O’zbekiston tarixi
16. Quyidagi qaysi voqea «Buyuk muzlik davri» oralig’ida sodir bo`lmagan?
A) Sun`iy olovning kashf etilishi
B) Sopol idishlarning kashf etilishi
C) Insonlarning urug` jamoalariga ajralishi
D) Kiyim-kechak tayyorlashda hayvonlar terisidan foydalanish
17. Buyuk ipak yo’li deb ataluvchi karvon yo’li Xitoyni Osiyoning qaysi mintaqalari bilan bog’laydi?
A) Markaziy va G’arbiy Osiyo
B) Janubiy va Sharqiy Osiyo
C) Shimoliy va Markaziy Osiyo
D) G’arbiy va Shimoliy Osiyo
18. … … ning asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo’ylab joylashgan edi.
A) Qang ‘ davlati B) Davan davlati
C) Kushon davlati D) Qadimgi Xorazm
19. Budda boshining tasviri qayerdan topilgan? A) Dalvarzintepa B) Eski Termiz
C) Xolchayon D) Ayritom
20. Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari “muslim”(musulmonlar) deb atalgan. Ular aholi orasida qanday g’oyalarni targ’ib qila boshladilar? 1)insonlarning Xudo oldida teng ekanligini
2)rizq-ro’zini barchaga Yaratguvchining o’zi yetkazib berishini
3)jamiyatda adolatsizlik barham topishi uchun haq dinga kirish lozimligini
4)jaholatni tugatish va Rasulullohga ergashish lozimligini
5)Islom bayrog’i ostida mamlakatni birlashtirish kerakligini
A) 1,2,3 B)1,3,5 C) 2,4,5 D)1.2.4
21. Muqanna haqida berilgan ma’lumotlardan to’g’ri bo’lmaganini aniqlang?
A) Muqanna 64 yil yashagan
B) Narshaxiyning yozishicha Muqanna ko’p oqigan, g’oyat ziyrak bo’lib, kimyogarlik, sehr va tilsim ilmlarini o’rgangan
C) Muqanna jasoratiga bag’ishlangan “Muqanna” drammasi Hamid Olimjon tomonidan yozilgan
D) Muqanna arab va turk tillarini yaxshi bilgan
22. Quyidagi ma’lumotlardan qay birida tarixiy xatolikka yo’l qo’yilgan?
A) Muhammad Xorazmshoh Kaspiy dengizining Ashura orolida 1220-yilning dekabrida vafot etadi
B) Hirot yaqinidagi Parvon dashtida Jaloliddin mo’g’ul qo’shinlarini yenggach uning lashkarboshilari o’rtasida o’zaro kelishmovchilik boshlanadi
C) Parvon dashtidagi jangdan so’ng A’zam Malik, Muzaffar Malik va Sayfiddin Ag’roq Jaloliddinni tashlab ketadi
D )Parvon jangida Jaloliddin mo’g’ullarning Shiki Xutuxu no’yon boshliq 45 minglik qo’shinini yengadi
23. 1056 – 1057-yillarda Qoraxoniylar davlatidagi nizolar qaysi adibni o’z vatanini tark etishga majbur etgan edi?
A) Mahmud Koshg’ariy B) Yusuf Xos Hojib
C) Abu Ali ibn Sino D) Ahmad Yugnakiy
24. Buxoro xonligining Sibirdagi siyosiy tasiri butunlay yuqqa chiqgan yilda vafot etgan shaxslar qaysi javobda berilgan?
A) Abudllaxon II va Ko’chimxon
B) Abudllaxon I va Ko’chimxon
C) Ivan Grozniy va Ko’chunchixon
D) Abdullaxon I va Abdulmo’min
25. XIV asrning oxirida tashkil topigan Mang’it xonligining chegaralari qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) Volga daryosidan Irtish daryosigacha,Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha
B) Volga daryosidan Irtish daryosigacha,Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Qora dengizgacha
C) Yoyiq daryosidan Irtish daryosigacha,Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha
D) Volga daryosidan Irtish daryosigacha,Qizil va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha
26. Xiva savdogarlari Erondan nimalar olib kelgan?
A) Murch,imbir,ipak mato,oltin,kirmonshoh shollari
B) Murch,imbir,ipak mato,feruza,kirmonshoh shollari
C) Murch,mis,ipak mato,feruza,kirmonshoh shollari
D) Murch,kumush,ipak mato,feruza,kirmonshoh shollari
27. I.Lazarev boshchiligidagi rus qo‘shinlarining turkman qabilalariga qarshi dastlabki harbiy harakatlari boshlangandan ularning batamom bo‘ysundirilishigacha bo‘lgan yillar oralig‘i to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) 1880-1885-yillar B) 1879-1884-yillar
C) 1879-1885-yillar D) 1878-1885-yillar
28. O‘rta Osiyo xonliklariga Angliya hukumati tomonidan yuborilgan shaxslarining tashrif buyurgan yillari bilan mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping.
1) Murkroft; 2) I.Volf; 3) J.Abbot; 4) A.Byorns;
a) 1843-yil; b) 1825-yil; c) 1844-yil; d) 1832-yil
A) 1 - b; 2 - c; 3 - a; 4 - d
B) 1 - c; 2 - b; 3 - a; 4 – d
C) 1 - b; 2 - a; 3 - c; 4 - d
D) 1 - d; 2 - a; 3 - c; 4 – b
29. Nima uchun 1875-yil 20-iyulda Xudoyorxon
P. Kaufmandan yordam so`rashga majbur bo`ldi?
A) Nasriddinbek qo`zg`olonchilarga qo`shilgach
B) Iso Avliyo qo`zg`olonchilarga qo`shilgandan so`ng
C) Uning ukasi va ikkinchi o`g`li ham qo`zg`olonchilar tomoniga o`tib ketgandan so`ng
D) Abdurahmon Oftobachi qo`zg`olonchilar tomoniga o`tib ketgach
30. Qachon Sharqiy Turkistonning Ili o`lkasidagi qo`zg`olon podsho hukumati qo`shinlari tomonidan bostirilishi bilan Rossiya va Xitoy o`rtasidagi chegaralar belgilandi?
A) 1881-yilda B) 1884-yilda
C) 1885-yilda D) 1886-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |