O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi



Download 171,5 Kb.
bet1/5
Sana23.06.2022
Hajmi171,5 Kb.
#696274
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Allamurotova dilfuza


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

O`ZBEK FILOLOGIYA FAKULTETI

AMALIY TILSHUNOSLIK, O`ZBEK TILI VA ADABIYOT O`QITISH METODIKASI KAFEDRASI BITIRUVCHISI
ALLAMUROTOVA DILFUZA

«Mantiq ut-tayr» va «Lison ut-tayr» dostonlarining qiyosiy tahlili.
Mavzusidagi Bitiruv- Malakaviy Ishi


Ilmiy rahbar f.f.n. B. Muxiddinova.
Samarqand-2013
«Mantiq ut-tayr» va «Lison ut-tayr» dostonlarining qiyosiy tahlili.
Reja


  1. Kirish

Malakaviy bitiruv ishining umumiy tavsifi

  1. Asosiy qism:

1-bob. “Mantiq ut-tayr” va “Lison ut-tayr” asarlarining yaratilish hamda o’rganilish tarixi;
2-bob. Asarlarning janri, kompozitsiyasi, uslubi va tilining qiyosiy tahlili;
3-bob. Ikki tilda yaratilgan bir mavzudagi dostonlarda badiiy mahorat ko’rinishlari;

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz I. A. Karimov aytganlaridek: “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g’ururi sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir”1. Ma’lumki, xalqimiz boshidan kechirgan sobiq mustabid tuzum davrida milliyligimizni asrab-avaylashga, rivojlanishiga mutlaqo yo’l qo’yilmagan. Ana shunday davrda Navoiyshunos olimlarimiz dilidagi gaplarini ochiq-oydin aytolmagan. Mustaqillik sharofati tufayli, mumtoz adabiyotimizni har tomonlama chuqur o’rganishga keng yo’l ochildi.
Ijod- insonning yangi moddiy-ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati bo’lib hisoblanadi. Darhaqiqat, biz ham malakaviy bitiruv ishimizda Attor va Navoiy hazratlarining ma’naviy-axloqiy durdona asrlarini mingdan bir qirrasini ko’rsata olsak, maqsadimizga yetgan bo’lamiz. Alisher Navoiy yoshligidan Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini sevib o’qiganligi hech kimga sir emas va bu asar yodi bilan bir umr yashagani faqatgina “Lison ut-tayr”da emas, boshqa asarlarida ham sezilib turadi. Ma`lumki, Navoiy va Attor dostonlari sujeti qushlarning Semurg` tomon qilgan safari tasviriga asoslanib, bu tasvir orqali mualliflar o`zlarining muayyan falsafiy masalalarga doir qarashlarini obrazli tarzda ifodalab ko`rsatganlar.
Asarlardagi ibratli jihatlar hozirgi axborot texnologiyasi davrida o’quvchi yoshlarni tarbiyalashda ayni muddaodir. Zero, Prezidentimiz o’quvchi yoshlarni vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashda bunday asarlarning ahamiyati kattaligini bejizga ta’kidlamagan.
Jumladan, “Mantiq ut-tayr” hamda “Lison ut-tayr ” dostonlaridagi ramziy timsollar inson ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Aynan mana shu jihati mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Download 171,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish