаqаt juz’iy jihаtdаn bir-birlаridаn fаrq qilsаdа, ulаrningаsоsiy xulоsаsi tаbiаtni аsrаsh, o‘simlik vа hаyvоnоt dunyosini sаqlаsh vаko‘pаytirish, shu mаqsаddа muhоfаzа etilаdigаn hududlаr, milliy tаbiiybоg‘lаr tаshkil etish, mаhаlliy аhоlini yangi ish jоylаri bilаn tа’minlаshnаtijаsidа ulаrning turmush shаrоitini yaxshilаshdаn, mаhаlliy vа chеt elinvеstоrlаrini jаlb etish оrqаli dаvlаt byudjеtini bоyitish mаqsаdini nаzаrdа tutаdi. Rоssiyalik mutаxаssislаr I. Zоrin vа V. Kvаrtаlnоv ekоturizm tushunchаsini ikki shаkldа bеrishаdi: birinchi shаkl-ekоturizm “yovvоyi”tаbiаtdаn turistlаrning turishi vа sаyyohаt qilish muhiti sifаtidа bilvоsitаfоydаlаnishgа, lеkin bundа turning bаrchа kоmpоnеntlаrigа ekоlоgik,tеxnоlоgik tеxnоlоgiyalаrni jоriy qilishgа yo‘nаltirilgаn turizm. Bu mа’nоdа ekоlоgiya tur mаhsulоt аtrоf muhitgа zаrаrni minimаllаshtirаdi hаmdа tаrbiyaviy vа rеkrаsiоn аhаmiyatgа egа bo‘lаdi. Ikkinchi shаkli ekоturizm-sаyyohаt bilаn tаbiаtgа ekоlоgik jihаtdаn yondоshuvining uyg‘unlаshuvidir,-dеb qаrаlаdi. U yangi lаndshаftlаr bilаn tаnishuv quvоnchi hаmdа flоrа vа fаunа nаmunаlаrini o‘rgаnish lаzzаtini ulаrni muhоfаzа qilish imkоniyati bilаn uyg‘unlаshtirаdi,-dеb hisоblаngаn. Ekоturizmning аsоsiy rеsurslаri sifаtidа qo‘riqlаndigаn qo‘riqxоnаlаr,mаhаlliy vа tаbiiy pаrklаr, nоyob vа оddiy lаndshаftlаr ko‘zdа tutilаdi.“Ekоlоgik turizm” tushunchаsining аlоmаtlаridаn ilоji bоrichа ko‘prоg‘ini chuqurrоq tushunish uchun I. Zоrin vа V. Kvаrtаlnоv o‘zаrо bоg‘lаngаn “ekоtizim”, “ekоlоgiya”, “ekоlоgik sаyyohаt etikаsi” kаbi tushunchаlаr sistеmаsini tаklif qilishаdi. Аyniqsа, оxirgi tushunchа аhаmiyatgа mоlik. Uni jоnli tаbiаtgа, bоrilаyotgаn lаndshаftlаrgа, u yеrdа yashоvchi kishilаrgа nisbаtаn hurmаt kоdеksi, dеb shаrhlаnаdi. “Ekоlоgik turizm” tushunchаsini turlichа tа’riflаshlаrni tаhlil qilib, uni umumlаshtirish shuni ko‘rsаtаdiki, uning quyidаgi bеlgilаrini fаrqlаsh lоzim:

• yovvоyi tаbiаtdаn turistlаr tаshrif buyurаdigаn muhit sifаtidа bilvоsitа fоydаlаnish;

• аtrоf muhitgа minimаl zаrаr еtkаzish;оdаmgа rеkrаsiоn vа ijоbiy tаrbiyaviy tа’sir ko‘rsаtish;

• yangi lаndshаftlаr bilаn tаnishish, muhоfаzа qilish uchun flоrа vа fаunа nаmunаlаrini o‘rgаnish;

• turizmdаn tushgаn mаblаg‘lаrdаn dunyodаgi bаrchа hududlаr flоrа vа fаunаsini аsrаsh vа hun fоydаlаnish;

• bаrchа turistlаr vа xizmаt ko‘rsаtuvchi shаxslаrning jоnli tаbiаtgа vа mаhаlliy аhоligа hurmаt kоdеksigа riоya qilishlаri vа bоshqаlаr.

“Ekоlоgik turizm” tushunchаsini umumlаshtirish quyidаgi xulоsаlаrgа аsоs bo‘lа оlаdi: Turizmni tаshkil qilishning yuqоridа ko‘rsаtilgаn аlоmаtlаridа shаkllаngаn tаmоyillаr lоkаl emаs, bаlki glоbаl xаrаktеrgа egа. Shuning uchun bu tаmоyillаr jаhоnning аyrim qismlаri yoki yеr, suv vа hаvо bo‘shlig‘ining аyrim qismlаridа emаs, bаlki butun dunyodаgi turistik fаоliyat sоhаsigа tааlluqli bo‘lishi lоzim. Shuningdеk “ekоlоgik turizm” tushunchаsini nаzаriy аsоslаb bеrish mintаqаdа yashоvchi ko‘pchilik аhоlining оngini ekоturizm tаlаblаrigа mоslаshtirishgа imkоn bеrаdi. Bu esа, o‘z nаvbаtidа, tаbiiy bоylikgа zаrаr yеtkаzmаgаn hоldа turistik fаоliyatni rivоjlаntirishning оptimаl tеxnоlоgiyasini аstа-sеkin shаkllаntirib bоrаdi. Shundаy qilib, ekоturizm tizimi аsоsidа turistik fаоliyatning turli xillаrdа qo‘llаnilishi mumkin bo‘lgаn tаmоyillаr yotаdi. Bulаr: bilimni оshirаdigаn yoki sаrguzаsht sаyyohаtlаri (piyodа, оtdа, suvdа, tоg‘dа, sаyrvа hоkаzо), tаlаbаlаr tа’tillаri , ilmiy turlаr vа ekspеdisiyalаr, dаm оlish kuni ekskursiyalаri, yozgi bоlаlаr lаgеrlаri vа hоkаzо. Ekоturizmgа bo‘lgаn qiziqish hаqiqiy turistik tаjribаgа tаlаb оshib bоrаyotgаni hаmdа tаbiаtni qo‘riqlаshgа qiziqish kuchаyayotgаni tufаyli pаydо bo‘ldi. U tаbiiy, mаdаniy vа ijtimоiy qаdriyatlаr bilаn mоslаshаdigаn hаmdа mаdаniyat vа tаbiаtning tаbiiy muhitidа bir-birigа uyg‘unlаshuvini tаrg‘ib qilаdigаn turizm xillаrini o‘z ichigа оlаdi. Ekoturizm so`zi XX asrning 80 – yillaridan boshlab turizm industriyasiga kira boshlagan bo`lsa-da, biroq ekoturizm tushunchasiga hozirgacha yagona ta`rif yo`q. "O`zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish kontseptsiyasida" - ekoturizm deganda nafaqat ma`rifiy - ma`naviy maqsadlarni ko`zlagan holda ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o`simlik dunyosiga sayohat balki ijtimoiy -iqtisodiy masalalarni amalga oshirilishi yordamida ekologiya muammolarini hal qilish bilan bir-biriga bog’liq majmualar yig’indisini tushunamiz. O`zbekistonlik ekolog olimlarning fikricha - ekoturizm ma`rifiy-ma`naviy tushunchalar ostida ekoturistlarning ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o`simliklar dunyosiga, tabiiy hududlarning tarixiy yodgorliklariga, arxeologik topilmalariga, geologiyasiga, paleontalogiya qoldiqlariga sayohatlari kabi tabiat bilan bog’liq majmualar kiradi. Ekoturizmning haqiqiy muxlislari o`zining yangi tabiat go`shalariga sayohati vaqtida aynan ana shu munosabatlarni ko`rishni kuzatishni xoxlaydi. Umumfikrlarni jamlab, tahlil qilganimizda ekoturizm tabiat qo`ynida bo`lishlikdir. Hozirgi vaqtda to`rt xil ekoturizm turlari mavjud.

1. Ilmiy turizm. Bunda sayyohlar dala sharoitida kuzatish ishlari olib boradilar, tabiat izlanishlarida ishtirok etadilar. Masalan, Lotin Amerikasi mamlakatlaridan biri - Kolumbiyada boy qushlar olamini o`rganish uchun "Kolumbiya qushlari" degan ekoturlar o`tkazilib, unda boshqa davlatlardan kelgan ornitologlar ham qatnashib, ilmiy izlanishlar olib boradilar. Bunda sayyohlar faol harakat usullari qo`llab, tabiiy go`zallikdan bahra oladilar. Ilmiy turizm yana chet elga bo`lgan ilmiy-tekshirish ekspeditsiyalari va tabiiy fakul'tetlarda o`qiyotgan talabalarning dala praktikasi ham kiradi.

2. Tabiat tarixini o`rganish turlari. Bu atrof-muhitni va mahalliy madaniyatni o`rganish uchun qilingan sayohatdir. Ular ko`pincha qo`riqxonalar va milliy bog’larda tashkil etilishi mumkin. Bu turlar tabiat fenomenlari bor joylarda ham tashkil qilinadi. Bunga maktab o`quvchilarining safarlari ham kirib, unda o`qituvchi o`quvchilarga o`tilgan joylarning tabiati, tarixi to`g’risida hikoya qilib beradi. Samarqand shahrining janubi-g’arbida g’oratepa tog’lari joylashgan bo`lib, undagi cho’qqi ustida hazrati Dovut g’ori joylashgan. Bu g‘orga borish yo`li obodonlashtirilgan va unga hamma ham borishi mumkin. Lekin g’orga borgan vaqtda malakali ekskursiya rahbari boshchilik qilib, g’orning paydo bo`lish tarixi và sabablarini tushuntirib bersa, unda taxminlarga yo`l qolmas hamda g’or to`g’risidagi afsonalarga izoh berilgan bo`lar edi. Bundan tashqari ekosayyohlar olib borgan tozalash ishlarida g’or ichi va tashqarisining ko`rinishi kuchli o`zgarishi mumkin bo`lardi.

3. Sarguzasht turizmi. Bu tur turizm - barcha faol harakat turlarini o`zida jamlagan sayohatlarni o`z ichigà oladi hamda unga tabiatda dam olish turlari ham kiradi. Ulardan maqsad yangi hissiyotlarni sezish, taassurotlarni boshdan kechirish, sayyohlarning fizik shakllarini yaxshilash va yangi sport yutuqlariga erishishdir. Bu tur turizmga alpinizm, qoyalarda yurish, tog’, piyoda yurish, suv-chang’i va tog’-chang’i va otda yurish turizmlari kiradi.

4. Alohida muhofaza etiladigan turizm. Tabiat hududlariga alohida (AMEThga) sayohat etish ekoturizmning asosiy turi hisoblanadi.

Ekoturizm vazifalarining asosiy farqi va o`ziga xosligi.

Ekoturizm o`ziga xos xususiyatlarga ega:

- mahalliy aholi o`z hududlarining sotsial-iqtisodiy rivojida ishtirok etishi;

- turizm ob`ektlari ichida tabiiylarining ko`pchiligi;

- mustaqil tabiatdan foydalanish;

- quvvatni kam iste`mol etishi;

- sayyohlarning ekologiya sohasida bilimli bo`lishi

Sayyohlik sayohatlarga chiqishdan maqsad - sayohat vaqtida yangi joylarni ko`rish, tabiat go`zalligidan, toza tog’ yoki o`rmon havosidan bahra olish, "yovvoyi" tabiat bag’rida dam olish, shuningdek, o`zga xayot urf-odati, madaniyati, san`ati, tarixiy obidalarini ko`rishdan iboratdir .

Ekoturizmni rekreatsion resurslariga, tabiat, tog’ va tekisliklar, daryolar, cho`l va vohalar, ko`l va turli landshaft zonalari kiradi. SHular asosida ekoturizm quyidagi tarkibiy qismlarga bo`linadi:

- Dengiz va okeanlar ekoturizmi;

- O`rmon va sun`iy bog’lar zonalari ekoturizmi;

- Daryo va ko`llar ekoturizmi;

- Tog’ ekoturizmi;

- Tarixiy obidalar ekoturizmi;

- Arxitektura yodgorliklari ekoturizmi;

- Ekologik tang zonalar ekoturizmi;

- Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekoturizmi.

Yuqorida ta`riflangan ekoturizmning tarkibiy qismlari ichida oxirgisi alohida salmog’li o`rin tutadi va ko`pchilik olimlar ekoturizm tushunchasiga nisbatan faqat alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekoturizmini qo`llashadi.


Ekoturizm - ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oʻzgarishlar jarayonida mamlakatda ekoturizmning rivojlanishi muhim rol oʻynaydi. Oʻzbyekiston Respublikasining koʻpgina mintaqalaridagi tajribaning koʻrsatishicha, ekoturizm — bu ishchi oʻrinlar sonini koʻpaytirishga, tabiiy ekotizimlarni tiklash va saqlashga koʻmaklashuvchi ijobiy ekobiznyesdir, bu esa oʻz navbatida ekoturizmni Markaziy Osiyoda kyeng tarqatish zarurligini koʻrsatadi.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda koʻpgina sayyohlik tashkilotlari Oʻzbyekiston boʻylab ekologik turlarni ishlab chiqishdi, shuningdyek mamlakatda byevosita ekoturizm bilan shugʻullanadigan tashkilotlar tuzildi.

Ana shunday tashkilotlardan biri «Oʻzbekturizm» Milliy kompaniyasi, Fridrix Ebert nomli Fond(GFR) va Xalqaro «Ekosan» fondi rahbarligida oʻtkazilgan «Ekoturizm va Buyuk Ipak Yoʻli» 1-Xalqaro Konferyentsiya tavsiyalariga koʻra tuzilgan «Ekosan-tur» Markazidir. Markaz faoliyatining rivojlanishiga sayyohlik sohasining mutaxassislari, Oʻzbekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining tabiatni asrash tashkilotlari, maslahatchilar jalb qilingan. Mintaqalardagi ekoturizm ob’yektlarida faoliyat yurituvchi biznyes tuzilmalar va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdyek joylardagi oʻz-oʻzini boshqarish organlari ham jalb etildi.

Markaz faoliyatining rivojlanishiga 1999 yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidyenti tomonidan tasdiqlangan «2005 yilgacha boʻlgan davr mobaynida Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish Dasturi» ham yordam byerdi. Ushbu Dasturga jahon madaniyati va tarixining myerosiga kiruvchi tabiiy yodgorliklarini, qoʻriqxonalarini saqlash va aniq maqsadlarda foydalanish boʻyicha markyeting chora-tadbirlari kiritildi.

Ekoturistik marshrutlarning markyeting stratyegiyasi ishlab chiqilishi va rivojlanishida, Markaz ekologik ryesurslarning yaxlitlikda saqlanishi majburiyligi va bu ryesurslarga nagruzkalarning yoʻl qoʻyilmasligini inobatga oladi. Ushbu aspyektda oʻz faoliyatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining tabiatni asrash qonunchiligi, shuningdyek, atrof-muhit va mustahkam rivojlanish sohasida xalqaro kyelishuvlarda qabul qilingan normalar Markazning oʻz maqsadiga yetishishida ijobiy yordam byeradi.

Oʻzbekiston Respublikasida ekoturizmning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan koʻpgina muammolar bor jumladan, mahalliy aholini ekoturistik faoliyatga jalb qilish, malakali mutaxassislarning yetishmasligi, koʻpgina mamlakatlardagi potyentsial sayyohlarning Markaziy Osiyo mintaqasining ekoturistik noyob tabiiy-landshaft imkoniyatlaridan byexabarligidir.Ushbu va boshqa masalalarni yechish maqsadida ekoturizmning mustahkamligi va ustunligi toʻgʻrisida mahalliy aholi(mahalla) bilan uchrashuvlar oʻtkazilayapti, Iqtisodiyot univyersityetida va «Oʻzbyekturizm» MKda kadrlarni oʻqitish boshlandi.

Mintaqaning ekoturistik imkoniyatlari toʻgʻrisida xorijiy jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida chyet ellik turistik markazlar, turfirmalar bilan maslahat uchrashuvlari olib borilmoqda. Bu ishda xorijiy davlatlardagi Oʻzekiston elchixonasi va «Ekosan» fondining chyet eldagi boʻlimlari ish olib borishyapti. Markaz tomonidan tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy aspyektlarda loyihaning amalga oshirilishi toʻxtovsiz ravishda kuzatilmoqda, ularning oʻzaro aloqasi ekoturizmning mustahkamligi koʻrsatkichidir. Quyidagi holatlar monitoring indikatorining ahvolidi:

Tabiiy ekotizim, biogyeotsyenoz, biologik harxillikni saqlash va tiklash. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, suv ta’minoti, sanitar-gigiyenik sharoitlar, myehnat sharoitlarini yaxshilash. Iqtisodiy koʻrsatkichlar, mahalliy aholi daromadlarining oʻsishi, aholi punktlarining obodligi. Ekologik madaniyat, madaniyat darajasining oʻsishi. Ekoturistlarning tashrifi natijasiga koʻra(dipkorpus missiyasi va 50 mamlakatdagi xalqaro tashkilot vakillari hamda 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar) Orolboʻyi mintaqasiga yiliga 20 mln.AQSh dollari miqdorida yordam koʻrsatildi.Suv bilan ta’minlash tarmogʻi, ijtimoiy infratuzilmalar bunyod etildi, aholi punktlarining sanitar-gigiyenik sharoitlari yaxshilandi. Ekoturistik faoliyatning natijalarini hisobga olib, ta’kidlash mumkinki, Oʻzbyekistonda turizmning mustahkam rivojlanishida ekoturizm muhim faktor boʻlib hisoblanadi. Ekoturizm tabiatni asrash zarurligi, oʻrmonlarni kyesishni qisqartirish, buzilgan tabiiy ekotizimlarni tiklashda qatnashish borasida mahalliy aholi ongida burilish yasaydi. Ekoturizmning oʻtkazayotgan tadbirlari aholining ekologik ma’lumotlarini syezilarli darajada kyengaytirishga yordam byerayapti va mintaqa aholisining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga olib kyeladi. oturizm o’zbekistonda katta patensialga ega sohalardan biri hisoblanadi. Lekin bugungi kunda boshqa turizm turlari bilan solishtirganda ekoturizmning turizm sohasidadi ulushi juda kam. O’zbekiston nafaqat o’zining tarixiy obidalari va arxitekturasi bilan dunyoga mashhur balki o’zining betakror tabiat maskanlari bilan turistlarni o’ziga jalb qilish imkoniga ega. Cho’llar bo’ylab turlar,tog’larga chiqish, qo’riqxonalarga borish va boshqalar shular jumlasidandir. Mamlakatda ekoturizmni rivojlantirshga davlat miqyosida e’tibor berilmoqda. Oliy Majlisda ”Ekologik harakat” tashkil etilgan bo’lib, mamlakatda ekoturizmni rivojlantirish bo’yicha ishlarni amalga oshiryapti. Misol uchun Qizilqum cho’lida to’rtta yurtali lagerlar mavjud bo’lib, ularda vaqtni juda mazmunli o’tkazish mumkin. Suv bo’yida piknik uyushtirish Haydarko’lda katerda sayohat qilish ,teleskop orqali yulduzlarni kuzatish,gulxan atrofida qo’shiq aytish, jipda qizilqum bo’ylab sayohat, tuyalarga minish va sayr qilish va yana bir qancha qiziqarli mashg’ulotlar bilan shug’ullanish mumkin. Ekologik turlar alohida tur yoki aralash tipdagi tur sifatida olib borilishi mumkin. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki,aralash tipidagi turlar, madaniy turizm va ekoturizm birgalikda, umumiy hajmda 15-23% ni tashkil etadi. Misol uchun turistlar Toshkentga kelgach 1 kunga Ugоm-CHоtqоl tаbiiy milliy pаrki borishlari mumkin. Keyin mashhur 3 tarixiy shahar –Samarqand,Buxoro,Xiva-bo’ylab o’z sayohatlarini davom ettirishlari mumkin. Bir shahardan ikkinchi shaharga borish paytida qishloqlar va o’tovli lagerlarga kirib o’tishlari mumkin. Albatta,bu sohada ham o’ziga xos muammolar va qiyinchiliklar mavjud va bular quyidagilar:

• Infrastrukturaning talab darajasiga javob bermasligi

• Ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi, yuqori malakali mutaxassislarning yetishmasligini

• Respublikadagi asosiy ekoturizm resurslariga turistik marshrutlar ishlab chiqilmaganligi

• Ekologik turizmni rivojlantirishda ekologik turizm maskanlaridagi mahalliy aholini ish bilan band bo’lishidagi ta`lim – targ’ibot, qiziqtirish ishlarining yaxshi olib borilmayotganligi.

• Ekoturizmni rivojlantirishda ichki ekoturizm va xalqaro ekoturizmning milliy reklamasi ichki turizm bozorida ham tashqi turizm bozoriga ham chiqarilmaganligi

• Kishilarda ekologik bilimning pastligi

Hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko`rinishdir. Uni ommalashtirish kerak. Birinchi navbatda ekoturizm nafaqat iqtisodiyotga balki mahalliy aholi uchun ham foydali ekanligini, shuningdek ekoturizm tabiatni saqlashning eng oqilona ekanligi haqida tushuntirish ishlarini olib boorish kerak. O’sha hududda yashovchi aholini shu sohada ishlashga jalb qilish lozim ya’ni ular mutaxassis kadr sifatida ish olib borishlari lozim. Ekoturizmni rivojlantirish maqsadida fuqarolarda ekologik madaniyatni ta`lim-tarbiyani shakllantirish talab etiladi. Ayni paytda ekoturizm va unga tegishli tashkilotlar to`g’risida to`laqonli ma’lumot bera oladigan axborot resurslarini yaratish va takomillashtirish lozim. Shu bilan birgalikda shahar tashqarisida joylashgan kichik mehmonxonalar va guest houselarga litsenziya olish tartibini soddalashtirish kerak. Va asosiysi, bu yerda turizmning rivojlanishi tabiatga zarar yetkazmasligiga, keluvchi kapital urf-odatlar va asosiy elementlarning yo’qolib ketishiga olib kelmasligini nazorat qilish talab etiladi. Mamlakatda Ekoturizmni rivojlantirish orqali biz quyidagi natijalarga erishamiz:

• Aholining ekologik savodxonlik darajasining oshishiga

• Mahalliy aholining Qo’riqlanadigan joylarga estetik va iqtisodiy qiymatga ega joy sifatida qarashlariga va ekoturizmni rivojlanishi hamkorlikda ishlashga turtki bo’ladi

• Hududlarga ijtimoiy va iqtisodiy sharoitning yaxshilanishiga shuningdek, mahalliy aholi uchun yangi ish joylarining yaralishiga

• Moliyaviy jihatdan qo’llab- quvatlovchi qo’shimcha fondlarning paydo bo’lishiga

Shuningdek ekoturizm butun dunyoda eng serdaromad sohalardan biriga aylandi. Ekspertlarning fikricha, bu tarmoqni yanada rivojlantirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni samarali hal etish, balki ekologik muammolarni bartaraf qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon sayyohlik tashkilotining ma`lumotlariga ko'ra, hozirda turizm sanoatida 210 milliondan ortiq ishchi xizmat qiladi va undan olinadigan daromad yiliga 770 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Ayni paytda turizm rivojlanayotgan mamlakatlarda ham taraqqiy etmoqda. Bu o'rinda turistik bozorning deyarli yarmini qamrab olgan Osiyo-Tinch okeani, Yaqin va O'rta Sharq hamda Yevropa mintaqalaridagi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. Ekspertlarning ta`kidlashicha, hozirgi kunda turizm industriyasida ekoturizm tarmog'iga kiruvchi tabiiy va sarguzasht turizm tarmog'i jadal sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda.

BMT ma`lumotlariga qaraganda, har yili ekoturizmdan nisbatan kichik davlatlar ham Keniya - 1,4, Ekvador - 1,18, Kosta-Rika - 1,14, Nepal - 1,55 million AQSh dollari miqdorida daromad oladilar. Shuni aytish joizki, ushbu mamlakatlarning ekoturizmdan olgan daromadi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 70-80 foizini tashkil etadi. Ayni paytda jahon turizmi sanoatida xalqaro turizmdan tushgan daromad avtomobil, neft, gaz ishlab chiqarish sanoatidan keyin uchinchi o'rinni egallaydi.

O‘zbekiston boy tabiiy resurslar, betakror o‘simlik va hayvonot olamiga ega. Ushbu salohiyatni asrash va ko‘paytirish maqsadida ko‘plab milliy dastur va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2008-2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘layotir. O'zbekistonda ekoturizmning rivojlanishi nafaqat tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni ona tabiatimizga jalb etish, noyob o'simliklar va hayvonot dunyosini saqlash va ko'paytirish muammolarini hal qilishga, balki shu bilan birga iqtisodiy, ijtimoiy sharoitni yaxshilash, aholini yangi ish joylari bilan ta`minlashda yaxshi samara beradi. Mamlakatimizda nafaqat dunyoga mashhur, xorijiy sayyohlarni jalb qiluvchi Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz kabi qadimiy shaharlar, tarixiy yodgorliklar, shu bilan birga, ekoturizm bilan bog'liq betakror go'zal tabiat, landshaftlar (sahro, cho'l-adirlar, tog'lar, pasttekisliklar), xilma-xil noyob o'simlik va hayvonot olami, nodir, dunyo ahamiyatiga ega bo'lgan arxeologik topilmalar, paleontologik qoldiqlar, dunyoda kam uchraydigan geologik kesimlar va shunga o'xshash tabiiy yodgorliklarning 8000 dan ortig'i mavjudligi ekoturizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rtasida ekoturizmning rivojlanishi uchun qulay transport-geografik hududda joylashgan, rivojlangan turli xildagi kommunikatsiya aloqa yo'llari bilan bog'langan bo'lib, o'zining xalqaro turizm salohiyati bo'yicha jahonda oldingi o'rinlarni egallaydi. Mamlakatda ekoturizmni to’laqonli rivojlantirishga to’sqinqinlik qiluvchi ,marshrutlarning yo’qligi, ma’lum bir hududlarda infratuzilmaning yaratilmaganligi,ekologik bilimning pastligi kabilar,muammolarning mavjudligi. Mamlakatda mavjud bo’lgan ekoturistik hududlarda yashovchi aholini ekoturizm sohasidagi biznesga jalb etish.Ekoturizm taraqqiy etgan xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish.

- Ekoturizm tushunchasi,mohiyati va uning turizm industriyasida tutgan o’rnini yoritish;

- Ekoturizmning rivojlanishi tabiatni asrashda samarali muqobil yo’l ekanligini yoritish;

- O’zbekistonning ekoturistik salohiyati va imkoniyatlarini tahlil qilish;

- Ekoturizm taraqqiy etgan xorijiy davlatlarda ekoturizmning holatini tahlil qilish va ularning tajribasini o’rganish;

- Xorijiy davlatlar tajribasiniO’zbetonda qo’llash va rivojlantirish yo’llarini yoritish;

- Mamlakatda ekoturizmni yanada rivojlantirish borasida tavsiyalar berish.

O’zbekistonning ekoturistik hududlari (noyob hayvonlar va o`simliklar dunyosi, betakror,xushmanzara ko`llari,tog`lari, daryolari, qirlari ,cho’l va dashtlari,qo’riqxonalari,bog’lari ) bo’lib, predmeti esa mavjud tabiiy turistik resurslar va xorij tajribasidan foydalangan holda sohani O’zbekistonda rivojlantirish yo’llari. Ishlab chiqarishda g‘oya va nazariyalarning shakllanishida

ishlatiladigan prinsip so‘zi asos, talab, negiz ma’nolarini anglatgani uchun davlat tilida tamoyil deb tarjima qilingan. Ekoturizmning tamoyillari ham ekoturizm yo‘nalishining rivojlanishidagi tartibme’yorlarga asoslanishi lozim. Ya’ni ekoturizmning tamoyillari ekoturizmning mohiyatini, mazmunini, maqsadi va vazifalarini o‘zida aks ettirishi kerak. Ekoturizmning tamoyillarini “Xalqaro ekoturizm tashkiloti” ishlab chiqqan. Bu tamoyillar jahondagi barcha davlatlarning

rahbarlariga tarqatilgan bo‘lib, har bir davlatlar ekoturizmni tashkil qilganda ushbu tamoyillarga amal qilish talab qilinadi:

1. Ekoturizm tabiatga qaratilgan va tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan bo‘lishi.

2. Ekoturizm ekologik barqaror rivojlanishga va yashash muhitimizga keltirilayotgan ziyonlarni minimallashtirishga

asoslangan bo‘lishi.

3. Ekoturizm ekologik ta’lim va ma’rifatga yo‘naltirilgan bo‘lib, tabiat bilan teng hamkorlikka asoslangan bo‘lishi.

4. Ekoturizm mahalliy ijtimoiy madaniyatni saqlashga va yordam berishga asoslangan bo‘lishi.

5. Ekoturizm faoliyat ko‘rsatgan hududlarning barqaror rivojlanishini va iqtisodiy samaradorligini ta’minlashiga asoslangan bo‘lishi kerak.

Ekoturizmning tamoyillarini o‘rganganimizda albatta turizmning bu muhim sohasini rivojlantirish oson kechmasligini anglaymiz. Bu tamoyillar asosida ekoturizmni rivojlantirishda albatta davlatning ekologik boshqaruviga murojaat qilinadi. Chunki, ekoturizmni yuqorida qayd qilingan tamoyillar asosida rivojlantirish faqat davlat tashkilotlarining quvvatlashi bilangina amalga oshishi mumkin. Keyinchalik turizm mutaxassislari va olimlari tomonidan ekoturizmning tamoyillari kengaytirildi va mukammallashtirildi

1. Tabiati yaxshi saqlangan joylarga sayohat.

2. Tabiat resurslaridan barqaror foydalanish, tabiiy, ijtimoiy va madaniy biologik xilma-xillikni saqlash.

3. Ekoturda belgilangan tartib-intizomga qat’iy rioya qilish.

5. Ekoturlarni tabiat qonunlari asosida mukammal ishlab chiqish.

6. Ekoturizmni hududlarning iqtisodiy rivojlantirish rejalari bilan birlashtirish.

7. Mahalliy aholini ekoturizm rivojlanishida qatnashtirish va bu yo‘nalishda ularning iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlash.

8. Ekoturizm sohasi mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash. Ekoturizm bo‘yicha mutaxassislar taklif qilgan tamoyillar qatorida sazovor

1. Rekreatsiyali tabiiy hududlarning biologik xilma-xilligini saqlash.

2. Ekoturizm sohasiga tortilgan (qo‘shilgan) hududlarning iqtisodiy barqaror rivojlanishini oshirish.

3. Ekoturistik faoliyatda qatnashuvchilarning ekoturistik madaniyatini oshirish.

4. Rekreatsiyali hududlarning etnografik statusini (maqomini) saqlash.

“Xalqaro ekoturizm tashkiloti” o‘z navbatida ekoturist uchun qoida ham ishlab chiqdi

G‘arb mamlakatlarida ekoturizmga ijtimoiy-iqtisodiy soha jihatidan qaraladi. Chunki, chet ellarda jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan ekoturizm iqtisodiy foyda keltiruvchi va tabiatni muhofaza qiluvchi turizmning eng istiqbolli tarmoqlaridan hisoblanadi. Turizmning roli aniqlanganda yana bir muhim, asosiy jihatlarga e’tibor berish lozimki, turizm ijtimoiy sohaning bir qismi bo‘lib, uning asosiy faoliyatlarida iste’molchilarga iste’mol jarayonida moddiy va nomoddiy muhitni yaratish uchun xizmatlar qilish, dam olish va faoliyat ishlarini o‘zgartirish,

almashtirish uchun sharoitlar yaratish, sog‘liqni muhofaza qilishni ta’minlash, shuningdek, aholining ekologik ma’lumoti va ekologik madaniyatliligi darajalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ekoturizmning ahamiyatini turistning ehtiyojlarini qondirish jihatlariga qarab ma’naviy, iqtisodiy, sog‘lomlashtirishi, tabiatni anglash, tarbiyaviy va estetik guruhlarga bo‘lishimiz mumkin.

Bu guruhlarning tavsifi faqat turist uchun emas, umuminsoniyat hayotidagi tabiatning o‘rnini ham anglatadi. Ekoturizmning asl maqsadlari qayd qilingan xulosalarni tashkil qiladi. Ekoturizm o‘zining ta’rifini izohlashda birinchi navbatda

tabiat qo‘ynida bo‘lib, uning resurslariga ozor yetkazmaslikni ta’minlaydi. Tabiat va uning biologik xilma-xillik resurslaridan zavq-shavq olgan insonda albatta, bu obyektni asrash istagi paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham Butunjahon turizm tashkilotlarining: “tabiiy hududlarga mas’uliyat bilan sayohat qilish natijasida

ekoturistlar faoliyati tabiatni muhofaza etishni ta’minlaydi va mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilaydi” – degan ta’rifi birinchi navbatda xalqning ijtimoiy holatining yaxshilanishiga qaratilgan. Jahonda ekoturizmni rivojlantirishda

yagona, har bir davlatlarning tabiiy iqlim sharoitiga, ulardagi turizm resurslaridan

foydalanishda to‘g‘ridan to‘g‘ri mos keladigan, qulay bo‘lgan modellar yoki

usullar hozirgacha ishlab chiqilgan emas. Lekin, ekoturizmni rivojlantirishda

milliy parklardan va davlat tabiiy qo‘riqxonalaridan foydalanish masalalari

yaxshi tadqiq qilingan37.38. Shu nuqtayi nazardan milliy parklar modeli tushunchasiga, mazmun va mohiyatiga to‘xtalish zarurati bor. Chunki, ekoturizmni rivojlantirishda milliy parklar standart, etalon vazifasini o‘tamoqda. Hozirgi vaqtda ekoturizm va rekreatsiya turizmlarini rivojlantirishda milliy parklardan

foydalanishning 6 ta modeli bor. Bu modellarning alohida-alohida model sifatida ajratilishi o‘ziga xos xususiyatlarga asoslangan:

1. Amerika modeli. 2. Yevropa modeli. 3. Park rezervat modeli. 4. Osiyo modeli. 5. Avstraliya modeli. 6. Bavariya o‘rmonlari milliy parki – Yevropa-2 modeli.

Qishloq turizmini tashkil qilishda yuqorida qayd qilingan turizm turlarining barcha resurslari majmuali, birikkan holda ishlaydi va har qanday turistni ko‘proq muddatlarga ushlab qoladi. Shuning uchun ham Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirishga o‘tgan asrning 60-yillaridan jadal kirishdi. Hozirga kelib, Yevropa davlatlarida qishloq turizmidagi turistlarning oqimi 60 mln.turistni

tashkil qilmoqda. Fransiya, Germaniya, Angliya, Italiya davlatlarida qishloq turizmi xizmatlarini ishlab chiqaruvchi 10 minglab turistik firmalar va turistik tashkilotlar muvaffaqiyat bilan ishlashmoqda. Biz ham mamlakatimizda qishloq turizmining mohiyati, maqsadi va vazifalarini tadqiq qilishga endigina kirishayapmiz.

Jahonda qishloq turizmiga har bir davlatlar o‘zlaridagi imkoniyatlariga qarab har xil mazmunda qaramoqda. Masalan, Angliyada aholisi 7000 kishilik qishloqlarni qishloq turizmini rivojlantirish rejasiga kiritishadi, Avstriyada bu sonli aholisi bo‘lgan qishloqlarni shahar turizmini rivojlantirish rejalariga qo‘shishadi.

Shuningdek, qishloq turizmini, agroturizmni rossiyalik olimlar ekoturizmning tarmog‘i deb bilishadi. Yevropa davlatlarida aksincha agroturizm-dehqonchilik bilan bog‘liq turizm, ekoturizm esa tabiat bag‘rida bo‘lish va uni muhofaza qilishga ko‘maklashish deb belgilangan. Vatanimizda qishloq joylardagi resurslardan turistik maqsadlarda foydalanishni majmuali tashkil qilish qulayligini hisobga olib yuqorida keltirilgan turizm turlarini jamlagan holda qishloq turizmi deb atasak, bu turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish ancha oson kechadi. Shuning uchun ham qishloq turizmini tashkil qilishdagi muammolarni o‘rganishdan oldin,

dastavval qishloq turizmining mohiyatini, maqsadi va vazifalarini belgilab olishimiz lozim bo‘ladi. Jahondagi ko‘plab davlatlarda «Qishloq joylardagi turizm»

atamasi ham bor va ular qishloqlardagi turizm resurslarga g‘liq holda turistik infratuzilmalarni yaratadilar. Bu holat ularda qishloq turizmining juda rivojlanganligini va ayrim-ayrim yo‘nalishlarni hosil qilganligini ko‘rsatadi. Biz uchun eng muhimi, qishloq turizmini rivojlantirish mamlakatimizda ichki turizmni

rivojlantirish asoslari ekanligini anglab olishimizdir. Ma’lumki, ichki turizm Butunjahon turizm tashkilotining tasnifi bo‘yicha bir mamlakat aholisining o‘z davlati hududlaridagi turistik faoliyati deb belgilangan. Qishloqlardagi turistik resurslar ichki turizmning asosiy obyektlari hisoblanadi. Shuning uchun ham AQSH, Kanada, Angliya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlar dastlab

(o‘tgan asrning 70-yillaridan) o‘z davlatlarida ichki turizmni rivojlantirganlar, butun aholini yangi ijtimoiy-iqtisodiy sohaga – turizm jarayonlariga ko‘p yillar davomida tayyorlaganlar. Shu tariqa turizmdagi tadbirkorlik ayniqsa qishloq turizmidagi



tadbirkorlik kuchayib ketgan. Lekin afsuski, biz hozirgacha ichki turizmni ham, xalqaro turizmni ham, tarixiy obidalari bor shaharlarga sayohat deb tushunmoqdamiz.

O`zbekiston Respublikasining ekoturizm salohiyati va imkoniyatlari

O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishda ekologik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishda biz birinchi navbatda mamlakatimizdagi milliy parklar, davlat tabiat qo‘riqxonalari va alohida muhofazadagi hududlar (davlat tabiatbuyurtmaxonalari – zakazniklar), xalqaro miqyosdagi «Qizil kitob» va O‘zbekiston «Qizil kitob»idagi noyob hayvonlar turlari, o‘simliklar turlarini va betakror tabiiy landshaftlarni, hayvonot olami va o‘simliklar dunyosidagi endemik turlarni (endemik – faqat tub joy sharoitida yashaydi va o‘sadi) ro‘yxatga olishimiz va ularning ta’rif, tavsiflarini tayyorlashimiz kerak. Shuningdek, hozirgi axborotlarimizdan ma’lumki, hozirgacha vatanimizga kelib ketayotgan xalqaroturistlar Orol dengizi qoldiqlariga, Quyiamudaryo sohillariga, tog‘larimizdagi qadimiy shakllar va rasmlarga, ming yillik daraxtlarga (chinorlar, archalar va boshq.) va rekreatsion buloqlar, sharsharalarga qiziqmoqdalar. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishda qayd qilingan ekologik resurslarni alohida-alohida ro‘yxatga olganimizda xalqaro turistlarni qiziqtiruvchi quyidagi ekologik resurslar guruhlari tashkil topadi
• O‘zbekiston Respublikasining davlat qo‘riqxonalari va milliy parklari ekoturizm resurslari • Xalqaro «Qizil kitob» va O‘zbekiston «Qizil kitob»idagi noyob hayvonlar va o‘simliklar turlari;
• O‘zbekistondagi endemik hayvonlar va o‘simlik turlari;
• Orol dengizi qoldiqlari Quyiamudaryo sohili, to‘qayzorlar, ularning o‘simliklar va hayvonot olami;
• Tog‘larimizdagi qadimiy shakllar, rasmlar;
• Ming yillik daraxtlar va tabiat haykallari, tabiat yodgorliklari;
• Rekreatsion tabiiy landshaftlar, shifobaxsh buloqlar, sharsharalar;
• O‘zbekistondagi tabiiy geografik mintaqalar (cho‘llar, adirlar, tog‘ oldi, tog‘lar, baland tog‘lar);
• Suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari);
• To‘rt faslli iqlim mavsumlari;
• Arxeologik topilmalar, geologik ko‘rinishlar;
• Ovchilik maydonlarining mavjudligi;
• Tabiiy geografik mintaqalarda joylashgan qishloqlarimiz tabiati;
• O‘zbekistonning alohida muhofaza qilinadigan hududlari.
Yuqorida keltirilgan ekologik resurslar xalqaro turizm ekspertlari ta’kidlaganlaridek, O‘zbekiston turizm resurslarining turli-tumanligi, rang-barangligi va jozibadorligi bo‘yicha dunyomamlakatlaridagi kuchli 10 talik resurslari ro‘yxatiga kiradi. Bu ekoturistik resurslarning ta’rif va tasniflari ushbu o‘quv qo‘llanmaning mavzularida berilmoqda. Hozirda ekoturizm resurslariga geomorfologik, gidrologik va organik resurslarni qo‘shish ham tavsiya qilindi
Lekin, «O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasi»da ta’kidlanganidek, amalda O‘zbekiston ekoturizmini rivojlantirishda yuqorida keltirilgan ulkan ekologik resurslardan, ekologik salohiyatlardan va imkoniyatlardan to‘la-to‘kis foydalanish tizimlari, omillari mukammal ishlab
chiqilmaganligi natijasida mamlakatimizda turistlarni qabul qilish salohiyatiga nisbatan amaldagi ularning kelib-ketishi uch baravar kamdir. Respublikamizda ekoturizmni rivojlantirishning asosi bo‘lgan ekologik resurslarning bir qismi mazkur ishning kirish qismida keltirildi. O‘zbekistonning butun hududlari dengiz sathidan belgilanganda bir-biridan tabiiy ekologik jihatdan farqlanuvchi 5 ta vertikal mintaqalarga bo‘linadi. Bu mintaqalarning iqlimi, o‘simliklar dunyosi va hayvonot olami ham turli-tuman. Shuningdek, chet ellik turistlarni qiziqtiruvchi 4 ta fasl ham ekoturizmning muhim resurslari hisoblanadi. Bu ekologik turizm
resurslariga 11 ta yirik daryolarimiz va 55 ta suv omborlari havzalarini ham qo‘shish mumkin. Cho‘llar mintaqasi dengiz sathidan 400–500 metr balandlikdagi
joylarni o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi hududlarining 70% ini ishg‘ol qiladi, o‘simliklari – 498 tur. Shulardan 64 turi shifobaxsh o‘simliklar, 273 turi chorva mollari uchun ozuqaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simlik turlari hisoblanadi. Bu mintaqalarning o‘simliklari qurg‘oqchil iqlimga moslashgan va
asosan sho‘rxok va qumli tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Quruq iqlimli bu cho‘llarning ham ekologik tiplari xilma-xil bo‘lib, gipsli cho‘l, qumli cho‘l va ko‘chib yuruvchi qumli – barxanli cho‘llar ko‘plab ekoturistlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Chunki har xil ekologik tipli cho‘l hududlarida ushbu hududlarga moslashgan o‘simliklar qoplami va hayvonot dunyosi tarkib topgan. Ayniqsa, floramizda endemik turlarning ko‘pligi xalqaro miqyosda turistik oqimlarning kuchayishiga qiziqishni hosil qiladi. Cho‘llardagi hayvonot olamidagi turlar (jayron, sayg‘oq, Qizilqum echkiemari, kaltakesaklar, «Qizil kitob»dagi yo‘rg‘a
tuvaloq, tasqara, cho‘l burgutlari, miqqiy, qirg‘iy, qorabovur, cho‘l kaptari va boshq.) nafaqat xorijiy balki, ichki ekoturizmda ham qiziqarli ekoturistik obyekt hisoblanadi. O‘zbekistonning cho‘llari quyidagilar: Qizilqum, Ustyurt cho‘li, O‘rta cho‘l, Qarnobcho‘l, Konimexcho‘l, Muborak cho‘l, Qarshi cho‘li, Mirzacho‘l, Markaziy Farg‘ona cho‘llari, Kattaqum va Sandiqli cho‘llari. Bulardan tash
gektarli o‘simliksiz ko‘chma barxanli qum hudu Barxanli qumliklarda arab mamlakatlari ekotur sayr qilish turlariga taklif qilishadi. Bunday
yevropaliklar uchun juda qiziqarli bo‘lishini arab juda yaxshi bilishadi. Bizning cho‘llarimizning qu shunday ekoturistik imkoniyatlar bor. Respublikamizning ekoturizm salohiyatini hisobga olganimizda ekologik turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari – 4 faslli tabiat mavsumlari va bu iqlim sharoitlariga va o‘zining ekologik tizimlariga ega bo‘lgan 5 ta tabiiy landshaft bio-xilma-xilliklarida
endemik (faqat O‘zbekiston tabiatida) turlarning mavjudligidir. O‘zbekistonning ekoturizmdagi resurslar salohiyatiga alohida to‘xtalganimizda quyidagi ekoturizm manbalarini keltirish, tavsiflash masalaga ravshanlik kiritadi. O‘zbekiston 38 mln. gektarga ega bo‘lgan ovchilik– baliqchilik yer maydonlariga ega, ulardan 1 mln. gektarini suv fondi tashkil etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o‘txo‘r
hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 tur baliqlarga ega. Bulardan O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga» o‘txo‘r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika institute ma’lumotlari bo‘yicha, O‘zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur
o‘simliklar mavjud. Shulardan, 3000 turlari oliy, yovvoyi o‘suvchi o‘simliklar, ulardan 9 % i endemiklardir. O‘zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km2 ni tashkil qilgan 9 ta davlat qo‘riqxonasi, 6061 km2 ni tashkil etgan 4 ta milliy bog‘ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‘paytirish respublika markaziy –«Jayron» ekomarkazi, 12186 km2 maydonni
tashkil etgan 10 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud. Ekoturizmning ekosafari (ov va baliq ovlash) resurslari ham g‘oyat biologik xilma-xillikka ega. Birgina ovlanadigan baliqlarning 83 turi daryolarimiz va suv havzalarimizda ko‘paytirilib muhofaza qilinmoqda. Shulardan 18 turi O‘zbekiston Respublikasining «Qizil
kitob»iga kiritilgan. Ovchilik mavsumida suv havzalarimizda ichki va tashqi turist ovchilarni taklif qilishning katta imkoniyatlari bor. Hozirga kelib «Nurota» davlat tabiat qo‘riqxonasida qariyb yarim asrdan beri qo‘riqlanib kelinayotgan yovvoyi qo‘ylararxarlar son jihatdan ko‘payishi hisobiga qo‘riqxona chegaralaridan chiqib qadimiy areallari Qizilqumning qoldiq tog‘lari tomon siljib bormoqda. Shuning uchun ham bu joylardan ekoturistik maqsadlarda foydalanish bu yovvoyi qo‘ylarning asta-sekinlik bilan odamlar ko‘ziga o‘rganishini tashkil qilib borish ekoturizmni ashkil qilishni osonlashtirib boradi. Keyingi yillarda «Nurota»
davlat tabiat qo‘riqxonasidan ekoturizmni rivojlantirishda maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, turistlarga oylashtirish, ovqatlantirish va dam olish xizmatlarini mahalliy aholi ko‘rsatmoqda. Viloyatdagi turizm mutaxassislari va turizm adbirkorlarining yordami bilan mahalliy aholi o‘z uylarini xalqaro
va ichki turistlar ehtiyojlariga, talablariga moslashtirmoqdalar. Hozircha bu qo‘riqxonaga har yili 100 dan ziyod xorijiy turistlar kelib ketishmoqda.
Istiqbolda «Nurota» davlat tabiat qo‘riqxonasida mahalliy aholi yordami bilan zamonaviy turistik infratuzilmalar barpo etish, xizmatlar sifatini yaxshilash rejalari ishlab chiqilmoqda. Qizilqum echkemari esa xalqaro «Qizil kitob»ga kiritilgan bo‘lib vatanimiz tabiatidagi bu noyob sudraluvchi yashayotgan joylarga
ham ekoturistik marshrutlar ishlab chiqishni talab qiladi. Qizilqum echkemari odamlarga boshqa sudraluvchilarga qaraganda ancha oson o‘rganadi. Ikkinchidan, xalqaro “Qizil kitob”dagi hayvonlar va parrandalar xalqaro ekoturistlarning eng ashaddiy muxlislarini o‘ziga jalb qiladi.

Tabiat qo‘riqxonasi maydoni hayvonot va o‘simlik dunyosi bilan qattiq rejimda qo‘riqlanadi. O‘ziga xos, betakror tabiat landshaftlari, noyob, yo‘qolib borayotgan hayvonot turlarini saqlab qolish va ko‘paytirish maqsadida davlat tomonidan tashkil qilinadi. Qo‘riqxonalarda inson faoliyati taqiqlanadi. Faqat ilmiytadqiqot ishlarini o‘tkazishga ruxsat berilgan. O‘zbekistonning davlat qo‘riqxonalari – muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning eng qat’iy tartibli turi bo‘lib, muayyan o‘simlik, hayvon turlari va ekotizimlarni himoyalash uchun tashkil qilingan, doimiy amal qiladigan muhofaza etiladigan zonalar hisoblanadi. Qo‘riqxonalarda har qanday xo‘jalik faoliyati taqiqlangan (nazorat etiladigan ilmiy tadqiqotlar bundan mustasno). Qo‘riqxonalar Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi
(IUCN) muhofaza etiladigan zonalari tasnifining I toifasiga to‘g‘ri keladi. Respublika qo‘riqxonalarida «Qizil kitob»ga kirgan ko‘plab hayvon turlari: xongul, morxo‘r, Seversov qo‘yi, ko‘k sug‘ur, Turkiston silovsini, yirik yirtqich qushlar, hasharotlar muhofaza qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida 9 ta davlat tabiat qo‘riqxonasi va 10 ta davlat buyurtmasi (zakaznik) tashkil qilingan48 (4-jadval). Bu qo‘riqxonalar vatanimizda ekoturizmni rivojlantirishda asosiy
ekoturistik obyektlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida quyidagi qo‘riqxonalar mavjud: Chotqol; Baday-to‘qay; Hisor; Zomin; Zarafshon; Qizilqum; Nurota; Surxon; Kitob. Jadval ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ladiki, O‘zbekistonda tabiat qo‘riqxonalari mamlakatimizning barcha tabiat mintaqalarida
joylashgan. Bunday qulay salohiyat, sharoitdan ekoturizmni rivojlantirishda samarali foydalanish imkoniyatlarini tabiatning o‘zi bizga yaratib bergan. Davlat tabiat qo‘riqxonalarimizdan nafaqat xalqaro turizmda balki ichki turizmda ham foydalanish masalalarini hal qilishimiz lozim. O‘zbekistonning ekoturistik rayonlari xaritasining ishlab chiqilishi ham mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishdagi jiddiy tadqiqotlardan hisoblanadi. Shu bilan birga bu ekoturistik
rayonlarda ekoturizmni rivojlantirishda quyidagi muammo va masalalarni hal qilishga to‘g‘ri keladi:
1. Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslaridan ekoturizmni rivojlantirishda foydalanishning huquqiy-me’yorlarini ishlab chiqish.
2. Ekoturistik rayonda turizmda foydalanish mumkin bo‘lgan barcha resurslarning ro‘yxatini tuzish va ta’rif-tavsiflarini tayyorlash.

3. Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslarining ro‘yxatini tuzish va ta’rif-tavsiflarini tayyorlash.
4. Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirish yo‘nalishlarini, imkoniyatlarini, ilmiy, amaliy va tashkiliy jihatlardan ishlab
chiqish.
5. Ekoturistik rayonning ekoturistik resurslari reklamalarini ishlab chiqish.
6. Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslariga ekoturistik ekskursiya va ekoturistik marshrutlar ishlab chiqish.
7. Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy, ekologik va iqtisodiy tizimlarini ishlab chiqish.
8. Ekoturistik rayonda aholini ekoturizm sohasiga tayyorlashda bepul o‘qitish va ekoturizm tadbirkorligi markazlarini tashkil
qilish.
9. Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirishning hududiy dasturlari va strategik rejalarini ishlab chiqish.
10. Ekoturistik rayonlardagi ekoturizm resurlarida (obyektlarida) ekturistik infratuzilmalar yaratishga kirishish.
11. Respublikamizdagi viloyatlar o‘zlarining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga ekoturizmni rivojlantirish dasturlarini ham qo‘shishi.
O‘zbekistonning ekoturistik rayonlarida ekoturizmni rivojlantirishni turizmda qisqa muddatlarda hal qilinadigan masalalar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Chunki, yuqorida keltirilgan vazifalar mukammal ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni va tashkiliyiqtisodiy tizimlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Shuning uchun ham ekoturizm mutaxassislari dastlabki bosqichda mamlakatimizning viloyatlarida ekoturizmni rivojlantirish muammolarini o‘rganishni boshlashlari lozim bo‘ladi. Bu yo‘nalishda dastlabki natijalar yuzaga (Navoiy viloyati bo‘yicha) chiqdi54.
Bu holatning asosiy sababi birinchidan, O‘zbekistonda hali majmuali turni, majmuali turmahsulotlarni ishlab chiqaruvchi malakali turoperatorlarning juda kamligi hisoblanadi. Ikkinchidan, turoperatorlarimiz respublikamizning tabiiy geografiyasini, tabiiy mintaqalarning biologik xilma-xillik resurslarini yaxshi
bilishmaydi. Uchinchidan, viloyatlardagi turistik resurslarning rayonlashtirilmaganligidir. Shu sababli turoperatorlar turistik resurslarning umumiy ro‘yxati bilangina ishlashadi, yoki viloyatlarda faqat ancha ommaviylashgan turistik obyektlargagina turmahsulot, turistik marshrutlar ishlab chiqishmoqda.

Bugungi kunda, dunyoning koʻplab mamlakatlarida ekstremal va togʻ turizmi milliy iqtisodiyotda sezilarli daromad keltiradigan sohalardan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda turizm sohasining jadal rivojlanishi va turizm xizmatlari sifatining yaxshilanishi natijasida - ekstremal, ekoturizm, agroturizm, arxeologik, etnografik va boshqa turizmning noanʼanaviy turlari faol rivojlantirilmoqda. Ayniqsa, ekstremal va togʻ turizmi tez suratlarda ommalashmoqda. Oʻzbekistonda ekstremal va togʻ turizmining eng rivojlangan turlari orasida togʻ choʻqqisini zabt etish, gʻorda sayr etish, snoubord, togʻ velosipedi, paraplan va deltaplanda uchish va albatta togʻ changʻisi ajralib turadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4681-sonli Farmoni ushbu yoʻnalishdagi ishlarning samaradorligini oshirishda muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda. Albatta, estremal va togʻ turizmini rivojlantirishda jamoat tashkilotlarining roli judi muhim. Shu nuqtai nazardan, Oʻzbekiston Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi tashkil etilgan. Federatsiya tomonidan turizm sohasida har yili yirik bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda, jumladan, “Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bagʻishlangan “Chimyon sadolari” ekoturizm festivali”, “Toshkent quyoshi” motofestivali, “Sport turizmi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi”, “Off-road yoʻl tanlamas avtoturizm musobaqasi” va boshqalar. – Federatsiyamiz 2007 yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda - deydi federatsiya raisi Leonid Kozlovskiy. 2018 yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm rivojlantirish davlat qoʻmitasi bizni oʻz “qanoti” ostiga olganidan soʻng, davlatimizning bizning faoliyatimizga haqiqiy eʼtiborini sezdik. Soʻnggi paytlarda mamlakatimizda turizm sohasi jadal rivojlanmoqda, xususan, diqqatga sazovor joylarni sayohat qilish istagini bildirayotganlar soni ortmoqda, xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanmoqda, yangi turizm yoʻnalishlari yaratilmoqda. Afsuski, mamlakatda togʻ sporti turlari va togʻ turizmini rivojlantirishda professional tashkilotlar mavjud emas, shahar va togʻli hududlarda oʻquv-mashgʻulotlari maskanlarini tashkil etish zarur. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining institutsional koʻmagida, Federatsiyaning off-road (yoʻl tanlamasi) avtomobillarda sayyohlik yoʻnalishi jadal rivojlanmoqda, jumladan, off-road avtoralli boʻyicha musobaqasi oʻtkazildi, shuningdek, GPS-yoʻnaltirilgan avtomobil musobaqasini oʻtkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, Bektemir tumani hududida mamlakatimizda ilk marotaba 22 ta avtotransport ishtirokida, yengil va oʻrta kategoriyada off-road avtoralli “Road instinct” musobaqasi oʻtkazildi. Bundan tashqari, GPS-navigatorlar yordamida yoʻnalishlar tanlab olindi. Tadbir natijasida, Rossiya Federatsiyasi, Qirgʻiziston va Qozogʻistondan avtoturistlarni jalb qilgan holda 2019 yil oktabr oyida xalqaro off-road avtoralli musobaqasini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi. Ayni kunda, musobaqa hakamlari guruhi shakllantirilmoqda. Joriy yilda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi koʻmagida Federatsiya tomonidan “SKY accuracy cup 2019” paraplanda uchish va aniq qoʻnish boʻyicha musobaqa, “Lakeopenair” avtosayyohlar yozgi festivali,“Chimgan Air Battle-2019” paraplanda uchish boʻyicha Oʻzbekiston ochiq chempionati, “4x4 Energy” avtoralli festivali, avtoturizm boʻyicha xalqaro musobaqalar, GPS-yoʻnalishida yangi marshrut oʻtkazish va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan. “Federatsiya faoliyatining koʻlami kengayib bormoqda, biz nafaqat turizmning ekstremal turlarini, balki togʻ velosportini, velomotokross, mototurizm, paraplan va deltaplanda uchishni ommalashtirish bilan shugʻullanamiz. Federatsiyamizda mualliflik qoʻshiqlari va sheʼriyatning “Archa” ijodiy uyushmasi, “Oʻzbekiston qanotlari” paraplan va deltaplanda uchish birlashmasi, mototurizm hamda togʻda tez yugurish sportchilar jamoasi faoliyat olib boradi. – deydi Leonid Kozlovskiy. Xulosa oʻrnida aytish joizki, turizmni jadal rivojlantirishga jamoat tashkilotlarini keng jalb qilinishi sayyohlik yoʻnalishlarini koʻpaytirish va ommalashtirishga katta hissa qoʻshadi. O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini dunyo bo‘ylab keng targ'ib qilish maqsadida musulmon olamida yuqori nufuzga hamda ko‘p sonli tomoshabinlarga ega bo‘lgan “Al-Jazeera” telekanalining bir guruh ijodiy jamoasi 2019 yil 21-23 fevral kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumiga taklif etilgan edi. Ushbu ijodiy guruh tashrifi davomida O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Fargona va Toshkent viloyatlarida tasvirga olish ishlarini olib borgan edi. Joriy yil 14 apreldan boshlab ushbu telekanalning arab tilidagi efiri orqali “O‘zbekiston” nomli ko‘rsatuv namoyish etila boshlandi. 14 aprel kungi taqdim etilgan birinchi sonidan Toshkendagi Hazrati Imom majmuasi va Mus`hafi Usmon, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi, Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Bahouddin Naqshband yodgorligi hamda ushbu shaharda o‘tkazilgan Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumidan tayyorlangan lavhalar joy olgan. Ushbu ko’rsatuv yakshanba kuni 6 marta efirga uzatildi hamda “Al-Jazeera”ning ijtimoiy tarmoqlariga ham joylashtirilgan. Minglab ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari tomonidan tomosha qilingan mazkur ko’rsatuvga bir kun mobaynida 150 dan ortiq izohlar qoldirilgan, yurtimiz haqida iliq fikrlar bildirilgan. “Al-Jazeera” telekanali tomonidan 14 apreldan boshlab bir hafta davomida yurtimizning diniy ulamolari va qomusiy allomalari, shuningdek, ziyorat turizmi, gastronomik turizm, tog‘ turizmi, ekstrem turizm, ekoturizm salohiyati, boy madaniy merosining rang-barang namulari, hunarmandchilik, musiqa san’ati, xususan shashmaqom yo‘nalishi haqida ma‘lumot beruvchi turkum ko‘rsatuvlar efirga uzatilishi rejalashtirilmoqda. N.T.Shomuratovalar yaratdilar Xaritaga muvofiq butun mamlakatimiz hududi XIV
ekoturistik rayonga ajratilgan. Ular jumlasiga Ustyurt, Orol va Orolbo‘yi, Amudaryo, Qizilqum, Nurota, Zarafshon, Aydarko‘l, Sirdaryo, Chirchiq Ohangaron, Farg‘ona, Turkiston, Qashqadaryo, Hisor, Surxondaryoekoturistik rayonlari kiritilgan Har bir rayon o‘zining ekoturistik holati, imkoniyatlari, shartsharoitlari va rivojlanish istiqbollari nuqtayi nazaridan ajralib turadi. Masalan, Ustyurt ekoturistik rayonini oladigan bo‘lsak, u O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy-Qoraqalpog‘istonda joylashgan plato bo‘lib, uning umumiy maydoni 200 ming km2 ni tashkil etadi. Bu joylar dunyoda eng katta va yagona 60–150 metrlik tik
qoyali jarlari, davolash xususiyatiga ega bo‘lgan juda katta – 1000 km2li tuzli Borsakelmas sho‘rxogi bilan mashhur. O‘simlik qoplami siyrak, osh tuzi va balchiqli tuzning qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi qurib bitkazilgan Qo‘ng‘irot soda zavodi aynan ana shu tuzlar hisobiga ishlaydi. Neolit davridan
qolgan «Ustyurt makoni» ham noyobdir. Unda 60 ga yaqin qadimiy odamlar yashagan tabiiy obyektlar aniqlangan. Ularning ichida ham tarixiy, ham ekoturistik ahamiyatga moyil «Tempa» makoni bo‘lib, undan Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi qadimiy mehnat va ov qurollarini topgan Amudaryo ekoturistik rayoni. Amudaryoning o‘zaniga yaqin ohillarida to‘qayzorlar mavjud bo‘lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft hisoblanadi. Quyi Amudaryoning sohilida to‘qay landshaftidagi qushlar va hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto‘qay qo‘riqxonasi tashkil etilgan faunani saqlash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil qilnilgan. Bulardan tashqari Qizilqumning g‘arbiy qismida,
mudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, kembriy va kembriygacha davrda urmalangan tog‘ jinslari ochilmalaridan iborat, balandligi 485 metrlik Sulton Uvays tog‘lariga ekoturlar uyushtirish mumkin. mudaryo rayonida O‘zbekistonning ko‘hna shaharlaridan biri orazm joylashgan, uning arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm
markazlaridan biri hisoblanadi. Ekoturlarni tarixiy turlar bilan kompleks olibborish mumkin. Nurota ekoturistik rayoni o‘zining ajoyib tabiat manzaralari,
arixiy arxitektura yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 975-yilda tashkil etilgan va maydoni 17,8 ming ga bo‘lgan Nurota tog‘ yong‘oqzor-meva qo‘riqxonasi mavjud. Bu qo‘riqxonaga Ekosan» qoshidagi «Ekosantur» firmasi tomonidan ko‘plab marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog‘ning janubiy yon bag‘rida
oylashgan shamol ta’sirida tebranib turuvchi bahaybat xarsang toshli «Sangijumon», «Koriz qoldiqlar» kabi tabiat yodgorligi koturizmning muhim obyektlaridan bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p asrlik ziyoratgoh «Chashma buloq» yaqinida «Chilustun» masjidi, madrasa, Abul Xasan Nuriy maqbarasi va qal’asi joylashgan. qoratog‘ tizmasining janubiy yon bag‘rida «Sarmish darasi»dagi qoyalarda avlodlarimizning hayoti va madaniyatini aks ettiruvchi lavhalar, rasmlar ishlangan. Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolut balandligi
060 m, maydoni 163 m keladigan «Maydon karst g‘ori», Shimoliy Nurota tizmasidagi uzunligi 130 m, absolut balandligi 1100 m, maydoni 70 m keladigan «Xonaixudo karst g‘or»da g‘orshunoslikni rivojlantirish mumkin. Bulardan tashqari, XI asrda bunyod etilgan XVIII asr boshlarigacha turgan «Raboti Malik karvonsaroyi» sayyohlarning to‘xtash joyi, shuningdek, savdogarlarning savdo qilish joyi bo‘lgan. Raboti Malik yonida ming yillik tarixga ega bo‘lgan madaniy yodgorlik – sardoba uchraydi. Yer ichiga 12 m botirilgan sardobada butun yoz bo‘yi muzdek va toza suv saqlangan. Zarafshon ekoturistik rayonida Zarafshon daryosi bo‘ylarida joylashgan to‘qay landshafti,undagi o‘simlik va hayvonot dunyosini
muhofaza qilish uchun tashkillashtirilgan «Zarafshon qo‘riqxonasi» mavjud. Buxoro viloyatining Shofrikon o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan qum cho‘l landshafti, u yerdagi o‘simliklar va hayvonlar hamda tarixiy yodgorliklar (Vardanza shahar xarobalari) davlat tomonidan qo‘riqlanadi. «Vardanza qo‘riqxonasi», «To‘dako‘l flora va faunasini boyitish buyurtmaxonasi», Qoravulbozor xo‘jaligida joylashgan «Jayron-ekomar kazi», suv va botqoqqa moslashgan qushlarni ko‘paytiruvchi «Dengizko‘l buyurtmaxonasi», Zarafshon
tog‘ tizmalaridagi Omonqo‘ton va Temurlang karst g‘orlari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘ tizmalaridagi ko‘p qavatli «G‘untak g‘ori» va boshqalar diqqatga sazovordir. Turkiston ekoturistik rayonida ekoturlarni alohida muhofaza etiladigan hududlarga uyushtirish mumkin. Chunki bu rayonda Turkiston tizmasining shimoliy yonbag‘rida 1959-yilda tashkil etilgan, absolut balandligi 1760–3500 m, umumiy maydoni 21735 ga bo‘lgan «Zomin davlat qo‘riqxonasi», maydoni 24110 ga
bo‘lgan noyob tog‘-archa ekosistemalarini tiklash va rekreatsiya maqsadlarida foydalanish uchun 1978-yilda tashkil etilgan «Zomin milliy bog‘i» mavjud.
Qashqadaryo ekoturistik rayoni cho‘l, dasht, tog‘ oldi va tog‘li hududlardan iborat. Bu rayonda yoz va bahor oylarida cho‘l va dashtlarda, yilning barcha fasllarida esa tog‘ oldi va tog‘li hududlariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Qashqadaryo rayonida 1979-yilda tashkil etilgan, 3938 ga maydonga ega bo‘lgan, MDH davlatlari ichida yagona «Kitob davlat geologiya qo‘riqxonasi», 1992-yilda tashkil etilgan «Muborak buyurtmaxonasi», 1992-yilda tashkil etilgan «Sechenko‘l buyurtmaxonasi» mavjud. Ko‘hitang tog 1987-yilda tashkil etilgan, 53,7 ming ga maydonda 800 xil o‘simlik va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon turlarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan «Surxon davlat tabiat qo‘riqxonasi» mavjud.
Surxondaryo rayoni respublikamizning o‘ziga xos rayonlaridan biri, bu yerda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning uchun ham yilning ko‘p oylarida ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor. Qizilqum ekoturistik rayoni O‘zbekistonning boshqa ekoturistik rayonlaridan tabiiy-iqlimiy xususiyatlari bo‘yicha ajralib turadi. Chunki bu ekoturistik rayon respublikamizdagi eng katta
cho‘lning hududlarida joylashgan. Sayyoramizdagi eng katta cho‘llardan hisoblanuvchi Qizilqum cho‘lining maydoni 32,5 mln.ga. Shundan, 7 mln. ga maydoni O‘zbekiston hududlarida, qolganlari Qozog‘iston Respublikasining asosiy maydonlarini egallaydi. Qizilqum cho‘lida cho‘lning barcha tiplari va relyef
shakllari uchraydi. Hisor ekoturistik rayonining tabiiy iqlim xususiyatlari,
o‘simliklar olami va hayvonot dunyosi haqidagi ma’lumotlar Hisor davlat tabiat qo‘riqxonasi haqida yozilgan tavsiflarda keltirildi. Aydarko‘l ekoturistik rayoni asosan seryog‘in bo‘lgan 1969-yildagi suvlarning va Mirzacho‘lni paxtachilik maqsadlarida o‘zlashtirish natijalari, tashlama suvlarning ko‘payishi natijasida
Aydarko‘l va Arnasoy tizimidagi ko‘llarining qo‘shilib ketishi va Chordara suv omboridagi ortiqcha suvlarning tashlanishi hisobiga yuzaga keldi. Bu ekoturistik rayonning suv bilan band qismi 600 ming ga. Maydon yildan yilga kattalashmoqda va bu kattarish ham ko‘p o‘tmasdan o‘zining salbiy oqibatlarini O‘zbekistonliklarning oldiga ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Hozirda bu suv havzalaridan baliqchilik va xalqaro miqyosda qishlovchi qushlarning muhofazasi maqsadlarida foydalanilmoqda. Bu joyda ekoturistik infratuzilmalar yaratilgan va mahalliy, xalqaro ekoturistlarni qabul qilish boshlangan. Sirdaryo ekoturistik rayoni asosan Sirdaryoning havzasini to‘liq egallaydi. Bu daryo havzasida saqlanib qolingan to‘qayzor va qamishzorlarda asosan baliqchilik, qisman sholichilik va qishlovchi qushlar ekoturistik obyektlar bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, bu ekoturistik rayonda mahalliy ekosafari turistik marshrutlarini ham tashkil qilishning katta imkoniyatlari bor. Chirchiq-Ohangaron ekoturistik rayonida Chotqol tog‘-o‘rmon Biosfera tabiat qo‘riqxonasi va Ugom-Chotqol milliy parkining hududlari joylashgan. Bu ikkala muhim ekoturistik obyektlarning
tavsiflari keltirildi. Bu ekoturistik rayonning hududlarida ekoturistik infratuzilmalar yaratishning xalqaro talablari darajalaridagi inshootlari qurilmoqda va mahalliy, xalqaro ekoturistlarni qabul qilish boshlangan. Farg‘ona ekoturistik rayonining maydoni butun Farg‘ona vodiysining hududlarini qamrab oladi. Bu vodiy tabiatining betakrorligi, maftunkorligi va turli-tumanligi qadimdan
dunyoga ma’lum. Aslida, insoniyat taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqilariga asos solgan Buyuk ipak yo‘lining ochilishi ham ana shu Farg‘onamizning tabiati va uning mehnatkash, ijodkor xalqi bo‘lgan. Bu ekoturistik rayonda ekologik turizmni ham va turizmdagi barcha turlarni ham rivojlantirishning juda katta
salohiyatlari va imkoniyatlari bor.
O`zbekistonda horij tajribasidan foydalangan holda ekoturizmni rivojlantirish

istiqbollari

O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishda mavjud bo’lgan muammolar va ularning yechimlari.(O’zbekistonning ekoturistik brendini yaratish va Buxoro hududida hayvonot bog’i yaratish loyihasi)

Ekoturizm o’zbekistonda katta patensialga ega sohalardan biri hisoblanadi. Lekin bugungi kunda boshqa turizm turlari bilan solishtirganda ekoturizmning turizm sohasidadi ulushi juda kam. O’zbekiston nafaqat o’zining tarixiy obidalari va arxitekturasi bilan dunyoga mashhur balki o’zining betakror tabiat maskanlari bilan turistlarni o’ziga jalb qilish imkoniga ega. Cho’llar bo’ylab turlar,tog’larga chiqish, qo’riqxonalarga borish va boshqalar shular jumlasidandir. Mamlakatda ekoturizmni rivojlantirshga davlat miqyosida e’tibor berilmoqda. Oliy Majlisda ”Ekologik harakat” tashkil etilgan bo’lib, mamlakatda ekoturizmni rivojlantirish bo’yicha ishlarni amalga oshiryapti. Misol uchun Qizilqum cho’lida to’rtta yurtali lagerlar mavjud bo’lib, ularda vaqtni juda mazmunli o’tkazish mumkin. Suv bo’yida piknik uyushtirish ,Haydarko’lda katerda sayohat qilish ,teleskop orqali yulduzlarni kuzatish,gulxan atrofida qo’shiq aytish, jipda qizilqum bo’ylab sayohat, tuyalarga minish va sayr qilish va yana bir qancha qiziqarli mashg’ulotlar bilan shug’ullanish mumkin. Ekologik turlar alohida tur yoki aralash tipdagi tur sifatida olib borilishi mumkin. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki,aralash tipidagi turlar, madaniy turizm va ekoturizm birgalikda, umumiy hajmda 15-23% ni tashkil etadi. Misol uchun turistlar Toshkentga kelgach 1 kunga Ugоm-CHоtqоl tаbiiy milliy pаrki borishlari mumkin. Keyin mashhur 3 tarixiy shahar –Samarqand,Buxoro,Xiva-bo’ylab o’z sayohatlarini davom ettirishlari mumkin. Bir shahardan ikkinchi shaharga borish paytida qishloqlar va o’tovli lagerlarga kirib o’tishlari mumkin. Albatta,bu sohada ham o’ziga xos muammolar va qiyinchiliklar mavjud va bular quyidagilar:




Infrastrukturaning talab darajasiga javob bermasligi

Ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi, yuqori malakali mutaxassislarning yetishmasligini

Respublikadagi asosiy ekoturizm resurslariga turistik marshrutlar ishlab chiqilmaganligi

Ekologik turizmni rivojlantirishda ekologik turizm maskanlaridagi mahalliy aholini ish bilan band bo’lishidagi ta`lim – targ’ibot, qiziqtirish ishlarining yaxshi olib borilmayotganligi.

Ekoturizmni rivojlantirishda ichki ekoturizm va xalqaro ekoturizmning milliy reklamasi ichki turizm bozorida ham tashqi turizm bozoriga ham chiqarilmaganligi

Kishilarda ekologik bilimning pastligi

Hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko`rinishdir. Uni ommalashtirish kerak. Birinchi navbatda ekoturizm nafaqat iqtisodiyotga balki mahalliy aholi uchun ham foydali ekanligini, shuningdek ekoturizm tabiatni saqlashning eng oqilona ekanligi haqida tushuntirish ishlarini olib boorish kerak. O’sha hududda yashovchi aholini shu sohada ishlashga jalb qilish lozim ya’ni ular mutaxassis kadr sifatida ish olib borishlari lozim.

Ekoturizmni rivojlantirish maqsadida fuqarolarda ekologik madaniyatni, ta`lim-tarbiyani shakllantirish talab etiladi. Ayni paytda ekoturizm va unga tegishli tashkilotlar to`g’risida to`laqonli ma’lumot bera oladigan axborot resurslarini yaratish va takomillashtirish lozim. Shu bilan birgalikda shahar tashqarisida joylashgan kichik mehmonxonalar va guest houselarga litsenziya olish tartibini soddalashtirish kerak. Va asosiysi, bu yerda turizmning rivojlanishi tabiatga zarar yetkazmasligiga, keluvchi kapital urf-odatlar va asosiy elementlarning yo’qolib ketishiga olib kelmasligini nazorat qilish talab etiladi. Mamlakatda Ekoturizmni rivojlantirish orqali biz quyidagi natijalarga erishamiz:

Aholining ekologik savodxonlik darajasining oshishiga ;

Mahalliy aholining Qo’riqlanadigan joylarga estetik va iqtisodiy qiymatga ega joy sifatida qarashlariga va ekoturizmni rivojlanishi hamkorlikda ishlashga turtki bo’ladi ;

Hududlarga ijtimoiy va iqtisodiy sharoitning yaxshilanishiga shuningdek, mahalliy aholi uchun yangi ish joylarining yaralishiga ;

Moliyaviy jihatdan qo’llab- quvatlovchi qo’shimcha fondlarning paydo bo’lishiga .

O’zbekistonning ekoturistik brendini yaratish

Brend o’zida mahsulotning nomi ,timsoli,dizayni va boshqa xususiyatlarini o’zida mujassam etadi. Brend orqali xaridor mahsulotni bir biridan ajrata oladi.Shuningdek brend inson xotirasida tez muxrlanib qoladi va iste’molchiga mahsulot haqida qisqacha ma’lumot beradi.

Brend quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

-nom (kompaniya mahsuloti,xizmatini ifodalovchi so’z yoki so’zlar)

-rang

-tovush

-hid

-shakllar va boshqalar.

O’zbekistonning eko brendini yaratish orqali biz hududda mavjud bo’lgan barcha ekologik destinatsiyalarni bir brend ostida xorijiy sayyohlarga va mahalliy aholiga yetkazish imkoniga ega bo’lamiz. Biz yuqorida O’zbekistonning ekoturistik brendini ko’rib chiqdik.Maskur brendda O’zbekiston so’zi yashil rangda yozilgan.Yashil tabiat rangi bo’lganligi uchun shu rang tanlandi. Gul orqali O’zbekiston florasiga ,uchayotgan laylak orqali esa O’zbekistonning faunasiga urg’u berilgan. To’q sariq rangda cho’llar,och sariq rangda serquyosh o’lkamiz tasvirlangan. Moviy rang orqali esa mamlakatimizning sarvqomat tog’lari aks ettirilgan. Shuningdek brend shiori ( tabiat bilan birga bo’l)ga muvofiq ravishda ’a’ harfining ichiga inson va uni o’rab turgan tabiat aksi tushirilgan. Kamalak orqali tabiat mo’jilaridan bahramand bo’lish imkonini yoritilgan.

Buxoro hududida hayvonot bog’i yaratish loyihasi.

Hududiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, Buxoro viloyatida ham ekoturizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etish zarur. Ayni paytda, mamlakatimizga va viloyatimizga tashrif buyurayotgan turistlar oqimi yildan yilga oshib borayaotib, mahalliy turizm jami turizm oqimida 60% atrofida hissaga ega bo'lmoqda.

Mahalliy turistlarni Buxoro viloyatida uzoqroq saqlab qolishda milliy park, xiyobonlarni ko'paytirish va ularda xizmat ko'rsatish sifatini oshirish muhimdir. Biz imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, Buxoroda yirik hayvonot bog'i tashkil etishni taklif qilamiz. Ushbu hayvonot bog'ida O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar saqlanishi nazarda tutiladi. Albatta, mazkur jarayon juda katta mehnat, mablag' va vaqtni talab etadi. Ammo quyidagi qo'shimcha afzalliklarni beradi:

- hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish,sayyohlarga O'zbekistonning o'ziga xos hayvonot olami haqida ma'lummot berish;

- ushbu bog'da ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish, mazkur soha yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga amaliyot maskani sifatida xizmat qilishi;

- qo'shimcha ishchi o'rinlari(zootexnik,veterinar,melioratsiya xodimlari, haydovchi va hokazo) tashkil etiladi.Ushbu sohada faoliyat yurita oladigan kadrlarga talab shakllanadi;

- qo'shimcha daromad hajmlari oshadi;

- ushbu bog'da elektr-energiyasi va issiq suv ta'minotida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya qurilmalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir; - xushmanzara joylarda alohida dam olish joylari, tamaddixonalar tashkil etish, qo'shimcha xizmat sifatida yosh bolalar uchun velosiped, aravachalarni hayvonot bog'i hududida ijaraga berish,ular uchun batut kabi ko'ngilochar xizmatlar,suratga tushish xizmatini taklif qilish, xullas sayohat, sport,san'at va madaniyat sohalari bir-biri bilan ma'lum bog'liqlik asosida ish olib borish imkoniyati paydo bo'ladi.

Biz mazkur hayvonot bogini shaharning chekka qismida, masalan ''Boqiy Buxoro'' majmuasining foydalanilmayotgan qismida tashkil qilishni tavsiya etamiz.Biz bejizga hayvonot bog'ini tashkil etish taklifini kiritmayapmiz; xorij tajribasi shuni ko'rsatadiki, ekoturizmga qilingan xarajat 4-5 martagacha ko'p daromad keltiradi.

Xushmanzara sun’iy daraxtlar

Bizga ma’lumki yoz faslida ob- havo bizning mamalakatimizda juda issiq bo’ladi.Shu sababli bizning yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy turistlar uchun tarixiy obidalar atrofida sun’iy daraxtlar qurishni taklif etamiz. Bu sun’iy daraxtlarning balandligi tarixiy obidalarning tashqi ko’rinishini to’sib qo’ymasligini inobatga olgan holda 20-30 metr atrofida qilib quriladi. Daraxtlarning ustida quyosh batarelari qo’yiladi. Daraxt osti kunduz kunlari salqin bo’lishini daraxtlarda maxsus suv purkagichlarning qo’yilishi bilan ta’minlash mumkin. Kechqurun esa maskur daraxtlar o’z barglarini yig’gan holda atrofga nur taratadilar. Bunga ularga o’rnatilgan kichik yoritgichlar sabab bo’ladi. Shuningdek daraxtlar ostida dam oluvchilar uchun o’rindiqlar ham tashkil etiladi. Bu turdagi daraxtlar Ark atrofida,Chor minor ,Chashgmi Ayub, Somoniylar maqbarasi kabi obidalar atrofida qurilsa ayni muddao bo’lar edi.

3.2. Mamlakatimiz ekoturizmi taraqqiyotida xorij tajribasidan foydalanish

Biz ikkinchi bobda xorijiy mamlakatlarning ekoturizm sohasidagi tajribalari bilan tanishib o’tdik.Tatqiqot obyekti sifatida Singapur va Kosta Rika davlatlari ekoturizmini ko’rib chiqdik. Kosta Rika tajribasi shuni ko’rsadiki ekoturizm davlatning rivojlanish strategiyasi bo’lishi mumkin ,agar yaxshi idoraviy qobilyat bo’lsa ,asosan mahalliy darajada. Va quyidagi shart-sharoit mavjud bo’lishi kerak:

• Omma orasida ekologik bilim yuqori bo’lishi kerak

• Xususiy sektorlar tabiiy resurslarni asrab qolish va rivojlantirish bo’yicha dasturga tayangan holda ishlashlari darkor,va bu dasturda ijtimoiy ,ekologik va iqtisodiy aspektlar teng ravishda muhokama qilinishi kerak

• Qatnashuvchilar va aholi egalik hissini his qilgan holda va dasturlarni tushunishlari va bajarilishini taminlashlari lozim

• Turizm industriyasida mahalliy tadbirkorlik yuqori bo’lishi va mahalliy madaniyat turistlarning faoliyati bilan birlashtirilgan bo’lishi kerak.

Bu kabi holatni kickina ko’lamdagi va jamoaga asoslangan turizmda uchratish mumkin.

Singapur tajribasi shuni ko’rsadiki ekoturizmni rivojlantirish uchun:

• Ekologik bilimni oshirish;

• Ekologik talimni bir umrlik jarayonga aylantirish ;

• Tabiatni asrashga katta etibor berish;

• Davlar tomanidan ekoturizmni rivojlantirish maqsadida turli xil fondlar va sohaning rivojlanishi uchun qonun hujjatlarining qabul qilinishi;

Shuningdek,insonlar shaxsiy qiziqishlari asosida nafaqat o’zlarini o’rab turgan atrof-muhitni,balki global atrof muhitni ham asrash haqida qayg’urishadi. Aholining tabiat haqidagi bilimlari oshgani sari uning xaridga bo’lgan munosabati ham shunga mos ravishda o’zgarib boradi,keyinchalik mahsulot ekologik jihatdan qanday ishlab chiqarilishiga bog’liq bo’ladi. Hukumat 1992-yil yashil sxemali yorliqlarni ekologiyaga zarar yetkazmaydigan mahsulotlar yorlig’i sifatida chiqardi.1998-yilga kelib 611 ta mahsulot shunday yorliqlar bilan taqdirlandi. 1991-yil atrof muhitni asrashga o’z hissasini qo’shgan tashkilotlar va shaxslarni taqdirlash maqsadida ”yashil barg” mukofoti tashkil etildi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, kishilarda ekologik bilimni shakllantirmay turib mamlakatda ekoturizmni rivojlantirib bo’lmaydi.Hozirgi kunda O’zbekistonda ekolagik bilimni oshirish maqsadida bir muncha ishlar qilinmoqda. Televidiniya orqali mamlakatimizda mavjud bo’lgan tabiat maskanlari haqida ma’lumotlar berilmoqda. Bu kishilarda ekologik bilimlarning o’shiga turtki bo’ladi. Shuningdek bolalarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish uchun ekologik toza mahsulotlar aniqrog’i o’yinchoqlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yaxshi natijalarni beradi deb o’ylayman. Qolaversa maktablarda jonli burchaklar yaratish orqali ya’ni maktabning ma’lum bir hududida turli xildagi hayvonlarni boqish va o’simliklarni o’stirishni yo’lga qo’yish kerak. Tabiat, botanika, zoologiya kabi tabiatga bog’liq fanlarda ulardan foydalanish mumkin. Yoki bolalarni bog’larga olib borib yovvoyi hayvonlar va qushlarni qanday parvarishlanishi ko’rishlarini va bu jarayonda bevosita ishtirok etishlarini taminlash kerak. Bu albatta ularda tabiatga bo’lgan mehr-muhabbatni uyg’otadi. Sohani rivojlantirish davlat tomonidan qo’llab-quvatlanyapti. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki «Turizmni rivojlantirish Davlat Qo’mitasi», Fridrix Ebyert nomli Fond(GFR) va Xalqaro «Ekosan» fondi rahbarligida oʻtkazilgan «Ekoturizm va Buyuk Ipak Yoʻli» 1-Xalqaro Konferensiya tavsiyalariga koʻra «Ekosan-tur» Markazi tuzilgan. Markaz faoliyatining rivojlanishiga sayyohlik sohasining mutaxassislari, Oʻzbekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining tabiatni asrash tashkilotlari, maslahatchilar jalb qilingan. Mintaqalardagi ekoturizm ob’yektlarida faoliyat yurituvchi biznes tuzilmalar va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek joylardagi oʻz-oʻzini boshqarish organlari ham jalb etilgan. Mamlakatimizda ekoturizm salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur`atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizm taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, oqilona foydalanish, sohaning o'zimizga xos va mos yo'llarini izlab topib, amalga oshirish lozim.

Xulosa

Xulosa o`rnida shuni takidlash mumkinki, mamlakatimiz o`zining turistik potentsialiga boy, ammo mavjud imkoniyatdan to`liq foydalanmaslik holatlari, xususan ekologik turizmda ko`zga tashlanmoqda. Hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko`rinishdir.Ko`pchilikni mamlakatimizning ekoturizm imkoniyatlari borasida to`laqonli axborotlarning etishmasligi masalasi tashvishga soladi. Ushbu mavzuda maxsus ixtisoslashgan nashrlar va saytlar kam uchraydi.. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish bilan bog’liq bo`lgan ish-harakatlar izchil tartibda olib borilmoqda. SHunday ekan, mazkur soha rivojini yanada yuksaltirish, uni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, ommalashtirish, tarqib qilish, shubhasiz, turizmga qiziquvchi sayyohlarni mamlakatimizga tashrifini bir necha barobarga oshiradi.

Mamlakatimiz ekoturistik salohiyati juda yuqori bo’lib,uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.Bu salohiyat va imkoniyatlardan ekoturizm rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan oqilona foydalangan holda ,tabiatga zara yetkazmagan holda rivojlantirish hamda kelajak avlodga yetkazish lozim.Shuningdek turistik tashkilotlar ,turli xil qo’mitalar ,fondlar va mahalliy aholi bir butun bo’lib ,hamkorlikda ishlashlari lozim.Hozirgi kundaO`zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlari tarkibidagi 9 ta davlat qo`riqxonasi, 2 ta milliy bog’ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko`paytirish Respublika markazi (Jayron "Ekomarkazi"), 9 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud bo`lib, ular dunyo bo`ylab ko`pgina ekoturistlarni ohanrabo misol o`ziga tortadi. Qolaversa, Farg’ona vodiysi, Bo`stonliq, Zomin, Urgut, Kitob, Boysun, SHahrisabz kabi hududlarda tog’, sport ekoturizmini rivojlantirish uchun etarli shart-sharoitlar mavjud. Respublikamizdagi 300 dan ortiq rekreatsiya ahamiyatiga ega shifobaxsh mineral er osti suvlarining 120 dan ortig’i aholi salomatligini tiklash borasida foydalanilmoqda.
O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishda mavjud bo’lgan muammolar va ularning yechimlari.(O’zbekistonning ekoturistik brendini yaratish va Buxoro hududida hayvonot bog’i yaratish loyihasi) Ekoturizm o’zbekistonda katta patensialga ega sohalardan biri hisoblanadi. Lekin bugungi kunda boshqa turizm turlari bilan solishtirganda ekoturizmning turizm sohasidadi ulushi juda kam. O’zbekiston nafaqat o’zining tarixiy obidalari va arxitekturasi bilan dunyoga mashhur balki o’zining betakror tabiat maskanlari bilan turistlarni o’ziga jalb qilish imkoniga ega. Cho’llar bo’ylab turlar,tog’larga chiqish, qo’riqxonalarga borish va boshqalar shular jumlasidandir. Mamlakatda ekoturizmni rivojlantirshga davlat miqyosida e’tibor berilmoqda. Oliy Majlisda ”Ekologik harakat” tashkil etilgan bo’lib, mamlakatda ekoturizmni rivojlantirish bo’yicha ishlarni amalga oshiryapti. Misol uchun Qizilqum cho’lida to’rtta yurtali lagerlar mavjud bo’lib, ularda vaqtni juda mazmunli o’tkazish mumkin. Suv bo’yida piknik uyushtirish ,Haydarko’lda katerda sayohat qilish ,teleskop orqali yulduzlarni kuzatish,gulxan atrofida qo’shiq aytish, jipda qizilqum bo’ylab sayohat, tuyalarga minish va sayr qilish va yana bir qancha qiziqarli mashg’ulotlar bilan shug’ullanish mumkin. Ekologik turlar alohida tur yoki aralash tipdagi tur sifatida olib borilishi mumkin. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki,aralash tipidagi turlar, madaniy turizm va ekoturizm birgalikda, umumiy hajmda 15-23% ni tashkil etadi. Misol uchun turistlar Toshkentga kelgach 1 kunga Ugоm-CHоtqоl tаbiiy milliy pаrki borishlari mumkin. Keyin mashhur 3 tarixiy shahar –Samarqand,Buxoro,Xiva-bo’ylab o’z sayohatlarini davom ettirishlari mumkin. Bir shahardan ikkinchi shaharga borish paytida qishloqlar va o’tovli lagerlarga kirib o’tishlari mumkin. Albatta,bu sohada ham o’ziga xos muammolar va qiyinchiliklar mavjud va bular quyidagilar:

- Infrastrukturaning talab darajasiga javob bermasligi

- Ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi, yuqori malakali mutaxassislarning yetishmasligini

- Respublikadagi asosiy ekoturizm resurslariga turistik marshrutlar ishlab chiqilmaganligi

- Ekologik turizmni rivojlantirishda ekologik turizm maskanlaridagi mahalliy aholini ish bilan band bo’lishidagi ta`lim – targ’ibot, qiziqtirish ishlarining yaxshi olib borilmayotganligi.

- Ekoturizmni rivojlantirishda ichki ekoturizm va xalqaro ekoturizmning milliy reklamasi ichki turizm bozorida ham tashqi turizm bozoriga ham chiqarilmaganligi

- Kishilarda ekologik bilimning pastligi

Hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko`rinishdir. Uni ommalashtirish kerak. Birinchi navbatda ekoturizm nafaqat iqtisodiyotga balki mahalliy aholi uchun ham foydali ekanligini, shuningdek ekoturizm tabiatni saqlashning eng oqilona ekanligi haqida tushuntirish ishlarini olib boorish kerak. O’sha hududda yashovchi aholini shu sohada ishlashga jalb qilish lozim ya’ni ular mutaxassis kadr sifatida ish olib borishlari lozim. Ekoturizmni rivojlantirish maqsadida fuqarolarda ekologik madaniyatni, ta`lim-tarbiyani shakllantirish talab etiladi. Ayni paytda ekoturizm va unga tegishli tashkilotlar to`g’risida to`laqonli ma’lumot bera oladigan axborot resurslarini yaratish va takomillashtirish lozim. Shu bilan birgalikda shahar tashqarisida joylashgan kichik mehmonxonalar va guest houselarga litsenziya olish tartibini soddalashtirish kerak. Va asosiysi, bu yerda turizmning rivojlanishi tabiatga zarar yetkazmasligiga, keluvchi kapital urf-odatlar va asosiy elementlarning yo’qolib ketishiga olib kelmasligini nazorat qilish talab etiladi. Mamlakatda Ekoturizmni rivojlantirish orqali biz quyidagi natijalarga erishamiz:

-Aholining ekologik savodxonlik darajasining oshishiga ;

- Mahalliy aholining Qo’riqlanadigan joylarga estetik va iqtisodiy qiymatga ega joy sifatida qarashlariga va ekoturizmni rivojlanishi hamkorlikda ishlashga turtki bo’ladi ;

- Hududlarga ijtimoiy va iqtisodiy sharoitning yaxshilanishiga shuningdek, mahalliy aholi uchun yangi ish joylarining yaralishiga ;

- Moliyaviy jihatdan qo’llab- quvatlovchi qo’shimcha fondlarning paydo bo’lishiga .

O’zbekistonning ekoturistik brendini yaratish

Brend o’zida mahsulotning nomi ,timsoli,dizayni va boshqa xususiyatlarini o’zida mujassam etadi. Brend orqali xaridor mahsulotni bir biridan ajrata oladi.Shuningdek brend inson xotirasida tez muxrlanib qoladi va iste’molchiga mahsulot haqida qisqacha ma’lumot beradi.

Brend quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

-nom (kompaniya mahsuloti,xizmatini ifodalovchi so’z yoki so’zlar)

-rang

-tovush


-hid

-shakllar va boshqalar.

O’zbekistonning eko brendini yaratish orqali biz hududda mavjud bo’lgan barcha ekologik destinatsiyalarni bir brend ostida xorijiy sayyohlarga va mahalliy aholiga yetkazish imkoniga ega bo’lamiz. Biz yuqorida O’zbekistonning ekoturistik brendini ko’rib chiqdik.Maskur brendda O’zbekiston so’zi yashil rangda yozilgan.Yashil tabiat rangi bo’lganligi uchun shu rang tanlandi. Gul orqali O’zbekiston florasiga ,uchayotgan laylak orqali esa O’zbekistonning faunasiga urg’u berilgan. To’q sariq rangda cho’llar,och sariq rangda serquyosh o’lkamiz tasvirlangan. Moviy rang orqali esa mamlakatimizning sarvqomat tog’lari aks ettirilgan. Shuningdek brend shiori ( tabiat bilan birga bo’l)ga muvofiq ravishda ’a’ harfining ichiga inson va uni o’rab turgan tabiat aksi tushirilgan. Kamalak orqali tabiat mo’jilaridan bahramand bo’lish imkonini yoritilgan. Buxoro hududida hayvonot bog’i yaratish loyihasi.

Hududiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, Buxoro viloyatida ham ekoturizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etish zarur. Ayni paytda, mamlakatimizga va viloyatimizga tashrif buyurayotgan turistlar oqimi yildan yilga oshib borayaotib, mahalliy turizm jami turizm oqimida 60% atrofida hissaga ega bo'lmoqda. Mahalliy turistlarni Buxoro viloyatida uzoqroq saqlab qolishda milliy park, xiyobonlarni ko'paytirish va ularda xizmat ko'rsatish sifatini oshirish muhimdir. Biz imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, Buxoroda yirik hayvonot bog'i tashkil etishni taklif qilamiz. Ushbu hayvonot bog'ida O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar saqlanishi nazarda tutiladi. Albatta, mazkur jarayon juda katta mehnat, mablag' va vaqtni talab etadi. Ammo quyidagi qo'shimcha afzalliklarni beradi:

- hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish,sayyohlarga O'zbekistonning o'ziga xos hayvonot olami haqida ma'lummot berish;

- ushbu bog'da ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish, mazkur soha yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga amaliyot maskani sifatida xizmat qilishi;

- qo'shimcha ishchi o'rinlari(zootexnik,veterinar,melioratsiya xodimlari, haydovchi va hokazo) tashkil etiladi.Ushbu sohada faoliyat yurita oladigan kadrlarga talab shakllanadi;

- qo'shimcha daromad hajmlari oshadi;

- ushbu bog'da elektr-energiyasi va issiq suv ta'minotida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya qurilmalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir; - xushmanzara joylarda alohida dam olish joylari, tamaddixonalar tashkil etish, qo'shimcha xizmat sifatida yosh bolalar uchun velosiped, aravachalarni hayvonot bog'i hududida ijaraga berish,ular uchun batut kabi ko'ngilochar xizmatlar,suratga tushish xizmatini taklif qilish, xullas sayohat, sport,san'at va madaniyat sohalari bir-biri bilan ma'lum bog'liqlik asosida ish olib borish imkoniyati paydo bo'ladi. Biz mazkur hayvonot bogini shaharning chekka qismida, masalan ''Boqiy Buxoro'' majmuasining foydalanilmayotgan qismida tashkil qilishni tavsiya etamiz.Biz bejizga hayvonot bog'ini tashkil etish taklifini kiritmayapmiz; xorij tajribasi shuni ko'rsatadiki, ekoturizmga qilingan xarajat 4-5 martagacha ko'p daromad keltiradi. Xushmanzara sun’iy daraxtlar Bizga ma’lumki yoz faslida ob- havo bizning mamalakatimizda juda issiq bo’ladi.Shu sababli bizning yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy turistlar uchun tarixiy obidalar atrofida sun’iy daraxtlar qurishni taklif etamiz. Bu sun’iy daraxtlarning balandligi tarixiy obidalarning tashqi ko’rinishini to’sib qo’ymasligini inobatga olgan holda 20-30 metr atrofida qilib quriladi. Daraxtlarning ustida quyosh batarelari qo’yiladi. Daraxt osti kunduz kunlari salqin bo’lishini daraxtlarda maxsus suv purkagichlarning qo’yilishi bilan ta’minlash mumkin. Kechqurun esa maskur daraxtlar o’z barglarini yig’gan holda atrofga nur taratadilar. Bunga ularga o’rnatilgan kichik yoritgichlar sabab bo’ladi. Shuningdek daraxtlar ostida dam oluvchilar uchun o’rindiqlar ham tashkil etiladi. Bu turdagi daraxtlar Ark atrofida,Chor minor ,Chashgmi Ayub, Somoniylar maqbarasi kabi obidalar atrofida qurilsa ayni muddao bo’lar edi.

Mamlakatimiz ekoturizmi taraqqiyotida xorij tajribasidan foydalanish. Biz ikkinchi bobda xorijiy mamlakatlarning ekoturizm sohasidagi tajribalari bilan tanishib o’tdik.Tatqiqot obyekti sifatida Singapur va Kosta Rika davlatlari ekoturizmini ko’rib chiqdik. Kosta Rika tajribasi shuni ko’rsadiki ekoturizm davlatning rivojlanish strategiyasi bo’lishi mumkin ,agar yaxshi idoraviy qobilyat bo’lsa ,asosan mahalliy darajada. Va quyidagi shart-sharoit mavjud bo’lishi kerak:

• Omma orasida ekologik bilim yuqori bo’lishi kerak

• Xususiy sektorlar tabiiy resurslarni asrab qolish va rivojlantirish bo’yicha dasturga tayangan holda ishlashlari darkor,va bu dasturda ijtimoiy ,ekologik va iqtisodiy aspektlar teng ravishda muhokama qilinishi kerak

• Qatnashuvchilar va aholi egalik hissini his qilgan holda va dasturlarni tushunishlari va bajarilishini taminlashlari lozim

• Turizm industriyasida mahalliy tadbirkorlik yuqori bo’lishi va mahalliy madaniyat turistlarning faoliyati bilan birlashtirilgan bo’lishi kerak.

Bu kabi holatni kickina ko’lamdagi va jamoaga asoslangan turizmda uchratish mumkin.

Singapur tajribasi shuni ko’rsadiki ekoturizmni rivojlantirish uchun:

• Ekologik bilimni oshirish;

• Ekologik talimni bir umrlik jarayonga aylantirish ;



• Tabiatni asrashga katta etibor berish;

• Davlar tomanidan ekoturizmni rivojlantirish maqsadida turli xil fondlar va sohaning rivojlanishi uchun qonun hujjatlarining qabul qilinishi; Shuningdek,insonlar shaxsiy qiziqishlari asosida nafaqat o’zlarini o’rab turgan atrof-muhitni,balki global atrof muhitni ham asrash haqida qayg’urishadi. Aholining tabiat haqidagi bilimlari oshgani sari uning xaridga bo’lgan munosabati ham shunga mos ravishda o’zgarib boradi,keyinchalik mahsulot ekologik jihatdan qanday ishlab chiqarilishiga bog’liq bo’ladi. Hukumat 1992-yil yashil sxemali yorliqlarni ekologiyaga zarar yetkazmaydigan mahsulotlar yorlig’i sifatida chiqardi.1998-yilga kelib 611 ta mahsulot shunday yorliqlar bilan taqdirlandi. 1991-yil atrof muhitni asrashga o’z hissasini qo’shgan tashkilotlar va shaxslarni taqdirlash maqsadida ”yashil barg” mukofoti tashkil etildi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, kishilarda ekologik bilimni shakllantirmay turib mamlakatda ekoturizmni rivojlantirib bo’lmaydi.Hozirgi kunda O’zbekistonda ekolagik bilimni oshirish maqsadida bir muncha ishlar qilinmoqda. Televidiniya orqali mamlakatimizda mavjud bo’lgan tabiat maskanlari haqida ma’lumotlar berilmoqda. Bu kishilarda ekologik bilimlarning o’shiga turtki bo’ladi. Shuningdek bolalarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish uchun ekologik toza mahsulotlar aniqrog’i o’yinchoqlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yaxshi natijalarni beradi deb o’ylayman. Qolaversa maktablarda jonli burchaklar yaratish orqali ya’ni maktabning ma’lum bir hududida turli xildagi hayvonlarni boqish va o’simliklarni o’stirishni yo’lga qo’yish kerak. Tabiat, botanika, zoologiya kabi tabiatga bog’liq fanlarda ulardan foydalanish mumkin. Yoki bolalarni bog’larga olib borib yovvoyi hayvonlar va qushlarni qanday parvarishlanishi ko’rishlarini va bu jarayonda bevosita ishtirok etishlarini taminlash kerak. Bu albatta ularda tabiatga bo’lgan mehr-muhabbatni uyg’otadi. Sohani rivojlantirish davlat tomonidan qo’llab-quvatlanyapti. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki «Turizmni rivojlantirish Davlat Qo’mitasi», Fridrix Ebyert nomli Fond(GFR) va Xalqaro «Ekosan» fondi rahbarligida oʻtkazilgan «Ekoturizm va Buyuk Ipak Yoʻli» 1-Xalqaro Konferensiya tavsiyalariga koʻra «Ekosan-tur» Markazi tuzilgan. Markaz faoliyatining rivojlanishiga sayyohlik sohasining mutaxassislari, Oʻzbekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining tabiatni asrash tashkilotlari, maslahatchilar jalb qilingan. Mintaqalardagi ekoturizm ob’yektlarida faoliyat yurituvchi biznes tuzilmalar va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek joylardagi oʻz-oʻzini boshqarish organlari ham jalb etilgan. Mamlakatimizda ekoturizm salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur`atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizm taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, oqilona foydalanish, sohaning o'zimizga xos va mos yo'llarini izlab topib, amalga oshirish lozim. Xulosa o`rnida shuni takidlash mumkinki, mamlakatimiz o`zining turistik potentsialiga boy, ammo mavjud imkoniyatdan to`liq foydalanmaslik holatlari, xususan ekologik turizmda ko`zga tashlanmoqda. Hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko`rinishdir.Ko`pchilikni mamlakatimizning ekoturizm imkoniyatlari borasida to`laqonli axborotlarning etishmasligi masalasi tashvishga soladi. Ushbu mavzuda maxsus ixtisoslashgan nashrlar va saytlar kam uchraydi.. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish bilan bog’liq bo`lgan ish-harakatlar izchil tartibda olib borilmoqda. SHunday ekan, mazkur soha rivojini yanada yuksaltirish, uni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, ommalashtirish, tarqib qilish, shubhasiz, turizmga qiziquvchi sayyohlarni mamlakatimizga tashrifini bir necha barobarga oshiradi. Mamlakatimiz ekoturistik salohiyati juda yuqori bo’lib,uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.Bu salohiyat va imkoniyatlardan ekoturizm rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan oqilona foydalangan holda ,tabiatga zara yetkazmagan holda rivojlantirish hamda kelajak avlodga yetkazish lozim.Shuningdek turistik tashkilotlar ,turli xil qo’mitalar ,fondlar va mahalliy aholi bir butun bo’lib ,hamkorlikda ishlashlari lozim.Hozirgi kundaO`zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlari tarkibidagi 9 ta davlat qo`riqxonasi, 2 ta milliy bog’ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko`paytirish Respublika markazi (Jayron "Ekomarkazi"), 9 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud bo`lib, ular dunyo bo`ylab ko`pgina ekoturistlarni ohanrabo misol o`ziga tortadi. Qolaversa, Farg’ona vodiysi, Bo`stonliq, Zomin, Urgut, Kitob, Boysun, SHahrisabz kabi hududlarda tog’, sport ekoturizmini rivojlantirish uchun etarli shart-sharoitlar mavjud. Respublikamizdagi 300 dan ortiq rekreatsiya ahamiyatiga ega shifobaxsh mineral er osti suvlarining 120 dan ortig’i aholi salomatligini tiklash borasida foydalanilmoqda. O‘zbekistonning ekoturistik rayonlari xaritasining ishlab chiqilishi ham mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishdagi jiddiy tadqiqotlardan hisoblanadi. Shu bilan birga bu ekoturistik rayonlarda ekoturizmni rivojlantirishda quyidagi muammo va masalalarni hal qilishga to‘g‘ri keladi:
- Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslaridan ekoturizmni rivojlantirishda foydalanishning huquqiy-me’yorlarini ishlab chiqish.
- Ekoturistik rayonda turizmda foydalanish mumkin bo‘lgan barcha resurslarning ro‘yxatini tuzish va ta’rif-tavsiflarini tayyorlash

- Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslarining ro‘yxatini tuzish va ta’rif-tavsiflarini tayyorlash.
- Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirish yo‘nalishlarini, imkoniyatlarini, ilmiy, amaliy va tashkiliy jihatlardan ishlab chiqish.
- Ekoturistik rayonning ekoturistik resurslari reklamalarini ishlab chiqish.
- Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslariga ekoturistik ekskursiya va ekoturistik marshrutlar ishlab chiqish.
- Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy, ekologik va iqtisodiy tizimlarini ishlab chiqish.
- Ekoturistik rayonda aholini ekoturizm sohasiga tayyorlashda bepul o‘qitish va ekoturizm tadbirkorligi markazlarini tashkil qilish.
- Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirishning hududiy dasturlari va strategik rejalarini ishlab chiqish.
- Ekoturistik rayonlardagi ekoturizm resurlarida (obyektlarida) ekturistik infratuzilmalar yaratishga kirishish.
- Respublikamizdagi viloyatlar o‘zlarining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga ekoturizmni rivojlantirish dasturlarini ham qo‘shishi.
O‘zbekistonning ekoturistik rayonlarida ekoturizmni rivojlantirishni turizmda qisqa muddatlarda hal qilinadigan masalalar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Chunki, yuqorida keltirilgan vazifalar mukammal ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni va tashkiliyiqtisodiy tizimlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Shuning uchun ham ekoturizm mutaxassislari dastlabki bosqichda mamlakatimizning viloyatlarida ekoturizmni rivojlantirish muammolarini o‘rganishni boshlashlari lozim bo‘ladi. Bu yo‘nalishda dastlabki natijalar yuzaga (Navoiy viloyati bo‘yicha) chiqdi.
Bu holatning asosiy sababi birinchidan, O‘zbekistonda hali majmuali turni, majmuali turmahsulotlarni ishlab chiqaruvchimalakali turoperatorlarning juda kamligi hisoblanadi. Ikkinchidan, turoperatorlarimiz respublikamizning tabiiy geografiyasini, tabiiy mintaqalarning biologik xilma-xillik resurslarini yaxshi
bilishmaydi. Uchinchidan, viloyatlardagi turistik resurslarning rayonlashtirilmaganligidir. Shu sababli turoperatorlar turistik resurslarning umumiy ro‘yxati bilangina ishlashadi, yoki viloyatlarda faqat ancha ommaviylashgan turistik obyektlargagina turmahsulot, turistik marshrutlar ishlab chiqishmoqda. Ichki turizmda ham, ayniqsa xalqaro turizmda bunday,
ya’ni har bir turistik obyektdan individual usulda foydalanish davridan o‘tdik. Bu davrning turistik mahsuloti eskirdi. Hozir xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yangi va faqat yangi turistik mahsulotlar ishlab chiqishimiz talab qilinmoqda.
Turistik resurslardan majmuali foydalanishning mazmuni shundaki, tajribali turoperator bir turistik obyektni ko‘rishga kelgan turist yoki turistlarni qo‘shni turistik obyekt yoki turistik hududga qiziqtirishning uddasidan chiqishi lozim. Yevropa, Amerika va Xitoy davlatlaridagi turoperatorlar shu usulda ishlashadi. Shuning uchun ham biz viloyatdagi ekoturistik-rekreatsion resurslardan
turizmda foydalanish uchun bu resurslarni viloyat bo‘yicha rayonlashtirish bugungi turizm rivojining dolzarb talablaridan deb hisoblaymiz. Turistik rayonlashtirishda ko‘plab tadqiqotchilar hududlarning turizmga yaroqliligi, turistik resurslarning jozibadorligini asos qilib turizm tizimini hududiy va mintaqaviy loyihalashtirishni taklif qilishgan. Turistik hududiy birliklarda rayonlashtirilganda tahlil
obyekti qilib (asos qilib) geografik joylashishni, tabiiy sharoitini, biologic resurslarini, etnik, madaniy, tarixiy va tarixiy-madaniy resurslarini (arxitektura obidalari, o‘ziga xos an’anaviy madaniyati, muzeylari, madaniy markazlari), turizm industriyasining madaniytexnik resurslarini, hududning ijtimoiy-iqtisodiy va zamonaviy ekologik holatiga bahoni, ekologik ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarni
asos qilib oladi. Yana bir muhimi ekoturistik rayon ichidagi ekoturistik hududlar bir-biriga chegaradoshligi, bir ekoturistik hududdan ikkinchi bir ekoturistik hududga o‘tishi mumkinligi ham hisobga olindi. Shuning uchun ham, bizning xulosalarimiz bo‘yicha bir ekoturistik rayon ichidagi ekoturistik hududlardan majmuali foydalanish imkoniyatlari yuqori darajada bo‘ladi (masalan, o‘rmonlardan suv havzalariga, ulardan ijtimoiy-madaniy resurslarga va boshq.). Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda xalqaro turizm sohasi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sohalardan hisoblanadi. Yildan-yilga xalqaro turizmning obro‘yi oshib bormoqda. Uning iqtisodiy smaradorligi ortib yildan-yilga ko‘plab davlatlarni qamrab olmoqda. Xalqaro turizm ma’lumotlaridan ma’lum
bo‘lmoqdaki, turistlar ko‘proq qadimiy, tarixiy yodgorliklarga boy davlatlarga intilmoqdalar. Bunday, ko‘p tarmoqli imkoniyatlardan kirish turizmida foydalanish, jahon turizmida dunyo xalqlarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishlari va istiqbolli iqtisodiy yuksalishlardagi ulug‘ maqsadlarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kirish turizmini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarorida «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-
son Farmonini ijro etish, shuningdek, respublikaga turistlar oqimini ko‘paytirish, kirish turizmini milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish, mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng
targ‘ib qilish maqsadi qo‘yilgan. O‘zbekiston turizmining muammolarini iqtisodiyotning boshqa sohalaridan ajratib, alohida rivojlantirish mumkin emas. Chunki, hozirning o‘zida turizm sohasi iqtisodiyotimizning 32 dan ortiq tarmoqlari
bilan bog‘liq hisoblanadi. O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyatini belgilaganda juda ko‘plab
fikr-mulohazalarni keltirish mumkin. Dastlab qayd qilish lozimki, xalqaro ekoturistlar oqimining kuchayishi mamlakatimizdagi tinch-osoyishta hayotning barqarorligidan, xalqaro ekoturistlarning vatanimizda erkin turistik faoliyati ta’minlanganligidan, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning mehmondo‘stlik talablari asosida tashkil qilinganligidan hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda
xalqaro ekoturizm faoliyatining huquqiy me’yorlari yaratilganligi, xalqaro ekoturistlarning vatanimizda erkin turistik faoliyatda bo‘lishliklarining xalqaro qonuniy aktlari yaratilganligi ham xalqaro ekoturizmni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini keltirib chiqaradi. O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rnini aniqlashdan oldin vatanimizda xalqaro turizmni rivojlantirishning maqsadi va vazifalarini belgilab olish talab qilinadi. Mamlakatimizning barcha viloyatlarida, iqtisodiy yoki tabiiy mintaqalarida xalqaro turizmni rivojlantirish masalalari ham O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirish masalalari bilan uzviy holatlarda va
talablarda ko‘riladi. O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning maqsadi:
1. Davlatimizning xalqaro miqyoslardagi obro‘sini oshirish.
2. Xalqaro darajalardagi, mo‘jizali turistik resurslarimizni, obyektlarimizni dunyo xalqlariga tanishtirish.
3. O‘zbekiston xalqlarini ko‘plab chet elliklar bilan tanishtirish, o‘zaro hamdo‘stlik, hamkorlik aloqalar kelib chiqishiga sharoitlar yaratish.
4. O‘zbekistonliklarning milliy merosi, boyliklari, milliy madaniyati, sanoati va milliy an’analarini jahondagi xalqlarga ko‘rsatishda hududiy hamda mintaqaviy turizmning xalqaro turistik markazlarni tashkil qilish.
5. O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlaridan kelib chiqqan yangi xalqaro turistik hududlarni, mintaqalarni tashkil qilish, bu hududlar va mintaqalarda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning yangi xalqaro turistik rejalarini, strategiyalarini ishlab chiqish.
O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning vazifalari:
Download 77,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish