O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti denov filiali maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi



Download 361.39 Kb.
bet1/2
Sana20.02.2021
Hajmi361.39 Kb.
  1   2

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI DENOV FILIALI MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM KAFEDRASI

Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi

O’qituvchi: Xakimov Baxodir

Mavzu: Sharq va G‘arb olimlarining tabiat, uning inson hayotidagi o‘rni haqidagi qarashlari. Inson rivojlanishida tabiatning ro’li. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining rivojlanishi.

Reja

1. Sharq mutafakkirlarining tabiatshunoslik fanihaqidagi ta’limotlari

2. Tabiat bilan tanishtirishning g’arb pedagog asoschilari

 

 



Yunoniston, Qadimgi Yunoniston — Bolqon ya.o.ning jan., Egey dengizidagi orollar, Frakiya sohillari, Kichik Osiyoning gʻarbidagi dengiz sohilida joylashgan qadimiy yunon davlatlari hududining umumiy nomi.

Tarixi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Yu. hududida odamlar paleolit davridan yashab kelmoqda. Xalkidika ya.o.dan neandertal odamining bosh suyagi chiqqan. Neolit davrida Yu. aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Yu.ning jez davri madaniyati shartli ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey madaniyati deb atalgan. Miloddan avvalgi 3-ming yilliqda Yu. etnik tarkibi rangbarang(pelasglar, leleglar va boshqalar) boʻlgan; ularni protoyunon qabilalari — axeylar, ioniyaliklar siqib chiqarib oʻz tarkiblariga singdirib yuborganlar. Miloddan avvalgi taxminan 20—17-asrlarda Krit o.da axeylarning ilk davlatlari (Knos, Fest, AgiaTriada, Mikena, Tirinf, Pilos va boshqalar) barpo etilgan. Miloddan avvalgi taxminan 1260 yil Mikena, Tirinf, va boshqalar davlatlar Troyani bosib olib, uni vayron etishgan (qarang Troya urushi). Doriy qabilalarining kirib kelishi (miloddan avvalgi taxminan 1200 yil) oqibatida davlatlar parchalanib, urugʻchilik munosabatlari jonlangan. Miloddan avvalgi 9-asrga kelib Shim. Yu.da — eoliylar, Oʻrta Yu. va Peloponnesda — doriylar, Attika va orollarda — ioniyaliklar istiqomat qilgan: 8—6-asrlarda yunonlar Oʻrta dengiz, Marmar va Qora dengiz sohillarini kolonizatsiya qilganlar.

Bu davrda Yu.da polislar (shahar davlatlar) shakllangan. Dehqonlar va hunarmandlarning urugʻ zodagonlari bilan kurashi natijasiga qarab polisdagi davlat hokimiyati yo demokratik (Afinada) yoxud oligarxik (Sparta, Krit o.da) tarzda boʻlgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan polislarda (Korinf, Afina va boshqalar) qulchilik keng tarqalgan; Sparta, Argos va boshqalarda urugʻchilik tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 6-asrda polislar Sparta boshchiligida Peloponnes ittifoqiga va Fiva rahbarligi ostida Beotiya ittifoqiga birlashganlar. 5— 4-asrlar polislarning eng ravnaq topgan davri sanaladi. U yunonfors urushlarida (500—449) yunonlarning gʻalabasi natijasida Afinaning yuksalishi va Delos ittifoqining (Afina boshchiligida) barpo etilishi bilan bogʻliq boʻlgan.

Perikl hukmronligi davri (443— 429) Afina kuchqudratining eng kuchaygan, siyosiy tuzumning eng demokratlashgan va madaniyatning ravnaq topgan davri hisoblanadi. Afina Yu.ning asosiy iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi, u dengizda hukmronlikni oʻz qoʻliga olgan. Afina bilan Sparta oʻrtasida Yu.da gegemon boʻlish, savdo yoʻllariga egalik qilish uchun kurash Peloponnes urushi (431—404)ga olib kelgan, u Afinaning magʻlubiyati bilan tugagan. Spartaning yunon davlatlari ichki ishlariga aralashuvi miloddan avvalgi 395—387 yillardagi Korinf urushini keltirib chiqargan. 4-asrda Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra jangida (miloddan avvalgi 371 yil) fivaliklar Sparta qoʻshinini tormor keltirishgan. 4-asr oʻrtasida

Yu.ning shim.da Makedoniya yuksalgan. Uning podshohi Filip II Xeroneya jangida (338) yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan gʻalaba qozonib Yu.ni tobe etgan. Aleksandr (Iskandar) saltanati parchalangach, ellinizm davrida (3—2-asrlar) Yu.da hukmron boʻlish uchun kurashayotgan harbiylashgan tipdagi davlatlar va ittifoqlar koʻp boʻlgan (Makedoniya, Axey ittifoqi, Etoliya ittifoqi). Miloddan avvalgi 197 yil Kinoskefal jangida Rim qoʻshinlari Makedoniya ustidan gʻalaba qozongach, Rim Yu.dagi oligarxiyani quvvatlab, mamlakatning ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Miloddan avvalgi 148 yil Makedoniya, Illiriya va Epir Rim provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan (Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tormor etilgandan soʻng) Yu.Rimga tobe boʻlgan (miloddan avvalgi 27 yildan uning hududida Rimning Axaya provinsiyasi barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb hisoblangan. Milodiy 4-asrdan Yu.Vizantiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan.

Falsafasi. Antik falsafa falsafa tarixida muhim oʻrin tutadi. U avvalo, falsafa tushunchasining fanga kirib kelishiga sababchi boʻldi, hozirgi kungacha boʻlgan barcha falsafaga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatdi. Yuz yil davom etgan tayyorgarlik davridan soʻng yunon falsafasining mumtoz davri boshlandi. Uning gullab yashnashi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga toʻgʻri keldi, taʼsiri esa ming yil mobaynida sezilib turdi. Vizantiya va islom mamlakatlarida yunon falsafasining hukmron taʼsiri keyingi ming yillikda saqlanib qoldi; keyinchalik, Renessans va gumanizm davrlarida, Yevropada yunon falsafasining uygʻonishi yuz berdi, bu esa Renessans davri platonizmi va aristotelizmidan boshlab Yevropa falsafiy tafakkurining butun taraqqiyotigacha boʻlgan davrdagi ijodiy yangilanishlarga olib kedsi.

Yunon falsafasi miloddan avvalgi 6—5-asrlarda butun Yu.dagi yunon polislari falsafasining davomchisi boʻlgan mumtoz yunon ellinistik falsafasi (miloddan avvalgi 4-asr) va ellinistikRim falsafasiga, yaʼni miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 6-asrgacha davom etgan Rim imperiyasiga tarqagan ellinistik falsafaga boʻlinadi. Ellinistik falsafa Sokratgacha boʻlgan falsafa (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va mumtoz (klassik) falsafaga (Sokrat, Platon, Aristotelʼ — miloddan avvalgi 4-asr) ajraladi. Sokratgacha falsafa, oʻz navbatida, kosmologik (gilozoistik) falsafaga (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va antropologik falsafaga (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) boʻlinadi.

Yunon falsafasi ilkkosmologik— Sokratgacha falsafa davri, ruhoniylar bilan birga siyosiy yoʻnalishdagi mutafakkirlar va yetti donishmand tomonidan tayyorlangan olimlar davri bilan boshlanadi. Ulardan biri miletlik Fales boʻlib, Aristotel uni birinchi faylasuf deb hisoblagan; u birinchi kosmolog , torroq maʼnoda ioniya naturfalsafasi maktabining vakili, bu maktabga Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen va boshqalar ham mansub edi. Undan soʻng Eleya maktabi vujudga kelib borliq falsafasi bilan shugʻullandi (miloddan avvalgi 580—430), bu maktabga Ksenofan, Parmenid, Eleyalik Zenon, Meliss mansub edilar; ayni vaqtda bu maktab bilan birga Pifagor maktabi ham mavjud edi. Bu maktab vakillari uygʻunlik, oʻlchov, son masalalari boʻyicha tadqiqot olib bordilar. Bu maktabga Fillolay (miloddan avvalgi 5-asr oxiri) krotonlik Alkmeon (taxminan miloddan avvalgi 520), musiqa nazariyotchisi, faylasuf va matematik Arxit Tarentskiy (taxminan miloddan avvalgi 400—365) va uning tarafdori haykaltarosh Katta Poliklet (miloddan avvalgi 5-asr oxiri), Heraklit, keyin Empedokl va Anaksagor mansub edi. Hamma narsani qamrab oluvchi qomusiy tafakkur egasi Demokrit, uning mashhur oʻtmishdoshi Levkipp hamda Demokrit maktabi vakillari Sokratgacha kosmologiyaning oxirida turadilar. Shu bilan birga soʻnggi davrda antropologik sofistikada rivojlanish yuz berdi (taxminan miloddan avvalgi 475—375), uning vakillari, asosan, Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik boʻlgan. Yunon falsafasining eng mashhur 3 vakili — Sokrat, Platon, Aristotel tufayli Afina taxminan 1000 yil yunon falsafasining markazi boʻldi.

Tarixda birinchi marta Sokrat tomonidan insonni falsafiy anglash masalasi qoʻyildi. Platon falsafani tugallangan dunyoqarash — siyosiy va mantiqiyetnik sistema sifatida yaratdi; Aristotel esa falsafaga haqiqiy mavjudlikni tadqiqiynazariy oʻrganuvchi fan sifatida qaradi. Bu 3 mashhur yunon mutafakkirining har biri oʻsha vaqtdan buyon oʻzicha alohida va turli shakllarda 2 ming yildan buyon jahon falsafasining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatib keladi. Yunon falsafasining ellinistikrim davri bir-biri bilan parallel ravishda mavjud boʻlgan muhim falsafiy maktablarning paydo boʻlishi bilan boshlanadi (miloddan avvalgi 4-asr); faqat neoplatonizm keyinroq — 500 yildan soʻng vujudga keldi. Sokrat taʼsirida butun bir maktablar guruhi tashkil topadi: sokratchilar (asosiy vakili Ksenofont), megar maktabi (unga Evbulid va imkoniyat tushunchasining birinchi nazariyotchisi Diodor Kronos (miloddan avvalgi 307 yilv.e.) mansub boʻlgan), siniklar (Antisfen, Diogen), birmuncha keyinroq jamiyatni diniy qayta oʻzgartiruvchi pruzalik Dion Xrizost; pirovardida kirena maktabi (Aristipp va Evgemer). Bu maktablar unchalik uzoq yashamadi. Platon tarafdorlari Platon akademiyasi nomi ostidagi falsafiy maktabga birlashdilar (qad. Akademiya — miloddan avvalgi 348—270, oʻrta Akademiya — miloddan avvalgi 315—215, yangi Akademiya — miloddan avvalgi 160 — milodiy 529; oʻrta Akademiyaning vakillari — Arkesilay va Karnead; yangi Akademiyaning vakillari — Sitseron va Mark Terensiy Varron (miloddan avvalgi 116 — miloddan avvalgi 28); Akademiyadan keyin ("yangi"sidan farq qilgan holda) platonizm vujudga keldi. Unga boshqa faylasuflar bilan birga Plutarx (taxminan 45—120) va Frasill (Platon sharhlovchisi) kirgan.

Aristotel tarafdorlarining katta qismi aniq fanlar bilan shugullangan, peripatetik deb nom olgan mashhur olimlar boʻlgan; qadimiy peripatetiklar bilan birga mashhur botanik Teofrast, musiqa nazariyotchisi Aristoksen (taxminan miloddan avvalgi 350), tarixchi va siyosatchi messinalik Dikearx; keyingi peripatetiklar orasida fizik Straton, geograf va astronom samoslik Aristarx (Stratonning shogirdi, taxminan miloddan avvalgi 250) va Klavdiy Ptolemey (taxminan milodiy 150), vrach Galen, Aristotelning sharhlovchisi Rodoslik Andronik (taxminan miloddan avvalgi 70) boʻlgan.

Epikur asos solgan maktab keng yoyildi, bu maktabga boshqalar bilan birga Lukretsiy ham mansub edi. Skeptik maktabning vakillari (unga Akademiya vakillaridan koʻplari kirgan edi) Pirron va keyinchalik vrach Sekst Empirik edi. Stoya maktabi juda muhim falsafiydiniy harakatga aylandi, neoplatonizm va xristianlikning paydo boʻlishiga qadar mavjud boʻldi. Kitionlik Zenon asos solgan bu maktabni qadimiy Stoyada Xrizip adabiy jihatdan pishitdi; oʻrta Stoyada boshqalar bilan birga Panetsiy Rodoslik va Posidoniy bor edi; bu maktabga tarixchi Polibiy ham yaqin turgan. Keyingi Stoya davrida, asosan, 3 Rim faylasufi — Seneka, Epiktet va Mark Avreliy asosiy rol oʻynadi.

Neoplatonizmda, uning asoschisi Plotin fikricha, Rim, Afina, Aleksandriya, Siros, xristian falsafiy maktablari bir-biridan farq qiladi. Plotin bilan birga Porfiriy, Prokl, ayolfaylasuf Gipatiya, Yamvlix, imperator Yulian Apostat (332—363), ensiklopedist Marsian Kapella (5-asrning 1-yarmi), Boetsiy mashhur neoplatonchi boʻlishgan. [[El[[linizm davrida gʻarb va sharq dini hamda falsafasini oʻzida birlashtirgan gnostika rivojlandi. Bobil gnostikasidan moniylik va uning yorugʻlik hamda zulmat olami haqidagi taʼlimoti paydo boʻldi. Milodning birinchi yuz yilligi falsafasi uchun Filonning Bibliyani majoziy, platonchastoikcha talqini jiddiy taʼsir koʻrsatdi. U Aleksandriya maktabiga asos soldi, uning anʼanalarini aleksandriyalik Kliment va Origen davom ettirdi, bu esa gʻarb falsafasiga koʻproq taʼsir koʻrsatgan xristian falsafasining boshlangʻich holati edi. Yunon falsafasining turli xil koʻrinishlari islom falsafasida mavjud, uning taʼsirini hind falsafasida ham payqash mumkin.

Adabiyoti. Yu.da yozma badiiy ijodning ilk namunalari taxminan 2700—2800 yillar muqaddam paydo boʻla boshlagan. Bu adabiyot miloddan avvalgi 3-asrda Rim madaniyatining barpo etilishida, tarkib topishida ham muhim ahamiyat kasb etgan. "Iliada" hamda "Odiseya" dostonlari yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan eng qadimiy namunalaridir. Bu kabi yuksak badiiy asarlar uzoq muddatli adabiy harakatning davomi, uning yetuk mahsuli sifatida maydonga kelgan. "Odisseya" dostonida Demodok kabi ajoyib baxshilar — rapsodlar botirlik haqida dostonlar aytib, davra ahllarini rom qilgan. Platon, Herodot kabi allomalar va shu zamonning baʼzi yozuvchilari Homerdan ilgari Orfey degan shoir yashab oʻtganligini xabar qiladilar. Biroq bu shoirning goʻzal navolari haqida afsonaviy rivoyatlardan boshqa tarix sahifalarida bironta ham misra saqlanib qolmagan.

Yunon xalqi oʻrtasida keng tarqalgan rivoyatlarda Orfeydan tashqari yana bir qancha shoirlar: Muze, Evmolp, Tamir, Olen va boshqalar tilga olinadi.

Barcha xalqlarning tarixida boʻlgani kabi yunon adabiyoti ham xalq ogʻzaki ijodi zaminida vujudga kelgan. Tarix sahifalarida yunon folkloridan juda kam namunalar saqlanib kelgan boʻlsada, shularga asosan ibtidoiy qabilachilik davrlarida yunon xalqining anʼanasi boy va rangbarang ogʻzaki adabiyoti — ertaklari, maqollari, matallari, topishmoqlari, qoʻshiqlari boʻlganligini aniqlash mumkin. Ibtidoiy jamiyatdagi mavjud ogʻzaki adabiyot shu jamiyat kishilarining tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etgan.

Yunon mifologiyasi uzoq tarixga ega. Shu uzoq muddat davomida ijtimoiy ongning oʻsishi bilan miflar ham oʻzgargan, yangi maʼnomazmun kasb etgan. Yunon kishisi ibtidoiy qabilachilik davrida tevarak atrofdagi tabiiy hodisalarning hammasini jonli his qilib, ularga sigʻinishgan, ulardan madad tilashgan, yovuz kuchlarni moyil qilish uchun qurbonliklar qilingan. Tabiat hodisalari qarshisida ibtidoiy insonning butun hayoti qoʻrquv va tahlikada oʻtgan. Keyinchalik qabilachilik tuzumining yemirilishi va harbiy aristokrat tabaqalarning kuchayishi natijasida quyi tabaqa vakillarining ahvoli yanada ogʻirlashgan, boylarning zulmi kuchaygan. Bu holat insonlarning diniy eʼtiqodlariga ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan. qadimiy inson tasavvurida falak hukmronlari — odam qiyofasidagi Olimp maʼbudalari paydo boʻlgan. Zevs — momaqaldiroq hamda bulutlar hukmdori, maʼbudlar maʼbudi; Poseydon — dengiz hukmroni; Aid oxirat xoqoni, Zevsning rafiqasi Gera — osmon maʼbudasi, maʼbudalar malikasi va h.k.

Maʼbudlarni odam qiyofasida tasavvur etish, oʻz navbatida, mifologiyani haqiqiy hayotga yaqinlashtirgan va uning obrazlariga chinakam hayotiylik bagʻishlagan. "Iliada" dostonida muallifning butun diqqati asarning bosh qahramoni Axillning gʻazabiga qaratilgan boʻlib, qolgan voqealar faqat 50 kun ichiga sigʻdirilgan. Tinglovchi va kitobxon toʻla taassurotga ega boʻlishi uchun asar davomida muallif yoʻlyoʻlakay chekinishlar yasab, turlituman hodisalar bilan asosiy voqeani toʻldirib borgan. Xuddi shu uygʻunlik, muxtasarlik "Odisseya" dostonida ham bor. Jafokash Odisseyning oʻz vataniga qaytishi, har safar mobaynida uning boshidan kechgan mushkulotlar, uchragan ajoyibot, gʻaroyibotlar — asarning asosiy mavzusidir.

Qahramonlarning qiyofasini ular, ning tabiati, xattiharakatini koʻrsatish bobida — realistik tavsifi nihoyatda sezilarli. Dostonlarda hayotning turli pogʻonalarida turuvchi ilohiy kuchlar, odam bolalari: Olimp togʻining maʼbud va maʼbudalari, devlar, parizodlar afsonaviy maxluqlar, podshohlar, pahlavonlar, oddiy jangchilar, malikalar, kanizaklar, qul va choʻrilar, goʻdaklar va h.k. koʻz oʻngida gavdalanadi. Yunon xalqi asrlar davomida botirlik haqidagi oʻz tuygʻu va orzularini ana shunday qahramon nomi bilan bogʻlab kelgan.

Yunon xalqining botirlik, gʻayrat va jasorat tushunchalarini yozuvchi Axill obrazida talqin etgan boʻlsa, shu xalqning hayot bobida orttirgan donishmandligi, aql va zakovatini Odissey obrazi orqali koʻrsatgan. Boshqa qahramonlardan tashqari (har ikkala) dostonda ikkinchi darajali shaxslar bor: Agamemnon — takabbur, Menelay — botir, Diomed — sergʻayrat, Nestor — nuroniy, Baris — xudbin, olifta, Gektor — oriyatli va h.k.

Yevropa xalqlari oʻz taraqqiyotlari davomida katta ishtiyoq bilan necha bora yunonlar hamda rimliklar yaratgan sanʼat va adabiyotga murojaat etib, ular asosida qalblarini bezovta qilgan tuygʻu va gʻoyalarni hal etishga uringanlar. Uygʻonish davrining buyuk allomalari qoʻlida antik (qadim) dunyoning ilmu fani, sanʼat va adabiyoti, falsafiy taʼlimotlari eng kuchli qurol boʻlib xizmat qilgan. "Uygʻonish" soʻzining dastlabki maʼnosi ham qadimgi madaniyatni qayta tiklash, yangidan oyoqqa turgʻizish demakdir. 17-asr Yevropa klassitsizm adabiy oqimi ham 100—150 yil davomida antik dunyo badiiy ijodiga taqlid shiori ostida rivojlandi, bu davr mobaynida qariyb butun Yevropa sahnasi, asosan, Yunon va Rim tragediyalari mavzulari bilan yashadi. Elin madaniyati Oʻrta Osiyo madaniyatining ravnaq topishiga samarali taʼsir etgan. Salavkiylar va YunonBaqtriya podsholigi hukmdorlari davrida Oʻrta Osiyo, Eron va boshqalar oʻlkalar aholisining faol ishtirokida sharqiy ellinizm madaniyati vujudga keldi, u yunon madaniyatini ham boyitdi (yana q. [[El[[linizm).

Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida dehqonchilik, chorvachilik, tibbiyot va boshqa sohalardagi faoliyatni, tabiat hodisalarini tasvirlovchi kitoblar juda qadimdan mavjud bo‘lgan. Chunonchi, Ahmad ibn Nasr Jayxoniy (870–912) Hindiston, Markaziy Osiyo, Xitoy o‘simliklari va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ma’lumotlar to‘plagan. U o‘simlik va hayvonlarning tarqalishi, mahalliy xalqlar foydalanadigan o‘simlik va hayvonlar, ularning tabiatdagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan.


Download 361.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati