O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti denov filiali maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi



Download 361,39 Kb.
bet2/2
Sana20.02.2021
Hajmi361,39 Kb.
#59555
1   2
Bog'liq
2 Mavzu

Abu Nasr Forobiy (873–950) bota ni ka, zoologiya, odam anatomiyasi va tabiatshunos likning boshqa sohalarida mushohada yuritgan. U inson organizmi yaxlit sistema ekanligini, turli kasalliklar oziqlanish tartibining o‘zgarishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bergan Farobiy inson dastavval hayvonot dunyosidan ajralib chiqqanligi, shu sababli odamda hay vonlarda ba’zi o‘xshashliklar saqlanib qol ganligi haqidagi fikrni ilgari surgan. U tabiiy tanlanish, sun’iy tanlashni e’tirof etgan O‘rta asrlardagi tabiat fani rivojiga Beruniy va ibn Sino katta hissa qo‘shganlar.

Abu Rayhon Beruniy (973–1048) ko‘rsatishicha, tabiat beshta elementdan: bo‘sh liq, havo, olov, suv va tuproqdan hosil bo‘lgan. Beruniy qadimgi yunon olimi Ptolomeyning «Yer olamning markazi bo‘lib, u harakatlanmaydigan sayyo radir», – degan ta’limotiga tanqidiy ko‘z bilan qaragan va Yer Quyosh atrofida harakatlansa ajab emas, u yuma loq shaklda, deb ta’kidlagan. Binobarin, Beruniy polyak astronomi Kopernikdan 500 yil avval Quyosh sistemasining tuzilish asoslarini to‘g‘ri tasavvur qilgan. Uning fikricha, Yer yuzasida doimo o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi: suvsiz joylarda asta-sekin daryolar, dengizlar paydo bo‘ladi, ular ham o‘z navbatida joylarini o‘zgartiradi Beruniyning qayd qilishicha, Yer yuzida hayvonlar, o‘simliklar rivojlanishi uchun sharoit cheklangan. Shu sababdan tirik mavjudotlar orasida yashash uchun kurash boradi. Bu kurash ular hayotining mohiyatini tashkil etadi. «Agar atrofdagi tabiat o‘simlik va hayvonlar biror turining urchishiga monelik ko‘rsatmaganda edi, – deb ta’kidlaydi olim, – bu tur butun Yer yuzasini egallagan bo‘lardi. Biroq bunday urchishga boshqa organizmlar qarshilik ko‘rsatadi va ular orasidagi kurash ko‘proq moslashgan organizmlarni ro‘yobga chiqaradi. Beruniyning yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish haqidagi fikrlariga asoslanib, vatandoshimiz evolutsiyaning harakatlantiruvchi omillarini ingliz tabiatshunosi Charlz Darvindan 800-yil ilgari ta’kidlab ‘tganligini ko‘ramiz. Beruniyning uqtirishicha, tabiatda hamma jonzotlar tabiat qonunlariga muvofiq yashaydi va o‘zgaradi. U tirik tabiatning tarixiy taraqqiyotini e’tirof etmasa-da, asalarilar o‘simliklardan, qurtlar go‘shtdan, chayonlar anjirdan paydo bo‘ladi, deb faraz qilgan

. Olimning qayd etishicha, Yer yuzining o‘zgarishi o‘simlik va hayvonlarning o‘zgarishiga olib keladi. Beruniy odamlarning rangi, qiyofasi, tabiati, axloqi turlicha bo‘lishiga irsiyatgina emas, balki tuproq, suv, havo, muhit sharoiti sababchi, deb e’tirof etadi. Beruniyning fikricha, odam o‘z rivojlanishi bilan hayvonlardan juda uzoqlashib ketgan. Markaziy Osiyoning mashhur tabiatshunos olimi Abu Ali ibn Sino (980–1037) tabiatning obyektiv borlig‘iga ishonch hosil qiladi. Tog‘lar, uning fikricha, suv ta’siri yoki yerning ko‘tarilishi natijasida paydo bo‘lgan

Ibn Sino o‘z asarlarida o‘simliklar, hayvonlar va odam o‘zaro o‘xshash, chunki ularning barchasi oziqla nadi, ko‘payadi, o‘sadi deb uqtiradi. O‘simliklar rivoj lanishning quyi bosqichida, hayvonlar o‘rta bosqichida, odam esa eng yuqori bosqichida turadi. Odam tanasining tuzilishini o‘rganish taqiqlangan o‘rta asrlarda Ibn Sino odam anatomiyasi bilan shug‘ullangan. Olim ko‘p ilmiy asarlar yozgan. Ulardan bizlargacha 242 tasi yetib kelgan. Olim tibbiyot asoschilaridan biri sifatida katta shuhrat qozongan. U o‘rta asr Sharq tibbiyot bilimlarining qomusi bo‘lgan dunyoga mashhur «Tib qonunlari»ning muallifidir. «Tib qonunlari» beshta kitobdan iborat. Birinchi kitobda odam tanasi organlarining tuzilishi va unksiyalari, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, davolash usullari bayon etiladi. Ikkinchi kitobda o‘simlik, ma’dan va hayvonlardan olinadigan dorilar va har bir dorining qaysi kasallikka davo ekanligi ko‘rsatiladi.

Uchinchi kitob insonning har bir organida bo‘ladigan kasalliklar, ularni aniqlash va davolash usullariga bag‘ishlangan. To‘rtinchi kitobda jarrohlik, ya’ni suyaklarning chiqishi, sinishini davolash haqida so‘z yuritiladi. Beshinchi kitobda murakkab dorilar, ularni tayyorlash to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. «Tib qonunlari» asari 500 yil mobaynida Yevropa universitetlarida asosiy tabobat qo‘llanmasi sifatida o‘qitilib kelindi. Olim odamdagi ba’zi kasalliklar (chechak, vabo, sil) ko‘zga ko‘rinmas organizmlar orqali paydo bo‘ladi, deb qayd qiladi. Binobarin, mikroskop kashf qilinmasdan, mikrobiologiya fani hali shakllanmasdan 600–700-yil oldin Ibn Sino yuqumli kasalliklar suv va havo orqali tarqalishini e’tirof etdi. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) buyuk davlat arbobi, shoir bo‘lib qolmasdan, tabiatshunos olim hamdir Bobur tomonidan yozilgan «Boburnoma»da Markaziv Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston kabi mamlakatlarning tarixi, geografiyasi, xalqlarning turmush kechirish tarzi, madaniyati bilan birga, o‘simlik va hayvonot olami to‘g‘risida qiziqarli ma’lumot berilgan. U o‘zi ko‘r gan, kuzatganlariga asoslangan holda hayvon va o‘simliklarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki farqlari haqida ma’lumotlarni bayon etgan. Bobur hayvonlarni to‘rt quruhga ajratgan: quruqlik hayvonlari, parrandalar, suv yaqinida yashaydigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratgan.

Qomusiy olimlardan biri bo‘lgan al-Xorazmiy VIII–IX asrlarda yashadi. Xivada tug‘ilgan bu olim, Bag‘dod akademiyasining asoschilari va rahbarlaridan biri sanaladi.

Xorazmiy tabiiy fanlardan, «Astronomiya» va «Geografiya» fanlari rivojiga katta hisa qo‘shgan, u «Algebra» fanining asoschisi. «Algebra» so‘zi uning «Al-kitob al muxtasar fi-hisob aljabr va al muqobila» risolasidan olingan.

Abu Nasr Forobiy ham astronomiya fanining asoschilaridan biri. U Bog‘dodda birinchi observatoriyani qurgan va ilmiy darsliklar yozgan.

Abu Nasr Forobiy tabiiy, ilmiy, ijtimoiy, falsafiy bilimlarga bag‘ishlangan 150 dan ziyod asar yozib qoldirgan.

Ahmad al-Farg‘oniy sharqda IX asrlarda yashab, ijod qilgan buyuk allomalaridan biri bo‘lib, matematika, astronomiya, geografiya fanlarining asoschilaridan hisoblanadi, «Bayt ul hikma» ilmiy markazining tashkilotchilaridan biri.

Abu Ali ibn Sino faqat tibbiyot ilmining asoschisi bo‘lib qolmasdan, matematik, astronom, faylasuf, tabiatshunos olim hamdir.

Abu Rayxon Beruniy 160 dan ziyod asar yozib qoldirgan. Ular astronomiya, fizika, geografiya, geologiya, botanika, tibbiyot, etnografiya, falsafa va boshqa fanlarga oid asarlardir.

Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»sida Andijondan Hindistongacha bo‘lgan joylarning tabiati, iqlimi, o‘simliklari va hayvonlari haqida ma’lumot berdi.

I. M. Sechenov bu borada: „Biron tirik organizm tashqi muhitsiz yashay olmaydi“, degan edi.

I. P. Pavlov analizatorlar (sezgi organlarining markazlari), deb atagan.

I. Q. Musaboyev yuqumli kasalliklarning tarqalish sabablarini o’rgangan.

I.P. Pavlov „Nutq bizni odam qildi“, degan edi.

K. A. Zufarov turli kasalliklar tufayli hujayralarda kechadigan o‘zgarishlarni o’rgangan.

N. Majidov asab kasalliklarini o’rgangan.

Odamda immunitet tanqisligi vimsi deyilib, uni 1983-yilda fransiyalik olim L. Montane aniqlagan.

Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari, fikriashi va ruhiy holatlari reflekslar orqali sodir bo‘lishini rus fiziolog olimi I. M. Sechenov 1863- yilda yozgan „Bosh reflekslari“ kitobida ko‘rsatib o‘tgan.

P. Pavlov me’daning shira ajratishini o‘rganish usulini yuqori darajada takomillashtirdi. I. P. Pavlovning „kichik me’da“ hosil qilish usuli. I. P. Pavlovning soxta ovqatlantirish operatsiyasi yordamida oshqozon shirasini o'rganish.

P. Pavlov shartli reflekslar haqidagi ta’limotni yaratdi.

Pavlovning xizmati shundaki, u ovqat hazm qilish organlari vazifasini faqat shartsiz reflekslar hosil qilish yo‘li bilan emas, balki shartli reflekslar hosil qilish yo‘li bilan ham o‘rgandi.

R. E. Xudoyberdiyev, N. K. Ahmedov, X. Z. Zohidov, R. A. Alavi, S. A. Asomov, S. A. Daminovlar odam anatomiyasi faniga hissa qo’shgan.

S. Shamsiyev bolalar kasalliklarini

V. Vohidov, O‘. Oripov jarrohlik sohasini o’rgangan.

M.Shleyden, T.Shvann XIX asrda hujayra nazariyasiga asos soldi.

D.I.Ivanovskiy 1892- yildarus olimi tamaki o'simligidauchraydigan tamaki mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo'zg'atuvchisining o'ziga xos xususiyatlarini aniqladi.

F.Leffler va P.Froshlar uy hayvonlarida uchraydigan oqsil kasalligini qo'zg'atuvchilar ham bakteriali filtrdan o'tib ketar ekan, degan xulosaga keldilar.

F. de Errel 1917- yil bakteriolog bakteriyalarni zararlovchi bakteriofag-virusni kashf etdi.

Robert Guk 1665- yilda daraxt po'stlog'i ni mikroskopda kuzatib hujarani kashf etdi.

R. Virxov, hujayrasiz hayot yo'qligini, hujayraning tarkibiy qismi yadro ekanligini va hujayra faqat hujayradan ko'payishini isbotlab berdi.

K.Zuparov, J.Hamidov va ular shogirdlarining hujayra biologiyasini o'rganishda katta hissalari bor.

Yo. To'raqulov, B. Toshmuhamedov va ular shogirdlari hujayraning kimyoviy tarkibini, ularda sodir bo'ladigan kimyoviy jarayonlarni o'rganishga katta xissa qo'shmoqdalar.

Gregor Mendel 1865- yilda jinsiy ko'payishda belgilarning bir qancha avlodlarida nasldan naslga o'tib borishidagi asosiy qonuniyatlar tomonidan chop qilingan edi.

G. Mendel to monidan o‘tkazilgan bu tajribada bir belgi ikkinchi belgi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Ammo organizm belgilarining irsiylanishida to‘liqsiz dominantlik Chala dominantlik hodisasi ham uchraydi.

1902-yili germaniyalik olim Boveri va amerikalik tadqiqotchi Setton Mendelning gametalar soflik farazi bilan meyozda gomologik xromosomalarning jinsiy hujayralarga tarqalishi orasida to‘liq uyg‘unlik bor ekanligini e’lon qildilar va Mendelning gametalar soflik farazi to‘g‘ri ekanligini sitologik jihatdan isbotlab berdilar.

G. de- Friz, E. Chermak va K. Korrenslar tomonidan 1900- yilda Mendel tadqiqotlari qayta kashf etildi.

Nilson Ele polimer hodisasini dastavval o'rgandi.

1906-yilda U. Betson va R. Pennet xushbo‘y hidli no‘xat o‘simliklarini cha tish tirib, chang donasining shakli va gulning rangi keyingi avlodda mustaqil holda irsiylanmasligini, duragaylarda ota-ona formalarining belgilari takrorlanishini aniqlashdi.


Etiboringiz uchun rahmat.


Download 361,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish