O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim



Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/30
Sana31.05.2021
Hajmi0.49 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
 

 

 

 

 

 

 


37 

 

II BOB. O’ZBEKISTON VA YEVROPA ITTIFOQI O’RTASIDAGI 



SAVDO-IQTISODIY ALOQALARNING ASOSIY YO’NALISHLARI 

 

2.1.O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi savdo-iqtisodiy aloqalarining 

tashkiliy huquqiy asoslari 

 

O‘zbekiston  Respublikasining  mamlakatda  demokratik  jamiyat  asoslarini 

mustahkamlash  va  xalqaro  maydondagi  mavqeini  yanada  kuchaytirish  borasida  

katta ishlar  amalga oshirilmoqda,ayniqsa, ichki  va  tashqi siyosat  doirasida xorijiy 

davlatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli ikki tomonlama 

aloqalari tobora kengayib  bormoqda. 

Ana  shunday  hamkor  tashkilotlar  sirasiga  Yevropa  Ittifoqini  ham  kiritish 

mumkin.  Zero,  mamlakatimiz  bilan  mazkur  tashkilot  o‘rtasidagi  munosabatlarda 

siyosiy  muloqot,  savdo-iqtisodiy  va  madaniy-insonparvarlik  aloqalari  hamda 

mintaqaviy  va  ekologik  xavfsizlikni  ta'minlash  kabi  masalalar  ustuvor 

yo‘nalishlardandir.  

1991-yil  31-dekabrda  ―O‗n  ikkilarning  qo‗shma  deklaratsiyasi‖  bilan 

Yevropa hamjamiyatlari va ularning o‗sha paytdagi 12 ta a‘zo davlati O‗zbekiston 

Respublikasi  davlat  mustaqilligini  e‘tirof  etdi.  O‘zbekiston  Respublikasining 

Yevropa  Ittifoqi  bilan  munosabatlarining  asosi  1992-yil  15-aprelda  O‘zbekiston 

Respublikasi Hukumati va Yevropa hamjamiyatlari komissiyasi (YeHK) o‘rtasida 

O‘zaro  anglashuv  to‘g‘risidagi  memorandumning  imzolanishi  orqali  yaratildi. 

1994-yil 16-noyabrda tomonlar o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi

30



1994-  yil    24-yanvarda    O‘zbеkiston    Rеspublikasi    Vazirlar    Mahkamasi 



qoshida  YI  Qo‘mitasining  O‘zbеkistondagi  tехnik  aloqa  hamkorligi  bo‘yicha  

byuro    tuzish    to‘g‘risida    qaror    qabul    qilindi.    Bu    organlarning  maqsadi  

O‘zbеkistonda  iqtisodiy  islohotlar  jarayoni  va  bozor munosabatlariga  o‘tishda  

tехnik  yordam  ko‘rsatish,  shuningdеk,O‘zbеkiston  Rеspublikasi  hukumati  va  

YI  Qo‘mitasining   hamkorligini kuchaytirishdir. 

O‗zbekiston Respublikasining Yevropa hamjamiyatlari qoshidagi Missiyasi 

1995-yil  6-maydan  e‘tiboran  Bryussel  shahrida  o‗z  faoliyatini  boshladi.  2002-yil 

                                                           

30

www.jahonnews.com  O'zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi huzuridagi ―Jahon‖ axborot agentligi.  




38 

 

oktyabrda  esa  Yevropa  Ittifoqi  Komissiyasining  mamlakatimizdagi  faoliyatini 



amalga  oshirish  va  boshqarishni  qo‗llab-quvvatlash  maqsadida  Yevropa 

hamjamiyatlarining O‗zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi vazifasini vaqtincha 

bajarib turuvchi ―Yevropa Uyi‖ Toshkentda o‗z faoliyatini boshladi. 

  O‗zbekiston  bilan  keng  jabhali  hamkorlik  aloqalarini  yo‗lga  qo‗yish 

Yevropa  Ittifoqi  va  uning  a‘zo  davlatlari  uchun  ham  samarali  va  manfaatlidir. 

Xususan,  Yevropa  Ittifoqi  Komissiyasi  o‗zining  1995-yilda  qabul  qilgan 

―Markaziy  Osiyoning  yangi  mustaqil  davlatlari  bilan  aloqalar  to‗g‗risida 

Kommunikatsiya‖sida  bu  haqda  alohida  to‗xtalib  o‗tgan.  Kommunikatsiyada 

―Ittifoq  Markaziy  Osiyoda  muhim  manfaatlarga  egaligi  va  bu  manfaatlar  ham 

iqtisodiy,  ham  geosiyosiy  ahamiyat  kasb  etishi,  ayniqsa,  mazkur  mintaqani 

xizmatlar, turli jihozlar va sarmoya bilan ta‘minlab turuvchi Yevropa Ittifoqi, ayni 

vaqtda, mintaqadan chiquvchi energetika mahsulotlarining sezilarli imkoniyatlarga 

ega  bo‗lgan  iste‘molchisi  ham  ekanligidan  kelib  chiqib,  bu  hududda  energetika 

sektorining  rivojlanishidan  alohida  manfaatdorligi‖  qayd  etilgan.  Keyinchalik 

Yevropa  Ittifoqi  Kengashi  tomonidan  2007-yilning  30-mayida  qabul  qilingan 

―Yevropa  Ittifoqi  va  Markaziy  Osiyo:  Yangi  sherikchilik  uchun  strategiya‖  deb 

nomlangan hujjatda Yevropa Ittifoqining mintaqadagi strategik manfaatlari yanada 

yaqqol ifoda etilgan

31



Yevropa Ittifoqi hamda uning a‘zo davlatlari bilan O‗zbekiston Respublikasi 



o‗rtasida  ko‗p  tomonlama  diplomatik  aloqalarning  o‗rnatilishi  tomonlar  o‘rtasida 

iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy,  ilmiy  va  boshqa  sohalardagi  hamkorlikning 

rivojlanishi uchun zamin yaratdi. 

O‗tgan  yillar  davomida  o‗zaro  aloqalarning  shartnomaviy-huquqiy  asoslari 

ham shakllanib, mustahkamlanib bordi. 

1996-yil  21-iyunda  Florensiyaning  (Italiya)  ―Fortezza  de  Basso‖  qal‘asida 

bo‗lib  o‗tgan  Yevropa  Ittifoqi  a‘zo  davlatlarining  davlat  va  hukumat  rahbarlari 

darajasidagi  navbatdagi  oliy  sammitida  Yevropa  hamjamiyatlari  va  ularning  a‘zo 

                                                           

31

 www.jahonnews.com    O'zbekiston  Respublikasi  Tashqi  Ishlar  Vazirligi  huzuridagi  ―Jahon‖  axborot  agentligi. 



2011. 


39 

 

davlatlari bilan O‗zbekiston Respublikasi o‗rtasida ―O‗zbekiston Respublikasi, bir 



tomondan,  va  Yevropa  Hamjamiyatlari  hamda  ularga  a‘zo  davlatlar,  ikkinchi 

tomondan, o‗rtasida sherikchilik ta‘sis etuvchi Sheriklik va hamkorlik to‗g‗risidagi 

bitim‖ imzolandi. Bitimni imzolash chog‗ida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 

ushbu shartnoma Yevropa Ittifoqi va mustaqil O‗zbekiston munosabatlarida yangi 

burilish  nuqtasi  bo‗lib  xizmat  qilishini  hamda  yosh  davlatimizning  ijtimoiy-

iqtisodiy  rivojlanishi  uchun  keng  imkoniyatlar  ochishini  ta‘kidladi:  ―O‗zbekiston 

bilan  Yevropa  Ittifoqi  o‗rtasida  Sheriklik  va  Hamkorlik  to‗g‗risidagi  bitimning 

imzolanishi  —  shubhasiz,  munosabatlarimizning  yangi,  hal  qiluvchi  bosqichga 

chiqqanini isbotlovchi muhim voqeadir‖

32

.  



O‘zbеkiston  Sobiq  Ittifoq  davlatlari  ichida  Rossiyadan  kеyin  bunday  bitim 

imzolagan  ikkinchi  davlatdir.  O‘zbеkistonning  YI  va  YIga  a‘zo  davlatlar  

o‘rtasidagi  o‘zaro munosabatlarning  huquqiy  asosini  tashkil  qiladi, shuningdеk,  

siyosiy, iqtisodiy,  fan-tехnikaviy  va  madaniy  aloqalar  uchun  kеng  imkoniyat 

ochadi. 

 

Hozirgi  kunda  Sheriklik  va  hamkorlik  bitimi  Yevropa  Ittifoqi  va 



O‗zbekiston  o‗rtasida  imzolangan  o‗nga  yaqin  boshqa  bitimlar  bilan  birgalikda 

amal qilib kelmoqda. 

1999 -yil mayda  Yevroparlamеnt va  Yevropa  Ittifoqiga a‘zo davlatlar bilan  

shеrikchilik  va  hamkorlik  haqida  bitim  ratifikatsiyasi  bo‘yicha barcha muhim 

tadbirlar nihoyasiga yetdi. 1999- yil 1-iyulda ―Shеrikchilik va hamkorlik haqidagi 

bitim‖  kuchga  kirdi  va  ―YI-O‘zbеkiston‖  qo‘shma  qo‘mitasi    o‘rniga  

―O‘zbеkiston-YI  hamkorlik‖  qo‘mitasi  tuzildi.  

2010-yilning  15-16-noyabr  kunlari  Yevropa  Ittifoqining  tarqqiyot  bo‘yicha 

komissari A.Piyebalgs rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif asnosida 

u Prezident Islom Karimov bilan muzokaralar o‘tkazdi.  

Shuningdek,  u  2010-yil  12-noyabrda  Prezident  Islom  Karimov  tomonidan 

Oliy  Majlis  palatalarining  qo‘shma  majlisidagi  ma'ruzasida  bayon  etilgan 

                                                           

32

 Prezident  I.A.Karimovning  1996-yil  21-iyunda  Florensiyada  Yevropa  Ittifoqiga  a‘zo  davlatlarning  hukumat 



rahbarlari bilan bo‘lgan sammitdagi nutqi. / ―Xalq so‘zi‖ 1996-yil 54-son. 


40 

 

―Mamlakatimizda  demokratik  islohatlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 



jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi‖  Yevropada  katta  qiziqish  bilan  qarshi 

olinganini  qayd  etdi.  Yevropa  Ittifoqi  O‘rta  Osiyodagi  transchegaraviy 

daryolarning  suv  manbalaridan  foydalanish  borasida  pragmatik  yondashuv 

tarafdori  bo‘lib,  manfaatdor  tomonlarning  suv  va  energetika  masalalarida  o‘zaro 

hamjihatlikda  hamkorlik  qilish  bo‘yicha  ekologik  muvozanatni  saqlash  hamda 

transchegaraviy  daryolarning  suv  resurslaridan  adolatli  va  oqilona  foydalanishga 

doir barqaror va oshkora mexanizmlarni ishlab chiqishini qo‘llab-quvvatlaydi.  

2011-yil 

24-yanvarda 

O‘zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimovning 

Bryusselga amalga oshirgan rasmiy tashrifi tomonlar o‘rtasidagi siyosiy muloqotni 

mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Tashrif chog‘ida Yevropa Ittifoqi 

O‘zbekiston  Respublikasi  bilan  turli  sohalarda  teng  va  o‘zaro  sheriklikka 

asoslangan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini namoyish etdi. 

Tashrif doirasida Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti J.M.Barrozo va Yevropa 

Ittifoqining  energetika  bo‘yicha  komissari  G.Ettinger  bilan  muzokaralar 

o‘tkazilgan  edi.  Muzokaralar  chog‘ida  Yevropa  Hamjamiyatlari  komissiyasi 

rahbari  O‘zbekistonning  dunyoda  yetakchi  o‘rinlardan  birini  egallagan  iqtisodiy 

o‘sish sur'atlariga alohida urg‘u berdi. Tashrif davomida ―O‘zbekistonda Yevropa 

Ittifoqi Delegatsiyasini ta'sis  etish to‘g‘risida‖gi bitim,  ―O‘zbekiston Respublikasi 

va  Yevropa  Ittifoqi  o‘rtasida  Energetika  sohasida  hamkorlik  to‘g‘risida‖gi 

memorandum  hamda  ―Yevropa  Ittifoqi  Komissiyasining  2011-2013-yillarga 

mo‘ljallangan  texnik  yordam  ko‘rsatish  bo‘yicha  indikativ  loyihalarini  amalga 

oshirish  to‘g‘risida‖gi  memorandum  imzolandi.  Tashrif  yakunlariga  ko‘ra  aytish 

mumkinki,  u  O‘zbekiston  va  Yevropa  Ittifoqi  o‘rtasidagi  aloqalarning  ulkan 

salohiyatini ochishda keng imkoniyatlar yaratdi hamda ustuvor loyihalarni amalga 

oshirish  uchun  yuqori  texnologiyalarni  yetkazib  berish,  infratuzilmani 

rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va ilmiy-texnikaviy aloqalarni kengaytirish orqali 




41 

 

Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi iqtisodiy islohatlar va tizimli o‘zgarishlar 



jarayonida ishtirok etishga tayyor ekanini ko‘rsatdi

33



O‘zaro 

munosabatlarning 

shartnomaviy-huquqiy 

asosi, 


yuqorida 

ta'kidlangan  ikki  tomonlama  hujjatlar  bilan  bir  qatorda  Sherikchilik  va hamkorlik 

to‘g‘risidagi  hamda  Atom  energiyasidan  tinch  maqsadda  foydalanish  sohasida 

hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni ham o‘z ichiga oladi. 

Sherikchilik  va  hamkorlik  to‘g‘risidagi  bitim  doirasida  hozirgi  paytda 

O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi 

beshta  qo‘shma  muassasa  faoliyat  yuritib  kelmoqda.  Ya'ni,  Hamkorlik  kegashi, 

Hamkorlik  qo‘mitasi,  Parlamentlararo  hamkorlik  qo‘mitasi,  Savdo  va 

investitsiyalar bo‘yicha yordamchi qo‘mita, Adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va 

boshqa  masalalar  bo‘yicha  yordamchi  qo‘mita  shular  jumlasidandir.  

Mazkur  muassasalarning  vazifalari  tegishli  sohalar  bo‘yicha  munosabatlarning 

amaldagi  holatini  muntazam  ravishda  muhokama  qilib  borish,  ularni  yanada 

rivojlantirish  yo‘llarini  ishlab  chiqish,  O‘zbekistonda  amalga  oshirilayotgan 

islohatlar  va  Yevropa  Ittifoqidagi  ichki  siyosiy  vaziyat  bilan  bog‘liq  masalalar, 

O‘rta Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash va hamkorlik qilish, shuningdek, 

har ikkala tomonning manfaatlariga mos keladigan xalqaro masalalar bo‘yicha fikr 

almashishdan iboratdir. 

2016-2020-yillar  mobaynida  Yevropa  Hamjamiyatlari  komissiyasi  yurtimiz 

hamda  butun  mintaqaga  qishloq  xo‘jaligi  va  qishloq  joylarni,  ikki  tomonlama 

savdo-sotiq,  kichik  va  o‘rta  biznes,  energetika,  atrof-muhit,  fan  va  ta'lim  kabi 

sohalarni  rivojlantirish,  davlat  boshqaruvi  tizimini  takomillashtirish,  sud-huquq 

tizimini isloh qilish, chegaralar va bojxona xavsizligini ta'minlash masalalarini hal 

etishda ko‘mak berishni rejalashtirmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martda e‘lon 

qilingan  ―O‘zbekiston  Respublikasining  Yevropa  Ittifoqi  va  unga  a‘zo  davlatlar 

bilan  hamkorligini  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida‖gi  Qarori  asosida 

                                                           

33

  www.jahonnews.com   O'zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi huzuridagi ―Jahon‖ axborot agentligi. 



2011. 

 



42 

 

tashkiliy-huquqiy  tadbirlar,  siyosiy  sohadagi  hamkorlik,demokratiya  va  inson 



huquqlari  masalalari  bo‘yicha  hamkorlik,huquqqa  zid  faoliyatning  oldini 

olish,noqonuniy  immigratsiyaning  oldini  olish  va  nazorat  qilish  bo‘yicha 

hamkorlik,  iqtisodiy  sohadagi  hamkorlik,  savdo  masalalari  bo‘yicha 

hamkorlik,investitsiya  sohasida  va  moliyaviy  hamkorlik,  TACIS  dasturi 

doirasidagi  hamkorlik,  intellektual,  sanoat  va  tijorat  mulkini  muhofaza  qilish 

borasida,  fan,texnika,ta‘lim,ekologiya,sog‘liqni  saqlash  va  madaniyat  masalalari 

bo‘yicha  hamkorlik, ijtimoiy  sohadagi  hamkorlik  kabi bir  qator  ustuvor  vazifalar 

belgilangan. Xususan, savdo masalalari bo‘yicha hamkorlik  davom  ettirilmoqda: 

Yevropa  Ittifoqiga    yangi  mamlakatlarning  a‘zo  bo‘lib  kirishini  va 



jahondagi  eng  yirik  bozorlardan  birining  barpo  etilishini  hisobga  olgan  holda  YI 

bilan tashqi savdoni rivojlantirish tendensiyalarini hamda eksportni ko‘paytirish va 

diversifikatsiya qilish istiqbollarini kompleks tahlil qilish; 

YIga 



eksport  qilinadigan  tovarlar  uchun  qo‘shimcha  tarif 

preferensiyalarini  berish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish

standartlashtirish, 



sertifikatsiyalashtirish 

va 


sifatni 

boshqarish 

tizimlarini  joriy  etish  masalalari  bo‘yicha  YIning  tegishli  tashkilotlari  bilan 

hamkorlikni rivojlantirish; 

O‘zbekistonning  eksportga  yo‘naltirilgan  ishlab  chiqarishlarini 



rivojlantirishning    uzoq  muddatli  strategiyasini  ishlab  chiqishda,  shu  jumladan: 

rivojlanayotgan 

mamlakatlardan 

importni 

qo‘llab-quvvatlash 

markazi 


(Niderlandiya)  bilan;  rivojlantirish  masalalari  yuzasidan  xalqaro  hamkorlik 

bo‘yicha Shvetsiya agentligi bilan; Germaniya texnikaviy ko‘maklashish jamiyati 

bilan;  Italiya  tashqi  savdo  instituti  bilan  ishlab  chiqishda  Tashqi  savdoni 

rivojlantirishga  ko‘maklashish  bo‘yicha  Yevropa  milliy  tashkilotlari  ko‘magini 

kengaytirish masalalarini ishlab chiqish; 

O‘zbekiston  tovarlari  va  xizmatlarining  YI  bozoriga  kirib  borishi 



uchun 

qulay 


shart-sharoitlarni 

ta‘minlash  hamda  ularning  kamsitilishi 

elementlariga  yo‘l  qo‘ymaslik  bo‘yicha  faoliyatni  faollashtirish.  Notarif  (texnik) 

to‘siqlarni bartaraf etish, ISO standartlarini joriy etish; 




43 

 



xususiy  sektor  rahbarlarini  kasbiy  tayyorlash  va  tajriba  orttirishi 

bo‘yicha  xususiy  tadbirkorlikni  va  kichik  biznesni,  xususiy  sektor    korxonalari 

tomonidan  ishlab  chiqariladigan  tovarlarni  Yevropa  bozorlariga  chiqarish  

imkoniyatlarini 

rivojlantirish 

jarayoniga  ko‘maklashish  maqsadida  YI 

mamlakatlari  savdo-sanoat  palatalari  bilan  o‘zaro  manfaatli  hamkorlikni  yo‘lga 

qo‘yish; 

tashqi  savdo  infratuzilmasini  rivojlantirish,  Yevropa  mamlakatlariga 



eksportni  rivojlantirish  maqsadida  Yevropa  mamlakatlarida    O‘zbekiston 

respublikasi  korxonalari  tomonidan  savdo  uylari  va  savdo  vakolatxonalari  tashkil 

etish; 

YI  ga  yangi  a‘zo  mamlakatlar  hududlari  va  portlaridan  foydalangan 



holda  O‘zbekiston  va  Yevropa  davlatlari  o‘rtasida  multimodal  yuk  tashishlarni  

rivojlantirish  bo‘yicha  qo‘shma  tadbirlarni amalga oshirish. 




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat