O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
OLIY O‘QUV YURTIDAN KEYINGI TA’LIM HAMDA OLIY MALAKALI ILMIY VA ILMIY-
PEDAGOG KADRLARNI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 1-son, 5-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va
attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF–4456-
son
Farmonini
bajarish yuzasidan hamda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini va Oliy attestatsiya
komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari
1-ilovaga
muvofiq;
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizom
2-ilovaga
muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi apparatining
xodimlarning cheklangan umumiy soni 20 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 16 nafar bo‘lgan
tuzilmasi
3-ilovaga
muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi
nizom
4-ilovaga
muvofiq;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning — fan doktori diplomining, shuningdek
professor, dotsent va katta ilmiy xodim attestatlarining davlat namunalari
5-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash
vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Fan doktori
ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom, Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi
to‘g‘risidagi nizom hamda Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilganligi va belgilangan
tartibda tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, ilmiy darajasi mavjudligi uchun lavozim maoshlariga qo‘shimcha haq va
boshqa ustamalar 2013 yil 1 yanvardan boshlab to‘lanmaydi.
4. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining shaxsiy tarkibini tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Fan
va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan
birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va
qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tarkibida oliy
ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z
normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.
Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012 yil 28 dekabr,
365-son
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son
qaroriga
1-ILOVA
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan
DAVLAT TALABLARI
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari (keyingi o‘rinlarda Davlat
talablari deb ataladi) «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2012 yil 24
iyuldagi PF–4456-son
Farmoniga
hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim
tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida» 1998 yil 5 yanvardagi 5-
son
qaroriga
muvofiq ishlab chiqilgan va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimiga majburiy talablarni
belgilaydi.
2. Davlat talablari barcha oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun majburiydir.
3. Davlat talablariga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan, fan va
texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor istiqbolli yo‘nalishlaridan, yangi axborot va pedagogika
texnologiyalarini joriy etishdan, shuningdek oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
sohasidagi jahon yutuqlari va tendensiyalaridan kelib chiqqan holda tuzatishlar kiritilishi va qo‘shimchalar
qo‘shilishi mumkin.
4. Ushbu Davlat talablarida quyidagi ta’riflar qo‘llaniladi:
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim — jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’lim turi;
katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti — ishlab chiqarishdan bo‘shagan holda mutaxassislikni
chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy
izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori darajasi izlanuvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-
tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklar bo‘yicha
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;
mustaqil izlanuvchilik — ishlab chiqarishdan bo‘shamagan holda doktorlik dissertatsiyasini
tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar
bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot
muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan
keyingi ta’lim shakli;
katta ilmiy xodim-izlanuvchi — oliy ta’lim muassasasiga yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga katta
ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimiga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
mustaqil izlanuvchi — oliy ta’lim muassasasiga yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga mustaqil
izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs.
II. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qitish shakllari va muddatlari, ularga qabul qilish
5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi uch yilgacha davom etadigan o‘qish quyidagi shakllarda amalga
oshiriladi:
katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti;
mustaqil izlanuvchilik.
6. Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
institutlariga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar lavozimiga qabul qilish oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-
tadqiqot muassasalari tashkil etadigan maxsus komissiyalar tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtihonlari
natijalariga ko‘ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarni qabul qilish qonun hujjatlariga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga
muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
III. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kiruvchi talabgorlarga qo‘yiladigan talablar
8. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida kiruvchi
shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
kamida ikki yillik ilmiy yoki ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish;
oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomiga yoki unga teng bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari akademiyasi, Ichki ishlar akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati
oliy ta’lim muassasalari diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha
olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
ilmiy izlanishlar va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish layoqatiga ega bo‘lish;
muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida uchta ilmiy
maqolaga va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy
yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida fan doktori ilmiy darajasi olish uchun dissertatsiya tadqiqoti
asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ikkita tezisga ega bo‘lish;
xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.
9. Mustaqil izlanuvchilar sifatida rasmiylashtiriladigan shaxslar quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi
kerak:
kamida besh yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lish;
bakalavr yoki magistr diplomiga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar
vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi yoki Milliy xavfsizlik xizmati oliy harbiy ta’lim muassasalari diplomiga
yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot
to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
ilmiy izlanishlar va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish layoqatiga ega bo‘lish;
muayyan ilmiy yutuqlarga, fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil
etishi mumkin bo‘lgan (ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga, ilmiy, ilmiy-
amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy
ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish, va/yoki tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ixtiroga yoki
seleksiya yutug‘iga bitta yoki undan ko‘p patentga muallif (hammuallif) bo‘lish va/yoki tegishli ilmiy
yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-texnologik ishlanmalarda qatnashganlik;
xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.
10. Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim institutiga qabul qilinadigan bakalavr, magistr va fan
nomzodi ixtisosligi yo‘nalishi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosligi mansub bo‘lgan fan sohasiga
muvofiq bo‘lishi kerak. Ixtisosliklar muvofiq bo‘lmaganda yoki oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni fanning
turdosh sohalarida olish rejalashtirilgan hollarda talabgorlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya
komissiyasi hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan
belgilanadigan tartibda qo‘shimcha imtihonlar topshirishi kerak.
IV. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qishni tashkil etish
11. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar o‘qishning birinchi yilida tanlangan
mutaxassislik bo‘yicha nazariy va metodologik dasturni o‘zlashtiradilar.
Mutaxassisliklar bo‘yicha nazariy-metodik dasturlar katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil
izlanuvchilarning ilmiy maslahatchilari tomonidan ishlab chiqiladi hamda oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy-
tadqiqot muassasalarining ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Nazariy-metodik dastur umumiy
konsepsiyani va metodologiya masalalarini, nazariy asoslarni hamda ushbu fan bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar
usullarini o‘z ichiga olishi shart.
O‘qishning keyingi yillarida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning maxsus
bilimlarini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy kengashlari
tomonidan fan sohalariga ko‘ra Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka
o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Malaka o‘quv dasturlari katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan
mustaqil ravishda o‘zlashtiriladi.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yuklama hajmi
haftasiga 36 soatni tashkil qiladi, ulardan 12 soatdan ortiq bo‘lmagan yuklama auditoriya mashg‘ulotlariga
ajratiladi. Mustaqil izlanuvchilar uchun o‘quv yuklamasi hajmi haftasiga 12 soatni tashkil qiladi, ulardan — 4
soatdan ortiq bo‘lmagan yuklama auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratiladi.
12. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning va mustaqil izlanuvchilarning sifatli tayyorlanishini
ta’minlash, shuningdek ularga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida ular faol ilmiy va ilmiy-
pedagogik faoliyat olib boruvchi, shu jumladan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyihalarni
amalga oshirishda qatnashuvchi fan doktorlari jumlasidan konsultantlarga birkitiladi.
13. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyasini himoya
qilgungacha:
O‘zbekistonning yangi tarixi, chet tili, shuningdek fan sohalariga ko‘ra Oliy attestatsiya komissiyasi
tomonidan aniqlanadigan fanlar bo‘yicha imtihon topshirishi;
dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida,
seminarlarida va davra suhbatlarida aprobatsiya (muhokama) qilinishini ta’minlashi, shuningdek
dissertatsiyasining asosiy natijalarini aks ettiradigan, soni Oliy attestatsiya komissiyasi talablariga muvofiq
bo‘lgan chop etilgan ilmiy maqolalarga ega bo‘lishi kerak.
katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilgungacha, shuningdek o‘qishning butun
davri davomida ta’lim muassasalarida kamida 300 soat hajmida pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
14. Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil
izlanuvchi tanlovi bo‘yicha o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud Oliy attestatsiya komissiyasi bilan
kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
V. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari
15. Quyidagilar oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan doktorlari) tayyorgarligining zarur
va yetarli darajasini ta’minlaydigan asosiy talablar hisoblanadi:
fan va texnika rivojlanishiga, muhim ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega
bo‘lgan ilmiy muammoni hal etishga yoxud fanning tegishli tarmog‘ida istiqbolli yo‘nalishni rivojlantirishda
yangi yirik yutuq, joriy etilishi fan va texnika rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadigan ilmiy asoslangan texnik,
iqtisodiy yoki texnologik yechimlarga ulushni ta’minlaydigan ixtirolarga va seleksiya yutuqlariga muallif
(hammuallif) bo‘lish;
fanning tegishli sohasi rivojlanishi konsepsiyasining mohiyati va mazmunini chuqur bilish,
mutaxassislik bo‘yicha asosiy bilimlarni puxta egallash, maqsad va vazifalarni, fan va texnikani
rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini bilish va tushunish;
tadqiqotlarning umumilmiy va aniq tarmoq metodologiyasini egallash, muammoni malakali aniqlash
va asoslash, ilmiy ma’lumotlar va materiallarni tahlil qilish, tizimlashtirish va umumlashtirish, zaruriyat
bo‘lganda eksperimental tadqiqotlar olib borish qobiliyatiga ega bo‘lish;
tadqiqotlar natijalariga asoslanib muammoning mohiyatini bilimdonlik bilan bayon qilish, ilmiy
xulosalar va tavsiyalarni aniq va lo‘nda shakllantirish;
ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida jahon fan va texnikasi rivojlanishining
zamonaviy tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotlarni maqsadli izlash va ularning natijalarini puxta ishlash
qobiliyatiga ega bo‘lish;
tegishli davlat, tarmoq ilmiy-texnika dasturlari va boshqa tadbirlar loyihalarini ishlab chiqishda,
ularning monitoringini olib borishda va ularni amalga oshirishda faol qatnashish;
bakalavrlar va magistrlar tayyorlash bo‘yicha pedagogik faoliyatda faol qatnashish, ilmiy tadqiqotlar
natijalarini o‘quv jarayoniga joriy etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
16. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya yuqori malakali ilmiy ish
bo‘lishi, unda muallif tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar va yaratilgan ishlanmalar asosida muhim ijtimoiy-
iqtisodiy va dolzarb ilmiy yoki amaliy muammolar hal etilishi yoki ilm-fan tegishli tarmog‘ining istiqbolli
yo‘nalishini rivojlantirish uchun muayyan yutuq sifatida baholanadigan yangi nazariy qoidalar kompleksi ishlab
chiqilgan bo‘lishi yoki joriy etilishi ilm-fanning, texnikaning, ijtimoiy-siyosiy sohaning yoki iqtisodiyot
tarmog‘ining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadigan yechimlar ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son
qaroriga
2-ILOVA
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2012 yil 24
iyuldagi PF–4456-son
Farmoniga
muvofiq ishlab chiqilgan hamda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot
muassasalarida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ushbu Nizomga muvofiq katta ilmiy xodimlar va uch yilgacha
muddat mobaynida mustaqil izlanuvchilik instituti shaklida amalga oshiriladi.
3. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlari fan va texnikaning muhim tarmoqlarida oliy malakali
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlarida fundamental
tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish maqsadida yetakchi oliy ta’lim
muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari huzurida ochiladi.
4. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qish davlat budjeti mablag‘lari hisobiga va to‘lov-
kontrakt asosida (xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun) amalga oshiriladi.
5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga qabul qilinayotgan bakalavr mutaxassisligi yo‘nalishi,
magistr va fan nomzodi mutaxassisligi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim mutaxassisligi tegishli bo‘lgan fan
sohasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Mutaxassisliklar mos kelmaganda yoki oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni
fanning turdosh sohalarida olish rejalashtirilgan hollarda talabgorlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi (OAK)ning ruxsatini olishlari kerak.
Doktorlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish va uni himoya qilish katta ilmiy xodim-izlanuvchi yoki
mustaqil izlanuvchining tanloviga ko‘ra o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud OAK bilan kelishgan
holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
II. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning tashkiliy asoslari
6. Oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, Fanlar
akademiyasiga yoki o‘zlari tizimiga kiradigan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga katta ilmiy
xodimlar-izlanuvchilar institutini ochishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida murojaat qiladi.
Murojaat bilan birgalikda oliy ta’lim muassasasi kengashining yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy
kengashining tegishli qarori, shuningdek ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha katta ilmiy xodimlar-
izlanuvchilar instituti ochilishi rejalashtirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi fan doktorlari
to‘g‘risidagi kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar taqdim etiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot
muassasasi tasarrufida bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar murojaat tushgan va barcha zarur hujjatlar
taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini ochish yoki
ochishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladilar. Qabul qilingan qaror o‘n kun muddatda tegishli oliy ta’lim
muassasasiga va ilmiy-tadqiqot muassasasiga yuboriladi. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini ochish
to‘g‘risidagi ijobiy qarorning nusxasi axborot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat test markaziga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni
rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga ham yuboriladi.
Mustaqil izlanuvchilik instituti katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti ochilgan oliy ta’lim
muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasi huzurida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi,
ushbu oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari tizimiga kiradigan vazirliklar, idoralar va
tashkilotlarning qarori bilan tashkil etiladi. Mustaqil izlanuvchilik institutlarini tashkil etish katta ilmiy
xodimlar-izlanuvchilar institutini tashkil etish tartibi singari tartibda amalga oshiriladi (bunda tegishli
mutaxassisliklar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan fan doktorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni takroran taqdim
etish talab qilinmaydi).
7. Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi respublika oliy ta’lim
muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash
bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |