Ona qariyapman demang
Nur yogʻilar yuzingizdan,
Xafa boʻldingizmi bizdan?
Aylanayin oʻzim sizdan,
Ona qariyapman demang,
Soʻlib borayapman demang.
Yugirganim chopganim,
Dunyolardan topganim,
Fido boʻlsin jon-tanim,
Ona qariyapman demang,
Soʻlib borayapman demang.
Kecha-kunduz kutganim,
Oʻzi
yemay tutganim,
Bolam deb qon yutganim,
Ona qariyapman demang,
Soʻlib borayapman demang.
Soddaginam, ojizam,
Qoʻli qadoq pokizam,
Xajlarga boring siz ham,
Ona qariyapman demang,
Soʻlib borayapman demang.
Sizga oʻxshaydi qizim,
Qolib ketmay bir oʻzim,
Shu bitta aytar soʻzim,
Ona qariyapman demang,
Soʻlib borayapman demang.
Fido boʻlsin jon-tanim,
Oʻzimni
asal-qandim,
Mehribon onajonim,
Ona qariyapman demang,
Soʻlib borayapman demang.
Toʻylarimga bosh boʻling,
Bitta oʻynang, bir kuling,
Ilohim yuzga kiring,
Ona qariyapman demang,
Soʻlib borayapman demang.
Ona
Sizga oʻxshamadi oʻgʻlingiz,
U erkaroq ujariroq yana,
Ayting, nima istar koʻnglingiz,
Nima yegingiz kelyapti ona.
Palovmi, yo sergusht norinmi?
Hech tortinmay ayting barini,
Poyingizga
sochay borimni,
Nima yegingiz kelyapti ona?
Bolam, bolam deb yuravermang,
Har narsaga kuyinavermang,
Eee boʻldi pensyangizni hechkimga bermang,
Hamma qadrini bilyapti ona.
Endi ogʻiz oshga yetganda,
Oshqozonga botar demangda,
Axir topib berdingizku biz yeganda,
Eex bu hayot shunaqa ekanda,
Oʻylab emas oʻynab
yeng siz ham,
Sal gerdaying Doston topib kepti deng,
Bizsiz luqma totmadingiz lek,
Yogʻli oshlar yidek sizsiz ham.
Ex onama, onama, onam.
Bir ikki soʻm oshirganim bor,
Yuring kettik boramiz bozor,
Imkonim bor ayting bemalol,
Nima kiygingiz kelyapti ona.
Ey yoʻq diysiz, bolam qoʻy diysiz,
Oʻzing yib ham oʻzing toʻy diysiz,
Buncha meni gʻamimni yeysiz,
Men qolib xatto bolamni diysiz,
Bolamanda haliham bola.
Qarshimdagi munes azezam,
Maylimi bir gapimni aytsam?
Negadir zoʻoʻr yozolmayapman,
Koʻoʻp
dardlarim aytolmayapman,
Menga nima boʻlyapti ona,
Koʻoʻp yigʻlagim kelyapti ona,
Shu yusinda kunlar utiyapdi,
Dardim meni sekiin yutyapdi,
Sher yozilgan daftarni yopdim,
Yana qaytib ishimga chopdim,
Hayot yoʻllarida oʻzimga yangi nom topdim,
Shahardagi bemehir bola.
Qulogʻimdan biiir choʻzing ona,
Yuragimdan ketkazib gʻubor,
Bolam, sen yaxshisan deng biiir bor,
Atrofingizda boʻlib parvona,
Rozi qilay diymanda ona!!!!
Uzimizni uyga borib kelaylik.
Yoʻlim qarab sargʻaydingu
boraolmadim men savil,
Aka boʻlib bir kuningga yarolmadim men savil,
Siniq kungling avaylablar qarolmadim men savil,
Kalish kiyib boshqatdan aka singil boʻlaylik,
Yur onaqiz uzimizni uyga borib kelaylik.
Turmush obdon qiynapdiku chirmab oʻngu-soʻllaring,
Xojam, bolam, oʻchogʻim deb qavaripdi qoʻllaring,
Yinglarimda artib qoʻyay kiprigingda xullaring,
Toliqibsan yelkamni tut bir-birimiz yoʻllaylik,
Yur onaqiz uzimizni uyga borib kelaylik.
Soch-soqolim oqartirdi qara loqayt shaharlar,
Oshga qoʻshib alam yutdim, zaxar yutdim saxarlar,
Sen qorigan nonlaringda onam isi muattar,
Tongda ular kulcha yopgan tandirlarni kuraylik,
Yur singiljon uzimizni uyga borib kelaylik.
Shundogʻam xun yuraging ezib nima qilaman,
Xovlimizni aytib bekor diydalaring tilaman,
Sen ham sogʻingansan onash sogʻingansan bilaman,
Dadam barmoqlari tekkan qumgʻonlarni silaylik,
Yur onaqiz uzimizni uyga borib kelaylik.
Bolalikni qismat degan 12ga parchalab,
Har tamonga uloqtirdi hammamizni yakkalab,
Indamasdan, yigʻlamasdan ostonaga chukkalab,
Onam izi qolgan ayvonchagin tavof qilaylik,
Yur singiljon uzimizni uyga borib kelaylik.
Kucha kuyda chugʻurlashib, yigʻilishib jamul-jam,
Xavotiring soʻrab qolsa oʻrtogʻlaring
Muxtaram,
Akam bor de tirik degin gohi yoʻqlamasaham,
Daydi akang kim boʻlipdi seni kungling ayaylik,
Yur onaqiz uzimizni uyga borib kelaylik..
Vaqtim Boʻlmadi
Yuragimni toʻldirdi firoq,
Tillolardan taxtim boʻlmadi,
Yigʻlay dedim uksinib broq,
Yigʻlagani vaqtim boʻlmadi.
Umir utdi davonlar oshib,
Tashvish gʻamlar daryodek toshib,
Bolaligim utdi tez shoshib,
Oʻynagani vaqtim boʻlmadi.
Vafosizdan vafolar kutdim,
Alam yutdim stamlar yutdim,
Muxabbatga qoʻshiqlar bitdim,
Kuylagani vaqtim boʻlmadi.
Daryo boʻldi soy boʻldi kunglim,
Gʻarib boʻldi boy boʻldi kunglim,
Kechir
meni beozor SINGLIM,
Yoʻqlagani vaqtim boʻlmadi.
Tirikchilik dardin yebmana,
Chinor boʻldi nav-nihol tana,
Tinglardingiz dardimni ona ,
Suzlagani vaqtim boʻlmadi.