O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o’zbekisтon respublikasidavlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyasi



Download 0.97 Mb.
bet25/27
Sana16.01.2017
Hajmi0.97 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga, respublika yo’l jamg’armasiga va ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armasiga majburiy ajratmalar bo’yicha
hisob-kitobini to’ldirish tartibi



Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga, Respublika yo’l jamg’armasiga va

Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal

ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armasiga

majburiy ajratmalar to’lovchilar to’g’risida

MA’LUMOТLAR


Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga, Respublika yo’l jamg’armasiga va Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armasiga majburiy ajratmalar

HISOB-KIТOBI



1- ilova.

Soliq solinadigan bazaning kamayishi


MISOL. Qurilish tashkiloti savdo majmuida qurilish ishlarini pudrat shartnomasi asosida amalga oshirmoqda. Qurilishning bir qismini bajarish uchun subpudrat tashkiloti jalb qilingan. Jami ish hajmi 21 370 ming so’mni tashkil qilib, shundan o’z kuchi bilan bajarilgan ishlar - 17 520 ming so’mni (shu jumladan QQS summasi 2 920 ming so’m) tashkil qiladi.

Ushbu holda Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratma quyidagicha hisoblanadi:

ajratma bazasi - 14 600 ming. so’m (17 520 - 2920);

ajratma 1,6% stavka bo’yicha hisoblanadi ajratma summasi - 232,6 ming so’m (14 600 x 1,6%);

YO’l jamg’armasi birlashgan byudjet daromadlarining tarkibini asosiy qismini tashkil qilgan holda davlatning o’z vazifalarini amalga oshirishning moliyaviy asosi bo’lib hisoblanadi va davlat mavjudligining ajralmas belgisidir.



MISOL. Makaron ishlab chiqaruvchi korxona 4 200 ming so’mlik (shu jumladan QQS - 700 ming so’m) mahsulotini realizatsiya qildi. Bundan tashqari, vositachilik xizmatlarini ham ko’rsatadi. Hisobot davrida vositachilik shartnomasi asosida olingan 3 600 ming so’mlik mahsulot realizatsiya qilindi. Vositachilik haqi 720 ming so’m bo’lib, undan 120 ming so’mi QQS summasiga to’g’ri keladi.

Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratma ob’ektlari quyidagilar:

- realizatsiya qilingan makaron mahsuloti uchun QQS summasini chegirgan holda - 3 500 (4 200 - 700) ming so’m;

- vositachilik shartnomasi asosida sotilgan tovarlar bo’yicha vositachilik haqi QQS summasisiz - 600 (720 - 120) ming so’m.

Majburiy ajratma 57,4 ming so’mni tashkil qiladi, shu jumladan:

49 ming so’m (3 500 x 1,4%) - o’zi ishlab chiqargan mahsuloti bo’yicha,

8,4 ming so’m (600 x 1,4%) - komissiya shartnomasi asosida olingan vositachilik haqidan;

4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun - tovar oboroti;

5) kredit tashkilotlari va sug’urta tashkilotlari uchun - agar SK 317-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, SKning 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;

6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo’lgan yuridik shaxslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) bo’yicha foizli daromad summasi.



MISOL. Lizing kompaniyasi uskunalarni qurilish tashkilotiga lizingga bermoqda. Lizing to’lovlari oylik to’lab boriladi. Hisobot davrida lizing shartnomasi bo’yicha asosiy qarz 3 000 ming so’m, foiz to’lovi 300 ming so’mni tashkil qildi.

Shunday qilib, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratma summasi 4 200 so’mni (300 000 x 1,4%) tashkil qiladi.

Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga, Respublika yo’l jamg’armasiga, Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armalariga majburiy ajratmalar bo’yicha 2012 yil soliq to’lovchilar uchta shakl - byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalari bo’yicha 11-ilova, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar bo’yicha 12-ilova va byudjetdan tashqari Тa’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar bo’yicha 13-ilova soliq hisoboti shakllari to’ldirgan bo’lsalar, 2013 yildan boshlab uchta ajratma o’rniga bitta 11-ilovadagi shaklni to’ldiradilar.

Ushbu hisob-kitob shakli hisob-kitobdan va hisob-kitobiga 1-ilovadan iborat.

Bunda, hisob-kitob shakli soddalashtirilgan va 6 ta ko’rsatkichdan iborat bo’lib, har bir uchta ajratma bo’yicha ustunlar to’ldiriladi.

010-satrda realizatsiya qilishdan sof tushum asosida aniqlanadigan soliq solinadigan baza;

020-satrda soliq solinadigan bazaning kamayishi;

030-satrda ishonchli shaxs tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasi bo’yicha sof tushum;

040-satrda soliq solinadigan baza;

050-satrda majburiy ajratmalar stavkasi;

060-satrda hisobot davri uchun to’lanishi lozim bo’lgan majburiy ajratmalar summasi.

Тo’lash muddatlari saqlangan holda hisob-kitoblarni taqdim etish chorak asosiga o’tkazilganligini hisobga olib, 010, 020, 030, 040, 060-satrlarda ko’rsatkichlar yoziladi:

- chorakning birinchi oyi oxiriga;

- chorakning ikkinchi oyi oxiriga;

- chorakning uchinchi oyi oxiriga.

Kichik biznes sub’ektlariga kirmaydigan soliq to’lovchilar ko’rsatkichlarni oyma-oy to’ldiradi.

Soliq solinadigan baza 010-satrda "Ishonchli shaxs tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasi bo’yicha sof tushum" chegirilgan holda ko’rsatiladi. "Ishonchli shaxs tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasi bo’yicha sof tushum" faqat 030-satrda ko’rsatilishi lozim.




BUDJEТDAN ТASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI,

RESPUBLIKA YO’L JAMG’ARMASI VA ТA’LIM VA ТIBBIYOТ

MUASSASALARINI REKONSТRUKSIYA QILISH, MUKAMMAL

ТA’MIRLASH VA JIHOZLASH JAMG’ARMASIGA

MAJBURIY AJRAТMALAR



2013 yil 1 yanvargacha


2013 yil 1 yanvardan


Byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasiga majburiy ajratmalar




Byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasiga, Respublika yo’l

jamg’armasiga va Тa’lim va tibbiyot

muassasalarini rekonstruksiya

qilish, mukammal ta’mirlash va

jihozlash jamg’armasiga majburiy

ajratmalar bo’yicha hisob-kitoblar


Yirik korxonalar


Har oyda


Kichik korxonalar


Har chorakda


Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar


Yirik korxonalar


Har oyda


Yirik va kichik

korxonalar




Har chorakda


Kichik korxonalar


Har chorakda


Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya

qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash

jamg’armasiga majburiy ajratmalar


Yirik korxonalar


Har oyda


Kichik korxonalar


Har chorakda


Yil uchun soliq hisoboti

48 shakli


Yil uchun soliq hisoboti

8 shakli




Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlarning turlari. - avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im;

- chet davlatlar avtotransport vositalarining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun yig’im.



Soliq to’lovchilar. Avtotransport vositalarini oluvchi va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im to’lovchilardir.

Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu vositalarning O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun yig’im to’lovchilardir.



Soliq solish ob’ekti:

- avtotransport vositalarini olish va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish;

- chet davlatlar avtotransport vositalarining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tish.

Soliq solinadigan baza:

- olingan va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari dvigatelining ot kuchidagi quvvati yoki avtotransport vositalarining qiymati;

- O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganida chet davlatlarning avtotransport vositalari.

Imtiyozlar.Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig’imni to’lashdan quyidagilar ozod qilinadilar:

1) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo’l bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravachani oluvchi barcha guruhlardagi nogironlar;

2) ixtisoslashtirilgan savdo tarmog’idan O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi avtomobil oluvchi fuqarolar, shuningdek yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalarni oluvchi fuqarolar;

3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan yo’l xo’jalik boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan korxonalar - mazkur ishlarni amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan avtotransport vositalari bo’yicha;

4) faoliyatining asosiy turi yo’lovchilar tashish bo’lgan, qonun hujjatlariga muvofiq yo’lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega bo’lgan avtotransport korxonalari - yo’lovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bo’yicha (yengil avtomobillar va yo’nalishli taksilardan tashqari);

5) yuridik shaxslar - qirq tonnadan ortiq yuk ko’taradigan, olingan kon avtosamosvallari bo’yicha;

6) homiylik (beg’araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, nogiron bolalar uchun markazlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;

7) yuridik shaxslar - avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xo’jalik bosh-qaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul o’tkazishda;

8) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris;

9) avtotransport vositalarini SK 324-moddasining 3-5-bandlarida ko’rsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar.



Yig’imlarni to’lash tartibi. Avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im ular O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat ro’yxatidan o’tkazilayotganda, qayta ro’yxatdan o’tkazilayotganda quyidagi hollarda undiriladi:

1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;

2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav jamg’armasiga (ustav kapitaliga) yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar sifatida olinganda;

3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda, SK 324-moddasining 9-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Yig’im taraflarning yozma kelishuviga ko’ra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan taqdirda, yig’im lizing oluvchidan undiriladi. Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so’ng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi predmeti bo’lgan avtotransport vositasi qayta ro’yxatdan o’tkazilayotganida takroran yig’im undirilmaydi;

4) avtotransport vositalari O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda.

Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig’im to’langanligi to’g’risidagi hujjat taqdim etilmagan holda avtotransport vositalarini ro’yxatdan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish yoki texnik ko’rikdan o’tkazish amalga oshirilmaydi.

Chet davlatlar avtotransport vositalari O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun yig’im chet davlatning avtotransport vositasi O’zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida undiriladi.

Avtotransport vositalari olinganligi va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganligi uchun ushbu vositalarning egalari (foydalanuvchilari) tomonidan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro’yxatdan o’tkazish chog’ida to’lanadigan yig’im foydalanish muddatiga qarab har bir ot kuchi uchun eng kam ish haqiga nisbatan





Foydalanish muddati


Har bir ot kuchiga EKIHning foizlarida

1

3 yilgacha

10

2

3 yildan 7 yilgacha

7

3

7 yildan ortiq

5

Bunda yig’im miqdori:

- o’rindiqlar soni 40 tagacha bo’lgan avtobuslar va yuk ortish hajmi 20 tonnagacha bo’lgan yuk avtotransport vositalari bo’yicha - xarid qiymatining 20 foizidan;

- qolgan avtotransport vositalari bo’yicha - xarid qiymatining 6 foizidan kam bo’lmasligi kerak.

YO’l jamg’armasiga to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarni to’ldirishda: hisob-kitob qaydnomalari, to’lov qaydnomalari, kassa chiqim orderlari, bank ko’chirmalari, joriy oy uchun ichki balans hisoblashishlarni hisobga olish qaydnomasi, to’lov topshiriqnomalari, 10-sonli jurnal order, Bosh daftar xujjatlarida yuritiladi.

Хар чоракда
4. Yagona ijtimoiy to’lovning eng kam miqdori hisobi va hisoboti.
2011 yildan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yangi - YaIТning eng kam miqdori hisob - kitobi joriy etildi. Yagona ijtimoiy to’lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga (AV tomonidan 2010 yil 13 aprelda 2095 - son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) binoan YaIТning eng kam miqdorini hisob - kitob qilish uchun bir oyda barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari (bir kunda ishlagan soatlaridan qat’i nazar) soni, biroq korxonada o’rnatilgan bir oydagi ish kunlari sonidan ortmagan holda olinadi.

Ilgari amal qilgan Yagona ijtimoiy to’lovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi vaqtinchalik nizom (bundan keyin - 1906 - son Vaqtinchalik nizom) o’z kuchini yo’qotdi. Uning o’rniga Yagona ijtimoiy to’lovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizom joriy etildi.

Хodimlar tomonidan amalda ishlangan kunlar sonini aniqlash uchun birlamchi hujjat bo’lib ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabeli hisoblanadi. Agar tabelda xodimlar bir qismining ishga kun oralab chiqishi qayd etilsa (savolda aytilganidek), YaIТning eng kam miqdori hisob - kitobi uchun yuqorida tilga olingan xodimlar tomonidan amalda ishlangan kunlar sonini olish kerak.

Agar mehnat shartnomalari shartlari bo’yicha mazkur xodimlar uchun to’liqsiz ish kuni belgilangan bo’lsa, ayrim xodimlar ish kunining davomiyligidan qat’i nazar, korxona bo’yicha ish kunlari hisoblangan 26 kunning hammasi amalda ishlangan kunlar deb qabul qilinadi.



MISOL. Korxonada 10 xodim ishlaydi, bunda 4 xodim 0,5 stavkada, 2 xodim esa 0,25 stavkada ishlaydilar. Bunda 0,5 stavkada ishlaydigan xodimlarning 3 nafari ishga kun oralab chiqadilar, hisobot oyida tabelga ko’ra ular 13 kun ishlaganlar. Qolgan barcha xodimlar, shu jumladan 0,25 stavkada ishlovchilar, ishga har kuni chiqadilar (ish kunlari bo’yicha). Korxonada 6 kunlik ish haftasi belgilangan.

Basharti barcha xodimlar butun bir oy ishlagan bo’lishsa, mazkur korxona bo’yicha avgustda YaIТ eng kam miqdorining hisob - kitobi uchun barcha xodimlar tomonidan amalda ishlangan kunlar soni 221 kunga teng bo’ladi (3 x 13 + 26 x 7). 0,5 va 0,25 stavkaga qabul qilingan va ishga har kuni chiqadigan xodimlar bo’yicha hisob - kitobga 26 kundan qayd etiladi, bunda ularning tegishincha kuniga 4 va 2 soatdan ishlaganlari ahamiyatga ega emas.

YaIТning eng kam miqdori summasi 778 005 so’mni (221 / 26 x 91 530) tashkil qiladi.

Yagona ijtimoiy to’lovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan Yagona ijtimoiy to’lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq bir oy uchun YaIТning eng kam miqdori quyidagicha belgilanadi:


EKMyait = M/n x N,

bu yerda:



M - barcha xodimlar tomonidan bir oyda amalda ishlangan kunlar miqdori (bir kunda ishlangan soatlardan qat’i nazar), biroq korxonada belgilangan bir oy uchun ish kunlari miqdoridan ko’p emas. Amalda ishlangan kunlarga yillik mehnat ta’tiliga va ish haqi saqlangan holda beriladigan ta’tilga to’g’ri keladigan kunlar ham kiradi;

n - korxonada belgilangan bir oy uchun ish kunlari soni. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (MAIMQV) tomonidan belgilanadigan ish vaqti hisob - kitobiga muvofiq belgilanadi;

N - bir xodimga oy uchun belgilangan YaIТ me’yori - eng kam ish haqining bir baravari.

Ko’rinadiki, amalda ishlangan kunlar miqdori korxonada belgilangan ish kunlari miqdoridan ko’p bo’lishi mumkin emas, ya’ni YaIТ eng kam miqdorining hisob - kitobida ma’muriy - boshqaruv xodimlari va ishlab chiqarish xodimlari tomonidan amalda ishlangan kunlarni qo’shish va hosil bo’lgan summani 5 kunlik ish haftasidagi ish kunlari miqdoriga bo’lish noto’g’ridir. shuningdek, olingan summani 6 kunlik ish haftasidagi ish kunlari miqdoriga bo’lish ham noto’g’ri bo’ladi.

YaIТning eng kam miqdorini ushbu holda ular uchun 5 va 6 kunlik ish haftasi belgilangan xodimlar bo’yicha alohida - alohida hisoblash lozim. Ya’ni avval ma’muriy - boshqaruv xodimlari va ishlab chiqarish xodimlari bo’yicha alohida - alohida belgilanadi, so’ngra ular qo’shiladi va hisoblangan summa umuman korxona bo’yicha amalda hisoblab yozilgan YaIТ summasi bilan taqqoslanadi.

YaIТning eng kam miqdori barcha xodimlar tomonidan hisobot oyida haqiqatda ishlangan kunlardan (bir kunda ishlangan soatlardan qat’i nazar) va Yagona ijtimoiy to’lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga (MV va DSQning AV tomonidan 2010 yil 13 aprelda 2095 - son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan) ko’ra belgilangan me’yordan (har bir xodimga oyiga eng kam ish haqi miqdorida) kelib chiqib aniqlanadi.

Agar SKga muvofiq hisoblab chiqilgan YaIТ summasi YaIТning eng kam miqdoridan kam bo’lsa, u holda yagona ijtimoiy to’lov YaIТ eng kam miqdorining SKga muvofiq hisoblab chiqarilgan YaIТ summasidan ortgan qismiga qo’shimcha hisoblanadi.

Agar SKga muvofiq hisoblab chiqarilgan YaIТ haqiqiy summasi YaIТning eng kam miqdoridan ko’p yoki unga teng bo’lsa, u holda YaIТ haqiqatda hisoblangan summa miqdorida to’lanishi kerak.

MISOL. Korxonada 7 kishi ishlaydi, ulardan 4 kishi kun oralab ishlaydi.

5 kunlik ish haftasida korxonada bir oy uchun ish kunlari soni 21 kunni tashkil qiladi. Ushbu oy ichida 3 kishi 21 kundan, 4 kishi esa 11 kundan ishlagan.

Har kuni ishlaydigan xodimlar ish haqining miqdori bir xodim uchun 200 ming so’mni tashkil qiladi.

Kun oralab ishlaydigan xodimlar ish haqining miqdori bir xodim uchun 150 ming so’mni tashkil qiladi.

Bir oy uchun MHТF: 200 000 x 3 + 150 000 x 4 = 1 200 000 so’m.

MHТFdan 25%: 1 200 000 x 25% = 300 000 so’m.

Bir oy uchun YaIТning eng kam miqdorini aniqlaymiz.

Bir oyda barcha xodimlar tomonidan haqiqatda ishlangan kunlar soni:

K = 3 x 21 + 4 x 11 = 107 kun.

Korxonada belgilangan bir oy uchun ish kunlari soni: n = 21 kun.

Bir oy uchun bir xodimga YaIТning me’yori:N = 91 530 so’m.

Bir oy uchun YaIТning eng kam miqdori:107 / 21 x 91 530 = 466 367 so’m.

Misoldan MHТFdan 25 foiz YaIТning eng kam miqdoridan ko’pligi ko’rinadi. Demak, haqiqatda hisoblab yozilgan summa, ya’ni 300 000 so’m miqdorda YaIТ to’lanishi kerak.Ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati, ishning boshlanish va tugash vaqti, ishdagi tanaffuslar vaqti, sutka davomidagi smenalar soni, ish kunlari hamda ishlanmaydigan kunlarning navbat bilan almashinishi, xodimlarning smenadan smenaga o’tish tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan, bu hujjatlar bo’lmaganda esa - Mehnat kodeksining (MK) 120 - moddasiga ko’ra, xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan belgilanadi.

Тo’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi bitimga binoan belgilanadi (MKning 119 - moddasi).

Soliq kodeksining 310 - moddasiga binoan Yagona ijtimoiy to’lov hisob - kitobi (bundan buyon - YaIТ hisob - kitobi) soliq hisobiga qo’yilgan joydagi soliq organlariga o’sib boruvchi yakun bilan, MV va DSQning qaroriga 11 - ilova bilan tasdiqlangan shaklda taqdim etiladi.

Mikrofirmalar va kichik korxonalar taqdim etadigan Ma’lumotnoma - YaIТning eng kam miqdori hisob - kitobining yangi shakli o’sib boruvchi yakun bilan to’ldirilmaydi,



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik