O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlari: bayroq, madhiya va gerb



Download 71.5 Kb.
Sana31.01.2020
Hajmi71.5 Kb.

Aim.uz

O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlari: bayroq, madhiya va gerb.

Har qanday mustaqil davlatning belgilari jumlasiga uning timsoliy ramzlari ham kiradi.

Ramzlar- shartli belgilar bo`lib, ular qadim zamonlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini ifodalagan. Ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, an'analari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bog`liqdir.

Davlat ramzlari – bu mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o`zida mujassamlantiradi. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi.

O`zbekiston Respublikasining bayrog`i, gerbi va madhiyasi. Har bir mustaqil davlat o`z bayrog`i, gerbi va madhiyasiga ega bo`ladi. Konstitutsiyamizning 5-moddasida davlatimiz bayrog`i, gerbi va madhiyasining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Yo`lboshchimiz ta'kidlaganidek, “Davlatimiz ramzlari - bayroq, gerb va madhiya O`zbekiston xalqlarining shon sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi” va ular haqida maxsus qonunlar qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun 1991 yil 18 noyabrda, Davlat gerbi to`g`risida qonun 1992 yil 2 iyulda, Davlat madhiyasi to`g`risidagi qonun 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.


Avstraliya gerbida faqat avstraliyada yashovchi noyob hayvon kenguruning tasviri tushurilgan.






O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas bo`lib, ularni har qanday yo`l bilan taxqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi.

Davlat ramzlari xaqida gapirar ekanmiz, avvalo ularning mohiyati, nima uchun zarurligi va tarixiy kelib chiqishi haqida ham bilib olish kerak. Shundagina ularning davlat hayetida tutgan o`rni va ahamiyati tushunarli bo`ladi.



Davlag bayrog`i – bu tavsiri qonun tomonidan (ko`pincha Konstitutsiya bilan) o`rnatiladigan, biror davlatni boshqa davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishonidir U davlat mustaqilligi, suvereniteti ramzi hisoblanadi Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari o`zboshimchalik bilan, ixtiyeriy suratda belgilanmaydi Ular ma'lum ramziy ahamiyatga ega bo`lishi kerak.

Davlat bayrog`i davlat muassasalari, elchixonalar, konsulliklar, missiyalar, bojxonalar va shu kabi qarorlarning binosida ko`tariladi. Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy bayramlari kuni o`z mamlakatlarining bayroqlarini osib qo`yadilar. Davlat bayroqlari, shuningdek xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim-uchrashuvlar vaqgida, xalqaro sport sovrinlari berilayettan vaqtda va xokazo holatlarda ham ko`tariladi.

Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan.


Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho`zilgan sarhadlarda hukm surgan qadimgi turk hoqoni O`g`izxon davrida ham turkcha «tamg`a» suzi aynan shu ma'noni bildirar edi.








O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i muqaddas hisoblanib, u davlatimiz mustaqilligining ramziy belgisidir. Qonunda ko`rsatilganideq bayrog`imiz xalqaro maydonda O`zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safari chog`ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko`rgazmalarida, sport musobahalarida ko`tarilib, yurtimizni ulug`laydi. Respublikamiz bayrog`i doimiy suratda – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni binosida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari binosida, O`zbekiston Respublikasi hukumati – Vazirlar Maxkamasining binosida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va hukumati binosida, mahalliy Kengashlar va Respublikamiz doimiy vakolatxonalari binolarida ko`tariladi.

Gerb termini «erbo» so`zidan olingan bo`lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.

Gerb – bu tamg`a, emblema, meros bo`lib qolgan,

bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan belgisi,

tamg`asi, nishoni – timsolidir.

1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangan gerb davlatimizning siyosiy, milliy xo`jalik, jug`rofiy, etnik va boshqa o`ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an'analarini mujassamlashtirgan. Shuningdek gerbimizda O`zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi, tamoyillari o`ziga xos tarzda ifoda etilgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko`rinishida: Humo kushi va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O`zbekiston» yozuvi – oltin rangda, g`o`za shoxlari va barglari, tog`lar va vodiy-yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq; rangda; lenta – O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak – oltin zarxal bilan hoshiyalangan xolda xavo rangda; yarimoy va yulduzlar-oltin rangda tasvirlangan.

O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbini behurmat qilinganda O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.



Madhiya – grekcha “gamn” so`zidan olingan bo`lib, u dasturiy harakterdagi she'rni tantanali qo`shiq qilib tarannum etilishi ma'nosida qo`llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi.

Davlat madhiyalari hozirga zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo`lib, u davlat bayroq va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bo`lib hisoblanadi.

O`zbekistonning o`z davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilib, sa'nat arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalandi va 1992 yil 10 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Madhiyamizda o`zbek xalqining shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari bekamu ko`st o`z ifodasini topgan. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi O`zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.

O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko`pchilik huzurida ijro etilgan taqdirda hozir bo`lgan kishilar madhiyani tik turib tinglaydilar.

Shunday qilib, yurtboshimiz haqli ravishda ta'kidlaganideq «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e'zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan mustahkamlash demakdir».

Demak, O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlari faqat o`zbek davlatigagina taalluqli bo`lib, mohiyati chuqur ma'noga ega shartli belgilar badiiy ifoda sifatida ma'lum bir ko`rinishlarda aks etadiki, bunday ko`rinish ohanglar, so`zlar, tabiat tasviri, ranglar, astrologik jismlar va boshqa turli shakllarda bo`lib, xalqimizning o`tmishi, istiqboli, g`ururi va faxrini o`zida mujassamlashtiradi. Shundan biz sanab o`tgan milliy davlat ramzlari olamshumul voqea, ular mustaqil O`zbekiston davlatining yorqin timsollari bo`lib, bu timsollar bugun, erta va buyuk kelajagimiz uchun munosib xizmat qilajak. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, “shu ramzlarni e'zozlash– o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”.

Har bir xalq, har bir elat o`zi hurmat-ehtirom qiladigan tilga ega. Tilga bo`lgan munosabat ana shu tildan foydalanuvchi odamlarning ko`p yoki oz sonli ekanligiga bog`liq emasdir. Tilda ana shu tilning ijodkori bo`lgan xalqning, elatning tarixi va madaniyati aks etadi.

Til millatning ajralmas belgisi va davlat mustaqilligi ramzlaridan biridir. Shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida quyidagi normalar mustahkamlanagan:

«O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir.

O`zbekiston o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi».

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bu moddasi o`zbek tilining qonuniy huquqlarini tiklashga qaratilgan bo`lib, unda avvalo O`zbekistondagi davlat tili o`zbek tili ekanligi bayon etilgan. Konstitutsiyamiz ushbu moddasining o`ziga xos yaratilish tarixi bor. Ma'lumki, 1989 yil 21 oktabrda O`zbekiston Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat tili haqidagi qonunini qabul qildi, 1995 yil 21 dekabrda «Davlat tili xaqida»gi qonunning yangi tahriri amalga kiritildi. Sobiq SSSR davrida – «qizil imperiya» sharoitida, «markaz»ning tayziqi va ta'siri kuchli bo`lgan bir paytda ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi katta jasorat edi. Bu o`sha vaqtlardayoq milliy istiqlol sari qo`yilgan dadil qadamlardan bo`lib, bu borada xalqimizning eng ezgu orzu-umidlari ro`yobga chiqdi. Bu o`zbek tilining 120 yillik siyosiy bosqindan ozod bo`lib, o`zining erkin va tabiiy taraqqiyot yo`liga tushib olishining debochasi edi.


Shvetsariyada bir yo`la uchta til rasman davlat tili hisoblanadi.








O`zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o`zaro muomala, tarbiya va ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishiga to`sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladilar.

Davlat tilining muhim belgilaridan biri, uning barcha rasmiy ish yuritishda to`laligicha qo`llanilishidir. O`zbekistonning davlat tili haqidagi qonunga ko`ra, O`zbekiston hududida yashovchi har bir shaxsning davlat, jamoat idoralari va tashkilotlariga ish yuzasidan taklif, ariza hamda shikoyat bilan davlat tilida murojaat etish va javoblar olish huquqi ta'minlanadi. O`zbekistonda ishlovchi barcha mansabdor shaxslar, rahbar xodimlar o`z xizmat vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini yetarli darajada bilishlari shart. Aholiga xizmat ko`rsatish ishlari bilan shug`ullanuvchi shaxslar ham o`z xizmat vazifalarini bajarish uchun davlat tilini bilishlari lozim. Respublikamizda qonunlar, qarorlar, farmonlar va boshqa hujjatlar bevosita davlat tilida tayyorlanib, qabul qilinmoqda va e'lon etilmoqda. Hozirgi vaqtda barcha turdagi yig`ilishlar, majlislar va kengashlarning o`zbek tilida o`tayotganligi Qonunning tobora hayotimizga singib ketayotganligini ko`rsatmoqda.

Kirill yozuvidan lotin yozuviga o`tilayotgani ham ona tilimiz ravnaqi yo`lidagi yana bir muhim qadamdir. Bu qachonlardir unutilgan tariximiz ummoniga to`liq kirish uchun keng imkoniyatlar ochadi.

Xullas, O`zbekistonning davlat tili haqidagi Qonuni va Konstitutsiyaning 4-moddasi o`zbek tilining yanada rivojlanishi, keng o`rganilishi, targ`ib qilinishi uchun yordam beradi. O`zbek tilining davlat tili sifatida yashayotganligi bugungi milliy istiqlolimizning muhim belgilaridan biridir.



Shunday qilib, Konstitutsiyamizning ushbu moddasida belgilangan me'yor bir tomondan, o`zbek tili va o`zbek xalqi hayotida tilning taraqqiyoti va xalqlarning ma'naviy kamolotida, milliy istiqlolga erishishida beqiyos omil bo`lib xizmat qilsa, ikkinchi tomondan esa, boshqa millat va elatlarning teng huquqligi saqlab qolinishida, ularning tillari, urf-odatlari va an'analarining hurmat qilinishi va yanada rivojlanishida muhim kafolatdir.

Aim.uz


Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat