O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim


Tashqi savdo siyosati va strategiyasi



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/30
Sana31.05.2021
Hajmi0,83 Mb.
#65532
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
ozbekiston va yevropa ittifoqi savdo-iqtisodiy aloqalarining asosiy yonalishlari

1.2.Tashqi savdo siyosati va strategiyasi 

 

 

Tashqi  savdo  siyosati  –  ichki  bozorni  himoyalashga,  tashqi  savdo  hajmining 



o‗sishini rag‗batlantirishga, uning tuzilishini va tovar oqimlarining yo‗nalishlarini 

maqbullashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimi

17

.  


 

Jahonda  tashqi  savdo  siyosati  erkin,  bojsiz  savdo  darajasi  hamda 

proteksionizm,  ya‘ni  o‗z  bozorini  importdan  himoya  qilish  darajasi  bilan  ajralib 

turadi.  Hozirgi  tashqi  savdo  siyosati  tashqi  savdo  almashuvining  cheklovlari 

susaytirilgani,  uning  yo‗lidagi  to‗siqlarni  bartaraf  etishga  intilish,  ya‘ni  savdoni 

liberallashtirish  bilan  ajralib  turadi  (savdoning  erkinlashtirilishi  Ikkinchi  jahon 

urushi  tugaganidan  so‗ng  barcha  mamlakatlarda  kuzatilgan  nihoyatda  keskin 

iqtisodiy o‗sishning asosiy sabablaridan biridir).  

 

Jahon mamlakatlarining Jahon Savdo Tashkilotiga(JST) qo‗shilish shartlari – 



uning hududida tovar va xizmatlar uchun erkin raqobat rejimini yaratish, ya‘ni boj 

tariflarini  kamaytirish,  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  eksport  qilishda  demping 

                                                           

16

 Кругман П. Международная экономика. 5-е изд. СПб.: Питер. 2003г. ст.44-46. 



17

 Robert  E.  Morgan  ―Theories  of  international  trade,  foreign  direct  investment  and  firm  internationalization‖. 

Cardiff Business School, University of Wales, UK. 2007. p.-42.  



21 

 

narxlar  bo‗yicha  subsidiya  berishdan  voz  kechish.  Ushbu  shartlar  dunyo 



mamlakatlarining  aksariyati  uchun  bajarilishi  qiyin  vazifadir.  Shu  sababli  JST 

dunyo  mamlakatlariga  ishlab  chiqarishni,  ayniqsa,  qishloq  xo‗jalik  mahsulotlari 

ishlab  chiqarishni  subsidiyalashtirishni  tartibga  keltirish,  statistik  hisobotning 

aksildemping  choralarini  qo‗llashni  tavsiya  etadi.  Umumiqtisodiy  vazifalarga 

hamda  JSTning  talablariga  muvofiq,  dunyo  mamlakatlarida  tashqi  iqtisodiy 

faoliyat tartibga solinmoqda, ya‘ni: tashqi savdo operatsiyalarining litsenziya bilan 

tartibga  solinishi,  boj-tarif  tartibga  solinishi  va  tashqi  savdo  shartnomalarining 

tender (tanlov) asosida tuzilishi va boshqalar

18

.  


 

Dunyo  mamlakatlarining  ayrimlari  kabi  O‗zbekistonda  ham  eksportni 

rag‗batlantirishning  JST  talablariga  va  eksportni  davlat  tomonidan  qo‗llab-

quvvatlash  tartibiga  mos  tizimi  amal  qilmoqda.  Milliy  eksportyorlarni  bunday 

qo‗llab-quvvatlash quyidagi moliyaviy imtiyozlar tizimini o‗z ichiga oladi:  

O‗zbekiston  tijorat  banklari  eksportga  yo‗naltirilgan  tashkilotlarni 



aylanma  mablag‗  bilan  ta‘minlashi  uchun  kredit  resurslari  xususida  kafolat 

majburiyatlarini berishi;  

 eksport  kreditlarining  uzoq  muddatli  tijorat  tavakkallaridan 



kafolatlangan sug‗urtalanishi;  

eksporterlarga  eksport  mukofotlari, milliy  va xorijiy  tashuvchilarning 



yuklarini  tashish  xizmatlarining  qiymatidagi  farqni  to‗lab  berish  tarzidagi 

to‗g‗ridan-to‗g‗ri dotatsiyalar;  

 eksport kreditlarini imtiyozli shartlar bilan berish va hokazo.  



 

Davlat  kadrlar  tayyorlash,  dunyo  bozori  konyunkturasini  o‗rganish,  milliy 

eksporterlar  va  xorijdagi  importerlar  manfaatlarini  himoya  qilish  xarajatlarining 

asosiy  qismini  o‗z  zimmasiga  olmoqda,  shuningdek  ularning  tashqi  bozordagi 

faoliyati uchun zarur siyosiy sharoitlarni ta‘minlamoqda.  

 

O‗zbekistonning  eksportni  rivojlantirish  borasidagi  tashqi  savdo  siyosati, 



respublikaning  xalqaro  mehnat  taqsimotidagi  ishtirokining  samarali  modelini 

                                                           

18

 Nazarova G.G., Xalilov X.X., Eshtayev A.A., Xakimov N.Z., Salixova N.M. Jahon iqtisodiyoti va XIM. T.: 2006. 



33-34-b. 


22 

 

shakllantirish  borasida  sezilarli ishlar  amalga  oshirildi.  Uning  asosiy  yo‗nalishlari 



nafaqat  eksportni  kengaytirishni,  balki  raqobatdagi  ustunliklar  va  jahon 

konyunkturasidan  maqbul  tarzda  foydalanish  asosida  uning  barqaror  yuqori 

hajmlarini qo‗llab-quvvatlashni nazarda tutadi

19

.  



 

O‗zbekiston  eksportini,  jumladan  tashqi  bozorlarga  tayyor  mahsulotni, 

avvalo,  fan  yutuqlari  va  yuksak  texnologiyalarga  asoslangan  mahsulotlarni  keng 

miqyosda olib chiqish borasida diversifikatsiya qilish yo‗lidan bormoqda. Shu bois 

davlatimiz rahbari Islom Karimov: ―Bugungi kunda ko‗plab rivojlangan va jahon 

iqtisodiyotida yetakchi o‗rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‗zsiz isbotlab 

bermoqdaki,  raqobatbardoshlikka  erishish  va  dunyo  bozorlariga  chiqish,  birinchi 

navbatda,  iqtisodiyotni  izchil  isloh  etish,  tarkibiy  jihatdan  o‗zgartirish  va 

diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi 

korxona  va  ishlab  chiqarish  tarmoqlarining  jadal  rivojlantirishni  ta‘minlash, 

faoliyat  ko‗rsatayotgan  quvvatlarni  modernizatsiya  qilish  va  texnik  yangilash 

jarayonlarini  tezlashtirish  hisobida  amalga  oshirilishi  mumkin‖

20

,  –  deb 



ta‘kidlagani  bejiz  emas.  Tashqi  savdo  faoliyati  davlat  tomonidan  tartibga  solinib 

turiladi.  Ayrim  mamlakatlarda  istisnoli  hollarda  joriy  etishi  mumkin  bo‗lgan 

eksport  bo‗yicha  cheklov  choralari  belgilangan.  Mavjud  cheklovlar  quyidagi 

toifalarga bo‗linadi:  

 ushbu  tovarning  olib  chiqilishiga  ruxsat  etilgan  eksporterlar 



doirasining cheklanishi;  

xorijga olib chiqilayotgan tovarlarga kvotalar belgilanishi; 



 eksport  natijasida milliy manfaatlarga zarar yetishini istisno qiluvchi 

shartlarga  rioya  etish.  Eksportning  miqdor  bo‗yicha  cheklanishi  ichki  bozor 

bo‗shab  qolishining  oldini  olish  va  ushbu  tovarning  jahon  bozorlarida  haddan 

tashqari ko‗payib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida joriy etiladi.  

 

Mamlakatlar  o‗rtasida  tovarlarning  xavfsizligini  tasdiqlovchi  sertifikatlarni 



o‗zaro  tan  olish  haqidagi  bitimlar  ham  amal  qiladi.  Iqtisodiy  o‗sishning  yuqori 

                                                           

19

 Mirsaidov M.  ―Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar‖ T.-2006: ―Iqtisod-Moliya‖140-b. 



20

 Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. –T.:‖O‘zbekiston‖,1995. 37-b. 




23 

 

sur‘atlari va makroiqtisodiy barqarorlik ta‘minlanishida tashqi iqtisodiy aloqalarni 



yanada  rivojlantirish,  xususan,  mamlakatimiz  eksport  hajmini  yanada  oshirish  va 

tarkibini  yaxshilash  muhim  omil  bo‗ldi.  Respublikamizning  tashqi  savdo 

aylanmasi  1990–2011-yillar  davomida  31,7  marta,  jumladan,  eksport  33,9  marta, 

import qariyb 29 marta oshdi. Natijada tashqi savdoning ijobiy saldosi 56,6 marta 

ortdi.  Birgina  ―2011-yilda  eksport  mahsulotlari  hajmi  2010-yilga  nisbatan  qariyb 

15,4 foizga ko‗paydi va 15 milliard dollardan ko‗proqni tashkil etdi. Bu 2000-yilga 

nisbatan 4,6 barobar ziyoddir. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 milliard 

500 million dollardan oshdi‖

21



 



Ma‘lumki, xalqaro savdo-sotiq eksport va import shaklda amalga oshiriladi.  

 

Eksport – tovarning xorijga chiqarilishini nazarda tutuvchi sotish.  



 

Import – tovarning xorijdan olib kirilishini nazarda tutuvchi xarid.  

 

Savdo  aylanmasi    –  eksport  va  import  hajmining  qiymatda  ifodalanadigan 



hajmlar summasi.  

 

Eksport  o‗lchami  tovarga  bo‗lgan  ortiqcha  taklif  bilan,  import  hajmi  esa 



tovarlarga bo‗lgan ortiqcha talab miqdori bilan belgilanadi. Eksport va importning 

nisbati  tashqi  savdo  balansi  hisoblanadi,  u  aktiv  va  passiv  holda  bo‗ladi.  Eksport 

importdan  ko‗p  bo‗lganda,  tashqi  savdo  balansi  aktiv,  import  eksportdan  ko‗p 

bo‗lganda, u passiv bo‗ladi. Aktiv balans tashqariga tovarlar ko‗p sotilishini, passiv 

balans esa ular tashqaridan ko‗proq xarid etilishini anglatadi.  

 

Iqtisodiyotning eksport salohiyati ikki omilga bog‗liq bo‗ladi:  



1.    Ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasi;  

2.  Ishlab  chiqarishning  xalqaro  mehnat  taqsimotidagi  ishtiroki  va 

ixtisoslashuv darajasi.  

         Eksport va import narxining nisbatiga bir qator omillar ta‘sir etadi:  

1.    Muayyan  tovarlarga  tashqi  bozordagi  talab  va  shu  tovarlarning  taklif 

etilishi;  

                                                           

21

 Karimov I.A.‖2012-yil  Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi‖.- T.:‖O‘zbekiston‖, 



2012. 


24 

 

2.    Tovarlarga  mamlakat  ichkarisidagi  va  tashqarisidagi  narxlarning  past 



yoki balandligi;  

3.    Tovarlarning tashqi bozorlarga yetkazish xarajatlari;  

4.    Milliy valuta kursidagi o‗zgarishlari;  

5.    Davlatning tashqi savdoga oid siyosatining qandayligi

22

.  


 

 Ochiq  iqtisodiyot  rivojlanishi  bilan  xalqaro  savdo-sotiqdagi  tovarlar  tarkibi 

o‗zgarib  turadi.  Agar  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidagi  xalqaro  savdo-sotiqda 

xomashyo,  oziq-ovqat  va  yengil  sanoat  mahsulotlari  ayirboshlangan  bo‗lsa,  XXI 

asrning  boshiga  kelib  ilmiy  texnikaviy  yangiliklar,  texnologik  murakkab 

mahsulotlar,  shuningdek  axborot  texnologiyalari  va  axborotning  o‗zi  sotila 

boshlandi.  O‗zbekistonning  jahon  bozorida  o‗ziga  xos  nufuzini  ta‘minlashda 

xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi imkoniyatlaridan samarali foydalanishi, 

eksportga  yo‗naltirilgan  ishlab  chiqarishni  barpo  etish  va  chuqur  qayta  ishlangan 

sanoat  mahsulotlari  eksportini  mustahkamlash  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu 

bois, Prezident Islom Karimov: ‖Mamlakatning jahon xo‗jaligi aloqalarida, xalqaro 

mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo 

etishning 

asosidir. 

Biz 

iqtisodiy 



islohotlarni 

chuqurlashtirish, 

ijtimoiy 

yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish tadbirlarini izchillik bilan amalga 

oshirmoqdamiz.  Bunda  bozor  iqtisodiyoti  –  erkin  iqtisodiyot  ekanligi,  u  ochiq 

tusda  bo‗lib,  yakkalanish  va  biqiqlik  unga  yot  ekanligidan  iborat  haqiqatga 

asoslanib  ish  tutmoqdamiz.  Shu  bois  iqtisodiyotimizning  kelajagi  uning  jahon 

xo‗jaligiga  qo‗shilishiga  bog‗liqdir‖

23

,  –  deb  tashqi  bozorning  ahamiyatini 



ta‘kidlab o‗tgan.  

 

O‗zbekistonda barqaror iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini ta‘minlashga uning jahon 



xo‗jaligi  bilan  aloqalarining  rivojlanib  borayotganligi,  eksport  salohiyati 

kengayayotganligi  va  shu  maqsadlar  ko‗zda  tutilib  belgilanayotgan  aniq  chora-

tadbirlar  asos  bo‗lmoqda.  Respublikamizda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish 

va  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  erkinlashtirish  mamlakatning  XXI  asrda  rivojlanish 

                                                           

22

 Nazarova  G.G‘.,  Iminov  Z.M.,  Xalilov  X.X.,  Hamidov  O.B.  ―Jahon  iqtisodiyoti  va  хalqaro  iqtisodiy 



munosabatlar‖ ―Iqtisodiyot‖ T-2011. 61-62-b. 

23

 Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: ―O‘zbekiston‖  1999. 49-50-b. 




25 

 

strategiyasining  ustuvor  yo‗nalishlaridan  biri  hisoblanadi.  Chunki  milliy 



iqtisodiyot  ochiqlik  darajasining  kengayishi  ishlab  chiqarish  samaradorligining 

ortishiga  va  erkin  raqobatning  kuchayishiga,  ichki  imkoniyatlar  hisobiga  eksport 

salohiyatini  oshirishga  imkoniyat  yaratadi.  Eksport  salohiyatini  oshirish  barqaror 

valuta tushumlarini ta‘minlashga va jahon bozorida munosib o‗rin egallashga olib 

keladi.  Shuning  uchun  respublika  eksport  salohiyatini  oshirishda  ichki  ijtimoiy-

iqtisodiy imkoniyatlardan va nisbiy afzallikka ega bo‗lgan sohalar mahsulotlaridan 

unumli foydalanilmoqda.  

Ayni  paytda  aholi  daromadlarining  ahamiyatli  darajada  ortib  borishi  milliy 

iqtisodiyotning barqaror sur‘atlarda rivojlanishi bilan birga tashqi savdo va eksport 

faoliyatining samaradorligini ham talab etadi.  

 Mamlakatimiz  iqtisodiyotini  tubdan  tarkibiy  o‗zgartirish  va  eksport 

tuzilishini  diversifikatsiya  qilish  orqali  tashqi  bozorlarga  chiqarilayotgan  tovarlar 

va  xizmatlar  nomenklaturasini  kengaytirish  samaradorlikni  oshirishga  olib  keladi. 

Chunki  xorijiy  mamlakatlarga  sotilayotgan  mahsulotlar  tarkibida  alohida  tovarlar 

yoki  xizmatlar  turlarining,  xususan,  tabiiy  resurs  va  xomashyolar  salmog‗ining 

ortib  ketishi,  agar  jahon  bozorida  bu  mahsulotlarning  narxi  pasayib  ketsa  yoki 

ularga  tashqi  talab  kamayadigan  bo‗lsa,  mazkur  vaziyatlarda  eksportchi 

mamlakatlar  og‗ir  va  tang  holatlarga  duch  kelishi  mumkin.  Milliy  eksport 

hajmining  qisqarishi  va  savdo  shartlarining  yomonlashuvi  valuta  tushumlarining 

kamayishiga, tashqi savdo balansining beqarorlashuviga va eksportchi korxonalar  

moliyaviy  ahvolining  tanglashishiga  olib  keladi.  Shuningdek,  mamlakatning 

umumiy  eksporti  yoki  importida  kam  sonli  davlatlar  ulushining  kattaligi,  u 

mamlakat  tashqi  savdosining  ana  shu  sanoqli  mamlakatlar  iqtisodiyotidagi 

o‗zgarishlarga bog‗liq bo‗lib qoladi.Shu bois tashqi savdo tarkibini diversifikatsiya 

qilishdan  tashqari,  uning  mamlakatlar  geografiyasini  ham  kengaytirish  va  xilma-

xillashtirish zarur.  

  Bu  esa  ko‗zda  tutilgan  natijalarni  qo‗lga  kiritishga,  milliy  xo‗jalikning 

tashqi bozordagi salbiy o‗zgarishlariga ta‘sirchanligini pasaytiradi.  O‗zbekistonda 

tashqi  savdo  tarkibini  diversifikatsiya  qilish  va  mamlakatlar  geografiyasini 



26 

 

takomillashtirish  maqsadida  olib  borilgan  chora-tadbirlar  o‗zining  samarali 



natijasini bermoqda. Respublikamizning tashqi savdosi va eksporti hajmi barqaror 

sur‘atlarda  o‗sib,  tarkibi  izchil  takomillashib  bormoqda.  Bunday  yutuqlarga 

erishishda asos bo‗lgan omillar haqida Prezident Islom Karimov: ―Bizning keyingi 

yillarda  eksport  sohasida  qo‗lga  kiritgan  yutuqlarimiz,  avvalo,  mamlakatimiz 

iqtisodiyotini  tubdan  tarkibiy  o‗zgartirish  va  diversifikatsiya  qilish,  qisqa 

muddatda  biz  uchun  mutlaqo  yangi,  lokomotiv  rolini  bajaradigan  tarmoqlarni 

barpo  etish,  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik 

yangilash  dasturlarini  amalga  oshirish,  zamonaviy  bozor  infratuzilmasini 

shakllantirish  borasida  o‗z  vaqtida  boshlangan,  chuqur  o‗ylangan  va  uzoq 

istiqbolga mo‗ljallangan ishlarimizning natijasidir‖

24

, – deb ta‘kidlagan. 



 

 Mamlakatlarning  texnologik  jihatdan  chuqur  qayta  ishlangan  va  tayyor 

raqobatdosh  tovarlar  eksportini  jadallashtirish  va  bu  mahsulotlar  yetkazib 

berilayotgan  mamlakatlar  geografiyasini  izchil  ravishda  kengaytirib  borish  uning 

tashqi savdo  va  eksport hajmini  barqaror  rivojlantirishga, jahon  bozoridagi salbiy 

o‗zgarishlar  ta‘siri  va  xavfxatarlardan  himoyalashga  sharoit  yaratadi.  Qolaversa, 

tashqi  bozorlarga  taklif  qilinayotgan  tovarlar  tarkibini  diversifikatsiyalash,  ularni 

xarid  qiluvchi  davlatlar  geografiyasini  kengaytirish,  bu  mamlakatlardan  biri  yoki 

bir  nechtasining  iqtisodiyotida  sodir  bo‗lgan  muammolar  tufayli  eksport  hajmi 

keskin kamayib ketishining oldini olish imkoniyatini ta‘minlaydi. Mamlakatimizda 

uzoq  yillardan  beri  tashqi  savdoni,  xususan,  eksportni  rivojlantirish  va  eksport 

qiluvchi  korxonalarni  izchil  qo‗llabquvvatlash  borasida  amalga  oshirilgan  chora-

tadbirlar  milliy  iqtisodiyotimizning  eksport  salohiyatini  yuksaltirishga,  tashqi 

savdo tarkibini chuqurlashtirishga va uning hajmini barqaror sur‘atlarda o‗stirishga 

asos bo‗lmoqda.  

  Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirish, samarali 

ishlab  chiqarish  tarkibiy  tuzilmasini  shakllantirish  va  izchil  iqtisodiy  o‗sish 

sur‘atlariga erishish aholi farovonligini oshirishning va taraqqiyotni ta‘minlashning 

                                                           

24

Karimov  I.A.  ―Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O‘zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo‘llari  va 



choralari‖.- T.:‖O‘zbekiston‖ 2009. 11-b. 

 



27 

 

muhim  asosi  hisoblanadi.  Prezident  Islom  Karimov  O‗zbekiston  iqtisodiyotining 



jahon  iqtisodiyotiga  integratsiyalashuvi  borasida  quyidagi  vazifalarni  belgiladi: 

―Jahon  iqtisodiyotida  vujudga  kelayotgan  tendensiyalardan,  shuningdek, 

mamlakatimizni kelajakda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasidan kelib 

chiqqan  holda,  2012-yilda  va  undan  keyingi  yillarda  quyidagi  ustuvor 

vazifalarning  amalga  oshirilishi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Birinchi  darajali 

e‘tibor  mamlakatimiz  iqtisodiyotining  raqobatdoshligini  oshirish  bo‗yicha  dastur 

tayyorlash  va  uni  amalga  oshirishga  qaratilishi  zarur.  Bu  maqsadning  dolzarbligi 

va  ahamiyati  avvalo  shu  bilan  belgilanadiki,  biz  o‗rta  muddatli  istiqbolda 

iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga olib chiqishni hozirgi 

bosqichdagi bosh strategik vazifa sifatida o‗z oldimizga qo‗yganmiz‖.

25

 

  O‗z-o‗zidan  ayonki,  raqobatdosh  iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard 



natijada  esa  raqobatdosh  mamlakatni  barpo  etmasdan  turib,  biz  qabul  qilgan 

―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 

rivojlantirish  konsepsiyasi‖da  ko‗zda  tutilgan  maqsadli  vazifalarni  amalga 

oshirmasdan  turib,  bu  haqda  jiddiy  so‗z  yuritish  mumkin  emas.  Bu  vazifaning 

o‗rtaga  qo‗yilishi,  shuningdek,  inqiroz  jarayonlarining  chuqurlashuvi,  dunyo 

miqyosida  xarid  talabining  pasayishi  va  shunga  muvofiq  tarzda  jahon  bozorida 

xomashyo,  materiallar,  ayniqsa,  tayyor  mahsulotlar  bo‗yicha  raqobatning  yildan-

yilga  kuchayib  borayotgani  bilan  ham  bog‗liq,  albatta.  Bugungi  kunda  ko‗plab 

rivojlangan  va  jahon  iqtisodiyotida  yetakchi  o‗rin  tutadigan  mamlakatlar  tajribasi 

shuni so‗zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga 

chiqish,  birinchi  navbatda  iqtisodiyotni  izchil  isloh  etish,  tarkibiy  jihatdan 

o‗zgartirish  va  diversifikatsiya  qilishni  chuqurlashtirish,  yuqori  texnologiyalarga 

asoslangan  yangi  korxona  va  ishlab  chiqarish  tarmoqlarining  jadal  rivojlanishini 

ta‘minlash,  faoliyat  ko‗rsatayotgan  quvvatlarni  modernizatsiya  qilish  va  texnik 

yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.   


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish