8-siniflar uchun Darsning mavzusi



Download 0,66 Mb.
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#745028
  1   2
Bog'liq
dars ishlanma 9999


8-siniflar uchun
Darsning mavzusi: Elektr isitish asboblari

Darsning mavzusi: Elektr isitish asboblari


Darsning maqsadi :

  • Talimiy maqsad: O’quvchilarga elektr isitish asboblari xaqida ma’lumot berish.

  • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

  • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.

II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar
IV. Darsning xronologik tuzilishi:



Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3

2

O’tilgan mavzuni so’rash

10

3

Yangi mavzuni tushuntirish

15

4

Darsni mustaxkamlash

10

5

O’quvchilarni baxolash

5

6

Uyga vazifa.

2


Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Elektr isitish asboblarining ishlash prinsipi elektr toki o'tganda o'tkazgichlarning qizishiga asoslangan. Uy- ro'zg'orda elektr isitgich (plita), dazmol, elektr choynak (qaynatgich) kabi elektr isitish asboblari keng qo'llani­ladi. Shuningdek, tokning issiqlik ta'siridan elektr yoyni hosil qilishda, elektr payvandlashda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Elektr isitish asboblarining asosiy qismini qizdirish elementi tashkil etadi. Qizdirish elementi solishtirma elektr qarshiligi katta bo'lgan va 1000-1200°C temperaturaga bar- dosh bera oladigan o'tkazgichdan yasaladi.
Ko'pincha qizdirish elementi sifatida nixrom sim qo'llaniladi. 88- rasmda eng sodda elektr isitgich - elektr plita tasvirlangan. Unda qizdirish elementi sopol
Hozirgi paytda qo'llaniladigan elektr plitalarda qizdi­rish elementi doira shaklidagi metall plastinalar orasiga joylashtiriladi (89- rasm).
Gaz plitalari kabi elektr plitalar ham ovqat pisliirish va choy qaynatishda foydalaniladi (90- rasm).
Xonalarni isitish uchun turli xil elektr isitish asbob- lari qo'llaniladi. 91- rasmda shunday asboblardan biri tasvirlangan. Isitgichda ikkita qizdirish elementi bo'lib, ular bir-biriga parallel ravishda o'rnatilgan va elektr tarmoqqa o'zaro parallel qilib ulangan. Qizdirish ele- mentida sopoldan yasalgan stcrjcnga nixrom o'ralgan bo'ladi. Har bir qizdirish elementining quwati, odatda, 1 kW ga teng.



Xonani isitishda suyuqlikli elektr isitgichdan ham foydalaniladi (92- a rasm). Bunda qizdirish elementi bevo- sita suyuqlikni isitadi, suyuqlik esa issiqligini yupqa metall qoplama orqali xonaga uzatadi.
Keyingi paytlarda isitgich va sovitgich sifatida zamo- naviy konditsionerlar ham qo'llanilmoqda (92- b rasm). U issiq kunlari xonani sovitadi, sovuq kunlari esa isitadi.
Eng oddiy dazmolda qizdirish elementi nixrom spiraldan iborat bo'lib, unga sopoldan qilin­gan 5-8 mm uzunlikdagi naychalar kiydiril- gan. Spiral naychalari bilan metall qoplama- ning ariqchalariga joylashtiriladi.
Hozirgi dazmollarda qizdirish elementi metall qopla­ma icliiga joylashtirilgan bo'ladi. Bunday dazmol uzoq muddat buzilmasdan ishlaydi. Agar buzilsa, uning ichidagi qizdirish elementini almashtirib bo'lmaydi. Chunki metall qoplamani ochishga mo'ljallanmagan.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish