О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus sirtqi bо‘lim



Download 222 Kb.
bet1/9
Sana31.12.2021
Hajmi222 Kb.
#241226
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
23914 answer 123 ETNO
6-MAVZU UCHUN, IJTIMOIY, menejment, Ilk qadam (2), 44780 answer anatomiya. oraliq, MUSIQADAN, Maktabgacha ta'lim meyyoiy asoslari, Maktabgacha ta'lim meyyoiy asoslari, 4 variantjm, 11, 1 Ijtimoiy psix - копия, 2-variant., 54406 answer НАЗАРИЯ Шахноза201 17-вариант, 2-variant., 1 Ijtimoiy psix


О‘zbekiston Respublikasi

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi

Toshkent davlat pedagogika universiteti
Maxsus sirtqi bо‘lim
Tarix va uni о‘qitish metodikasi” kafedrasi

Etnologiya” fanidan



maxsus sirtqi bо‘lim talabalari uchun

sessiya oralig‘i nazorat ishlari

TО‘PLAMI



Toshkent-2020 y.


«TASDIQLAYMAN»

Nizomiy nomidagi TDPU

о‘quv ishlari bо‘yicha prorektori

____________ ________________
MAXSUS SIRTQI BО‘LIM TALABALARI UCHUN FANLARDAN SESSIYA ORALIG‘I NAZORAT ISHLARINI

TAYYORLASH TARTIBI
Maxsus sirtqi bо‘lim talabalari tomonidan bajariladigan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim oluvchi talabalar bajaradigan oraliq nazorat ishlaridan farqlanadi. Kunduzgi ta’lim shaklida о‘quv rejasidagi fanning ma’lum bob, bо‘lim yakuni bо‘yicha bir yoki ikki oraliq nazorat ishi olinsa, maxsus sirtqi bо‘lim talabasi esa bir sessiyadan ikkinchi sessiyagacha muayyan fan bо‘yicha о‘tiladigan boblar, bо‘limlar, mavzular yoki tо‘la kursni ishlab chiquvchi amaliy topshiriqlarni turli shakllarda bajarishlari rejalashtiriladi.

Sessiya oralig‘i nazorat ishlarining maqsadi talabaning sessiya oralig‘ida muayyan fan bо‘yicha tо‘liq tayyorgarligini ta’minlash hamda yakuniy nazoratga tayyorlashdan iborat. Sessiya oralig‘i nazorat ishlari asosiy baholash ishi vazifasini bajaradi va har bir fan bо‘yicha 70 maksimal ballni tashkil etadi. Fanning boblari, bо‘limlari va mavzulari bо‘yicha berilgan topshiriqlarning hajmi va mazmunini e’tiborga olgan holda oraliq baholash uchun ajratilgan 70 ball о‘zaro taqsimlanadi.

Sessiya oralig‘i nazorat ishida fanning barcha bо‘limlari mazmuni qamrab olinadi va ular turli mustaqil ish (nazorat savollari va topshiriqlari, test-sinov savollari, keyslar, mashqlar, misol va masalalar, tajriba natijalari, ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yо‘naltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar, hisob-jadval ishlari va boshqalar) shakllarida bajarilishi kо‘zda tutiladi. Shuningdek, nazorat ishida qо‘yilayotgan har bir nazariy va amaliy masala talaba-о‘qituvchining amaliy faoliyati bilan bog‘lanishi hamda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda shakllantirilishi lozim.

Sessiya oralig‘i nazorat ishlarida fanning har bir bobi yoki bо‘limi alohida mustaqil ish turini qо‘llashdan iborat topshiriqlar tо‘plami belgilanadi. Uni quyidagi namuna bо‘yicha tuzish mumkin:

1. Fan bо‘yicha har bir mavzu mazmunini yoritib beruvchi savollarga javob yozish. Bunda har bir mavzu bо‘yicha aniq savollar rо‘yxati tuziladi (har bir variantda 3 tadan savol bо‘lishi mumkin).

2. Har bir fan bо‘yicha test-sinov savollarini tavsiya etish. Bunda fan bо‘yicha test-sinov savollar bazasi tayyorlanadi. Test-sinov savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mо‘ljallangan bо‘lishi lozim (test-sinov savollari har bir variantda 30 tadan kam bо‘lmasligi kerak).

3. Har bir mavzu bо‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar tо‘plamiga javob berish. Bunda mavzu bо‘ycha muammoli keys topshiriqlari tayyorlanadi.

4. Fanning о‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, mashqlar, misol va masalalar tо‘plamini tayyorlash.

5. Talabaning amaliy faoliyati bilan bog‘liq tajriba ishi vazifalarini bajarish. Bunda talabaning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq tajriba о‘tkazish mavzulari banki yaratiladi.

6. Talabaning о‘z kasbiy amaliy faoliyati tajribalari asosida metodik ishlanmalari va tavsiyalarini tayyorlash va bayon etish.

Sessiya oralig‘i nazorat ishlari topshiriqlari har bir fanning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Fan bо‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi har bir talabaga individual variantdan iborat bо‘ladi hamda kafedra tomonidan Maxsus sirtqi bо‘limga elektron variantda taqdim etiladi.

Maxsus sirtqi bо‘lim talabasi tomonidan bajarilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari о‘quv sessiyasiga kelgan paytning birinchi kuni “Maxsus sirtqi bо‘lim”ga taqdim etiladi va rо‘yxatdan о‘tkaziladi. Taqdim etilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kafedra mudiri raisligida komissiya tomonidan baholanadi.

Fan bо‘yicha yakuniy baholash uchun test savollari bazasi (kamida 200 ta) tayyorlanadi va Maxsus sirtqi bо‘limga elektron variantda taqdim etiladi. Taqdim etilgan test savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mо‘ljallangan bо‘lishi lozim.
(Mazkur «Maxsus sirtqi bо‘lim talabalari uchun fanlardan sessiya oralig‘i nazorat ishlarini tayyorlash tartibi» Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogika yо‘nalishlari bо‘yicha maxsus sirtqi bо‘limlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarining о‘quv-metodik faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch bо‘lgan kafedralar Kengashining 2018 yil 8 yanvardagi 2-sonli qо‘shma yig‘ilishi bayoni bilan ma’qullangan).


Download 222 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti