Banklarning mobil ilovalariga ulanish va foydalanish tartibi



Download 323,48 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi323,48 Kb.
#219281
  1   2   3
Bog'liq
Banklarning mobil ilovalariga ulanish va foydalanish tartibi qanday



Banklarning mobil ilovalariga ulanish va foydalanish tartibi
– Hozirda deyarli barcha tijorat banklari tomonidan bank mobilь ilovalari yaratilgan. Bir necha to‘lov tashkilotlarining ham mobil ilovalari faol ishlamoqda. Bu aholiga bankka tashrif buyurmagan holda qulay, tezkor va ishonchli to‘lov xizmatlaridan foydalanish imkonini bermoqda.

Tijorat banklari hamda to‘lov tashkilotlarining mobil ilova xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari quyidagilar:

uydan chiqmasdan to‘lovlarni amalga oshirish;

infektsiya ehtimoli mavjud bo‘lgan naqd pul mablag‘larisiz xaridni amalga oshirish;

daromad va xarajatlarni kuzatib borish;

vaqt va transport xarajatlarini tejash va xavfsizlikni oshirish.

Mobil ilovalardan foydalanish uchun, avvalo, ixtiyoriy bankdan o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasini olish taqozo etiladi (agar bank kartasi mavjud bo‘lmasa). Hozirda tijorat banklari tomonidan ikki turdagi (HUMO va UZCARD) bank kartalari emissiya qilinmoqda.

Jismoniy shaxslar tomonidan bank kartasini olish va mobil ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:bank kartasini (birinchi marta) olish uchun o‘zi tanlagan bankka pasport bilan murojaat qilish (onlayn tarzda tijorat banklarining rasmiy veb-saytlari orqali ham buyurtma berish imkoniyati mavjud);

kartani pul mablag‘lari bilan to‘ldirish (“cash-in” funksiyali bankomat yoki bank filiallariga tashrif buyurish orqali);

bankka tashrif buyurib yoxud bankomat va infokiosklar orqali bank kartasini o‘z mobilь telefon raqamiga bog‘lash (biriktirish) orqali sms-xabarnoma yoki telegram-xabarnoma xizmatini faollashtirish;

tijorat banklari yoki to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarini Android operatsion tizimli mobilь telefon uchun “Google Play market” internet ilovasidan yoki iOS operatsion tizimli mobilь telefon uchun “Aprstore” internet ilovasidan yuklab olish;

mazkur mobil ilovalarda ro‘yxatdan o‘tish, ya’ni olingan bank karta raqami va amal qilish muddati kiritilgandan so‘ng mobil telefonga kelgan maxfiy kodni kiritish orqali identifikatsiyadan o‘tish;

xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mobil ilovaga kirish uchun maxsus maxfiy kodni o‘rnatish.

Mobil ilovalar orqali nafaqat kommunal va mobil aloqa xizmatlari, balki davlat xizmatlari uchun to‘lovlar, notarius xizmatlari, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar, soliq to‘lovlari, internet xizmatlari, ta’lim va xayriya uchun pul mablag‘larini o‘tkazish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va turli taomlarni etkazib berish xizmatlari uchun ham to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Markaziy bank tomonidan yangi tahrirda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizomga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar

Bugungi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblar hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, uning rivoji milliy iqtisodiyotning barqarorligi hamda mablag‘lar aylanishining tezlashishiga olib keladi.

Ma’lumki, yangi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi Qonunining 21-moddasida, Markaziy bankka respublikamiz hududida naqd pulsiz to‘lovlarning amalga oshirilishi tartibini belgilash vakolati yuklatilgan.

Shuningdek, mazkur Qonunning qabul qilinishi to‘lovlar va hisob-kitoblarga oid normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ba’zi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish hamda zamon talablariga moslashtirish yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar doirasida "O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida"gi Nizom yangi tahrirda ishlab chiqilgan holda Adliya vazirligida joriy yilning 13 aprelida 3229-son bilan davlat ro‘yxatiga olindi.

Ushbu normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqishda barcha tijorat banklari hamda keng jamoatchilik, shu jumladan, tadbirkorlik sub’ektlarining taklif va mulohazalari ham o‘rganib chiqildi.

Mazkur Nizom "To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi Qonunning 33-moddasida keltirilgan to‘lov hujjatlari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishga oid umumiy yondashuvlar va banklarda to‘lov hujjatlari almashinuvini tashkil etish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning to‘lov hujjatlaridan foydalanib, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Norma ijodkorligiga oid xalqaro standartlarga hamda mamlakatimizda idoraviy normativ hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga muvofiq, Nizomda asosiy tushunchalar ta’riflari keltirilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga asosiy mazmunni qulay va oson tushunishga imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, ushbu Nizomda banklar amaliyotida naqd pulsiz hisob-kitoblarda foydalaniladigan to‘lov hujjatlari turlari keltirilib, ularni rasmiylashtirish va banklarga taqdim etish tartibi batafsil yoritildi.

Jumladan, xalqaro to‘lovlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, to‘lov hujjatlari olingan paytdan e’tiboran ikki operatsiya kunidan kechiktirmay bajarilishi belgilab qo‘yildi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatda xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish uchun bankka taqdim qilinadigan chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi ham yoritib berildi.

Jahon tajribasidan kelib chiqib, yangi tushuncha – "valyutalash sanasi", ya’ni to‘lov hujjati asosida pul mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazib berish sanasi, ya’ni to‘lov topshiriqnomasini ijro etish sanasi kiritilib, Qonun 48-moddasiga asosan to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan valyutalash sanasi to‘lov topshiriqnomasi taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kundan oshmasligi kerakligi belgilandi.

Yangi tahrirdagi Nizomda qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlari bank operatsiya kuni davomida mijozlar bilan ishlash vaqtidan kelib chiqib qabul qilinishi, elektron shakldagi to‘lov hujjjatlari esa mijozlar bilan ishlash vaqtidan qati nazar qabul qilinishi aniq ko‘rsatib o‘tildi.



Download 323,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish