Ona ulug` zot” bayram senariysi Sahna bayramona bezatilgan Onajonlarga bag`ishlangan rasmlar, bukletlar namoyish etiladi. Monitor orqali mavzuga oid video roliklar namoyish etiladi



Download 21,93 Kb.
Sana02.12.2019
Hajmi21,93 Kb.
#27992
Bog'liq
8-mart-ssenarli-1

Ona ulug` zot” bayram senariysi

Sahna bayramona bezatilgan Onajonlarga bag`ishlangan rasmlar, bukletlar namoyish etiladi. Monitor orqali mavzuga oid video roliklar namoyish etiladi.

  •     Kimdir  savol  berdi  aytgil  Muhammad  yolg’iz  sen  rahimsan butgul  olamda, kimga  ko’p  yaxshilik  qilay  o’zing  ayt, ota-onamgami  yoxud  bolamga?

     Rasul  javob  qildi tingla  birodar, gapimni  uch  bora  quloqqa  olgin, imkon  topa  olsang  dunyoda  agar  eng  avval  onanga  yaxshilik  qilgin. Bu  hikoyat  sharhini  o’yladim  uzoq   rostan  ona  erur  qiblai  olam garchan  padarimiz                      biroq

Onadan  tug’ilgan  payg’ambarlar  ham.

O’quvchi: Men o’zbekning farzandi  Onajonim dilbandi

                    Buvimning  asal  qandi   Otamning  jigarbandi

                     Yollayman  sizga  salom  Dildan  salom,  assalom.

O’quvchi: Onajonlar  sizga  salom  Opajonlar  sizga  salom

                  Barchangizga hurmat  ehtirom  Ustozjonlar  sizga  assalom



O’quvchi:Hatto  biz  deb  onajonim,ayamaysiz  joningizni

                  Betashvish-ku  mehribonim,yeyolmaysiz noningizni

                  Sizga  taqdim  qilayin, podshohlarning  taxtini

                  Xudoyimdan men  tilayin, ikki dunyo  baxtini.



O’quvchi:Farzandining  oromi  uchun,oromini  yoqotar ona

                 Bormi  dunyoda  onadan  aziz.

                 Farzandining  oyoalariga,tasodifan  kirsa bir tikan

                Eng  avvalo mushfiq onaning,yuragiga sanchilar  ekan.

                Bormi bu dunyoda onadan  aziz,       

                ona bilan har bir honadon aziz.



O’quvchi:Gullar olib boray qoshinga,bulbul bo’lib qo’nay qoshinga

                 Bosib o’tgan aziz yoshinga,sadqa bo’lsin jonim onajon.

                Bahtiyorman o’g’il-qiziz ko’p,har biriga aytar so’ziz ko’p,

                Yodgorliging qolar  sening ko’p, iftihorim jonim onajon.

 

          Olamni  munavvar aylagan zot  bu Ona. Ona  so’zi uch  harfdan  iborat  bo’lib,”O”-oriyat,”N”-Nafosat,”A”-andish  degan  ma’nolarni  bildiradi.  Ona go’zallik, donolik  timsolidir.



                  Ona-chashma  farzandlar  ana  shu  chashmadan  oliyjanoblik, ezgulik, umuman  insoniylik  sharobini  shimirib  chanqog’ini  qondiradilar.  Ona  aziz  va   motabar  siymo. Onalarimiz  haqidagi  rivoyatlar, hikoyalar necha asirlar  osha  ana  shu  ulug’ siymolarning  yaxlit  ramzi  sifatida saqlanib kelmoqda.  Ona  buyuk  zot. Ona  o’zida  nafosat  latofat, sadoqatni  aks ettiruvchi  zot.Dunyoga  keltirib, to mukammal bo’lgunimizcha rohat  farog’atdan  kechadi.

             Onalar  haqqini tirikligida  ado etish kerak zero  o’lganida  qabrtosh  qo’ydirishdan  ne hojat.        

           Ba’zi farzandlar onalariga tik  qarab hattoki  qo’l ko’tarishgacha  boradilar. Onaning  qarzidan hech  vaqt qutila  olmaymiz.  Shu orada  bir  rivoyat  keltirmoqchiman.   (sahna  ko’rinishi)

 

          Bir  yigit  onasini  opichlab  makka-yu  madinaga  olib  boribdi:



--------Ey  olloh, men endi onamning  qarzidan qutildimmi?

____Sen onang  bir  kecha  bedor  bo’lib bir marta bergan  oq  suti  haqqinidan  endi  qutilding,--deya  ollohdan  nido  kelibdi. Ha  buyuk  zot  ona qadrini  ona  bo’lganda  bilasan deganlari  rost.

 

           Senga  aziz  mehribon, oq sut  bergan  onadir.



           Yotsang, tursang  soyabon, parvonang  shu  onajon.

 

          Yaxshi  yomon kuningda, Peshonadan suyuvchi



          Holing  ko’rib, bolam  deb,ham  quvonib kuyuvchi.

         Shu  onadir  unutma,ta’zimda  bo’l  eg boshing,



Bir  kun  qo’ldan  ketganda,befoyda to’kkan  yoshing.

 

Onajon qarzdorman,bugun  qoshingda,



Senga  iliq  so’zlar baxsh etgum  kelar,

Eng  nafis  gullarni  to’kib boshingdan

Mehring  yuragimda naqsh  etgum  kelar.

 

Qaylarda  bo’lmayin, uzoq yaqinda



Hayollaring  ila  nafas  olaman,mushtiparim,sensiz nur  yoqdir.

Sizdan  uzoqlashsam, dildan  yonaman.

 

                   Onamni  asragin.



Onam  mening  bahtim

Mening hayotim,u mening borlig’im, ko’kdagi  oyim.

Yuragimda o’chmas mangu  bayotim

Xudoyim  onamni asragin  doim.

 

Tongda  turib menga  taxtlar  tilagan



O’tirsa tursa ham baxtlar  tilagan

Yig’lasam yupatib boshim  silagan

Xudoyim onamni asragin doim.

 

                 Onamga  deb.



Hursand  bo’ldim---nigoh  soldim, olamga  deb

O’ynab  kuldim, mung  yarashmas  nolamga  deb,

Avvallari  so’ramabman, o’zimdan  hech,

Nima  qildim  yolqizgina  onamga  deb.

 

Mehri  bilan murg’ak jonim o’sar edi,



menga kelgan  balolarni to’sar edi.

Yuragimni  ming  bir  armon  kesar  edi,

Nima qildim yolg’izgina onamga deb

Bol  totmadim  alla aytgan so’zi  kabi,

Vafodor  yoq zor-intizor ko’zi  kabi

Topolmadim  bir mehribon  o’zi  kabi,

Nima  qildim  yolg’izgina  onamga  deb.

 

Qator-qator uylar  soldim, to’ylar qildim



Alvon-alvon  kimlargadir  gullar terdim,

Ulguraman  hali  vaqti  bo’lar  dedim,

Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.

 

Omad  so’rab olgan  edim duosini



Topdim katta  dunyolarning  dunyosini

Ammo  netay  pushaymon dil  nidosini

Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.

 

Jon bo’lmadim  jondardlar  tuyganida



Jigarimni  dog’I  bilan  kuyganida

Ojiz  qoldim  ajal  uni   suyganida,

Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.

 

Kechroq  qolsam ilhaq bedor  kutar  edi,



Suv so’rasam  darrov  choylar  tutar  edi,

Goh  koyinsam---ichlariga  yutar  edi,

Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.

 

Mening  g’amim  mayus  qildi ko’zlarini



Sochini oq, ajin bosdi yuzlarini,

Endi  yig’lab, izlad  qoldim izlarini,

Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.

 

Achchiq- achchiq ko’z  yosh  aylar ho’l  diydamni



Men  o’zimga o’zim  topdim shul sitamni,

Axir-axir  sog’inaman volidamni

Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.

 

Onangiz  gar  bor  bo’lsalar, mador  bo’ling



G’animat  deb xizmatida tayyor  bo’ling,

Bobur  kabi  so’ng  o’rtangmang, hushyor  bo’ling,

Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.

                    Onajonim   allasi.



Elas-elas  esimda, bolaligim  pallasi

Ruhimga  kuch  beradi, onajonim  allasi.

Alla, qizim  bolajon,tunda  uhl;ab  tong  uyg’on.

Sarviqomat  bir  qiz  bo’l,ulg’ayib  quvvatga  to’l.

Ovoz  beraman  mayin, yoqar  edi  quloqqa,

Ohangiga mast bo’lib, ketar edim pinakka.

Noming  azizligin,boisi  shunda

Ona barmoqlarin, tafti  bor  unda.

Gul  yuziga  yarashar holi, doim  boshda  turar  po’moli

Farzandlarga bahti  iqboli, o’zbegimning  go’zal  ayoli.

Qanchalar  quvonamiz, boshimizda erta  kech

Onajon  parvonasiz,o’g’il  qizim, baxtimdir  deb bizga ishonasiz.

Onajonim  azizam mehribonim yolg’izim,

Kechalari  uxlamay alla aytganlar

Bilim, odob o’qitib tarbiya  qilgan

Muqaddasim  onajon bahtimga  bo’ling  omon.

Azizlikda  yurtim  onam barobar

Qaldim  to’la  ilhomim  bor  onamga

Umrim  bo’yi  elim  uchun  to’kib  ter

Hurmatni  etay izhor  onamga.

Hurmatimni  izhor  etay  onamga,

qoshiqlarim  onaizor onamga.

Onam  bergan yurak  bilan  qo’l  bilan,

bog’im  aro tutdim  gullar  onamga.

Sen  yog’dusan  ayol, yog’dularing mehr- muruvvati

Yer  yuzin chiroyga ko’msin,also g’am ko’rmasin faqat.

 

 Sahna  ko’rinishi:Onalarni behad  ulug’lovchi ularning nuroniy, tiniq  siymolarini gavdalantiruvchi ajoyib dostonlar, rivoyatlar  ham  talaygina.



 

Quyoshdan  so’rashibdi:

Sening  haroratingdan    zo’roq  harorat  bormi?

Bor-------javob  berdi  Quyosh-----ona  mehri  mening taftimdan  ham  kuchliroq.

O’limdan  so’rashibdi:  Senga  bas  keladigan  kuch  bormi? Bor-debdi  o’lim-Ona mehri  meni  ham  chekintiradi.

Daryoi  azimdan  so’rashibdi: Sendan  kuchliroq jonzot  bormi dunyoda?  Bor-debdi  Daryoi  azim.Ona  mehri  mendan  kuchliroq.

  Ha, ona  mehri toshni  eritadi, qahri tog’ni  qulatadi  daryoni jilovlay  oladi.Quyosh – haroratini, oy  nurini, hayot  go’zalligini  onadan  olgan



Tabiat  tarovati  gullar  isi,hayot  nashidasidan  inson ko’rkamligi,odamiyligi, inson aql-idroki, fahm-farosati  bari-bari onaizordan.

                     Ona-ona,onajon,jajji  nihol  gul  g’uncham

                     Mehringizdan  bol  ichaman,so’zlaringiz  joylab  dilga

                     Otlanaman  porloq  yo’lga,Siz  quvonchim  hayajonim,

                     Mehribonim  onajonim.

 

Yurakdagi  nozik  ilhomim,sizga  bugun  jonim  onajon.



Bag’ishlayman ulug’ ayyomim,doim  sizga jonim onajon.

Bag’ishlading jonimga  huzur,ko’zlarimga bera olding nur

Deding bolam  doim  to’g’ri yur,so’zing dilda jonim onajon.

 

Gullar olib  boray  qoshinga,bulbul bo’lib  qo’nay  qoshinga



Bosib o’tgan aziz  yoshingga,Sadqa bo’lsin jonim onajon.

Baxtiyorsan o’g’il-qizing ko’p,har biriga aytar so’zing ko’p

Yodgorliging qolar  sening ko’p, iftihorim jonim  onajon.

 

Muborakbod  etib  kuylayin,erkalatib o’pib kuylayin



Dilda mehrim qo’shib kuylayin,gulbahorim jonim onajon.

 

Sahna ko’rinishi:  Ona  mehri.



Boshlovchi:Go’zal  bir  yurt  bor  emish, gulzor  chamanzor emish

                     Bog’da sayrasa bulbul,olam  guliston emish.

                     To’satdan  bir  kun yurtni,har  tomondan  yov bosdi.

                     Payhon  etib  ekinni,xalqni  qatl  etibdi,

                     Yurtda bir  ayol qolib, omon  qolish  hohlarmish,

                      O’g’il  qizini  quchib,farzandiga jonin  berarmish.

                     Bosqinchi  shoh  ayolni sinab  ko’rmoqchi bo’ldi,

                     Uni  omon  qoldirib,o’g’lin qatl etmoqchi  bo’ldi.

 

Bosqinchi  shoh:

Seni  o’ldirsam agar,o’g’ling qasdini olar

O’yib  olsam o’ng ko’zing,bolang sog’  omon qolar.

Mushtipar  ona  shu  on,kerak  bo’lsa ol ko’zim

O’g’lim  omon  qolsa  bas,ishonaver chin  so’zim,

Menga  ko’zim kerakmas.

 

Boshlovchi:Jallodlar ona  ko’zin,hamon  o’yib olishdi

                    Ona churq  etmaganin,ko’rib  hayron  qolishdi.

                    Bosqinchi  shoh  ko’nmadi,ayolni  tinch  qo’yishga

                    Chap  ko’zini so’radi,endi qizin  o’rniga.

                   O’yib  olsam  chap  ko’zing,qizing  omon  qoladi

                   Ona---kerak  bo’lsa ol  ko’zim,qizim omon qolsa bas

                   Ishonaver chin  so’zim,menga ko’zim  kerakmas.



Boshlovchi: Ona  berib  chap  ko’zin,chiqarmabdi bir so’zin

                      Bosqinchi  shoh oldida, yoqotmabdi hech  o’zin.

                      Bahodirlar  qo’zg’alib,shohni mag’lub  etibdi

                      Ko’zsiz  qolgan onani, yurtga bosh  etishibdi.

 Odatda onadi  Mehribon volida  deymiz.Chunki har  bir  inson uchun onadan mehribon  va yaqin kishi  yoq, ona  siz bilan  bizni dunyoga keltirib, ko’z  qorachig’idek asrab-avaylab   voyaga  yetkazibgina  qolmay, hamma  vaqt  quyosh  yanlig’ hayotimizga nur  ato  etadilar,tunimizni  yorug’,yolimizni oydin  qiladilar.

 

             Ona  muqaddas  ona  aziz  va  mo’tabar  siymo. Ona ulug’lik go’zallik  donolik  timsoli. Ona  hayot  chashmasi  ona shu  chashmadir



 

Onaning  bir  qo’li beshikni, ikkinchi  qo’li  dunyoni tebratadi.

 

Onaning  dili og’risa, yer ham titraydi.

 

Dunyo  tor bo’lganda ham,ona bag’ri  keng’

 

Bolaning  barmog;I  og;risa’onaning yuragi achiydi

 

Onaning  yaxshiligini bemor bo’lsang  bilasan

 

Otasini og’ritgan el  ichida hor  bo’lur,onasini og’ritgan



Parcha  nonga  zor  bo’lur.

 

Avaylab  bizni, bir  parcha go’shtidan,



Inson  qiladi  onaga  ta’zim.

 

Ona  borki bola  bor,  ona borki alla bor,ona borki olam  bor,



 

Hush  kelibsiz hush  vaqt bo’ling  hamisha  hamma  vaqt bo’ling,  to’ling  to’kilmang  qatorimizdan  kam bo’lmang.  Xonadonlarimizda tashvish-u

Bemahal  g’am  ko’rmang.   Yurtimiz   obod  bo’lsin, xalqimiz  ma’naviy  boy  badavlat  bo’lsin, to’y  tomoshasi  ko’p  bo’lsin.

       Doimo  siz  ustozlar izzat  hurmatda  bo’ling.
Download 21,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish