Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari. Operatsion tizimlarning sinflri. Os ning mashinaga bog`liq xususiyatlari



Download 121 Kb.
Sana14.01.2020
Hajmi121 Kb.
OPERATSION TIZIMLARNING QO'SHIMCHA ILOVALARI

Reja:



  1. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari.

  2. Operatsion tizimlarning sinflri.

  3. OS ning mashinaga bog`liq xususiyatlari.

  4. Uzilishlarni qayta ishlash.


Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari – foydalanuvchining EXM bilan muloqatini soddalashtirishdir. Bundan tashqari, OS ning muxim vazifasi- tizimli programma taminotining elementlari bo`lgan translyator, yuklagichlar va monitorlar uchun qulay interfes yaratishdir. Tizimli programma taminoti (TPT) apparat vositalari ustiga qurilgan usqurtma bo`lib, u foydalanuvchini mashina bilan ishlashini o`ng`ay qiladi. EXM samaradorligini oshirish uchun OS EHM ning resurslarini boshqarishdek murakkab jarayonlarni amalga oshiradi.

OSning asosiy vazifasi quyidagi sxemada keltirilgan:




OS bilan foydalanuvchi o`rtasidan muloqat malum bir boshqaruv tilida amalga oshiriladi (RUN P). OS ning foydalanuvchi uchun qulaylik nuqtai-nazaridan ko`p ishlatiladigan xizmatlar uchun standart servis programmalariga ega. Masalan, READ (F) bunda mashina darajasida o`qish-yozishni amalga oshirishni OS o`z zimmasiga oladi. Bunday xizmatchi programmalar yechimdan masalalarning operatsion qamrovining bir qismi sifatida qaralishi mumkin. Garchi OS faqat programma taminoti ko`rinishi amalga oshirilgan deb xisoblansa ham, amallarning malum birlari mikro-programmalar to`plami ko`rinishida programma –apparat vositalari orqali amalga oshirilgan .

OS turlari. OSlar foydalanuvchiga ko`rsatilgan interfeys turlari bo`yicha sinflarga ajratiladi. Lekin bu ajratish (qatiy) emas va sinflar o`zaro kesishishi mumkin. quyida malum bir shartlar (kriteriyalar) bo`yicha operatsion tizimlari sinflarga ajratish keltirilgan.





Kriteriya

1-sinf

2-sinf

1

Muloqat turi bo`yicha

Paketli qayta ishlash tizimi

Diologli tizim

2

Foydalanuvchilar soni bo`yicha

Bir programmali tizim

Multiprogrammalik tizim

Multiprotsessorlik tizim


Bir programmali tizimlarda faqat bita foydalanuvchi ishlashi mumkin. Bu hol resurslar cheklanganligidan kelib chiqadi. Multiprogramma tizimida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi masalalari yechilishi mumkin. Masalalar bir-biriga xalaqit bermasligi uchun o`zining operatsion qobig`ini yaratadi. Multiprotsessorli tizimlarda bittidan ortiq protsessor ishlatiladi. Paketli qayta ishlash tizimlarida topshiriq malumot (berilganlar) tashuvchilarida yozilgan (disklarda) boshqaruv operatorlari ketma-ketligi sifatida keladi va disklarni almashtirish kabi ishlardan tashqari, prgrammani o`qish va bojarish OS o`z zimmasiga oladi. Dialog yoki interaktiv rejimda foydalanuvchilarning murojat vaqti taqsimoti tizimlari orqali taminlanadi. OSda foydalanuvchi tomonidan berilgan har bir buyruq, u kiritilgan zaxoti bajariladi. Tashqi qurilmalardan kelayotgan signallarni qayta ishlash va tezda javob berish uchun real vaqt tizimlaridan foydalaniladi.



Foydalanuvchi interfeysi. OS tomonidan beriladigan interfeys turli toifa odamlarga EXM bilan muloqatni o`ng`ay qilishga qaratilgan. Foydalanuvchi uchun buyruqlar tili mavjud bo`lib, uning eng soddasi menyudir. Murakkab tizimlarda OS muloqatning bir necha turi bo`lishi mumkin. Mutaxassis bo`lmagan foydalanuvchilarga EHMda ishlash uchun soda buyruqlar tili yaratilgan. Mutaxassis programma tuzuvchilar uchun masalalarni boshqarish tili deb nomlanuvchi kuchli va murakkab til mavjud. Bulardan tashqari operatorlar uchun maxsus tillar mavjud bo`lib, ular bu orqali masalalar bajarilishini to`xtatish, holatini aniqlashi va tashqi tasirlarni boshqarishlari mumkin. OS va foydalanuvchi interfeysini qo`llash uchun OS standart servis programmalariga ega bo`lishi kerak. Masalan, SHEXM da klaviaturadan o`qish, ma`lumotlarni ekranga chiqarish programmalari, murakkab EXMlarda masofadagi terminal ishini taminlash, chop qilish qurilmasini boshqarish, lokal tarmoq va EXM lar o`rtasidagi bog`lanishni taminlash programmalari.

Operatsion qamrov. OS eng muxim vazifalardan biri foydalanuvchilar masalalarning operatsion qamrovini taminlashdir. Bu taminlash bir qancha servis programmalardan iborat bo`lib, ular topshiriq (masalani) yechish jarayonida foydalaniladi va foydalanuvchi talabiga muofiq mashina resurslarini ajratish va boshqarishni taminlaydi. OS tomonidan ko`rsatiladigan xizmat sifatida o`qish-yozish funsiyasini ko`raylik. SO`M uchun tuzilgan programmada o`qish-yozish uchun (bir baytni) takrorlovchi jarayonni tashkil qilish kerak edi (RD yoki WD). Xatolarni aniqlash va bartaraf qilish foydalanuvchi (programma tizuvchi) zimmasiga yuklatilgan edi. O`qish-yozishni OS tomonidan bajarilish masalani keskin osonlashtiradi. Bunda standart programmaga kerakli qurilma identifikatori va parametrlarini berish yetarli hisoblanadi. Bu turdagi standart servis programmalar mashinaning kengaytmasi sifatida qaralishi mumkin. Har bir OS ko`p sondagi servis programmalarga ega bo`lib, ular kengaytirilgan mashinana tashkil qiladi va foydalanuvchi programmasi ishlash paytida ishlatiladi. Foydalanuvchi programma tuzayotganda OS ning asosiy apparat kengaytmasi darajasigacha bilish shart bo`lmaydi. Ayrim hollarda kengaytirilgan mashina virtul mashina deyiladi, biroq bu termin boshqa ma`noda ham ishlatilishi mumkin. Multiprogramma rejimli OS da foydalanuvchi progrmmasi talabi bo`yicha EHM resurslarini taqsimlaydigan standart xizmatchi programmalar mavjud. Ular foydalanadigan programma uchun operativ xotirani va markaziy protsessorni oldindan aniqlangan strategiya bo`yicha topshiriqlar o`rtasida taqsimlaydi. Ayrima tizimlarda foydalanuvchilar programmalari OS funksiyalarini bevosita chiqarishi mumkin. Bu holda OS hujjatlarida standart servis programmalar va berilganlar sohalari real adreslarda beriladi. Masalan, o`qish-yozish programmalari xotiraning 238 adresida joylashganaligini bilgan holda foydalanuvchi JSUB 238 buyrug`i orqali bu programmalariga murojaat qilishi mumkin. Lekin bu usulning xatoliklarga olib kelish ehtimoli katta va u OS himoyalarini cheklab o`tadi.

Nisbatan takomillashgan OS da OS funksiyalariga murojaat maxsus mashina buyruqlari-supervizorni chiqarish (SVC-Super Visor Call) orqali amalga oshiriladi. Bu buyruqni bajarilishi uzilishni chaqiradi va natijada boshqaruv standart servis programmaga uzatiladi. SVC bilan birga beriladigan kod OS so`rov turini (funksiyani) aniqlaydi. Uzilish chaqirilganda markaziy protsessor foydalanuvchi rejimidan supervizor rejimiga o`tadi. Bu holatda OS buyruqlaridan va vositalaridan foydalaniladi. OS ko`p tashkil qiluvchilari shu rejimda ishlaydi. Foydalanuvchi rejimida OS funksiyalari, markaziy protsessorning himoya bayroqlari o`zgartirishi yoki boshqa rejimiga o`tkazishi mumkin emas.



OSning mashinaga bog`liq xususiyatlari

OSning asosiy (muhim) vazifalaridan biri EHM resurslarini boshqarishdir. Aksariyat resurslar bevosita apparat qurilmalariga, ya`ni operativ xotira, o`qish-yozish qurilmalari, markaziy protsessorga bog`liqdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, OS ko`p funksiyalari bevosita EHM arxitekturasi bilan aniqlanadi. Misol uchun, SO`Mda operativ xotirani boshqarish uzilishlari, supervizorni chaqirish programmalari yo`q va u bitta foydalanuvchi bilan ishlashga moslashgan. SO`M/qV da aksincha xotira katta va unda multiprogrammali OSdan foydalanish maqsadga muvofiqdir va resurslarni taqsimlash imkoniyatini beradi. quyida biz SO`M/qV misolida EHM resurslarini boshqarish muammosini ko`ramiz, ayrim hollarda ma`lum bir xossalar shu turdagi boshqa mashinalarga ham ko`chirilishi mumkin.



Uzilishlarni qayta-ishlash. Uzilish (Interrypt)-bu signal bo`lib, u EHMni buyruqlar oqimini oddiy tartibda bajarishida o`zgarish qilishga majbur etadi. Bu signallar o`qish-yozish amallari bajarilishi yoki oldindan berilgan vaqt intervali tugaganda, nolga bo`lish hollarida yuzaga keladi. quyidagi rasmda uzilishga javoban bo`ladigan hodisalar ketma-ketligi ko`rsatilgan.

Faraz qilaylik, uzilish signali kelgan paytda A programma bajarilayotgan bo`lsin. Natijada boshqaruv avtomatik ravishda uzilishlarni qayta ishlash blokiga beriladi, bu blok OSning bir qismidir. Bu blok uzilish shartiga javob berishga mo`ljallangan. Yuqorida qayd qilingan holatda uzilishni chaqirish A programmaga umuman bog`liq bo`lmasligi mumkin. Bu signal o`qish-yozish amalini tugagan boshqa programma tomonidan chaqirilgan bo`lishi mumkin. Umuman, A programmani qaysi joyda va qachon uzilishni aytib bo`lmaydi, boshqacha aytganda, uzilish asinxron ravishda ruy beradi. Uzilgan programmani keyinchalik to`g`ri ishlashini apparat va tizimli programma vositalari kuzatib boradi. Uzilish holatida programma bajarilishiga vaqtdan boshqa hech nima ta`sir qilmaydi. quyidagi rasmda SO`M/qV uchun uzilishlarning to`rtta sinfi keltirilgan.




Синф

Узилиш тури

1

SVC

2

Программавий

3

Таймер бўйича

4

Ўқиш-ёзиш бўйича

1-sinf. SVC uzilishlari-markaziy protsessor tomonidan supervizorni chaqirishda yuzaga keladi. Bu buyruq programma tomonidan OS funksiyalarini chaqirish uchun ishlatiladi.

2-sinf. Programma uzilishli bo`lib u nolga bo`lish, noto`g`ri mashina buyrug`ini bajarishga urinish va boshqa sabablari bo`yicha yuzaga kelishi mumkin.

3-sinf. Taymer bo`yicha uzilishlar markaziy protsessorning interval taymeri tomonidan chaqiriladi. Uzilish taymer registriga ega bo`lib, imtiyozli SVC buyrug`i orqali qandaydir boshlang`ich qiymatga ega bo`ladi va har bir millisekundan keyin bittaga kamayadi. Registr qiymati 0 bo`lganda taymer bo`yicha uzilish ro`y beradi. Interval taymeridan OS foydalanuvchi programmasi EHM boshqaruvida qancha vaqt qolish kerakligi aniqlashda ishlatiladi.



4-sinf. O`qish-yozish uzilishlarini o`qish-yozish kanali yoki qurilmalari chaqiradi. Bu uzilishlarga sabab o`qish-yozish amaliga murajaatdir. Bu uzilishlar orqali o`qish-yozish amalini normal yoki xato bilan tuguganligini bilish mumkin. Uzilish ro`y berganida markziy protsessor holati saqlanib qoladi va boshqaruvchi standart programmalarga beriladi. Har bir sinf uzilishlari uchun mos uzlishlar ishlash sohasi ajrtiladi. Misol uchun taymer bo`yicha uzilish sohasi 160chi adresdan boshlanadi. Taymer bo`yicha uzilish ro`y berganda, barcha registrlarning qiymatlari shu sohada saqlanadi. Sohaning birinchi ikkita so`ziga oldindan kiritilgan qiymatlarni Sw holat so`zi va Rs buyruq hisoblagich registrlariga yozadi. Registrlar qiymatini yozish va saqlash mashinaning apparat vositalari bilan avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Rs registriga yangi qiymat yozish avtomatik ravishda boshqaruvchi mos buyruqqa (adresi ko`rsatilgan) berishni yuzaga keltiradi. Bu adres taymer bo`yicha uzilishni qayta ishlash standart programmasining boshlanish adresidir. Sw markaziy protsessorning yangi holatini aniqlaydi. Uzilishni qayta-ishlash standart programmasi bajarilishi tugallangandan so`ng, bu programma oxirgi buyruq sifatida protsessor holatini yuklash buyrug`ini (LPS-Load Processor Status) va natijada boshqaruv uzilgan programmaga beriladi. Sw-holat so`zi uzilishni qayta ishlash uchun zarur ma`lumaotlarning bir qismini o`z ichiga oladi. quyidagi rasmda Sw registrning razryadlar bo`yicha tuzilish keltirilgan.


Rzryadlar

Nomi

Mazmuni (ishlatilishi)

0

MODE

0-foydalanuvchi, 1-supervizor

1

IDLE

0-aktiv, 1-passiv

2-5

ID

Protsessor identifikatori

6-7

CC

Shart kodi

8-11

MASK

Uzilish maskasi

12-15



Ishlatilmaydi

16-23

ICODE

Uzilish kodi.


0-разряд. Oddiy programma bajarilishida MODEq0 bo`ladi. Uzilish ro`y berganda MODE=1 bo`ladi va markaziy protsessorni supervizor holatiga o`tkazadi va imtiyozli buyruqlarni bajarish imkoniyati yuzaga keladi. SWning qiymati saqlanishidan oldin uzilish sababi ICODEga joylashtiriladi. SVC uzilishda ICODEda foydalanuvchi SVC buyrug`ida bergan qiymati (operand) saqlanadi. MASK maydoni uzilishni hal qilish jarayonini nazorati uchun ishlatiladi. U protsessor holatini aniqlovchi ma`lumotlarni yo`qotib qo`ymaslik uchun zarur. MASK maydonidagi har bir razryad ma`lum bir sinf uzilishini aniqlaydi. Razryadlarni 1 bo`lishi mos sinf uzilishlarining bajarilishiga ruxsat, 0-man qiladi. Oxirgi holatda uzilish niqoblanadi, ya`ni man qilindi deyiladi. Biroq bu uzilish yo`qolib ketmaydi, u apparat tomonidan eslab qolinadi va u kechiktirilgan deb hisoblanadi. Har bir sinf uzilishlariga uzilish prioretiti mos qo`yiladi. Eng yuqori prioritetga SVC uzilishlari ega, undan keyin programma uzilishlari va hakozo. Shu asosda MASK qiymati o`z prioritetiga teng va past bo`lgan uzilishlarga man qiluvchi etib aniqlanadi. Masalan, 1 prioritetli uzilishda 1,2 prioritetiga ruxsat yo`q, undan yuqoriga ruxsat bor.
Ixtiyoriy belgilar ketma-ketligining xotirada biror nom bilan saqlanishiga fayl deb aytiladi. Masalan, programmalar, hujjatlar va shu kabi ma'lumotlar. Fayllar 2 xil ko`rinishda bo`ladi: matnli va ikkilik sistemasida. Matnli fayllar foydalanuvchining o`qishi uchun mo`ljallangan bo`lib, ixtiyoriy belgilardan tuzilgan satrlardan tashkil topadi. Har bir satr Enter klavishasi bilan yakunlangan va yangi satrdan boshlangan bo`ladi. Ma'lumki, matnni tahrirlash va ko`rish paytida Enter klavishasining belgisi ekranda ko`rinmaydi.

Xotirada saqlanayotgan informatsiya turiga qarab foydalanuvchi yoki SHK tomonidan faylga qo`shimcha tur beriladi. Tur sifatida 1 tadan 3 tagacha lotin harflari, raqamlar va ba'zi belgilar ishlatilishi mumkin. Umuman olganda, tur ishlatilmasligi ham mumkin. Faylning to`liq nomi ikki qismdan iborat bo`lib, unda fayl nomi va nuqta bilan ajratib yozilgan fayl turi yoziladi. Odatda mana shu fayl turini-fayl kengaytmasi deb yuritiladi. Masalan:



Command.Com

Spartak.Bat

Prog.Bas

Misol.Txt.

Bu yerda Command, Spartak, Prog va Misol lar fayl nomlari, Com, Bat, Bas va Txt lar esa fayl kengaytmalaridir. Aslida fayl nomida fayl kengaytmasi bo`lishi shart emas. Agar u bor bo`lsa, mazkur faylning xususiyatini aniqlaydi va foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi. Har bir faylni tashkil qilayotganda yoki uning tarkibida o`zgartirishlar qilinganda, avtomatik ravishda SHK tomonidan sana va sistemadan olingan vaqt fiksirlab boriladi.



Fayl atributlari deb, katalogda belgilab borilayotgan fayl nomi, turi, sanasi va vaqtiga aytiladi.

Fayl nomi, uning hajmi, oxirgi marta yozilish sanasi va vaqti, atributlari haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi diskdagi maxsus joyga katalog deb aytiladi. Katalog ham fayl singari nomlanadi. Ammo kengaytma ishlatilmaydi. Har bir diskda bir nechta katalog bo`lishi mumkin. Katalog ichida yana katalog joylashgan bo`lsa, u holda biri ikkinchisiga nisbatan ichki yoki tashqi katalog sifatida nomlanadi. Ixtiyoriy diskda bosh yoki tub katalog bo`lib, unda boshqa barcha fayl va kataloglar bosqichma-bosqich joylashgan bo`ladi. Masalan:

C:

I——Doc


I

I——NC


I

I——Windows

I I——Biofak

I——User ——Falsafa

I I——Mexmat

I

I——A.Txt



I ——Command.som

Bu yerda ko`rinib turibdiki, bosh katalogda Doc, NC, Windows va User qism kataloglari bo`lib, shu bilan birga A.txt va Command.com degan fayllar ham joylashgan. USER katalogida esa yana Biofak, Falsafa va Mexmat kabi qism kataloglar keltirilgan.

Joriy disk/katalog deb ayni shu vaqtda ishlanayotgan disk/katalogga aytiladi. Berilayotgan ixtiyoriy DOS buyruqlari (Faylni hosil qilish, o`chirish, izlash kabilar) aynan shu joriy disk/katalogda amalga oshiriladi. Joriy bo`lmagan disk/katalogdagi fayl ustida ish olib borish uchun uning joylashgan joyi, ya'ni faylning to`liq nomi ko`rsatilishi lozim.

Ma'lumki, MS DOS operatsion sistemasi shaxsiy kompyuter ishga tushirilishi bilanoq, avtomatik ravishda kompyuter xotirasiga yuklanadi. Ba'zi bir hollarda, jumladan, kompyuter osilib qolganda, ya'ni ixtiyoriy klavishacha bosilganda ham, shaxsiy kompyuter «chiyillagan» tovush chiqarishdan nariga o`tmasa, OS qaytadan yuklanadi. Bu esa ctrl, alt va del klavishachalarini birdaniga bosish yo`li bilan amalga oshiriladi. Yuklash jarayoni muvaffaqiyatli tugallansa, ekranda c:\_ ko`rinishidagi taklif belgisi chiqadi. Bunday belgi joylashgan satrga buyruq satri deyiladi va klaviaturadan kiritiladigan barcha buyruqlar aynan shu satrda yoziladi.

MS DOS da ixtiyoriy buyruqni bajarish umumiy holda quyidagicha yoziladi: buyruq nomi Enter.

Faylning to`liq nomi

Faylning to`liq nomi deb, faylning quyidagi ko`rinishiga aytiladi: Disk:/ Yo`l / Fayl nomi. Demak, faylning to`liq nomi - disk nomi, fayl joylashgan kataloggacha bo`lgan yo`l va fayl nomidan tashkil topar ekan. Bu yerda disk nomi ko`rsatilmasa joriy disk, agar yo`l ko`rsatilmasa joriy katalog tushuniladi. Masalan:A: a.txt -A: diskning joriy katalogidagi a.txt faylini;



A:/a.txt -A: diskning tub katalogidagi a.txt faylini;

User/ a.txt -joriy katalogning User katalogidagi a.txt faylini bildiradi.

Niqob belgilaridan foydalanish

Ba'zan, bitta buyruq yordamida biror bir umumiylik belgisi bilan bir xil bo`lgan barcha fayllar ustida ish olib borishga to`g`ri keladi. Masalan, faqat .txt kengaytmali fayllarni yoki ma'lum bir harf bilan boshlanuvchi ixtiyoriy kengaytmali fayllarni yoki joriy katalogdagi barcha fayllarni ajratib bosmaga chiqarish, nusxa olish va o`chirish kabi amallar. Mana shunday hollarda niqob belgilari deb aytiluvchi * va ? belgilaridan foydalaniladi. Bunda, «*» belgisi fayl nomi yoki kengaytmasidagi ixtiyoriy belgilar sonini, «?» belgisi esa faqatgina bitta belgini ifodalaydi. Masalan:



*.bak -joriy katalogdagi .bak kengaytmali barcha fayllarni;

c*.txt -barcha «s» harfi bilan boshlanuvchi .txt kengaytmali fayllarni;

*.* -joriy katalogdagi barcha fayllarni;

a???.* -ixtiyoriy kengaytmali, nomlari «a» dan boshlanuvchi va uzunligi 4 ta xonadan oshmaydigan fayllarni ifodalaydi.

NORTON KOMMANDER- MS DOS operatsion sistemasining programma qobig`i bo`lib, u foydalanuvchilar uchun operatsion sistema bilan muloqot davrida qulay vositachi vazifasini bajaradi. Ma'lumki, MS DOS operatsion sistemasida ishlash uchun maxsus komandalar mavjud. Operatsion sistema bilan muloqotda bo`lish uchun klaviatura orqali uning kerakli komandasi va komanda parametrlari kiritilishi lozim. Buning uchun foydalanuvchi MS DOSning komandalarini va uning parametrlarini yaxshi bilishi, komandalarini bexato kirita olishi kerak. Bu shartlar foydalanuvchilar oldiga qo`shimcha talablarni qo`yadi, chunki bu komandalarni doimo eslab yurish, tashqi qurilmadagi foydalanuvchilar fayllarining nomlarini, ularning qaysi kataloglarda joylashgan ekanini yodda saqlay bilish ancha murakkab ishdir. Keyingi vaqtda foydalanuvchilarning operatsion sistemada ishlashini yengillashtirish uchun ko`pgina qobiq programmalar ishlab chiqarildi. Bunday qobiq programmalar foydalanuvchilar va operatsion sistema o`rtasida vositachi vazifani bajarib, ular foydalanuvchilar uchun maxsus qulay operatsion muhit yaratib beradi. Qobiq programma yaratib bergan maxsus operatsion muhit MS DOS operatsion sistemasida bevosita ishlashga nisbatan ancha afzalliklarga ega, chunki u foydalanuvchiga meny rejimida, ya'ni kiritilishi lozim bo`lgan komandani komandalar ro`yxatidan tanlash, ish bajarayotgan obyektlarni doimo ekranda ko`z oldida bo`lishini ta'minlash va boshqa ko`pgina qulayliklarni yaratib beradi. Bunday qobiq programmalarga misol qilib PCTools, QDOS, Norton Commander, Volkov Commander va boshqa programmalarni keltirish mumkin. MS DOS operatsion sistemasining versiyalarida ham bu programmalarga o`xshash o`zining qobiq programmasi kiritilgan. Lekin shubhasiz, bunday qobiq programmalar ichida eng keng tarqalgan va qulay bo`lgan programma - Norton Commander (NC) va unga yaqin bo`lgan Volkov Commander (VC) dir. NC ham rivojlanib, uning imkoniyatlari kengaytirilib turiladi. NC programmasi ko`p foydali funksiyalarni bajaradi, xususan:

-magnit disklardagi katalog tarkiblarini tartibga solgan holda ekranga chiqarib berish;

- disklardagi kataloglar strukturasini daraxt ko`rinishida tasvirlash va ixtiyoriy katalogga osonlikcha o`tib ishlash;

- kataloglarni hosil qilish, nomini o`zgartirish, ularni diskdan o`chirish;

- fayllarning nusxasini olish, nomini o`zgartirish, diskdan o`chirish va boshqa joyga ko`chirish;

- turli matn muharrirlarida yozilgan fayllarni va berilganlar bazalarini qulay holda ko`rish;

- matn fayllariga o`zgartirish kiritish;

- MS DOS operatsion sistemasining ixtiyoriy komandasini bevosita kiritish;

- ma'lum tipdagi fayllar ustida bir klavishani bosish yordamida standart amallarni bajarish;

- bajarish mumkin bo`lgan ixtiyoriy amal haqida kerakli paytda yordamchi ma'lumot olish va boshqa ko`pgina amallarni bajarish imkoniyatini beradi.



Windows 9x operatsion sistemasi ishlab chiqarilishi bilan NC ning shu OS ga mo`ljallangan varianti ham chiqarildi. Bu variant MS DOS ning NC ga o`xshash bo`lishi bilan birga ba'zi bir yangiliklari va xususiyatlari bilan farq qiladi.

Operatsion muhit haqida tushuncha
Amaliy dasturlarni ishlab chiqish va ular bajarilishini
ta’minlaydigan vositalar majmuasi. Operatsion muhit operatsion tizim,
dasturiy ta’minot, amaliy dasturlar interfeyslari, tarmoq xizmatlari,
ma’lumotlar bazalari va dasturlash tillaridan iborat.
Operatsion tizim
1. Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va
boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning
bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish,
kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan
dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham,
biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion
tizimlarning asosiy vazifalariga:
- fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish,
erkin foydalanishni nazorat qilish);
- dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni
diskdan tezkor
xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.);
- xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va
h.k.);
- foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni
o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.
Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi
tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu
jumladan, Internet tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion
tizimga misollar - MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.
Keling ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tsak:
MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan
taklif qilingan operatsion tizim. MS-DOS ning birinchi rusumi 1981
yilda paydo bo‘lgan. Avvalambor, Microsoft kompaniyasi tomonidan IBM
uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM - uyg‘un kompyuterlar uchun standart
operatsion tizimdir. MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi bo‘lib, u
ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali maromlarniqo‘llab-quvvatlay olmaydi.
Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis bo‘lmagan
foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini
taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos
taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, taraqqiy etgan
buyruqlar tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi
qurilmalar bilan samarali ishlay oladi.
Linux operatsion (amaliy) tizimi. O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida
ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991 yili LiniusTorvalds
tomonidan chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul
dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul
tarqatiladi. Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun
qo‘llanadi.
UNIX operatsion (amaliy) tizimi. Bell laboratoriyasi tomonidan
yaratilgan tarmoq operatsion tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell
Laboratory tomonidan 1969 yili taklif qilingan, azaldan tarmoqlarda
ishlatish uchun mo‘ljallangan edi. Hozirgi kunda UNIX, Si tilida yozilgan
ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali operatsion tizim. Tizimning bosh
tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo
uzatishni boshqarish bayonnomasini/ bajaruvchi modul joylashtirilgan.
UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy xislatlarga ega, ulardan birinchi
navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur:
- amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib
o‘tkaza olish;
- ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq
xizmatlarining keng yig‘masi;
- bir vaqtning o‘zida turli xildagi fayl majmualarining mavjud
bo‘lishi;
- yuz berayotgan ishlov jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash
imkoni;
- RISC protsessorlari bilan yaxshi uyg‘unlashuvi;
- xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarni
oson ishlatish;
- rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik;
UNIX superkompyuterlari, ishchi-stansiyalar va maxsus shaxsiy kompyuterlarda
keng ishlatiladi.
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX operatsion tizimining
Novell korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rusumi. UNIXWare tizimi
birinchi navbatda NetWare tarmoqlarida ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan
birga, bu operatsion tizimining muhitida hududiy tarmoqlarning
bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare oddiy grafik interfeysga ega.
Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchi muhitda ishlaydi. UNIXWare
ko‘pmasalali, ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir.
Solaris operatsion (amaliy) tizimi. SUN Microsystems korporatsiyasi
tomonidan taklif qilingan UNIX operatsion tizimining rusumi. Solaris
simmetrik multiprotsessorli ishlovbajaradi, tasvirlar bilan ishlash vositalariga
ega, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi. Tizim Internet tarmog‘i,
elektron pochta, shu jumladan, nutqiy pochta, faksimil aloqa bilan o‘zaro
ishlay oladi. Yuqori unum va masshtablanuvchilik xususiyatlariga ega.
Windows operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi
tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar
oilasi. Windows tizimi ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik
interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi
va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Windowsni ishlatib,
foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali
ishlash imkoniyatiga egabo‘ladi. Dunyoda 90% ga yaqin kompyuterlar
Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.
Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi. Windows 95 aloqa va muloqot
uchun ishlab chiqilgan birinchi operatsion tizimdir. Ilk bor 1995 yilning 24
avgustida chiqarilgan Microsoft korporatsiyasining operatsion tizimi, amaliy
tizimi. Windows 95 o‘zining imkoniyatlariga ko‘ra o‘zidan avvalgi Windows
3.1. operatsion tizimi, amaliy tizimini ancha ortda qoldirgan.
Foydalanuvchining yangi interfeysiga qo‘shimcha ravishda, Windows 95 o‘z
ichiga ko‘pgina muhim angitdan kiritilgan funksiyalarga ega. U, 32-xonali
qo‘llanmalarni quvvatlaydi, bu esa, maxsus shu operatsion tizim uchun
yaratilgan qo‘llanmalar yanada tezroq ishlashini anglatadi. Shu bilan
birga, Windows 95, Windows va DOSning eski qo‘llanmalarini bajara
oladi. Windows 95da, DOSdagi asosiy xotira 640K va fayl nomining
uzunligi 8 belgi bo‘lishi kerakligi kabi cheklovlar bekor qilingan.
Windows 98 operatsion (amaliy) tizim. Azalda, bu operatsion tizimni
Memphis, so‘ngra Windows 97 deb ataldi, ammo Microsoft kompaniyasi,
operatsion tizim muddatida, 1997 yilda tayyor bo‘lmaganligi sababli,
uning nomini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Windows98 ko‘pgina yangi
texnologiyalarni quvvatlash imkonini beradi, shu jumladan, FAT32, AGP,
MMX, USB, DVD va ACPI texnologiyalarni ham. Uning eng sezilarli
xossasi bo‘lib, veb- brauzer (Internet Explorer)ni operatsion tizim bilan
uyg‘unlashtiruvchi, «Faol ish stoli» (Active Desktop) tushunchasi bo‘ladi.
Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft Windows operatsion
tizimlari safidagi mahsulot, Windows NT operatsion tizimi, amaliy
tizimining takomillashtirilgan rusumi. Windows 2000ni ko‘pincha W2K
shaklida belgilanadi. Windows 2000 operatsion tizimi, amaliy tizimining to‘rt
rusumi bor:
Professional – stoldagi va mobil tizimlar uchun operatsion tizim.
Qo‘llanmalarni ishlatish, Internet bilan ulanish, fayllar, printerlar va
tarmoq resurslaridan erkin foydalanish uchun ishlatiladi.
Server – veb-server sifatida ham, mahalliy tarmoq serveri sifatida
ham ishlatiladi.
Advanced Server – biznes-qo‘llanmalar va elektron tijorat
uchun ishlatiladi. Windows 2000 Server standart rusumidan yuqori
masshtablanuvchanlik va erkin foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi.
Datacenter Server – yuqori tezlikda ishlaydigan, katta hajmdagi
ma’lumotlarga ishlov berish talab qilinadigan kompyuter tarmoqlarida
foydalanish uchun yaratilgan.
Windows CE operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft Windows operatsion
tizimi, amaliy tizimining mobil PDA (personal digital assistants)ga o‘xshash
kompyuterlar uchun, qisqartirilgan rusumi, Windows CEning grafik interfeysi
Windows 95ga o‘xshash.
Windows NT operatsion (amaliy) tizimi. Windows New Technology
(Windows ning yangi texnologiyasi) 32-bitli operatsion tizim bo‘lib,
Microsoft korporatsiyasi tomonidan Windows 95 va MS-DOSlarning
o‘rniga taklif qilingan. Windows NTning auditoriyasi, kuchli operatsion tizimga
talabi bo‘lgan, foydalanuvchilarning eng qiziquvchan 1 0% qismidir.
Windows NTning asosiy ustunliklari quyidagilardir:
- funksional uyg‘unlik;
- mobillik;
- masshtablanuvchanlik;
- tizimning boshqarilishi;
- ochiq interfeys;
- sanoat standartlarini quvvatlash.
Windows NT ning ikki rusumi mavjud: Windows NT Server,
tarmoqlarda server sifatida ishlash uchun va Windows NT
Workstation alohida yoki mijoz ish stansiyalari uchun ishlangan.
Windows XP operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi
tomonidan 2001 yilda taqdim qilingan operatsion tizim. Microsoft,
Windows XPni Windows 95 chiqarilgandan buyon eng muhim dasturiy
mahsulot deb atadi. Windows XP, Windows 2000ning o‘zagida qurilgan
bo‘lib, yangi tashqi ifodaga va grafik interfeysga ega. Windowsning avvalgi
rusumlariga nisbatan o‘zaro yuqori barqarorlik va ishonchlilikni
mujassamlashtirgan. Windows XPning ikki rusumi mavjud: Home va
Professional. Microsoft har ikkala rusumning mobilligiga katta e’tibor
qaratdi, shu jumladan, qo‘shdi. Simsiz tarmoqlarga ulanish uchun “plugand-play” vositasini ham, Windows Xpda «XP» «eXPerience»ni anglatadi.

Operatsion tizim- bu EHM zahiralarini boshqarish amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar boshqa dasturlari bilan o’zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini taminlovchi dasturiy vositalari yig’indisidir.

OT foydalanuvchiga hisoblash tizimi bilan qulay muloqot qilish usulini taqdim etadi.

Operatsion tizimlari.

Operatsion tizim- bu EHM zahiralarini boshqarish amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar boshqa dasturlari bilan o’zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini taminlovchi dasturiy vositalari yig’indisidir.
OT foydalanuvchiga hisoblash tizimi bilan qulay muloqot qilish usulini taqdim etadi.

MS-DOS operatsion tizimi quyidagi vazifalari bo’lgan kompleks dasturlarni o’zida namoyon etadi. Dasturlarni bajarishni boshqarish. SHKlar zahiralarini boshqarish. Protsessorning SHK tashqi qurilmalari bilan axborot almashuvini tashkil etish. Tashqi xotirada axborotni saqlash va disklarga xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlarni bajarish. MS-DOS quydagi funksional tizimlardan tashkil topgan. Fayllar tizimi. Tashqi qurilmalar drayverlari. Buyruqli protsessor. MS-DOS operatsion tizimi .

MS-DOS operatsion tizimi quyidagi vazifalari bo’lgan kompleks dasturlarni o’zida namoyon etadi.

Dasturlarni bajarishni boshqarish.

SHKlar zahiralarini boshqarish.

Protsessorning SHK tashqi qurilmalari bilan axborot almashuvini tashkil etish.

Tashqi xotirada axborotni saqlash va disklarga xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlarni bajarish.

MS-DOS quydagi funksional tizimlardan tashkil topgan.

Fayllar tizimi.

Tashqi qurilmalar drayverlari.



Buyruqli protsessor.

Adabiyotlar
1. Таненбаум Э. Современные операционные системы – СПб.: Изд. Питер,
2002.
2. Sattorov A Info’rmatika va axbo’ro’t texnologiyalari. To’shkent.
"Oʻqituvchi". 2002 y
3. Ahmedov A, Toyloqov N. Info’rmatika. To’shkent. “O’ʻzbekisto’n”. 2002 y
4. Леонтьев В.П. Новейшая энциклопедия персонального компьютера. –М:
Изд. ОЛМА-ПРЕСС, 2003.
Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat