ORGANIK OLAM EVOLUTSIYASIDAGI ASOSIY
AROMORFOZLAR
Aromorfoz — organizmlar tuzilishini yuqori darajaga ko‘taradigan va
yangi muhitda foydali moslanish xususiyatiga ega boigan o‘zgarish ekanligini
bilamiz. Organik olam rivojlanishining dastlabki bosqichlarida uchta yirik
arom orfoz yuz bergan: 1) jinsiy jara y o n , 2) fotosintez, 3) k o ‘p
hujayralilik. Jinsiy jarayonda erkak va urg‘ochi jinsiy hujayralaming qo‘shilishi
bilan ota va ona genotiplariga, ya’ni har xil irsiy belgilar kombinatsiyasiga
ega boigan organizmlar hosil boidi. Bu tabiiy tanlanishning ta’sir doirasini
k en g ay tird i, o rg an iz m la m in g yangi m uhit sh aro itig a m oslanish
imkoniyatini, ya’ni ulaming yashovchanligini oshirdi. Fotosintezning paydo
boiishi esa organik olamni turli oziqlanish usuliga ega boigan o ‘simliklar
va hayvonot dunyosiga ajralishiga olib keldi. Yashil o ‘simliklarning paydo
boiishi bilan organik moddalarning quyosh nuri ta ’sirida karbon oksidi,
suv va boshqa mineral moddalardan hosil boiish imkoniyati tugildi.
Oziqning m o i b oiishi, suv va atmosferaning kislorod bilan to ‘yinishi,
atmosferada ozon qatlamining paydo boiish i hayvonot dunyosini suvda
barq urib rivojlanishiga, keyinchalik ularni quruqlikni ham egallashiga
olib keldi. Ko'p hujayralilik organizmlar tuzilishini murakkablashtirib
yuboradi: to ‘qima va organlar ixtisoslashdi va ularning funksiyalari
mukammallashdi.
Ikki tomonlam a simmetriyalik hayvonlarning paydo boiishi ham
muhim aromorfozlardan biridir. Chunki bu jarayon hayvonlarning oldingi
va keyingi, orqa va qorin tomonlarning ixtisoslashuviga, binobarin sezgi
477
organlari va markazity nerv sistemasi joylashadigan bosh qismining ajralib
chiqishiga olib keldi. Natijada hayvonlarning turq-atvori murakkablashdi;
chaqqon va tez harakatlanadigan b o iib qoldi; umuman hayot faoliyati
kuchayib ketdi.
Hayvonlarda qattiq xitin qoplagich va qattiq skeletning paydo boiishi
esa ularda harakatlanish organlarining rivojlanishiga sabab boidi. Haqiqiy
yurish oyoqlarining rivojlanishi ham eng muhim aromorfozlardan biridir.
Chunki bu jarayon hayvonlarning quruqlikka chiqishiga imkon berdi.
Hayvonlarda ovqat hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish
sistemalarining paydo boiishi va ularning yanada mukammallashganlari
bilan almashinuvi ham aromorfozlarni tashkil etadi. Masalan, jabralar
o'rniga traxeya va o'pkaning paydo boiishi hayvonlarning quruqlikda
tarqalishiga imkon yaratdi. Ichki urugianish esa embrionning quruqlikda
tuxum ichida rivojlanishiga olib keldi. Ko‘p kamerali yurakning paydo
boiishi va qon aylanish sistemasining ikkita (katta va kichik) doiraga ajrali-
shi, issiq qonlilikning kelib chiqishi ham hayvonlar organizmi tuzilishining
yuqori darajaga koiarilishiga; muzlik davrida saqlanib qolishiga imkon bergan
aromorfozlar hisoblanadi. Qushlarda oldingi oyoqlarining qanotga aylanishi
ularning havo muhitini egallashiga olib keldi. Sutemizuvchilarda yoidoshning
paydo boiishi esa ularga Yer yuzining hamma mintaqalarida yashash imkonini
berdi. Hayvonlar evolutsiyasida aromorfozlar ularning nerv sistemasi va
sezgi organlarining rivojlanishiga, binobarin reflekslarining m ukam -
mallashuviga ham taalluqlidir. Bosh miyaning ajralib chiqishi, katta miya
yarimsharlarining rivojlanishi va unda burmalarning paydo boiishi ham
m uhim arom orfozlardan hisoblanadi. Bularning hammasi umurtqali
hayvonlar nerv faoliyatining murakkablashuvi; shartli reflekslarning paydo
boiishi va mukammallashuviga, binobarin, ular turq-atvorining murak-
kablashuviga olib keldi. Aromorfoz natijasida inson hayvonot olamidan
ajralib chiqdi.
O'simliklar evolutsiyasida yirik aromorfozlar: urug‘dan ko'payishning
paydo boiishi; gulli o'simliklarning kelib chiqishi; hasharotlar bilan
changlanishga moslashuv bilan bogiiqdir.
EVOLUTSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Kaynozoy erasida o ‘simliklar va hayvonlar. Kaynozoy erasi so'nggi
60—70 mln. yildan buyon davom etmoqda. Bu era davomida qit’alar va
dengizlar shakllandi: Yer kurrasining o'simlik va hayvonot dunyosi hozirgi
ko'rinishga ega bo idi. Kaynozoy erasi paleogen, neogen va antropogen
davrlarga boiinadi (31-jadvalga qarang).
Paleogen davrda iqlim issiq boigan. Yer yuzining hamma joyida
issiqsevar yopiq u ru g ii tropik o'simliklar (qoraqayin, sarv, jo ‘ka) barq
urib rivojlangan. Bu davrda togiar, shimoldagi barcha orollar ham doimo
yashil o bsimliklar bilan qoplangan edi. Paleogenning ikkinchi yarmida
478
tog‘ hosil b o ‘lish jarayoni natijasida issiq dengizlar o ‘m ida Alp, Karpat,
Qrim, Kavkaz, Apennin, Himolay, Pireney tog‘ tizmalari paydo bo‘ldi.
Tog‘ tizmalari shimoliy zonalami tropik iqlimdan ajratib qo‘yganligi sababli
iqlim sovidi, doimo yashil usimliklar o ‘rnini asta-sekin barg to ‘kuvchi
o‘simliklar (zarang, terak, eman va boshqalar) egalladi. Hozirgi Sibir,
M o‘g‘iliston, 0 ‘rta Osiyo tropik o‘rmonlari o‘mini doimiy o ‘tloqlar egalladi.
Idioadaptatsiya natijasida o'simliklaming mahalliy sharoitga moslashgan juda
ko‘p yangi formalari paydo bo‘ldi.
Neogenning oxiri va antropogenning boshlarida Skandinaviya tog‘laridan
ko‘chgan muzliklar o lz yolidagi ko‘pchilik o ‘simlik va boshqa jonivorlami
yo‘q qilib yuboradi. Faqat muzliklarning etagida past bo‘yH o ‘simliklar
saqlanib qolgan, ulardan hozirgi Arktika florasi tarkib topgan. Tropik va
subtropik flora ayrim tog‘ etaklarida, xususan Qora dengiz va Kaspiy dengiz
sohillarida, Talish va Ussuriy oikasida qisman saqlanib qolgan. Muzliklar
yetib bormagan tog‘ yon bag‘irlarida sovuqqa eng chidamli ninabargli va
boshqa daraxtlar saqlanib qolgan. Bu o ‘simliklar muzlik erib ketgandan
so‘ng shimol florasi uchun asos bolgan. Antropogen davrda Yer florasi
hozirgi ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Kaynozoy erasida umurtqasiz hayvonlardan qorinoyoqli va ikki pallali
molluskalar, ayniqsa hasharotlar barq urib rivojlangan. Hasharotlaming
rivojlanishida bir qancha aromorfozlar sodir bo‘lgan. Traxeya sistemasining
paydo bo‘lishi hasharotlaming qumqlikka chiqishiga imkon berdi, ular
tanasidagi moddalar almashinish jarayonining tezlashishiga, binobarin
hayot jarayonining faollashuviga, qanotlarning rivojlanishi esa ulaming
quruqlikda keng tarqalishiga va ko‘proq muhitlarni egallashiga olib keldi.
Kemiruvchi og‘iz organlarining rivojlanishi esa hasharotlarga yumshoq oziq
bilan birga o ‘simlik va hayvon to ‘qimalarini o ‘zlashtirish, binobarin oziq
manbayi ko‘lamini kengaytirish imkonini berdi.
Id io ad ap tatsiy alar orqali h a sh aro tla m in g m uayyan sharoitga
moslashgan juda ko‘p yangi formalari paydo bo‘lgan. Ulaming hozirgi
mavjud turlarining soni 1,5 mln ga yetgan.
Kaynozoy erasida qushlar va sutemizuvchilar hukmronlik qilgan. Tana
haroratining doimiyligi tufayli ular sovuq iqlimda ham yashab, keng
tarqalish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Ular har xil muhit — havo va Yer
yuzasini egallaganligi sababli bir-biri bilan kam raqobat qilgan. Qushlar
evolutsiyasida eng muhim aromorfozlar qanot va pat qoplamasining paydo
bo‘lishi, tishli jag‘ o ‘miga shoxsimon tumshuqning rivojlanishi, tana
skeletining yengillashuvi, nafas olish va ayirish sistemalari, bosh miya
tuzilishining murakkablashuvini ko‘rsatish mumkin.
Sutemizuvchilaming evolutsiyasida bosh miya po‘stlog‘ida burmalaming
hosil bo‘lishi, old oyoqlarning suzuvchi organlarga aylanishi, tishlaming
oziq turlariga qarab ixtisoslashuvini, teri ustida jun qoplamining paydo
bo‘lishi kabi aromorfozlarni ko‘rsatish mumkin. Kaynozoy erasida gulli
o ‘simliklarning barq urib rivojlanishi bilan sutemizuvchilar va qushlar
479
yangi oziq manbayiga ega bo‘ladi. Gulli o ‘simliklarning rivojlanishi, ular
bilan bogiangan hayvonlar (hasharotlar, qushlar, sutemizuvchilar)ning
rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
A rom orfoz y o ‘li bilan dastlabki su tem izu v ch ilard an hozirgi
kemiruvchilar, hasharotxo'rlar, kitsimonlar, qoiqanotlilar, o ‘txo‘rlar,
yirtqichlar, primatlar va boshqa turkum lar kelib chiqqan. Tuban tuzilgan
primatlar kaynozoy erasining paleogen davrida paydo boigan. Bu davming
oxirida qirilib ketayotgan yirik sudralib yuruvchilar o ‘mini yuqori tuzilgan
sutem izuvchilar egallagan. Shu eraning neogen davrida qushlar va
sutemizuvchilar hukmronlik qilgan.
Primatlar orasida yuz bergan yana bitta muhim aromorfoz— bundan
30 mln yil ilgari o‘tgan antropogen davrida odamning hayvonot dunyosidan
ajralib chiqishiga olib keldi. Antropogen davrida hayvonot dunyosining hozirgi
mavjud bo‘lgan hamma yirik sistematik guruhlari shakllangan.
ODAMNING PAYDO BO‘LISHI
Odamning hayvonlarga o ‘xshashligi. Odam hayvonot dunyosining
eng yuksak pogkonasida turadigan ijtimoiy mavjudod hisoblanadi. [jtimoiy
mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boiishi, mehnat qurollari
yasab, atrof-muhitga faol ta ’sir ko‘rsatishi bilan odam boshqa barcha tirik
mavjudodlardan farq qiladi. Odam juda murakkab va uzoq davom etgan
tarixiy evolutsion rivojlanish jarayonlari natijasida Yer yuzida paydo boigan.
Zoologiya sistemasi bo‘yicha hozirgi aqlli odam (Hom o sapiens) turi xor-
dalilar tipi, sutem izuvchilar sinfi, prim atlar turk um i,
odamsimon
maymunlar
oilasiga kiritiladi.
Bosh miyaning nisbatan yirik, tirnoqlarning yassi b o iish i, q o i
panjalarining daraxt shoxlarida osilib yurishga moslashganligi (bosh
barmoqlaming boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qo‘yilishi tufayli), skeleti
va asosiy organlarining tuzilishi, ona qornidagi embrional rivojlanish
bosqichlari, rudim ent va atavistik belgilarning bir xilligi odam ning
odamsimon maymunlar bilan umumiy ajdodga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Solishtirma anatomiya, fiziologiya, molekular biologiya, immunogenetika,
embriologiya, parazitologiya va boshqa fanlar tadqiqotlaridan olingan
dalillar odamni odamsimon maymunlardan
gorilla,
ayniqsa
shimpanzega
o ‘xshash degan fikrni aytdi. Odam va shimpanze DN K si gomologligi eng
yuqori b o iib , 90% ga yaqin bir xil genlardan iborat.
Odam va odam sim on m aym unlar qon gurhlari, kasalliklari va
parazitlari ham o‘xshash boiadi. Bu ikki turda nafas olish oqsillari sitoxrom,
mioglobin va gemoglobin zanjiridagi aminokislotalar tartibi ham o ‘xshash
b o ia d i. Shu bilan birga, odam m orfiologik jih a td a n odam sim on
maymunlardan oyoqlarining qoiiga nisbatan uzunligi; umurtqa pog‘onasining
S shaklida b o iib , 4 ta (bo‘yin, ko‘krak, bel, dum g‘aza) egikligiga ega
ekanligi; tik vurishga moslanishi tufayli ayrim muskullar va paylaming
480
o ‘ziga xos joylashganligi, chanoq suyagining kengayganligi va pastroqda
joylashganligi; ko‘krak qafasining oldindan orqa tomonga qarab yassilanganligi;
tovonning gumbaz shaklida bo‘lishi; bosh barmoqning yo‘g‘onlashib boshqa
barmoqlar bilan bir qatorda joylashganligi; oyoqlarda barmoqlaming qisman
reduksiyaga uchraganligi; q o i barmoqlarining uchida har bir kishining
o ‘ziga xos boig an individual chiziqlarning rivojlanishi bilan farq qiladi.
Bosh miyaning juda yirik boiishi (shimpanze va gorilla bosh miyasiga
nisbatan 3—4 marta katta), m a’noli nutqning rivojlanishi tufayli bosh
miyaning nutq bilan bogiiq bo‘lgan qismlari (peshona, ensaosti, chakka
boiaklari)ning progressiv rivojlanganligi, tovush hosil qiluvchi periferik
ap p a ra tn in g anato m ik xususiyatlari (m asalan , b o ‘g ‘izda maxsus
muskullaming boiishi), bosh skeleti miya qismining yuz qismiga nisbatan
yirikligi (jag‘lar va chaynash muskullarining qisman reduksiyaga uchrashi
natijasida), jun qoplamlarining yo‘qolib ketishi va boshqa belgilari faqat
odam uchun xos bo‘ladi.
Odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqib tur sifatida shakllanishi,
uning hozirgi davrda va kelgusidagi rivojlanishi
antropogenez
deyiladi
Odamning paydo boiishi va rivojlanishi to‘g‘risida bir qancha nazariyalar
mavjud. Shved olimi K.Linney o lzining „Tabiat sistemasi“ asarida birinchi
b oiib odamni primatlar turkumiga kiritgan edi. Lekin K.Linney odamning
primatlar bilan qarindosh ekanlligini tan olmagan. Fransuz olimi J.B.
Lamark birinchi b o iib odamning paydo boiishini umumiy tarzda asoslab
berdi. Uning fikricha, odam daraxtda yashashdan yerda yurishga o ‘tgan
maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan.
M ashhur ingliz olimi C h.D arvin „O dam ning paydo b o ‘lishi“
muammosini ilmiy asoslab berishga muvaffaq b o id i. Uning „Turlarning
paydo bo‘lishi“ (1859) asarida odam tirik organizmlar rivojlanishi zanjiridagi
eng yuqori va yuksak darajada tuzilgan halqa bo‘lib, odam bilan odamsimon
maymunlar uzoq umumiy ajdodlarga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan.
Ch.Darvin odam evolutsiyasida ham hayvonlar evolutsiyasidagi singari
biologik omillar:
yashash uchun kurash, irsiy o ‘zgaruvchanlik asosida
boradigan tabiiy tanlanish amal qiladi, degan fikrni bildiradi.
Antropogenezning ijtimoiy omillari.
Ingliz tabiatshunosi F. Engels
fikricha odam evolutsiyasi biologik omillar bilan birga ijtimoiy omillar
bilan ham bog‘liq.
Ijtimoiy omillar ayniqsa antropogenezning so'nggi bosqichlarida muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan. Biologik omillar ta ’sirida qadimgi odamsimon
maymun organizmi bir qancha morfologik o ‘zgarishlardan so‘ng
tikyurish
qobiliyatiga ega bo'lgan; q o i va oyoq har xil funksiyani bajarishga moslashgan.
Tik yurishga o‘tish maymunning odamga aylanishida hal qiluvchi ahamiyatga
ega b o id i. Tik yurish tufayli skeleti va organlari tuzilishida katta sifat
o'zgarishlar sodir boigan: odam tanasi vazni ortgan, umurtqa pog‘onasi
S shaklida egilgan; oyoq kafti gumbaz shakliga kirgan; dumg‘aza va chanoq
suyaklari harakatsiz birikib, ulaming oyoqlar uchun tayanch kuchi oshgan;
481
j a g ia r yengillashgan; ko'krak qafasi ikki yonga kengayib, ko'krak
bo'shligining nafas olish funksiyasi kuchaygan. Tik yurish tufayli q o ila r
tayanch vazifasidan ozod qilinib, xilma-xil murakkab harakatlar qilishga,
binobarin mehnat qurollari yasash va ularni ishlatishga layoqatli b o iib
qolgan. Eng oddiy mehnat qurollari ham odamning tabiatga qaramligini
kamaytirish bilan birga uning tafakkurini kengaytirdi. Mehnat faoliyatining
rivojlanishi bilan antropogenezda biologik omillarning ta ’siri kamayib,
ijtimoiy omillarning ahamiyati kuchayib bordi.
Antropogenezda
ijtimoiy hayot
ham katta o'rin tutgan.Odam ajdodlari
to'da b o iib yashashgan; q o i m ehnat organiga aylana borishi bilan ular
jam oa bo'lib yashashga o ‘tishgan\
birgalikda ov qilishgan; o ‘zlarini
dushmanlardan himoya qilishgan; bolalarni tarbiyalashgan; o'zlari orttirgan
tajribalarni boshqalarga o'rganishga imkon tugilgan. Katta yoshdagi jamoa
a ’zolari yoshlarga qurol yasash, ov qilish, olovni saqlash kabi kasb-
hunami o'rgatishgan. Keyinchalik jamoada mehnat taqsimoti vujudga kelgan.
Olovning kashf qilinishi
va oziqni pishirib iste'mol qilish qadimgi
odamlar jag‘ suyaklari vaznining kamayishi va chaynash muskullarining
qisqarishiga olib kelgan. Natijada jagiam ing rivojlanishi uchun imko-
niyat tugilgan.
Ma 'noli nutqning paydo bo ‘lishi
ham odam evolutsiyasidagi
muhim omillardan hisoblanadi. Jamoa boiib yashash jamoa a’zolari o'rtasida
o'zaro muloqot qilish zaruratini tug'diradi. Eng qadimgi odamlar imo-
ishoralar va har xil tovushlar orqali muomala qilishgan. Dastlabki so'zlar
ish harakatlarini bildirgan; narsalarning nom ini bildiruvchi so‘zlar
keyinroq paydo boigan. Irsiy o'zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish tufayli
maymunlarning hiqildogi va o g iz organlarining tuzilishi m a’noli nutq
organiga aylana borgan. Rus fiziologi I.P.Pavlov ta'bir qilishicha odam
faqat uning o kzi uchun xos boigan ikkinchi signal sistemasiga ega boigan.
Nutqning paydo boiishi bilan odamlar o'rtasidagi munosabatlar
tezlashgan; mehnat faoliyati murakkablashgan. Bu jarayonlarning barchasi
bosh miya vaznining ortishiga, katta yarim sharlar po'stloq qismida
burmalarning ko'payib, uning sathining oshishiga olib kelgan. Buning
natijasida yarimsharlar pustlogining reflektorlik funksiyasi va u bilan bogiiq
boigan jarayonlar: ong, tafakkur va nutq rivojlanib, odam faoliyati yanada
murakkablashib borgan. Shunday qilib, tik yurishga o'tish, qoining mehnat
organi sifatida asta-sekin mukammallashuvi, bosh miya va hulq-atvorning
murakkablashib borishi odam evolutsiyasi uchun xos xususiyat hisoblanadi.
Odam maymunsimon ajdodlarining morfologik evolutsiyasi notekis,
,,mozaik“ xususiyatga ega boigan. Masalan, tik yurish bilan bogiiq belgi
lar kompleksi ancha erta (bundan 3 mln yil avval yoki undan ham ilgariroq)
shakllangan, lekin ularning miyasi uncha katta boim agan (800 sm3),
qoilarining tuzilishida esa maymunlarga xos belgilar saqlanib qolgan. Ehtimol
morfologik va biokimyoviy evolutsiya tezligida ham to iiq parallelizm
boim agan. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko'ra, ,,H om a“ urugining
dastlabki vakillari taxminan 2 mln yil, hozirgi odam — H.sapiens esa 40
482
ming yil ilgari paydo bo‘lgan. Odamning eng qadimgi m ehnat faoliyati
izlari—sodda mehnat qurollari Efiopiyadan topilgan bo‘lib, bundan
2,5—
2
,8 mln yil ilgari yasalgan.
Eng qadim gi odam larning kelib ch iq ish i.
M ezozoy erasida
hasharotxo‘rlar orasidan maymunlarga o ‘xshash hayvonlar
parapiteklar
ajralib chiqqan (162- rasm). Ulardan chala maymunlar, maymunlar va
driopiteklar kelib chiqqan. Driopiteklar daraxtlarda yashagan: iqlimning
sovib, daraxtlaming siyraklashib borishi bilan ular yerda yashashga o ‘tish-
gan. Odam paydo bo‘lishining 1- bosqichi maymunsimon hayvonlaming
ikki oyoqda yurishga o ‘tishidan iborat. Bu bosqichda oldingi oyoqlar tayanch
vazifasidan ozod bo‘lib, qo‘llarga aylangan.
Parapiteklar
г
>
Driopiteklar
Propliopiteklar
Shimpanze
Gorilla
Gibbon
Orangutan
Avstralopiteklar
Eng qadimgi odamlar (nitekantrop, sinantrop, geydelberg odami)
Qadimgi odamlar (neandertallar)
Yangi odamlar (kromanyonlar, hozirgi odamlar)
162- rasm.
Odam shajarasi sxemasi.
Odamning maymunlar orasidagi eng so‘nggi ajdodi avstralopitek
(„janubiy m aym un“ m a’nosini anglatadi) bundan 3—5 mln yil aw al
Ja n u b iy va S harqiy A frika h am d a Ja n u b iy O siyoda yash agan .
Avstralopiteklarning bo‘yi 120—140 sm, miya qutisining hajmi 500—600
sm3 bo‘lgan: ochiq joylarda va toshlar orasida hayot kechirgan; asosan
483
go‘shtli oziq iste’mol qilgan; ikki oyoqda tik yurgan; tosh, cho‘p va hayvonlar
suyagidan mehnat quroli sifatida foydalangan. Ongli ravishda mehnat quroli
yasashga o‘tish antropogenezning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Eng
qadimgi odam pitekantrop (maymun odam) bundan 1 mln yil aw al
yashagan. Uning skeleti qoldiqlari Yava oroli, Afrika va Janubiy Yevropadan
topilgan. Pitekantropning b o ‘yi 150 sm, miya qutisining hajmi 900—
1100 sm3, peshonasi qiya, qosh usti bo‘rtig‘i boigan; jag‘lari oldinga
turtib chiqqan; iyagi rivojlanmagan. Pitekantroplar to ‘da bo‘lib, g‘orlarda
yashashgan; toshdan juda sodda m ehnat qurollari yasashgan; olovdan
foydalanishni bilishgan.
Keyinroq yashagan sinantrop (Xitoy odami)ning tuzilishi pitekantropga
o lxshasa-da, miya hajmi kattaroq (850—1220 sm3) bo ‘lgan; tosh va
suyakdan m ehnat qurollari yasagan; hayvonlar terisini yopinib yurgan.
Odam evolutsiyasining navbatdagi bosqichida tik yurish yanada takomillashib,
bosh miya va organizm tuzilishi murakablashuvi tufayli neandertallar kelib
chiqqan. Neandertal skeleti qoldiqlari dastlab Germaniyaning Neandertal
vodiysidan, keyinroq Afrika va Osiyo, jumladan Surxondaryo vodiysidagi
Teshiktosh gkoridan topilgan. Ularning bo‘yi 155—165 sm, miya qutisi
hajmi 1400 sm3 bo‘lib, miyasi pitekantroplarga nisbatan kuchli rivojlangan.
Neandertallar bundan 150 ming yil ilgari, taxm inan 100 kishidan
iborat guruh bo‘lib, g‘orlarda yashashgan. Ular teri yopinib yurishgan,
olzaro imo-ishoralar va oddiy so‘zlar yordamida muloqot qilishgan; tosh,
suyak va yog‘ochdan har xil m ehnat qurollari yasashgan. Neandertallar
orasida dastlabki m ehnat taqsimoti vujudga kelgan, deb taxmin qilinadi.
Muzlik davrining eng og‘ir sharoitida yashagan neandertallar orasidan
jism onan kuchli, chaqqon va aqllilari tabiiy tanlanish tufayli saqlanib
qolgan.
K o‘pchilik olim larning fikriga qaraganda, neandertallar hozirgi
odamlaming bevosita ajdodi boiolmaydi. Eng so‘nggi neandertallar bundan
28 ming yil aw al hozirgi odamlar orasida yashagan.
Katalog: SERVICE
SERVICE -> T o s h k e n t d a V l a t iq t is o d iy o t in IV e r s I t e t I a bd u ra h im o rtiq o V sanoat iqtisodiyoti
SERVICE -> O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
SERVICE -> Iqtisodiyot nazariyasi
SERVICE -> Universiteti b. A. Bahritdinov s. A. Zokirova
SERVICE -> ‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
SERVICE -> T o s h k e n t m o L iy a I n s t I t u t I
SERVICE -> Geografiyasi
SERVICE -> Q a r sh I da vlat u n IV e r sit e t I a. Hayitov, m zulfiqorov
Download 5.46 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Do'stlaringiz bilan baham: |