Davlat gerbi – milliy yuksalish mujassam ulug‘vor Vatan timsoli



Download 178,36 Kb.
bet1/2
Sana23.07.2022
Hajmi178,36 Kb.
#843146
  1   2
Bog'liq
gerb maqola


Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616­ XII ­sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh,boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.

Davlat gerbi – milliy yuksalish mujassam ulug‘vor Vatan timsoli


TOSHKENT, 2 iyul. /«Dunyo» AA/. «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari». Bu ulug‘vor g‘oya bugun yangi O‘zbekistonning, har bir vatandoshimizning istiqbolga qaratilgan azmu qaroriga aylandi. Inson ulug‘ g‘oya va da’vatlardan kuch oladi, ularga qarab qaddini rostlaydi, ularga mos ravishda o‘ktam qadam tashlashga intiladi. Tiklanishsiz yuksalish bo‘lmaganiday, buyuk niyat va maqsadsiz kuchli harakat, nurafshon kelajak bo‘lmaydi. Ana shu ma’noda Davlat ramzlari bugun xalqimizga hayot sinovlarini mardona yengib o‘tishda, har kun, har lahza g‘urur va matonat bilan milliy yuksalish qadam tashlashda betimsol qudrat va bunyodkorlik baxsh etmoqda.
Vatan surati! Ulug‘ mehr, ulug‘vor niyat ila muhabbat mo‘yqalami bilan chizilgan, g‘urur-iftixor ranglari jo bo‘lgan, qalb olami usiz huvillab qoladigan betimsol, bemisl suratki, u davlat bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz, o‘zbek tili siymosida avvalo o‘zimizni o‘zimizga, shuningdek, dunyoga tanitadi.
2 iyul – O‘zbekiston fuqarolari uchun qadrli va unutilmas kunlardan biri: bundan 28 yil muqaddam ayni shu kunda «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Demak, Davlat gerbi – xalqning erki, baxti, g‘ururi, o‘zligi timsoli. Shunday timsolki, har qaraganda, xalqu Vatan tarixi, buguni, kelajagi bilan bog‘liq orzu-intilishlaringga quvvat, qudrat olasan go‘yo. Qorachig‘ingga Vatan ramzida jo bo‘ladi, unga hatto gard tushsa ham, ko‘zing yoshlanadi, diling vayron bo‘ladi.
Har safar Davlat gerbimizga qaraganimda, ustoz shoir Abdulla Oripovning barchamizga sevimli «Men nechun sevaman O‘zbekistonni» she’rlari beixtiyor yodga tushadi.
Tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochmoqda. Biz Vatanni go‘zalligu boyliklari koni bo‘lgan tog‘u dashtlari, daryolari uchun sevamizmi yoki oltin boshoqlari, oppoq paxtalari muhabbatimizga sababmi? Balki, to‘rt faslimizni ham munavvar, serob etgan quyoshi qalbimizga mehr nurlarini yog‘dirar?.. Shoir fikrlashga chorlagani kabi:
Men nechun sevaman O‘zbekistonni,
Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo.
Nechun vatan, deya yeru osmonni
Muqaddas atayman, atayman tanho.
Aslida dunyoda tanho nima bor?
Paxta o‘smaydimi o‘zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshliku, butun Osiyo...
Bu savolning javobi qalbni ulg‘aytirgan, ma’naviy ganjinalar bilan boyitgan, insonni o‘z vatanidagina baxtiyor etgan tuyg‘ularda yaraqlaydiki, ifodasiga so‘z tanlayverasiz, tanlayverasiz! Balki, Vatanni so‘zsiz, dil bilan sevmoqning ma’nosi shundandir.
Gerbimizda tasvirlangan har bir timsol dilga tutash, ular mohiyatidagi ma’no, hikmat, mehr qalbimizda sayqallanib boraveradi. Savlat to‘kib turgan mag‘rur tog‘lar shunchaki tog‘ emas, ular mardligu jasorat, Vatan muhabbatiga sadoqat bobida bashariyatga ibrat bo‘lib qolgan ajdodlarimiz ramzi. Bu tog‘lar— kuchni adolat tarozusi bilan o‘lchagan Sohibqiron Amir Temur, Sind daryosi bo‘yida mardligu shijoati bilan Chingizxonni lol qoldirgan Jaloliddin Manguberdi, Vatan bayrog‘ini jonga tikkan Najmiddin Kubro, yurt g‘animlarga oyoqosti bo‘lmasligi yo‘lida umrini fido etgan Shiroq, To‘maris... zero, har qanday zamonda elu yurt qaddi, qadri baland bo‘lishi uchun fidoyilikka tayyor insonlarning siymosi go‘yo.
Porlab turgan quyosh mehridaryo xalqimizning yuragi kabidir. Unda bag‘rikenglik, Vatanga muhabbat, qadriyatlargahurmat, milliy yuksalishga qanot bo‘layotgan olovqalb insonlarning otashin shijoati bardavomligi bor. Quyosh hamma yurtlar uzra birdek nur, harorat ulashadi. O‘zbekistonni sevishimiz sababi, demak, quyosh emas, qalb harorati bu ko‘hna zaminga obodlik, fayzu barakot, yuksalish, to‘kinlik baxsh etayotgan xalqning mehr-muhabbat oftobi ramziga ham o‘xshaydi gerbimizdagi quyosh.
Gerbimizda tasvirlangan zaminda ilmu urfonda dunyo tamadduni sarchashmalarini ochgan, uni irmoqlardan daryolarga aylantirgan bobokalonlarimiz, ma’rifatu yuksak ma’naviyati insoniyat qalb ko‘zlarini nurlantirgan ulug‘ allomayu donishmandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan momojonlardan tortib yaqin tarixda shu tuproq, shu xalq erku ozodligi uchun fido-qurbon bo‘lgan otalarimiz, onalarimiz nafasi bor. Bu nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda ulug‘vor davlatchiligi, yuksak madaniyati, buyuk tarixi bilan e’zozlanib kelinayotgan muqaddas zamin! Hazrat Alisher Navoiy aytadilar:
Vatan tarkin bir nafas aylama,
Yana ranji g‘urbat havas aylama.
Vatanni bir nafas ham tark aylash, onadan ayrilgan go‘dak ko‘zidagi yoshdek g‘amli, o‘kinchli, iztiroblidir. Davlatchiligimiz tarixining barcha davrida shu aziz tuprog‘u millat ramzlari, vatan timsollari eng aziz va muqaddas qadriyat sifatida e’zozlangan. Tug‘, tamg‘a millat, xalq, davlatning or-nomusi kabi asralgan. Muqaddas ramzlarni asrab qolish yo‘lida ajdodlarimiz, hatto, o‘z jonidan ham kechganini ko‘rsatuvchi misollar juda ko‘p. Bayroq, tamg‘a bilan bog‘liq yana bir muhim jihat shundaki, jangu jadallarda davlat ramzlarini eng ishonchli bahodirlar, pahlavonlar qo‘riqlagan, ko‘targan.
“Mo‘g‘ullar Gurjanchni qamal qildilar. Garchi Chingizxon bir necha marotaba 76 yoshli shayxga elchi yuborib, uning salomat qolishiga kafolat berib, qal’ani tark etishga da’vat etsada, Najmiddin Kubro «Kindik qonim to‘kilgan, menga mehr-muhabbat ko‘rsatgan Vatanim uchun kurashib o‘lish huquqini mendan hech kim tortib ololmaydi», deya bu taklifni rad etadi. U Vatan bayrog‘ini baland ko‘tarish barobarida o‘zi ham bayroqqa aylanadi. Vatan ishqi, ozodligi yo‘lidagi insoniy burch umrida hatto o‘n kishilik lashkarni ham boshqarib ko‘rmagan buyuk olim, donishmand Najmiddin Kubroni mo‘g‘ullarga qarshi qahramonona jangga otlangan qo‘rqmas qo‘mondon, mard jangchiga aylantiradi. «Yo Vatan, yo sharafli o‘lim!» deya elga bosh bo‘lib shahar mudofaasini tashkil etishga otlanadi.
Bu jang ona Vatanimiz tarixidagi eng shonli, shuningdek, eng fojiali voqealardan biri bo‘ldi. Shayx boshchiligidagi mudofaachilar Vatanning yuragi bo‘lmish Gurganj himoyasini or-nomus himoyasi, deb bildilar. Har bir kurashayotgan jangchi, mudofaadagi xalq – kattayu kichik Vatan uchun kurashib o‘lishni faxr va sharaf deb bilgan ruhan yengilmas kuchga aylanadi. Imon belgisi – Vatan sevgisiga sadoqat bilan g‘animga qarshi jangda mardona bo‘lish haqidagi ulug‘ shayxning da’vati mo‘g‘ullar berayotgan qurbonlar sonini keskin oshirib yuboradi. Shaharda tirik jon borki, mudofaachiga aylandi. Shayx dushman bayrog‘iga chang solgancha halok bo‘ladi”. Davlat gerbidagi tasvirlarning har bir qati ana shunday mardlik va qahramonliklar bilan yo‘g‘rilgan.
Donolar «Kim o‘z yurtini sevmasa, u hech qachon hech nimani seva olmaydi», – deydilar. Ta’bir joiz bo‘lsa, bizning Ona Vatanga, shu muqaddas tuproqqa bo‘lgan muhabbatimiz milliy ramzlarga bo‘lgan munosabatimiz orqali ham shakllanadi, ifodalandi.
Vatan ramzlari doimo balandda turadi. Bosh uzra hilpiraydi, peshtoqlardan o‘rin oladi. Negaki, u millionlarni birlashtiradi. Xalqqa kuch-qudrat baxsh etadi. Yuksak maqsadlarni tarbiyalaydi, irodani toblaydi. Ezgulik uchun kurashlarda yiqilganni tiklaydi, qo‘rquvni jasoratga, zaifni matonatli insonga aylantira oladi. Bayroqni mardona ko‘targan, davlat gerbini o‘z erki va or-nomusi ramzidek qabul qilgan inson minglab qalblarga vatanparvarlik, xalqparvarlik bayrog‘ini tika oladi.
Gerbimizning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini keng yozgan Humo qushi, pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «Oʼzbekiston» deb yozib qo‘yilgan. “Oʼzbekiston” – bu so‘z ko‘zimizga dunyo imlo lug‘atlaridagi barcha so‘zlardan ham ko‘ra chiroyli ko‘rinadi. Humo qushini ajdodlarimiz baxt va iqbol, ezgulik va ulug‘vorlik keltiruvchi qush, deya ta’riflagan. Rivoyatlarda keltirilishicha, u kimning boshiga qo‘nsa, shodumonlik, baxt doimiy hamrohi bo‘ladi. U bizning VATAN boshiga qo‘ngan, yurt uzra parvozi bardavom, barqaror bo‘lgan baxtu saodat timsolidir.
Davlat Gerbimizga qarab turib yana bir gap dilimda o‘tdi. Bizning Davlat Gerbimiz ham Bayrog‘imizdek chiroyli, yorug‘, undan ezgulikning, bunyodkorlik va yaxshilikning nafasi keladi. Ta’bir joiz bo‘lsa Davlat Gerbining o‘zi bir doston, dostonki undan buyuk xalqimizning qalbi mujassam.Biz dunyo sahnasida bugun davlat tiklagan millat emasmiz. Shu bois ham unda ulug‘ tarix, madaniyat, ezgu niyat va murod mujassam.
Davlat ramzlari bizni yurtimiz tinchligi, vatanimiz ravnaqi yo‘lida birlashtirib, mamlakatimiz mustaqilligini hamisha ko‘z qorachig‘iday asrashga, buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lishga, yuksak ishonch va qat’iyat bilan kelajakka qadam tashlashga da’vat etib turibdi. Davlat ramzlari – bayroq, gerb, madhiyamizda buyuk o‘tmish va yuksak madaniyatga ega bo‘lgan xalqimizning shon-sharafi, g‘ururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va kelajak sari intilishlari mujassamdir. Mana shu ramzlarni e’zozlash orqali biz o‘z qadr-qimmatini, o‘z mamlakatimiz istiqboli, demakki o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlaymiz. O‘z mamlakati bilan faxrlanadigan inson hamisha millatga saodat baxsh etadigan ulug‘ ishlarga qodir bo‘ladi. Ana shu ma’noda 2 iyul -O‘zbekiston Respublikasi davlat Gerbi qabul qilingan kun katta bayram qilinishga arzirli kundir.
Bu - ko‘ksida Vatan degan muborak nomni gard yuqtirmay olib yurishni o‘ziga sharaf deb bilganlar bayrami. Bu yangi O‘zbekistonni bunyod etishga sidqidildan intilayotgan mardona xalqimiz bayrami, bu-o‘z ilmi, kasb kori, fidoyiligi bilan buyuk ajdodlarga mos ravishda qadam tashlashga intilayotgan Vatanning o‘ktam yoshlari bayrami. Bu - bir butun Vatanga aylangan O‘zbekistonliklar bayrami!

Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, tinchligi va barqarorligi timsoli boʻlib, el-yurtimizning gʻururi, iftixori boʻlgan bu ramzlarda tariximiz, boy maʼnaviy-madaniy merosimiz, milliy urf-odat va anʼanalarimiz oʻz ifodasini topgan.


Milliy ramzlarimiz — Vatanimiz suvereniteti, xalqimizning nafaqat azaliy umid va istaklari, balki porloq kelajagi timsollari boʻlgani tufayli ularni hurmat qilish, asrash barchamizning fuqarolik burchimizdir. Zero, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonunning 8-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek Oʻzbekistonda turgan boshqa shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart”, deb belgilab qoʻyilgan.
Binobarin, Davlat gerbi mamlakatning siyosiy, milliy, geografik, etnik va boshqa oʻziga xos xususiyatlari, boy tarixiy anʼanalarini ifodalaydi. Undagi har bir timsol esa milliy anʼana va qadriyatlarimizning boqiyligi, maʼnaviyatimiz yuksakligi, iroda va eʼtiqodimiz mustahkamligi ramzidir.
Gerbdagi har bir rang, har bir belgida muayyan ramziy maʼno bor. Oʻng tomondagi paxta va gʻarq pishgan bugʻdoy boshoqlari xalqimizning mehnati halol, rizqi butun ekanligini ifodalasa, gerbning yuqori qismida mamlakatimiz jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Unda oʻz ifodasini topgan yarimoy qoʻlga kiritilgan mustaqilligimizni, yulduz esa xalqimiz hamisha komillikka intilishi hamda saodatga eltuvchi yoʻlni tanlaganini bildiradi.
Baxt va erksevarlik timsoli hisoblangan afsonaviy Humo qushi qadimdan baxt, davlatmandlik ramzi, erk, saodat, himmat, olijanoblik, omad timsoli hisoblangan. Hazrat Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida Humoni baxt va iqbol, ezgulik hamda ulugʻvorlik keltiruvchi qush sifatida tasvirlagan. Ushbu ramzlar va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yoʻlidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Undagi gullagan vodiy uzra nur sochayotgan quyosh tasviri zaminimizning serquyoshligiga, xalqimiz intilayotgan nurafshon manzillarga ishoradir.
Bundan roppa-rosa 29 yil avval, yaʼni 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilingan edi. Mazkur hujjatda Davlat gerbi mustaqilligimiz ramzlaridan biri ekani huquqiy asosda mustahkamlab qoʻyilib, uning qanday koʻrinishga egaligi yaqqol ifodalab berildi. Qonuning 4-moddasiga muvofiq, Davlat gerbi tasviri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlari, Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, respublika davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarining old tomoniga joylashtirildi. Shuningdek, oliy ramzimiz tasviri muhrlarda va davlat idoralari zarvaraqlarida, rasmiy nashrlarda, qogʻoz va tanga pullarda, qimmatli qogʻozlar va fuqarolar pasportida hamda qonunda belgilangan boshqa oʻrinlarda aks ettirildi.
Gerb tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy nashrlarda, qogʻoz va tanga pullarda, qimmatli qogʻozlar va fuqarolik pasportida, qonunda belgilangan boshqa hujjatlarda aks ettirilgan. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro davlat ramzlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda boʻlishi qonunchilik bilan belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekiston xalqlarining shon-sharafi, gʻururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassamlashtirgan gerbimiz jonajon Vatanimizning betakror timsoli, oʻziga xos va oʻziga mos davlat ramzlaridan biri boʻlib qolgani bekorga emas. Chunki, gerbimiz ham Oʻzbekistonimiz kabi betakror. Undagi har bir tasvir, hatto har bir chiziqda mamlakatimiz salohiyati, xalqimizning ezgu orzu-umidlari mujassam.
Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. U oliy saodat — Istiqlolimiz ramzi, oʻzini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbaidir. Shunday ekan, oʻzini mana jannatmakon yurt va tabarruk zamin farzandi deb bilgan har bir inson davlat ramzlarimizni Vatanimiz kabi aziz va muqaddas deb bilishi, eʼzozlashi kerak.

O‘tayotgan har bir kun bizni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘n yetti yillik ayyomiga tobora yaqinlashtirmoqda. Bu sananing Vatanimiz, xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, ahamiyati beqiyosdir. Zotan, biz mustaqillik tufayli o‘zligimizni angladik, kimlarning avlodi ekanligimizni chuqurroq tushunib yetdik.


Davlatimiz rahbarining 2008 yil 12 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘n yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida“gi qarorida ta’kidlanganidek, mustaqillik bizning borligimiz, shonu shuhratimiz, erkin va farovon kelajagimiz garovi sifatida har birimizning dilimizdan mustahkam joy oldi.
Shu o‘rinda aynan istiqlol tufayli mamlakatimiz timsoli bo‘lgan davlat ramzlarining qabul qilinganini ta’kidlash lozim. Zero, el-yurtimizning g‘ururi, iftixori bo‘lgan bu ramzlarda tariximiz, boy ma’naviy-madaniy merosimiz, milliy urf-odat hamda an’analarimiz, buyuk maqsad, ezgu orzu-intilishlarimiz tajassum topgan.
1992 yil 2 iyulda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Davlatimiz gerbida xalqimizning tarixi, buguni va kelajagi o‘z aksini topgan. Unda tarovatli vodiy uzra nur sochayotgan quyosh tasvirlangan. Bu serquyosh yurtimizga, undagi obod manzillarga ishora. Baland tog‘lar oralab oqayotgan daryolar – mangulik timsoli bo‘lsa, gerbning so‘l tomonidagi bug‘doy boshoqlari xalqimizning rizq-ro‘zi butunligidan, o‘ng tomonidagi qiyg‘os ochilgan g‘o‘za ifodalangan chambar yurtimiz odamlarining oppoq orzulari, ezgu niyatlaridan dalolatdir. Gerbning yuqori qismida elu yurtimiz jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Uning ichida joylashgan yarim oy va yulduz xalqimizning dinu diyonatiga xos muborak timsollardir.
Gerbimiz markazida qanotlarini yozib, parvozga shaylanib turgan Humo qushi tasviri bor. Manbalarda qayd etilishicha, xalqimiz Humoni azaldan davlat qushi sifatida tasavvur qilib kelgan. Zaminimizda necha ming yillar ilgari paydo bo‘lgan afsonalarda Humo qushi baxt, omad, himmat, olijanoblik timsoli sifatida tasvirlangan. Gerbning pastki qismidagi davlatimiz bayrog‘ini ifodalovchi chambar tasmaga “O‘zbekiston” so‘zi bitilgan.
Tamg‘amizdagi barcha ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, ezgulik, baxt-saodat, to‘kinlik, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini o‘zida namoyon etadi. Gerbimiz o‘zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbai, yoshlarimizni vatanparvarlik, ajdodlarimiz an’analariga sodiq farzandlar etib tarbiyalash yo‘lidagi muhim vositadir.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonunda belgilanganidek, Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Oliy xo‘jalik sudi, vazirliklar, hokimliklar, qo‘mitalar, tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari binolari, mamlakatimizning chet ellardagi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining binolarida o‘rnatilgan.
Davlat gerbi tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy nashrlarda, milliy valutamizda, qimmatli qog‘ozlar va obligatsiyalarda, fuqarolik pasportlarida, chegaralarimizda o‘rnatiladigan sarhad ustunlarida hamda qonunda belgilangan boshqa joylarda aks ettiriladi.
Mamlakatimiz davlat ramzlari, shu jumladan, Davlat gerbi qonun bilan muhofaza qilinadi. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonunda belgilanganidek, O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda turgan o‘zga shaxslar davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.
Davlatimiz ramzlari – Bayroq, Gerb, Madhiya xalqimizning shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etgan. Ularni e’zozlash o‘zining, o‘z mamlakatining qadr-qimmatini bilgan har bir insonning muqaddas burchidir.

O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, tinchligi va barqarorligi timsoli bo‘lib, el-yurtimizning g‘ururi, iftixori bo‘lgan bu ramzlarda tariximiz, boy ma’naviy-madaniy merosimiz, milliy urf-odat va an’analarimiz o‘z ifodasini topgan.
Milliy ramzlarimiz — Vatanimiz suvereniteti, xalqimizning nafaqat azaliy umid va istaklari, balki porloq kelajagi timsollari bo‘lgani tufayli ularni hurmat qilish, asrash barchamizning fuqarolik burchimizdir. Zero, «O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasida «O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O’zbekistonda turgan boshqa shaxslar O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart», deb belgilab qo‘yilgan.
Binobarin, Davlat gerbi mamlakatning siyosiy, milliy, geografik, etnik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari, boy tarixiy an’analarini ifodalaydi. Undagi har bir timsol esa milliy an’ana va qadriyatlarimizning boqiyligi, ma’naviyatimiz yuksakligi, iroda va e’tiqodimiz mustahkamligi ramzidir.
Gerbdagi har bir rang, har bir belgida muayyan ramziy ma’no bor. O’ng tomondagi paxta va g‘arq pishgan bug‘doy boshoqlari xalqimizning mehnati halol, rizqi butun ekanligini ifodalasa, gerbning yuqori qismida mamlakatimiz jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Unda o‘z ifodasini topgan yarimoy qo‘lga kiritilgan mustaqilligimizni, yulduz esa xalqimiz hamisha komillikka intilishi hamda saodatga eltuvchi yo‘lni tanlaganini bildiradi.
Baxt va erksevarlik timsoli hisoblangan afsonaviy Humo qushi qadimdan baxt, davlatmandlik ramzi, erk, saodat, himmat, olijanoblik, omad timsoli hisoblangan. Hazrat Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida Humoni baxt va iqbol, ezgulik hamda ulug‘vorlik keltiruvchi qush sifatida tasvirlagan. Ushbu ramzlar va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Undagi gullagan vodiy uzra nur sochayotgan quyosh tasviri zaminimizning serquyoshligiga, xalqimiz intilayotgan nurafshon manzillarga ishoradir.
Bundan roppa-rosa 29 yil avval, ya’ni 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan edi. Mazkur hujjatda Davlat gerbi mustaqilligimiz ramzlaridan biri ekani huquqiy asosda mustahkamlab qo‘yilib, uning qanday ko‘rinishga egaligi yaqqol ifodalab berildi. Qonuning 4-moddasiga muvofiq, Davlat gerbi tasviri O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlari, Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, respublika davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarining old tomoniga joylashtirildi. Shuningdek, oliy ramzimiz tasviri muhrlarda va davlat idoralari zarvaraqlarida, rasmiy nashrlarda, qog‘oz va tanga pullarda, qimmatli qog‘ozlar va fuqarolar pasportida hamda qonunda belgilangan boshqa o‘rinlarda aks ettirildi.
Gerb tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy nashrlarda, qog‘oz va tanga pullarda, qimmatli qog‘ozlar va fuqarolik pasportida, qonunda belgilangan boshqa hujjatlarda aks ettirilgan. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro davlat ramzlari, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan.
O’zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassamlashtirgan gerbimiz jonajon Vatanimizning betakror timsoli, o‘ziga xos va o‘ziga mos davlat ramzlaridan biri bo‘lib qolgani bekorga emas. Chunki, gerbimiz ham O’zbekistonimiz kabi betakror. Undagi har bir tasvir, hatto har bir chiziqda mamlakatimiz salohiyati, xalqimizning ezgu orzu-umidlari mujassam.
Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning g‘ururi, or-nomusi, milliy o‘zligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini o‘zida mujassam etadi. U oliy saodat — Istiqlolimiz ramzi, o‘zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbaidir. Shunday ekan, o‘zini mana jannatmakon yurt va tabarruk zamin farzandi deb bilgan har bir inson davlat ramzlarimizni Vatanimiz kabi aziz va muqaddas deb bilishi, e’zozlashi kerak.

1992 yil 2 iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.


Bugun ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom maʼnodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan.
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro davlat ramzlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan. Davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat mamlakatimizda maktabgacha taʼlim maskanlari, maktablardanoq yosh avlod ongiga singdiriladi. Bu esa ulg‘ayib kelayotgan o‘g‘il-qizlarda o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurt taqdiri uchun daxldorlik, vatanparvarlik, fidoyilik, Vatan uchun cheksiz faxr va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Joriy yilning 2 iyul kuni kombinatning Markaziy va Janubiy kon boshqarmalari, “1-GMZ” kon boshqarmasi va boshqa bo‘linmalari ishchi-xodimlari o‘rtasida mazkur sana munosabati bilan “G‘ururimiz timsoli” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishchtirokchilariga Davlat gerbi – mamlakatimiz ramzi, milliy g‘ururimiz timsoli ekani, yurtimiz hayotining o‘ziga xosligi va mazmunini anglatishi, tinchlik va umid nishonasi kabi teran mazmun aks etishi, turfa jilo sochayotgan, har bir rangi, tasvirlari ko‘hna ildizlarimiz, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etganligi xususida alohida taʼkidlandi.
Davlat gerbining ahamiyatini yosh avlod ongiga yana-da mustahkam singdirish, ularni ulug‘ ajdodlarimizga munosib, vatanparvar insonlar etib kamolga yetkazishdek maqsadlarga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Download 178,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish