2-Fevral, DTM. 1-VARIANT
████████████████████████████████████████ █████████████████
OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRUVCHILAR UCHUN
SAVOLLAR KITOBI
ABITURIYENT: ________________________________________________ ________
F.I.O. Imzo
ABITURIYENT DIQQATIGA!
Test topshiriqlarini yechishdan avval savollar kitobini varaqlab, unda har bir fan bo’yicha I-bo’limda fanlarda 15 tadan savol, II-bo’limda 30 tadan savol mavjudligini tekshiring. Agar savollar soni kamligi aniqlansa yoki savollar kitobi raqami bilan javoblar varag’i raqami bir xil bo’lmasa, darhol auditoriya rahbariga ma’lum qiling.
Savollar kitobida abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismi xato to’ldirilgan yoki to’ldirilmagan va imzosi qo’yilmagan hollarda e’tirozlar ko’rib chiqilmaydi.
Kitob tipi: 32
FANLAR:
I-Bo’lim: Ona tili II-Bo’lim: Biologiya
O’zbekiston tarixi Kimyo
Matematika
Savollar kitobi raqami:
Urgut – 2020
I-b’lim
Ona tili
1. Imloviy jihatdan to`g`ri yozilgan so`zni aniqlang?
A) dargox B) vaxima C) zahira D) vajohat
2. O`zbek tilida jarangli portlovchi til oldi undoshlari nechta?
A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta
3. Jalil qo`yin cho`ntagidan gazetaga o`ralgan pulni olib sanamoqchi edi,yamoqchi urushib berdi.
Ushbu gap nechta fonetik o`zgarishga uchragan?
A) 2 o`rinda B) 3o`rinda C) 4 o`rinda D) 1 o`rinda
4. So`zning eng kichik ma`noli qismini o`rganuvchi tilshunoslik bo`limini aniqlang?
A) Fonologiya B) Orfoepiya
C) Morfemika D) Morfologiya
5. Tug`ilgan kunimga dugonalarim “O`tkan kunlarni” sovg`a qilishdi.
Ma`no ko`chish turini aniqlang?
A) metafora B) metonimya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
6. Ma`noviy sinonimlar berilgan qatorni aniqlang?
A) doston, poema
B) respublika, jumhuriyat
C) ho`l, shalabbo
D) tilshunoslik, lingvistika
7. Tog`ri hukmnin aniqlang?
A) Qisqartma so`zlar har doim ajratib yoziladi.
B) Izofali birikmalar ajratib yoziladi.
C) Marosim va afsona nomlari chiziqcha bilan yoziladi.
D) Birinchi qismi chiqish kelishigida ikkinchi qismi bosh yoki jo`nalish kelishigidagi takroriy so`zlar chiziqcha bilan yoziladi.
8. Bog`imizda qizil, sariq, pushti rangdagi gullar ochilgan.
Ushbu gapda mantiqiy urg`uni toping?
A) ochilgan B) bog`imizda
C) gullar D) qizil, sariq, pushti
9. Jarangli undoshlar berilgan qatorni aniqlang?
A) v,k,y,r B) z,q,r,l
C) s,f,t,k D) d,j,g,v
10. Lablangan va lablanmagan unlilar yonma-yon kelgan so`z(lar)ni toping?
1) okean; 2) tabiat; 3) muallim; 4) material; 5) beaql.
A) 2,4 B) 1,5 C) 3 D) 1,3,4
11. Bo`g`ish undoshi qo`yilishi lozim bo`lgan so`zlarni aniqlang?
1) …adis; 2) …uzur; 3) …irgoyi; 4) …ipchin; 5)…ovliqma; 6) …org`inlik;
7) …otirjam.
A) 2,3,5,6 B) 1,2,3,4
C) ,24,5,6 D) 2,3,4,5,7
12. ” Shuur” so`zining ma`nosi nima?
A) sharf B) idrok
C) bulbul D) shahar
13. Bir havo zarbi bian aytiladigan tovush va tovushlar yig`indisiga nima deb ataladi?
A) urg`u B) tovush
C) bo`g`in D) fonema
14. Qaysi javobda to`ldiruvchi uyushgan?
A) Men kitob, daftar, qalamlarimni darrov keltirdim.
B) Yoshlar va keksalar bir joyga yig`ilishdi.
C) Bugun havo juda sovuq va tumanli edi.
D) O`z yurti va millatining ravnaqi uchun xizmat qilmoq oily saodatdir.
15. Qaysi javobda iboraning ma`nosi to`g`ri izohlangan?
A) Og`ziga talqon solgan- kamsuqum
B) Qo`y og`zidan cho`p olmagan- lapashang
C) Yerga ursang, ko`kka sapchiydi- sho`x
D) Kapalagi uchib ketdi- hayron bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |